Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-son “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 12-martdagi 3-A/1-son qarori (roʻyxat raqami 1470, 2005-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 121-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Bunda, olingan toʻlov terminali kvitansiyalarining asl nusxalari, elektron tijorat bitimlaridagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar hamda qonun hujjatlarida belgilangan tegishli rekvizitlarga ega boʻlgan boshqa hujjatlar yuridik shaxs buxgalteriyasi uchun hisobot hujjatlari sifatida xizmat qiladi.”.
2.
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Korporativ bank kartasi orqali amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha hisobot hujjatlari sifatida toʻlov terminali kvitansiyalarining asl nusxalari, ularga ilova qilingan tegishli savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarning “toʻlandi” muhri qoʻyilgan toʻlov hujjatlari, shuningdek, elektron tijorat bitimlaridagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar, invoys (hisob-faktura) hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar xizmat qiladi.”.
3.
10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.