toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi jarayoni tayyorgarlik bosqichi ishlarini samarali tashkil etishni va tizimli asosda muvofiqlashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 30-son, 344-modda) 28-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-dekabr,
1040-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-dekabrdagi 1040-son qaroriga
ILOVA
Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya
tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri, komissiya raisi

N.J. Kushnazarov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri, komissiya raisining oʻrinbosari

B.N. Abidov

tashqi savdo vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi boʻyicha muzokaralar olib borish guruhi rahbari, komissiya raisining oʻrinbosari

A.M. Mursaliyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri (kelishuv boʻyicha)

I.T. Neʼmatov

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

M.M. Mirzayev

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

A.Y. Xaydarov

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

E.S. Kanyazov

adliya vazirining oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

A.E. Ergashev

qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — davlat sanitariya bosh vrachi

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

J.A. Aripov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

E.F. Gadoyev

Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

J.R. Urakov

Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari

D.N. Sattarov

“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori

A.N. Fayzullayev

Intellektual mulk agentligi bosh direktori

A.K. Mirsoatov

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi

U.G. Kodirov

Tashqi savdo vazirligi boshqarmasi boshligʻi

N.A. Zufarova

Tashqi savdo vazirligi boshqarmasi boshligʻi

A.E. Mirsaidov

Tashqi savdo vazirligi boshqarmasi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

Tashqi savdo vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi, komissiyaning masʼul kotibi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar boʻlimi qoshidagi Doimiy vakolatxonasi huzuridagi Maslahatchi — Oʻzbekiston Respublikasining JSTdagi vakili

Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar komissiya tarkibiga kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 09/18/1040/2367-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)