1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qo‘shimcha qiymat solig‘i / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 829-sonli “Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oshishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasiga muvofiq o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
bir hafta muddatda soliq to‘lovchilarga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali yetkazsin;
soliq to‘lovchilar tomonidan imtiyozlardan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-dekabr,
1065-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1065-sonli qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari
1. Go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek, hayvonlar (qoramol va parranda) tirik hamda ularni so‘yish mahsulotlari***.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-iyuldagi 591-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2019-y., 09/19/591/3439-son)
2. Baliq.
3. Kartoshka, urug‘lik kartoshka, shu jumladan, import qilingan urug‘lik kartoshka.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 462-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/462/3240-son)
4. Piyoz.
5. Tuxum.
6. Guruch (barcha navlari), shu jumladan, import qilingan guruch.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 462-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/462/3240-son)
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-yanvardagi 56-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 09/19/56/2534-son)
* qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini chakana va ulgurji realizatsiya qilinganda beriladi.
** ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda.
*** shuningdek, import bo‘yicha — 2019-yil 1-oktabrgacha.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-iyuldagi 591-sonli qaroriga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2019-y., 09/19/591/3439-son)