Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
birinchi xatboshidagi “bank hisobvaraqlarini” degan soʻzlar “hisobvaraqlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2.
3-banddan “, ssuda” degan soʻz chiqarib tashlansin.
3. 8-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “rezident jismoniy shaxslardan iborat boʻlgan yuridik shaxsni” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
81-banddagi “legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
82-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“82. Banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlar mavjud boʻlganda taʼsischilari Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.
Bank hisobvaragʻini ochish tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida joylashtirilgan bank hisobvaragʻi shartnoma ofertasini akseptlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Mazkur yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlovlar ushbu Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda imzolar namunalari qoʻyilgan ikki dona varaqcha hamda ular nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) taqdim etilgandan soʻng amalga oshirilishi mumkin. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.”.
6. 10-bandning
ikkinchi xatboshisidan “ikkilamchi hisobvaraqlar ochilganligi toʻgʻrisidagi asosiy hisobvaragʻini ochgan bankka yuborgan xabarning nusxasi,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7.
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Banklarda mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq, mijozlarning hisobvaraqlarini roʻyxatga olish kitobi yuritiladi. Ushbu kitob elektron shaklda yuritiladi.”.
8.
12,
13,
14,
16 va 28-bandlarning
“a” kichik bandlaridan “mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9. 17-bandning
birinchi xatboshisidagi “mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10.
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan asosiy hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bankda ikkilamchi, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza taqdim qilinadi. Mazkur ariza elektron shaklda ham taqdim etilishi mumkin.”.
12.
22-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“v” kichik banddagi “legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Dalolatnoma bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, asosiy muhr qoʻyiladi” degan soʻzlar “Dalolatnomaga bank vakolatli xodimlarining imzolari va bank muhri qoʻyiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tasdiqlab, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, asosiy muhr qoʻyiladi” degan soʻzlar “tasdiqlash uchun bank vakolatli xodimlarining imzolari va bank muhri qoʻyiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15.
45-banddagi “bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri” degan soʻzlar “bankning vakolatli xodimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2 va
5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3 va
3a-ilovalardagi “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs” degan soʻzlar “Bankning vakolatli xodimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ilovadagi “Bankning bosh buxgalteri yoki uning oʻrinbosari” degan soʻzlar “Bankning vakolatli xodimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.