toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2933-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/9-sonli “Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3263, 30.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 26-avgustdagi 21/8-son qarori (roʻyxat raqami 2933, 2017-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 39-son, 1052-modda) bilan tasdiqlangan Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-dekabr,
39/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/2-son qaroriga
ILOVA
Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-banddagi “Lombardlar tomonidan hisobotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1289, 2003-yil 10-dekabr)” degan soʻzlar “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2994, 2018-yil 5-aprel)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 13-banddagi “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun)” degan soʻzlar “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Nizomning 17-ilovasi mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
“Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
17-ILOVA
Mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni hisobga olish
QAYDNOMASI


20__ yil ___________ uchun

_________ hisobvaragʻi boʻyicha


T/r

Ismi

sharifi

Lavozimi

Hisobot davri

boshiga boʻlgan qoldiq (xodim oldidagi
qarzdorlik)

Hisobvaraqning

kreditidan quyidagi

hisobvaraqlar

debetida aks ettirildi (hisoblab yozilgan)

Hisobvaraqning debeti

boʻyicha quyidagi hisobvaraqlar

kreditida aks ettirildi

(ushlab qolingan)

Toʻlandi

Hisobot davri

oxiriga qarz
qoldigʻi (deponentlash
tirilgan ish haqi)

__-h/v

__-h/v

__-h/v

jami

avans

jismoniy

shaxslardan

olinadigan

daromad

soligʻi

kasaba

uyushmasiga

badallar

FShJBPH*

jami





Rahbar

(F.I.O.)

(imzo)


Buxgalter

(F.I.O.)

(imzo)

M.Oʻ.

* Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2933-2/2390-son)