Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Aholining goʻsht mahsulotiga boʻlgan ehtiyojini barqaror taʼminlash, shuningdek, chorvachilik va oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1065-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari
roʻyxatida:
a)
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), shuningdek, hayvonlar (qoramol va parranda) tirik hamda ularni soʻyish mahsulotlari***.”;
b) quyidagi mazmundagi havola “***” qoʻshilsin:
“*** shuningdek, import boʻyicha — 2019-yil 1-oktabrgacha”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng tushuntirilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.