toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2909-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi boʻyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son “Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2017-yil 7-iyuldagi 28, 21-son qarori (roʻyxat raqami 2909, 2017-yil 1-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 785-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-dekabr,
78-son
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-dekabr,
39/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2018-yil 18-dekabrdagi 78, 39/1-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 6 — 8, 14, 19 — 23, 25, 35 — 37, 41 — 44, 47, 48, 51, 55 — 57, 63 va 74-bandlardagi “Konsullik boshqarmasi” va “Konsullik boshqarmasiga” degan soʻzlar tegishlicha “Konsullik-huquqiy departamenti” va “Konsullik-huquqiy departamentiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. TIVning Konsullik-huquqiy departamenti kelgan hujjatlarni tekshiradi va besh ish kuni ichida bittadan nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi IIV va Davlat xavfsizlik xizmatiga (bundan buyon matnda DXX deb yuritiladi) koʻrib chiqish uchun yuboradi.”.
3. 12, 13, 30, 31, 45, 46, 49, 52, 61, 62, 68 — 71 va 73-bandlardagi “MXX” va “MXXga” qisqartmalari tegishlicha “DXX” va “DXXga” qisqartmalari bilan almashtirilsin.
4. 15 va 64-bandlardagi “Konsullik boshqarmasiga” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamentiga” degan soʻzlar bilan, “MXX” qisqartmasi “DXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
5. 16 va 65-bandlardagi “Konsullik boshqarmasi” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamenti” degan soʻzlar bilan, “MXXning” qisqartmasi “DXXning” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
6. 24-banddagi “TIVning Konsullik boshqarmasi oʻrganish natijalariga asosan” degan soʻzlar “TIVning Konsullik-huquqiy departamenti oʻrganish natijalariga asosan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 50-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50. IIV MvaFRBB ushbu Yoʻriqnomaning 10 va 11-bandlariga muvofiq hujjatlarni tekshiradi va IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda fuqarolikni yoʻqotish masalasini koʻtarishga oid hujjatlarning nusxasini TIV Konsullik-huquqiy departamentiga va DXXga taqdim etadi.
IIV MvaFRBB Nizomning IV boʻlimi 2-bandida nazarda tutilgan faktlarni aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Bosh prokuraturasiga, DXXga hamda IIVning tegishli xizmatlariga, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq maʼlumotlarni aniqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uch ish kuni ichida tegishli soʻrovnomalarni yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, DXX, IIVning tegishli xizmatlari hamda Adliya vazirligi soʻrovnoma asosida barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalar boʻyicha tegishli tekshiruvlarni oʻtkazadi va ularning natijalarini oʻttiz ish kuni ichida IIV MvaFRBBga yuboradi.”.
8. 58-banddagi “Konsullik boshqarmasi” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamenti” degan soʻzlar bilan, “MXXga” qisqartmasi “DXXga” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
9. 72-bandning birinchi xatboshisidagi “IIV MvaFRBB hujjatlarni va TIV hamda MXXning xulosasini olgach” degan soʻzlar “IIV MvaFRBB hujjatlarni va TIV hamda DXXning xulosasini olgach” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi va Oliy sudi bilan kelishilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati raisi I. ABDULLAYEV
2018-yil 16-dekabr
Bosh prokuror O. MURODOV
2018-yil 16-dekabr
Oliy sud raisi K. KAMILOV
2018-yil 16-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 10/19/2909-1/2517-son)