1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.17.00 Yoʻlovchilar va yuklarni sugʻurtalash;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;
3.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 82-modda) bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-yanvar,
66-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-yanvardagi 66-son qaroriga ILOVA
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 8-band quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish polisi (keyingi oʻrinlarda sugʻurta polisi deb ataladi) tegishli blankada va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga kiritilgan transport vositalarining soniga teng nusxalarda rasmiylashtiriladi”.
“9. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ommaviy hisoblanadi va tashuvchi hamda sugʻurtalovchi oʻrtasida ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha, ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, bir yil muddatga tuziladi.
Yoʻlovchilarni va ularning mol-mulkini avtomobilda tashishni amalga oshiradigan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi uch oydan bir yilgacha boʻlgan muddatga tuzilishi mumkin”.
“tashish kunida amalda boʻlgan sugʻurta polisining nusxasini tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga kiritilgan barcha transport vositalariga va (yoki) oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirishi”.
5. Qoidaga 4-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Sugʻurta davri: 20__ yil “___” _______ dan 20__ yil “___” ________ gacha.
Transport vositalari (vagonlar) haqida MAʼLUMOTLAR
Turi
Rusumi va modeli
Raqamli (tanituvchi) belgisi
Ishlab chiqaruvchi zavod pasporti boʻyicha yoʻlovchi
sigʻimi (nafar)
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2019-y., 09/19/66/2555-son)