Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 12-avgustdagi 19/2-son qarori (roʻyxat raqami 2912, 2017-yil 16-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 867-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 6-bandning
birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1518, 2005-yil 26-oktabr)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 3003, 2018-yil 1-may)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 8-band “b” kichik bandining
ikkinchi xatboshisidagi “Pul muomalasini tartibga solish va monitoring boshqarmasi boshligʻi, Emissiya-kassa amaliyotlari boʻlimi (boshqarmasi)” degan soʻzlar “Naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 18-bandning
birinchi xatboshisidagi “Emissiya-kassa operatsiyalari boʻlimi (boshqarmasi)ga” degan soʻzlar “Naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
24 va
27-bandlardagi “Pul muomalasini tartibga solish va monitoring boshqarmasi” degan soʻzlar “Naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.