toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.11.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
QAYTA TAShKIL ETILAYOTGAN QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONASI NEGIZIDA FERMER XOʻJALIGI TAShKIL ETIShDA TANLOV GʻOLIBLARINI ANIQLASh TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 4-yanvarda 1439-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2005-yil 18-noyabrdagi 237a-son “Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523, 19.11.2005y.) ga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-sonli “2005—2007-yillarda fermer xoʻjaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaligi tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan keyin amalga kiritilsin.
3. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish boshqarmasi (A. Mansurov) mazkur buyruqni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng zudlik bilan joylarga yetkazishni taʼminlasin.
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari A. Joʻrayev zimmasiga yuklatilsin.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-yanvar,
1-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
2005-yil 4-yanvardagi 1-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaligi tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-sonli “2005—2007-yillarda fermer xoʻjaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish jarayonida tanlov gʻoliblarini aniqlash mezonlari va tartibini belgilaydi.
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha tanlov oʻtkazishda tanlov oʻtkazishga tayyorgarlik qilish va uni eʼlon qilish, tanlovda ishtirok etish shartlari, tanlovni oʻtkazish tartibi hamda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini va tanlov gʻolibining mulkka boʻlgan huquqini rasmiylashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tartibga solinadi.
2. Qishloq xoʻjalik korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiya tanlov oʻtkazilishidan bir oy oldin mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoki boshqa qulay shaklda qishloq xoʻjalik korxonasining qayta tashkil etilishi va tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon beradi va tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan fuqarolarning arizalarini qabul qilish muddatlarini belgilaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov oʻtkazilishidan oʻn kun oldin toʻxtatiladi.
3. Tanlovda ishtirok etish huquqiga qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasining aʼzolari, faoliyat koʻrsatayotgan fermer xoʻjaliklarining boshliqlari va xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari egadir.
Komissiya raisi va kotibi tegishli tanlovda talabgor sifatida ishtirok etishlari mumkin emas.
Komissiya aʼzolari tegishli tanlovda komissiya raisining roziligi bilan faqat bitta kontur boʻyicha talabgor sifatida qatnashishi mumkin. Oʻzi ariza bergan kontur boʻyicha tanlov oʻtkazilganda ushbu komissiya aʼzosi ovoz berish huquqiga ega emas. Bu toʻgʻrisida komissiya yigʻilishi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
4. Etarli texnika va pul mablagʻlariga ega boʻlgan shaxslar bir necha konturlarga talabgor sifatida ariza berishlari mumkin.
5. Ariza va hujjatlarni komissiyaning kotibi qabul qiladi. Komissiyaning kotibi talabgorga tanlovda yuqori ball olishi uchun imkon beradigan barcha holatlarni tushuntirib, lozim boʻlganda uning hujjatlaridagi kamchiliklarni ishchi tartibda bartaraf etish choralarini koʻradi. Komissiya kotibi tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash kunigacha talabgorning baholanadigan imkoniyatlarini asoslantiruvchi hujjatlarning toʻliq taqdim qilinishini, ularning toʻgʻri rasmiylashtirilishini taʼminlashga koʻmaklashishi lozim.
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini oʻtkazish mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
II. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash tartibi
6. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash ikki bosqichdan iborat boʻladi:
birinchi bosqichda hujjatlarning toʻliqligi va mazmuni tekshiriladi;
ikkinchi bosqichda talabgorlarning arizalarida bayon qilingan takliflarning iqtisodiy asoslanganligi oʻrganib chiqiladi.
7. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda komissiya muayyan yer uchastkasida fermer xoʻjaligi tashkil etish toʻgʻrisida ariza taqdim etgan talabgorlarning hujjatlari asosida ularning takliflarini puxta oʻrganib chiqadi. Har bir ishtirokchining loyihasi alohida baholanadi. Bunda ariza beruvchining oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning toʻliqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
8. Tanlovda ishtirok etuvchi qatnashuvchilarni tanlashning birinchi bosqichida talabgorlarning imkoniyatlari quyidagi koʻrsatkichlar asosida baholanadi:
mutaxassisligi;
maʼlumoti;
qishloq xoʻjaligidagi ish staji;
majburiyatlardan holi boʻlgan pul mablagʻlari;
mavjud yaroqli texnikasi;
soʻnggi yillarda shartnomaviy majburiyatlarini qay darajada bajarilishi (fermer xoʻjaliklari va oilaviy pudratchilar uchun).
9. Talabgorlarning imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida quyidagilarni inobatga olgan holda baholanadi:
a) talabgorning mutaxassisligi va maʼlumoti maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma)ga asosan 5 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Xorijiy davlatlar, shu jumladan MDH davlatlari taʼlim muassasalari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan soʻng berilgan maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar belgilangan tartibda nostrifikatsiyalangan boʻlishi lozim;
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida nizom”ga qarang.
Talabgorning mutaxassisligini baholashda talabgorning maʼlumoti (oliy yoki oʻrta maxsus)dan qatʼiy nazar, faqatgina mutaxassislik inobatga olinadi. Mutaxassislik uchun eng yuqori ball fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislikka ega boʻlgan talabgorlarga beriladi. Bunda, fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislik deganda fermerlik faoliyatini yuritishga doir maxsus mutaxassislikka ega shaxslar, shu jumladan aynan shu sohada kasb-hunar kollejini tamomlagan yoki shu sohada bakalavr (magistr) darajasini olgan yoxud boshqa ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar hisoblanadi.
Bir necha mutaxassislik boʻyicha maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatga boʻlgan talabgorlarning faqatgina bitta eng yuqori balli mutaxassisligi inobatga olinadi.
b) talabgorning qishloq xoʻjaligidagi ish stajini aniqlashda mehnat daftarchasiga asosan faqat shu sohada oʻtalgan ish staji inobatga olinadi va 6 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Bunda komissiyaga mehnat daftarchasining asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
v) talabgorning pul mablagʻlari mavjudligi bank tomonidan berilgan maʼlumotnomada tasdiqlangan boʻlishi lozim. Bank maʼlumotnomasi bank Boshqaruvi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Talabgor tanlovga taklif etilgan pul mablagʻlarini boʻlajak fermer xoʻjaligining ustav fondiga kiritish majburiyatini olishi lozim. Ushbu majburiyat talabgorning arizasida koʻrsatiladi.
Ayrim hollarda talabgor tanlovga pul mablagʻlari oʻrniga oʻz mol-mulkini taklif etishi mumkin. Bunda mol-mulk talabgorning oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlishi lozim. Agar taklif etilayotgan mol-mulk talabgorga birgalikdagi mulk huquqi asosida tegishli boʻlsa, bu holda tegishli oila aʼzosining notarial tasdiqlangan roziligi boʻlishi lozim.
Tanlovda taklif etilgan mol-mulklar qiymati quyidagi shartlar asosida inobatga olinadi:
1) mol-mulk baholangan va ularga boʻlgan (chorva mollaridan tashqari) mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi lozim. Chorva mollarining talabgorga tegishliligi qishloq fuqarolar yigʻini tomonidan berilgan, fuqarolar yigʻini raisi tomonidan imzolanib, muhri bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma asosida aniqlanadi. Ularning narxi chorva bozori maʼmuriyati tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida aniqlanishi mumkin;
2) talabgor tanlovga yuqori likvidli mol-mulkni (chorva mollari, tovar-moddiy boyliklar yoki boshqa tez sotiladigan mol-mulklar) taqdim etishi va tanlovda yutgan taqdirda, ushbu mol-mulklarni sotib, pul mablagʻlarini boʻlajak fermer xoʻjaligining ustav fondiga kiritish majburiyatini olishi lozim. Fermer xoʻjaligi faoliyatini yuritish jarayonida bevosita foydalanilishi mumkin boʻlgan mol-mulklar boʻyicha sotish majburiyatini olish talab etilmaydi, bunday mol-mulklarni boʻlajak fermer xoʻjaligining ustav fondiga kiritish majburiyatini olish kifoya.
Taklif etilgan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini yoki foydalanish mumkin boʻlgan mol-mulklarini boʻlajak fermer xoʻjaligining ustaviga kiritish majburiyati talabgorning arizasida koʻrsatiladi.
3) tanlovga talabgorning shaxsiy uy-joyi, uy buyumlari va shu kabilarni, shuningdek sud qaroriga koʻra yoki boshqa asoslarga koʻra xatlangan mol-mulklarni taklif etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
4) mol-mulk qiymatini aniqlashda tanlovda qatnashish uchun taklif etayotgan texnika vositalari qiymati hisobga olinmaydi.
Bir necha konturlarga ariza bergan talabgorlarning bir konturga tanlovda inobatga olingan pul mablagʻlari (mol-mulki) boshqa konturga tanlovda inobatga olinmaydi. Bunday talabgor oʻz pul mablagʻlari (mol-mulki)ni konturlar oʻrtasida oʻz xohishiga koʻra taqsimlashi mumkin.
g) talabgor tomonidan tanlovga taklif etilayotgan texnika vositalari ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Bunda komissiyaga texnika vositalari texnika pasportlarining asl nusxalari taqdim etiladi.
Texnika vositalari talabgorning oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlishi lozim. Taklif etilayotgan texnika vositalari talabgorning oila aʼzolariga tegishli boʻlishi mumkin va bu holda talabgorga egalik qilish va foydalanishga berish toʻgʻrisida tegishli oila aʼzosining notarial tasdiqlangan roziligi boʻlishi lozim.
Tanlovda ishtirok etayotgan faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaligi boshligʻi ushbu fermer xoʻjaligiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan texnik vositalarni tanlovga taklif etishi mumkin. Bu holda, texnika vositalarining imkoniyatlari fermerning mavjud yer maydonini ham inobatga olgan holda baholanadi.
Talabgor tomonidan tanlovga taklif etilayotgan texnika vositalarining yaroqliligi ularning texnik pasportidagi texnik sozligi toʻgʻrisidagi belgiga asosan aniqlanadi.
Bir necha konturlarga ariza bergan talabgorlarning bir konturga tanlovda inobatga olingan texnika vositalari boshqa konturga tanlovda inobatga olinmaydi. Biroq, agar talabgor taklif etayotgan texnika vositasining imkoniyatlari (quvvati) bir konturdagi yer maydoniga nisbatan yuqoriroq boʻlsa, bunday texnika vositasi istisno tariqasida boshqa konturga tanlovda ham inobatga olinishi mumkin.
d) agar talabgor fermer yoki oilaviy pudratchi boʻlsa, u tomonidan ish faoliyatining soʻnggi uch yildagi ishlab chiqarish va shartnomalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi tuman statistika boʻlimi (oilaviy pudratchi boʻyicha esa — tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi) tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida qoʻshimcha 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
10. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashning ikkinchi bosqichida komissiya tomonidan talabgorlar takliflarining iqtisodiy asoslanganligi baholanadi.
Takliflarning iqtisodiy asoslanganligi talabgorning arizasi va biznes-rejasini, zarur hollarda esa, tavsiyanoma xatlarini tahlil etish asosida 5 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Takliflarning iqtisodiy asoslanganligini baholashda ariza va biznes-rejada nazarda tutilgan maqsadlarga erishish qanchalik haqiqatga yaqinligi, shuningdek talabgorning yer maydonidan koʻp yillik oʻrtacha koʻrsatkichdan kam boʻlmagan hosildorlikni taʼminlash, qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirish sxemasiga rioya etgan holda 10 yil muddat mobaynida ishlab chiqarish ixtisoslashuvini oʻzgartirmaslik, almashlab ekishga rioya etgan holda davlat ehtiyojlari uchun mahsulot sotish, tuproq unumdorligini oshirish, kreditorlik qarzlarni belgilangan muddatlarda toʻlash kabi majburiyatlarining toʻliqligi va ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
11. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashning birinchi va ikkinchi bosqichlari bir vaqtning oʻzida oʻtkaziladi. Buning uchun tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab 21 kundan keyin, lekin 25 kundan kechiktirmay, komissiya aʼzolarining yigʻilishi oʻtkaziladi. Yigʻilish unda komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Yigʻilishda talabgorning har bir koʻrsatgichi boʻyicha tegishli ballni berish masalasi komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir koʻrsatkich boʻyicha bitta ball beriladi.
Yigʻilishda komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovoziga koʻra qoʻyilgan reyting ballari Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasiga qoʻyiladi. Ushbu varaqa tanlash oʻtkazilgan kuniyoq mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilib, komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
12. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash bosqichlarida eng yuqori reyting ballari toʻplagan talabgorlar Komissiya qaroriga koʻra tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya qilinadi.
Bunda olgan bali eng yuqori ball olgan talabgordan 10 ballgacha yoki 10 ballga farq qilgan talabgorlar eng yuqori ball olgan talabgorlar hisoblanadi va tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Qolgan talabgorlar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmaydi va bunday talabgorlarga tanlovdan olinganligi toʻgʻrisida yozma ravishda rad javobi beriladi.
Bir konturga talabgorlarning soni uchtadan kam boʻlsa, olgan ballari miqdoridan qatʼiy nazar, ularning hammasi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya qilinadi.
13. Tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qaror mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda qabul qilinadi, komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi hamda keyingi kundan kechiktirmay tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan talabgorlar roʻyxatini eʼlon qiladi.
Komissiya tomonidan tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qaror bilan birgalikda tanlovni oʻtkazish shartlari ham eʼlon qilinadi.
14. Tanlovni oʻtkazish qoidalari va talablariga rioya etmagan, qonun hujjatlariga asosan talabgorlar deb eʼtirof etilmagan, tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni oʻz vaqtida taqdim etmagan shaxslar tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun yolgʻon maʼlumotlar va soxta hujjatlar taqdim etgan shaxslar ham tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.
15. Komissiya tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan shaxslar toʻgʻrisidagi toʻliq axborotni tanlov oʻtkaziladigan binoda manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlaydigan tarzda yozma shaklda eʼlon qilishi, shuningdek tanlovda ishtirok etishga qoʻyilmagan shaxslarga yozma shaklda asosli rad javoblarini yoʻllashi shart.
16. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchini tanlashda talabgor sifatida eʼtirof etilgan, biroq yiqqan ballariga asosan tegishli konturga tanlovda ishtirok etish uchun qoʻyilmagan talabgorlar yiqqan ballarini saqlab qolgan holda shu xoʻjalikdagi boshqa konturlar (ariza tushmagan yoki arizalar soni kam boʻlgan konturlar) boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda qatnashish huquqini saqlab qoladilar. Bunday talabgor boshqa konturga tanlovda oʻtkazilgunga qadar komissiyaga ariza bilan murojaat qilishi va arizaga faqatgina Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasini ilova qilishi kifoya.
17. Tanlovda ishtirok etish uchun tanlab olingan qatnashuvchi oʻz arizasini bir konturdan olib, tanlov oʻtkazilganga qadar avval yiqqan ballarini saqlab qolgan holda shu xoʻjalikdagi boshqa konturdagi yer maydoniga berish huquqiga ega. Bunday talabgor boshqa konturga tanlovda oʻtkazilgunga qadar komissiyaga ariza bilan murojaat qilishi va arizaga faqatgina Tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi komissiya qarorini ilova qilishi kifoya.
III. Tanlov oʻtkazish va gʻolibni aniqlash tartibi
18. Tanlov uni oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan soʻng bir oydan keyin oʻtkaziladi va unda komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.
19. Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari doirasida, tanlov eng koʻp ariza tushgan konturlar boʻyicha boshlanib, arizalarning soni kamayishiga qarab navbatma-navbat koʻrib borilishi kerak.
20. Komissiya aʼzolari tomonidan har bir talabgorning qobiliyati, tegishli bilimi, ishbilarmonligi va saviyasi fermer xoʻjaligi faoliyatini yuritish va boshqarish boʻyicha berilgan savol-javoblar asosida 10 balli shkala bilan baholanadi. Tanlov varaqasi ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq har bir komissiya aʼzosi tomonidan shaxsan toʻldirib imzolanadi va komissiya raisiga topshiriladi.
21. Tanlovda har bir komissiya aʼzosi tomonidan talabgorga qoʻyilgan ballar yigʻindisi komissiyada ball qoʻygan aʼzolari soniga boʻlinadi va talabgorga qoʻyilgan oʻrtacha ball hisoblab chiqariladi.
22. Tanlovda qatnashish uchun tanlash bosqichida toʻplangan ball va tanlovda olingan oʻrtacha ball yigʻindisi talabgorning yakuniy bali hisoblanadi.
Talabgorning yakuniy bali mazkur Nizomning 6-ilovasida nazarda tutilgan hisob-kitob asosida aniqlanadi.
23. Eng koʻp yakuniy ball toʻplagan talabgor tanlov gʻolibi deb komissiya raisi tomonidan eʼlon qilinadi. Bunda boshqa barcha shartlar boʻyicha teng ball toʻplangan hollarda qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi aʼzosiga imtiyoz beriladi.
24. Komissiya yakuniy yigʻilishining bayoni (7-ilova) ikki nusxada tuzilib, komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi hamda qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasining yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.
25. Agar bitta konturga faqat bitta talabgordan ariza kelib tushgan boʻlsa, u holda tanlov muddati tugagandan soʻng ushbu konturga belgilangan tartibda qayta tanlov oʻtkaziladi. Qayta tanlovda ham ushbu konturga boshqa talabgorlardan ariza kelib tushmasa komissiyaning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan talabgorga ushbu konturdagi yer uchastkasi berilishi mumkin. Bunda, talabgorning taqdim etgan hujjatlari va oʻtkazilgan suhbat natijasida olgan bali ushbu qishloq xoʻjalik korxonasini qayta tashkil etishda qatnashgan va eng yuqori ball olgan talabgor balining yarmidan kam boʻlmasligi lozim. Bu toʻgʻrisida komissiya yigʻilishi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
26. Komissiyaning yakuniy yigʻilishi bayoni va unga ilova qilingan hujjatlar tuman hokimiga yuboriladi.
IV. Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaligi tashkil etishda talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish ishlari boʻyicha hujjatlarni yuritish
27. Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiyaning talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish boʻyicha hujjatlari komissiya kotibi tomonidan yuritiladi. Komissiya kotibi, qoida tariqasida, tuman hokimligi xodimi boʻladi.
28. Komissiyaning talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlari tuman hokimligida qayta tashkil etilayotgan har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi boʻyicha alohida yigʻma jildlarda saqlanadi. Mazkur hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli qaroriga muvofiq, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarining barchasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng 2 hafta mobaynida tuman hokimligining idoraviy arxiviga topshiriladi.
29. Har bir yigʻma jildda quyidagi hujjatlar tikilishi lozim:
a) konturlar boʻyicha barcha tanlovlarga talabgorlar tomonidan taqdim etilgan arizalari va unga ilova qilingan hujjatlar;
b) komissiyaning tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlari nusxalari;
v) tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasi nusxalari;
g) komissiyaning har bir kontur boʻyicha talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarorlari;
d) har bir komissiya aʼzosi tomonidan toʻldirilgan tanlov varaqalari;
e) tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi;
j) tanlov oʻtkazish yakunlari yuzasidan komissiya tomonidan qabul qilingan bayonnomalar nusxalari;
z) talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar.
Jildga reyting ballari berishga asos boʻlgan barcha hujjatlar (shu jumladan asli taqdim etilgan hujjatlarning nusxalari) tikilishi shart.
Shuningdek, yigʻma jildlarda majburiy tartibda qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi aktivlari va passivlarini, qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolari mulkiy paylarini xatlovdan oʻtkazish va baholash boʻyicha, ortiqcha asosiy va aylanma mablagʻlarni, shuningdek foydalanish muddati tugagan vositalarni kimoshdi savdosida yoki ochiq savdoda sotish boʻyicha, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi balansida boʻlgan ijtimoiy va boshqa infratuzilmalarni mahalliy hokimliklar yoki boshqa tashkilotlar balansiga berish boʻyicha hamda mol-mulklarni hisobdan chiqarish boʻyicha barcha hujjatlar tikilishi lozim.
30. Komissiyaning faoliyatiga doir hujjatlarni toʻliq yuritilishi, saqlanishi va belgilangan muddatlarda arxivga topshirilishiga komissiya raisi va kotibi shaxsan javobgar hisoblanadi.
V. Yakuniy qoidalar
31. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar Komissiya tomonidan amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan tartibda hal etiladi.
32. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari A. SALIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-yanvar,
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-yanvar,
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini oʻtkazish sxemasi
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholaydigan reyting ballari

T/r‎

Baholash
‎ meʼzonlari ‎

Reyting
‎ koʻrsatkichlari ‎

Reyting ballari‎

Taqdim
‎ etiladigan
‎ hujjatlar‎

‎1.

Mutaxassisligi‎

Fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislikka ega agronom, iqtisodchi, yurist injener, hisobchi, mexanik, zootexnik, boshqa mutaxassis ‎


‎10 ball
‎9 ball
‎8 ‎all
‎7 ball
‎5 ball

Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi‎

‎2.

Qishloq xoʻjaligidagi ish staji ‎

15 yildan yuqori 11—15 yilgacha
‎610 yilgacha
‎3—5 yilgacha
‎1—3 yilgacha ‎

10 ball
‎9 ball
‎8 ball
‎7 ball
‎6 ball ‎

Mehnat daftarchasi yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi‎

‎3.

Maʼlumoti‎

Oliy
‎Oʻrta maxsus
‎Oʻrta ‎

10 ball
‎8 ball
‎6 ball ‎

Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi‎

‎4.

Fermerlikka talabgor yuridik va jismoniy shaxsning hisobvaragʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi yoki mol-mulki‎

10 mln. soʻmdan yuqori 5 mln. — 10 mln. soʻmgacha 1 mln. — 5 mln. soʻmgacha 500 mingdan — 1 mln. soʻmgacha ‎

10 ball
‎8 ball
‎6 ball
‎4 ball ‎

Bank maʼlumotnomasi. Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat. ‎

‎5.

‎Talabgorga yoki uning oila aʼzolariga (oila aʼzolarining notarial tasdiqlagan roziligi bilan) tegishli yaroqli texnika (1 donasi uchun)

Haydov traktori Ishlov berish traktori Transport traktori Yuk mashinasi Yengil mashinasi ‎

8-10
‎ball*
‎6—8 ball*
‎6—8 ball*
‎6—8 ball*
‎4—6 ball*

Texnik pasport‎

‎6.

‎Oilaviy pudratchi yoki fermer tomonidan soʻnggi uch yil davomida shartnomalarning bajarilishi

3 yil surunkali bajarganda
‎3 yildan 2 yil bajarganda
‎3 yildan 1 yil bajarganda ‎

‎10 ball
‎7 ball
‎4 ball

tuman statistika boʻlimi yoki qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotnoma‎

‎7.

‎Arizada va biznes rejada bayon qilingan takliflarning iqtisodiy asoslanganligi

Arizadagi takliflar va biznes rejaning asosiy koʻrsatkichlaridan kelib chiqiladi‎

5 balldan
‎10 ballgacha ‎

Ariza, biznes reja va zarur hollarda tavsiyanoma xatlar‎

* Texnik vositaning imkoniyatlaridan kelib chiqib ball beriladi.
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasi


‎t/r‎


‎Talabgorning F.I.Sh.‎


‎Mutaxas-sisligi uchun ball‎


‎Maʼlumoti uchun ball‎

Ish staji uchun ball‎

‎Pul mablagʻi (mol-mulk) uchun ball


‎Texnik vositasi uchun ball‎


‎‎Shartnoma majburiyatlarini bajarganlik uchun ball


‎Iqtisodiy asoslanganligi uchun ball‎


‎Jami ball

‎1.

‎2.

‎3.

‎4.

‎5.


‎Komissiya raisi:
_________________________

‎Imzolar
______________



‎1.
‎2.
‎3.
‎4.
‎5.


‎Komissiya aʼzolari
‎_________________________
‎_________________________
‎_________________________
‎_________________________
‎_________________________



‎______________
‎______________
‎______________
‎______________
‎______________

Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Talabgorlarni ____-sonli kontur boʻyicha yer uchastkasiga tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisida

‎‎__________ tumani ____________ qishloq xoʻjalik korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiyasi ____-sonli kontur boʻyicha yer uchastkasiga tanlovda ishtirok etishga ariza bergan talabgorlarning ariza va hujjatlarini oʻrganib, ularning imkoniyatlarini baholash asosida quyidagi talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga tavsiya qiladi:

t/r‎

Talabgorning F.I.Sh.‎

Reyting bali
‎‎

1.
‎2.
‎3.
‎4.
‎5.‎

_____________________________‎
‎_____________________________‎
‎_____________________________‎
‎_____________________________‎
‎_____________________________‎

________________‎
‎________________‎
‎________________‎
‎________________‎
‎________________‎


‎Tanlov 20___ yil “___” ___________ soat ____________ da quyidagi manzilda oʻtkaziladi:
‎______________________________________________________________________________________

Komissiya raisi:

‎‎Komissiya aʼzolari:

‎Kotib ‎

Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Tanlov varaqasi

‎‎____________ tumanidagi ______________ qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaligiga aylantirish boʻyicha tuman hokimining 200__ yil “__” _________ dagi “___” sonli qarori bilan tashkil etilgan qishloq xoʻjalik korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiyaning aʼzosi ____________________________________‎
‎____________________________________________________________________________

‎‎(ismi, sharifi, nasabi)‎

‎‎200__ yil “____” _____________ da №___ kontur boʻyicha tanlovda qatnashgan talabgorlarga ball yigʻish varagʻi
‎ ‎

Talabgorlarning
‎ismi, sharifi, nasabi ‎

Talabgorlarga qoʻyilgan ball
‎(10 balli shkala boʻyicha baholanadi
‎va soʻz bilan yoziladi) ‎

1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎
6. v.b.‎


‎___________________‎


‎_______________________‎

(imzo) ‎

(ismi, sharifi) ‎

Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Fermer xoʻjaligini tashkil etish boʻyicha talabgorlarga tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi

‎‎‏Komissiya aʼzolarining
‎ismi va sharifi ‎

Talabgorlar‎‎

B. Yoqubov‎

N. Boltayev‎

V. Egamov‎

P. Sotimov‎

I‎

Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni aniqlashda toʻplangan ball ‎


‎‎45


‎46‎


‎‎51


‎51‎

‎‎

Tanlovda komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballar

‎1

Y. Arshaboyev‎

‎7

‎8

10‎

10‎

‎2

‎R. Axmedov

6‎

7‎

10‎

8‎

‎3

‎A. Abdusamatov

4‎

6‎

10‎

7‎

‎4

‎A. Ergashev

‎7

4‎

10‎

9‎

‎...

10‎

‎Sh. Ernazarov

‎9

9‎

10‎

‎5

‎jami ball

68‎

70‎

90‎

80‎

‎‎

II‎

Tanlovdagi oʻrtacha ball

‎(jami toʻplagan ballni tanlovda qatnashgan komissiya aʼzolari soniga (10ga) boʻlib topiladi).‎

‎6,8

7‎

9‎

8‎

‎‎

III‎

Umumiy ball (I + II)‎

51.8‎

53‎

60‎

59‎

‎‎
‎Komissiyasi raisi

‎__________________________

‎Komissiya aʼzolari:
‎1._______________________
‎2._______________________
‎3._______________________
‎ . . . ____________________
‎10.______________________‎


‎Imzolar

‎______________


‎______________
‎______________
‎______________
‎______________
‎______________

Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalarida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishda tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

‎‎“TASDIQLANDI”
‎ _________________________________
‎(qishloq xoʻjaligi korxonasining nomi)
‎_________________________________
‎(yuqori boshqaruv organi nomi)
‎20__ yil “____” _____________
‎_______-son ‎

‎‎__________ tumani ____________ qishloq xoʻjalik korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiyasi yigʻilishining


‎____-sonli bayonnomasi

‎‎______________ qishlogʻi ‎

‎‎“___” _________ 200__ yil. ‎


‎Raislik qildi:‎


‎_______________‎


‎__________________shirkat xoʻjaligini‎

‎‎fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha qayta tashkil etish komissiyasi raisi

Qatnashdilar: ‎

‎‎(tuman raxbarlari, komissiya aʼzolari)
‎________________________________ ________________________________ ________________________________

‎‎
‎Kun tartibi

‎‎__________ qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish uchun oʻtkazilgan tanlov yakunlari toʻgʻrisida.
‎‎Kun tartibidagi masala yuzasidan qayta tashkil etish komissiyasining raisi ___________ axboroti eshitildi. (qayta tashkil etish komissiyasining ish rejasi, xoʻjalik mol-mulkini va yer uchastkalarini kompleks xatlovdan oʻtkazish, ishchi guruhlari tomonidan bajarilgan ishlar va tanlov yakunlari toʻgʻrisida)
‎‎
‎Kun tartibidagi masalani muhokama qilib, komissiya

‎‎
QAROR QILADI:

‎‎_________ qishloq xoʻjaligi korxonasi negizida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish uchun oʻtkazilgan tanlov yakunlari quyidagicha tasdiqlansin.

T/r‎

Tanlov gʻolibining (I.Sh.N)‎

Yer konturi‎

Maydoni, ga‎

Toʻplagan bali‎

‎1.

‎2

‎3

‎4

‎5

‎‎

‎Komissiya raisi:

‎Komissiya aʼzolari:

‎Kotib ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 1-son, 6-modda)