OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son qarori (roʻyxat raqami 3003, 2018-yil 1-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 18-son, 372-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 18-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “(inkassatsiya xizmatining kechki tashrifidan soʻng kassaga kirim qilingan naqd pullar oʻrnatilgan limitga kiritilmaydi)” degan soʻzlar “(bank kassasiga kirim qilish uchun topshirilgandan soʻng kassaga kirim qilingan naqd pullar oʻrnatilgan limitga kiritilmaydi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
28-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.