Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-son “Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 369-modda) bilan tasdiqlangan Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
beshinchi xatboshi “advokat,” degan soʻzdan keyin “surishtiruvchi,” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
2.
6-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, qoida tariqasida, bir notariusga bitta stajor biriktiriladi.”.
3.
111-band “advokat,” degan soʻzdan keyin “surishtiruvchi,” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
5.
161-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
7.
27-banddagi “har olti oy yakunida, mazkur Nizomning 16-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan stajor esa har chorak” degan soʻzlar “stajirovka oʻtash muddatining 1 — 3 choragi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8.
281-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“281. Stajorning notariatga taalluqli nazariy bilimlarni oʻzlashtirish darajasi va amaliy tayyorgarligini nazorat qilish maqsadida u maxsus komissiya tomonidan stajirovka oʻtash muddatining 1 — 3 choragi yakuni boʻyicha sinovdan oʻtkaziladi.”.
10.
40-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.