toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 21-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 27-sentabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 1591-moddaning nomidagi va matnidagi “ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining majburiy notarial tasdiqlanishiga” degan so‘zlar “davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 1971-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Advokat so‘roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslikda, o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot (hujjatlar) taqdim etishda ifodalangan tarzda advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilish yoki uning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) manfaatlariga zid bo‘lgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir o‘tkazish —
eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 283-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 1971-moddasida nazarda tutilgan advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilingan taqdirda, advokat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 480-moddaning birinchi qismi “va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 488-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
3) 574-moddaning uchinchi qismidagi “notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak” degan so‘zlar “davlat soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 603-moddaning ikkinchi qismidagi “notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak” degan so‘zlar “davlat soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi 343-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarius
Yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish talab qilinmaydi.
Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati tugatilgan shaxs.
Notarius yordamchi va stajorga ega bo‘lishi mumkin.
Notariuslarga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi”;
2) 21-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Notarius yordamchisiga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi”;
3) 5 va 6-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-modda. Notariusning mustaqilligi va betarafligi
Notarius o‘z faoliyatida mustaqil va betaraf bo‘lib, uni amalga oshirishda notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qiladi.
6-modda. Notarial harakatlarning maxfiyligi
Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlar to‘g‘risida o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning o‘zigagina berilishi mumkin.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida bo‘lgan ishlar munosabati bilan ularning talabiga binoan beriladi.
Notariuslar tomonidan shuningdek:
maxsus vakolatli davlat organiga — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar);
davlat soliq xizmati organiga — ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalar;
ichki ishlar organiga — avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga o‘tkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar;
yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga — boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami to‘g‘risidagi va oluvchi haqidagi ma’lumotlar;
kredit byurosiga uning so‘roviga ko‘ra — bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar);
rieltorlik tashkilotiga uning so‘roviga ko‘ra — bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar);
manfaatdor shaxslarga vasiyat qiluvchining vafotidan keyin — vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar beriladi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi maqsadida uning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi.
Ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) taqdim etish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshirilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Notariuslar o‘z kasbiy malakasini davriy oshirishi yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi. Notariuslar almashtirish (rotatsiya qilish) tartibida boshqa notarial idoralarga tayinlanishi mumkin. Notariuslarni attestatsiyadan o‘tkazish va almashtirish (rotatsiya qilish) tartibi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
to‘rtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
5) 16-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy yoki yuridik shaxs notarial harakatni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqli, bundan ushbu Qonunning 37, 51, 52, 59, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
6) 17-modda quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“yuridik shaxslarning rahbar organlari yig‘ilishlarida ularning taklifiga ko‘ra ishtirok etish”;
7) 18-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18-modda. Notariusning majburiyatlari
Notarius:
jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;
taraflar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi hamda ularning mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va ushbu bitimlarning qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi;
yuridik jihatdan bexabarlikdan jismoniy va yuridik shaxslarning zarariga foydalanilmasligi uchun ularni amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ogohlantirishi;
qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi;
notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonuniylik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilishi;
uch yilda kamida bir marta o‘z kasbiy malakasini oshirishi;
sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida bo‘lgan ishlar bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirganlik to‘g‘risida ularning talabiga binoan ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) berishi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi;
ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi;
avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga o‘tkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni ichki ishlar organiga taqdim etishi;
boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami to‘g‘risidagi va oluvchi haqidagi ma’lumotlarni yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga taqdim etishi;
bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi;
bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) rieltorlik tashkilotining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi;
vasiyat qiluvchining vafotidan keyin manfaatdor shaxslarga vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni taqdim etishi;
amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi shart”;
8) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa harakatlar uchun haq to‘lash
Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat boji undiriladi.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun o‘z ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining o‘rnini qoplaydi.
Notarius tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq undiriladi.
Notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lashdan ozod etiladi”;
9) quyidagi mazmundagi 41-bob bilan to‘ldirilsin:
“41-bob. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi
221-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining asosiy qoidalari
Notarial faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan axborot tizimi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir.
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan notarial idoraga yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslarning kirishini ta’minlaydi.
Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning maxfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi.
222-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlar kiritish
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslar tomonidan kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning ro‘yxatini belgilaydi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bunday harakatlar amalga oshirilgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
223-modda. Elektron murojaat
Jismoniy va yuridik shaxslar notarius qabuliga oldindan yozilish, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash hamda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun axborot tizimlari orqali notarial idoralarga murojaat qilishi mumkin.
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Agar huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lanmagan bo‘lsa, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash to‘g‘risidagi elektron murojaat ko‘rib chiqilmaydi.
Axborot tizimlari orqali notarial idoralarga kelib tushadigan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;
10) 23-moddaning birinchi qismi:
4-bandi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirilsin:
“121) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi”;
15-bandidagi “arizalarini” degan so‘z “arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar”;
birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “vasiyatnomalari va ishonchnomalari” degan so‘zlar “vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Vasiyatnomalar va ishonchnomalarni” degan so‘zlar “Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 27-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27-modda. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni notarial idoraga berish
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar o‘zlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishonchnomalarning bittadan nusxasini vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart.
Agar vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘lmasa yoki ularning yashash joyi noma’lum bo‘lsa, vasiyatnoma yoxud ishonchnoma uni qaysi tashkilotning mansabdor shaxsi tasdiqlagan bo‘lsa, o‘sha tashkilot joylashgan yerdagi notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi.
Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani va ishonchnomani tekshirib ko‘rishi hamda ularning qonunga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, bu haqda vasiyat qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga ma’lum qilishi shart.
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni o‘zgartirish va bekor qilish, shuningdek ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladigan hujjatning bittadan nusxasini ushbu moddada belgilangan tartibda kechiktirmay notarial idoraga berishi shart”;
13) 28-modda birinchi qismining 1-bandidagi “ushbu Qonun 44-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan va O‘zbekiston Respublikasida joylashgan mol-mulkni” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasida joylashgan ko‘chmas mol-mulkni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 29-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Notarial harakatni amalga oshirish chog‘ida notariuslar tomonidan audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilishi mumkin”;
15) 31-moddaning to‘rtinchi qismi “notarial harakatni amalga oshirish” degan so‘zlardan keyin “bir marotaba” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
16) 32-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar taraflar tomonidan barmoq izlarini olish yo‘li bilan tasdiqlanishi mumkin”;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida videoyozuv vositalaridan foydalaniladi”;
18) 35-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Agar hujjatdagi mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning maqsadi uchun ahamiyatsiz bo‘lsa, notarius bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish uchun qabul qilishga haqli”;
19) 37-moddadagi “shuningdek mazkur notarial idoraning xodimlari nomiga va ularning nomidan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
20) 40-moddaning ikkinchi qismidagi “ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar “ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21) 44-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
22) 62-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotin (er) tomonidan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa, er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi”;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
24) 65-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“65-modda. Hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash
Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi.
Ko‘chirma olinayotgan hujjatda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir nechta alohida masalaga oid qarorlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ko‘chirmaning to‘g‘riligi shahodatlanishi mumkin. Ko‘chirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining to‘la matnini aks ettirishi kerak.
Notarius hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini, unda bayon qilingan faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy shaxslarning shaxsini, muomalaga layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan yuridik shaxsning huquq layoqatini tasdiqlamaydi.
Agar bir qismi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasini ifodalagan bir necha varaqdan iborat hujjat aslining ko‘chirma nusxasi yoki hujjatning aslidan olingan ko‘chirma to‘g‘riligi shahodatlanayotgan bo‘lsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi qo‘yiladi”;
25) 67-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“67-modda. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash
Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qo‘yilganligini tasdiqlaydi.
Bitimni ifodalovchi hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashga yo‘l qo‘yilmaydi”;
26) quyidagi mazmundagi 701-modda bilan to‘ldirilsin:
“701-modda. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yig‘ilishini chaqiruvchi organning yoki shaxsning iltimosiga ko‘ra ushbu yig‘ilish o‘tkazilishi chog‘ida hozir bo‘ladi va yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash to‘g‘risida hamda ushbu qarorni qabul qilish chog‘ida hozir bo‘lgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi.
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshiradi, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini, yig‘ilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonun hujjatlariga va yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi”;
27) 12-bobning nomidagi “arizalarini” degan so‘zlar “arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
28) 73-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“73-modda. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish
Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) o‘zga hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi.
Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini ma’lum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qo‘ydirib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini notarial harakatni amalga oshirishni so‘ragan shaxs qoplaydi.
Shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi”;
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organi rasmiylashtirgan” degan so‘zlar “rasmiylashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi “rasmiylashtirilmagan” degan so‘zdan keyin “yoki apostil qo‘yilmagan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi 349-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Advokat quyidagilardan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas:
ilmiy va pedagogik faoliyat;
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat;
patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;
shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat;
hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat”;
ikkinchi qismidagi “olti” degan so‘z “uch” degan so‘z bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lgan shaxs advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli”;
uchinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin;
to‘rtinchi qismidagi “bir yildan” degan so‘zlar “olti oydan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 4-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi mazmundagi oltinchi — o‘ninchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Advokatlik firmasining yoki advokatlar hay’atining joylashgan yeri yashash uchun mo‘ljallanmagan joyda bo‘lishi kerak.
Advokatlik byurolarini ta’sis etgan advokatlar o‘z faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda o‘zlariga tegishli bo‘lgan turar joylarda amalga oshirishi mumkin, bunda advokatga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar toifasiga o‘tkazish talab qilinmaydi.
Advokatlik tuzilmalari fuqarolar va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun ulardan tushadigan pul mablag‘lari (daromadlar) hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan ta’minot oladi.
Advokatlar advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin.
Advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda chet davlatlarda ushbu davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq o‘zining alohida bo‘linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini) tashkil etishga haqli. Bunda advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati alohida bo‘linmani ochish to‘g‘risidagi qarori haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni oldindan xabardor qiladi”;
4) 5-moddaning birinchi qismi:
to‘rtinchi xatboshisi “fuqarolik” degan so‘zdan keyin “iqtisodiy va ma’muriy” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi”;
5) 6-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni o‘tkazish va ishni sudda ko‘rib chiqish chog‘ida yoki ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqayotgan organlarda va boshqa vakolatli organlarda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish yoki jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilishi, shuningdek albatta baholanishi lozim bo‘lgan dalillarni to‘plash va taqdim etish”;
to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan maxfiylik ta’minlanadigan sharoitlarda (shu jumladan uni qamoqda saqlab turish davrida) uchrashuvlarning soni, davomiyligi cheklanmagan holda hamda ishni yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz xoli uchrashish”;
6) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan to‘ldirilsin:
“71-modda. Advokat so‘rovi
Advokat davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mazkur organlar hamda tashkilotlarning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan advokat tomonidan malakali yuridik yordam ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni (bundan buyon matnda axborot (hujjatlar) deb yuritiladi) taqdim etish masalalari yuzasidan advokat so‘rovini (bundan buyon matnda advokat so‘rovi deb yuritiladi) yuborishga haqli.
Axborot (hujjatlar), shuningdek ularning ko‘chirma nusxalari advokat so‘rovi olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay taqdim etiladi.
Agar davlat organi yoki boshqa organ, shuningdek korxona, muassasa, tashkilot so‘ralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega bo‘lmasa, ular o‘zlariga murojaat etgan advokatga so‘rov olingan sanadan e’tiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda xabar qilishi shart.
Advokat tomonidan ish bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi boshlanganligi to‘g‘risida dalolat beradigan hujjat taqdim etilgan taqdirda, so‘rovda ko‘rsatilgan axborot (hujjatlar) uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.
Advokat so‘rovida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
so‘rov yuborilayotgan davlat organi yoki boshqa organning, shuningdek korxona, muassasa, tashkilotning nomi va pochta manzili;
advokatning familiyasi, ismi, otasining ismi;
advokat o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami;
advokat so‘rovini qayd etish daftaridagi advokat so‘rovining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik raqami va sanasi;
advokat kimning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilayotgan bo‘lsa, o‘sha jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi;
yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan axborot (hujjatlar);
so‘ralayotgan axborotni (hujjatlarni) berish usuli (pochta jo‘natmasi, faksimil aloqa, elektron pochta, bevosita topshirish);
advokatning imzosi.
Advokat so‘roviga orderning ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
Agar advokatlik so‘rovini olgan subyekt so‘ralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega bo‘lmasa yoki ma’lumotlarda davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir mavjud bo‘lsa, shuningdek advokat so‘rovida ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan axborot (hujjatlar) ko‘rsatilmagan bo‘lsa, so‘ralayotgan axborotni (hujjatlarni) advokatga taqdim etish rad etilishi mumkin.
Advokat so‘rovi advokatlik siriga rioya etilgan holda axborot tizimi orqali elektron shaklda ham berilishi mumkin.
Advokat so‘roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot (hujjatlar) taqdim etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi”;
birinchi qismi “u yoki bu tarzda” degan so‘zlardan keyin “bevosita yoki bilvosita” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish to‘g‘risidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini yozma shaklda xabardor qiladi”;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Advokatlar palatasining raisi bo‘lishi mumkin emas”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Advokatlar palatasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha majlislarida ishtirok etishga va ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishga haqlidir”;
to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
9) 13-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Malaka komissiyalari hamkasblari orasida hurmatga sazovor bo‘lgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining va adliya organlarining qo‘shma qarorlari bilan tuziladi.
Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan apellatsiyalarni ko‘rib chiqish, malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi tuziladi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi hamkasblari orasida hurmatga sazovor bo‘lgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi”;
birinchi xatboshisidagi “advokatga guvohnoma bergan adliya organining” degan so‘zlar “malaka komissiyalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“ta’lim muassasalariga, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga o‘qishga kirganda — o‘qish davriga, biroq ko‘pi bilan uch yilga;
homiladorlik va tug‘ish, uch yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilish bo‘yicha ta’tillar berilganda — ta’til vaqtiga;
advokat yoki uning yaqin qarindoshi og‘ir kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli tibbiy xulosa taqdim etilganda — sog‘ayguncha, biroq ko‘pi bilan bir yilga”;
uchinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Advokatda advokatlik faoliyati bilan bir oydan ortiq muddatga shug‘ullanishdan ozod qilinishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lganda, advokatning maqomi uning arizasiga binoan bunday ozod qilinish muddatiga to‘xtatib turilishi mumkin”;
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “uchinchi va to‘rtinchi” degan so‘zlar “uchinchi — beshinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Intizomiy ish yuritish malaka komissiyalarining yoki Oliy malaka komissiyasining qarori bilan qo‘zg‘atiladi”;
uchinchi xatboshisidagi “birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilariga” degan so‘zlar “ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “birinchi qismining to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilariga” degan so‘zlar “ikkinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Advokatga nisbatan intizomiy jazo nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalari bo‘yicha esa, advokat tomonidan nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yil o‘tganidan keyin qo‘llanilishi mumkin emas”;
12) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining yoki Advokatlar palatasining murojaatiga ko‘ra ma’muriy sudning qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda;
advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, bundan advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol mustasno. Litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib bo‘lmaydigan xususiyatga ega bo‘lmasa, ko‘rsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish advokat maqomining to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi”;
13) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib bo‘lganidan so‘ng;
agar litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida talabgor litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan bo‘lsa;
ushbu Qonun 31-moddasining yettinchi qismida va 131-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;
advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
advokat O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish ma’muriy sud tomonidan Oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga ko‘ra quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat kasbiga doir vazifalarini olti oy mobaynida uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarmaganda;
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorning g‘ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etilganda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ma’muriy sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran amalga oshiriladi.
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab bo‘ladi.
Adliya organi uch kunlik muddatda Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini advokatning maqomi tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Advokat maqomining tugatilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi tugatilishiga sabab bo‘ladi.
Ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaxs uch yil mobaynida talabgor bo‘lishga haqli emas”.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 27-moddaning birinchi qismidagi va 28-moddaning matnidagi “mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga” degan so‘zlar “mulkdorlarga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2) 32-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiylashtirilgan kvartirani yoki uyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki ijaraga, arendaga berish kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila a’zolarining va kvartirani yoki uyni xususiylashtirish uchun rozilik bergan shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi. Xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorining voyaga yetmagan oila a’zolari manfaatlarini ularning ota-onasi, ular bo‘lmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organlari ifodalaydi”;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun 1-moddasining 1-bandi, 2-moddasi, 3-moddasining 2 — 29-bandlari, 5-moddasining 2 va 3-bandlari 2019-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-oktabr,
O‘RQ-497-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/4972044-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)