1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Yer osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.06.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash. Litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish. Tanlov va auksionlar;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.12.00 Yer osti boyliklarini muhofaza qilish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq hamda yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va samarali nazorat qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Foydali qazilmalarni qazish chogʻida yer qaʼrini muhofaza qilishning yagona qoidalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:
oldin berilgan kon ajratish dalolatnomalarini 2018-yil 31-dekabrga qadar tanqidiy koʻrib chiqsin va zarurat boʻlganda konga ishlov berish hamda foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun yangi kon ajratish dalolatnomasini ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq bersin;
yer osti boyliklarini muhofaza qilish va yer qaʼridan foydalanuvchilarning kon-geologiya ishlari sohasidagi faoliyati nazorat qilinishini kuchaytirsin;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda yer qaʼridan foydalanuvchilar oʻrtasida ushbu qarorning mazmun va mohiyati boʻyicha keng tushuntirish ishlari olib borsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-dekabr,
983-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qaroriga 1-ILOVA
Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalarni, shu jumladan, yuzaga kelgan texnik-iqtisodiy konyuktura sharoitida qazib olish maqsadga muvofiq boʻlishi mumkin boʻlgan texnogen mineral hosilalarni, ruda bor joylarni va mayda sochma uchastkalarni qazib olish uchun kon ishining yagona tartibini belgilaydi.
2. Kon ajratmasi deb litsenziyaga muvofiq va yer qaʼridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyada koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanishga berilgan maydoni va chuqurligiga koʻra cheklangan yer qaʼrining geometriklashtirilgan uchastkasiga aytiladi.
3. Qazib olish uchun kon ajratish litsenziyaga muvofiq yer qaʼridan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan kon ajratish dalolatnomasi asosida beriladi.
Kon ajratish dalolatnomasi shakli ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
4. Ushbu Nizom mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar foydali qazilmalarni, shu jumladan, texnogen hosilalarni qazib oluvchi korxonalarni loyihalashtiruvchi, quruvchi, rekonstruksiya qiluvchi, kengaytiruvchi yer qaʼridan barcha foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
5. Foydali qazilmalar konini yoki uning bir qismini litsenziyasiz va kon ajratmasisiz yoki uning chegarasidan tashqarida qazib olish taqiqlanadi va ishlab chiqarish xarajatlari qoplanmagan holda belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
6. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratmasi yer osti uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya asosida kon ajratish dalolatnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan (olgan) Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslariga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga berilishi mumkin.
7. Foydali qazilmalar konini yoki uning bir qismini ishlatish uchun kon ajratmasi asosiy zaxiralar va u bilan birgalikda joylashgan foydali qazilmalar va ularning tarkibidagi komponentlar zaxiralari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda DZK deb ataladi) tomonidan tasdiqlanishi va kon belgilangan tartibda sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun berilishi, shuningdek, litsenziya va yer qaʼrini muhofaza qilish hamda ishlarni bexatar olib borish qoidalari va normalari talablari hisobga olingan holda bajarilgan foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishning tasdiqlangan loyihasi mavjud boʻlgan taqdirda beriladi.
8. Tajriba-sanoat koʻlamida foydali qazilmalarni kavlab olish kon ajratmasi bermasdan (neft va gaz konlari bundan mustasno) litsenziya yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish muddatiga, biroq 5 yildan ortiq boʻlmagan muddatga berilgan litsenziya va belgilangan tartibda tasdiqlangan va konchilik munosabatlarini tartibga solish sohasida mahsus vakolatli organlar bilan kelishilgan loyiha asosida beriladi. Tajriba ishlari tugagandan soʻng, sanoat koʻlamida qazib olish uchun ushbu foydalanuvchi Nizomda belgilangan tartibga muvofiq kon ajratmasini rasmiylashtirishi kerak.
9. Neft va gazni tajriba-sanoat yoʻli bilan qazib olish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi tomonidan uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladigan litsenziya va Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan beriladigan va belgilangan tartibda kon ajratmasi rasmiylashtirilgan holda kon ajratmasi asosida amalga oshiriladi.
10. Kon ajratmasi loyihalari va tajriba-texnik foydalanishning texnologik sxemalari operativ tasdiqlangan zahiralarga tuzilishi mumkin. Konlarni tajriba-sanoat yoʻli bilan foydalanish uchun ishga tushirish qazib olishning ushbu bosqichiga qoʻyiladigan talablarga rioya qilingan taqdirda mumkin boʻladi. Shoshilinch kon ajratmasi berish tartibi va talablari muddatsiz kon ajratmasi berish bilan ayni bir xildir.
11. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va kengaytirilayotgan korxonalar uchun kon ajratish ushbu korxonalar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi yoki kengaytirilishi boshlanishidan oldin rasmiylashtiriladi.
12. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi va foydali qazilmalar konlarini ishlatuvchi korxonalar qurilishi uchun yer uchastkasi ajratish kon ajratilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining yer haqidagi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
13. Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan unga ajratilgan konni boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berish taqiqlanadi. Korxonaning nomi oʻzgargan taqdirda kon ajratish dalolatnomasi va topografiya rejasi nusxasidagi yozuv qayta rasmiylashtiriladi.
14. Korxonalar, binolar, inshootlar, aholi punktlari, shaharsozlik faoliyatini tartibga soluvchi umumdavlat va mahalliy ahamiyatga ega obyektlar va alohida qoʻriqlanuvchi hududlar (kurortlar, oʻrmonzor bogʻlar, qoʻriqxonalar, suv taʼminoti manbalari va boshqalar), daryolar, suv havzalari, tarix, madaniyat va sanʼat yodgorliklari, qimmatli qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari, chegara zonalari, aerodromlar, maxsus vazifali poligonlar, ajratib olingan zonalar, mustahkamlangan rayonlar, qabristonlar va boshqa obyektlar joylashgan joy hududi ostidagi foydali qazilma konlarini ishlatish uchun kon ajratish mahalliy davlat hokimiyat organlari, Davlat ekologiya qoʻmitasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kon ishlari uchun beriladigan hududda joylashgan yer uchastkasidan doimiy va vaqtincha foydalanish huquqiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishilgandan keyin amalga oshiriladi.
16. Yer uchastkasidan foydalanish (egalik qilish) huquqining mavjudligi ushbu uchastkada joylashgan foydali qazilmalarni qazib olish huquqini bermaydi, ushbu boʻlimning 18-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
17. Foydali qazilmalarni kavlab olish boʻyicha korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish ishlarini mablagʻ bilan taʼminlashga faqat kon ajratilishini tasdiqlovchi dalolatnoma, shuningdek, davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi va ular olib qoʻyilganda toʻxtatiladi.
18. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar ularga berilgan yer uchastkalari doirasida yer qaʼridan keng tarqalgan foydali qazilmalarni, yer osti suvlarini xoʻjalik va maishiy ehtiyojlar uchun qazish maqsadida litsenziya va kon ajratish dalolatnomasi olmasdan quyidagi shartlarga rioya qilish sharti bilan foydalanish huquqiga ega boʻladilar:
keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olish ochiq usulda, bir oʻyiqning balandligi ikki metrdan ortiq boʻlmagan va Inspeksiya bilan kelishgan holda amalga oshirilishi kerak;
ishlar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda olib borilishi kerak;
unumdor qatlamni olib tashlash va saqlash, shuningdek, buzilgan yerni keyinchalik qayta tiklash masalasi hal etilishi kerak;
kon ishlari boshlanishidan 10 kun oldin Inspeksiya va mahalliy hokimiyat organlari xabardor qilinishi kerak;
qazib olingan keng tarqalgan foydali qazilmalar va yer osti suvlaridan yer uchastkasi egasi (foydalanuvchi) ning xoʻjalik yoki maishiy ehtiyojlari uchungina foydalanilishi kerak.
Foyda olish maqsadida qazib olingan foydali qazilmalarni boshqa korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarga sotish yoki berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-bob. Kon ajratishga qoʻyiladigan asosiy talablar
19. Kon ajratish yer osti boyliklaridan foydalanuvchiga konni sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun berish-qabul qilib olish dalolatnomasi boʻyicha sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun beriladigan tasdiqlangan zaxiralar joylashgan butun maydonga va uning chuqurligiga beriladi.
Ushbu talab foydali qazilmalarning birgalikda joylashgan bir necha turlaridan iborat boʻlgan kompleks konlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
20. Yirik konlarni ishlatish uchun kon ajratmasi mustasno xollarda ushbu konning muayyan uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyasi boʻlgan ikki yoki bir necha yer qaʼridan foydalanuvchilarga berilishi mumkin.
21. Bir maydonda joylashgan har xil turdagi foydali qazilma konlarini ishlatish zarurati tugʻilganda kon ajratmasi har bir konni ishlatish uchun alohida beriladi. Ushbu holda, shuningdek, yirik foydali qazilma konlari bir necha yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan qazilganda konni yoki uning qismlarini qazish izchilligi hamda kon ishlari oʻzaro aloqadorligi yer qaʼridan topilgan zaxiralarning eng toʻliq, kompleks va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq qazib olinishini, yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va ishlarni bexatar olib borish talablari bajarilishini taʼminlashi kerak.
Bir maydondagi neft va gaz gorizontlari ikkita yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan qazib olingan xollarda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ikkita mustaqil kon ajratmasi rasmiylashtirilishi zarur.
22. Qattiq foydali qazilmalar konlarini ishlatish uchun kon ajratish chegaralari DZK tomonidan tasdiqlangan zaxiralar yoki ularning qismlari konturlari bilan belgilanadi, togʻ jinslari siljishi yoki karyer yon devorlari kengayishi zonalari hisobga olingan holda loyihalashtirish uchun DZK tomonidan ruxsat berilgan hajmlardagi S toifasi ham shu jumlaga kiradi.
Neft va gaz konlari boʻyicha kon ajratish chegaralari har bir kon uchun DZK tomonidan tasdiqlangan A+V+S1 toifalar zaxiralarining konturi boʻyicha alohida, har qaysi zaxira uchun belgilanadi. Qidirish tugallangan, 1 mln. tonnagacha neft va 3 mlrd kub metrgacha gaz zaxiralari qazib olinayotgan konlar uchun kon ajratmalari chegaralari DZK tomonidan qabul qilingan A+V+S1 va S2 toifalar zaxiralari konturlari boʻyicha belgilanishi mumkin.
Qazishda konturdan tashqari suv bilan toʻldirishni qoʻllash nazarda tutilgan konlar uchun kon ajratmasi chegaralari konturdan tashqari haydaydigan quduqlar joylashuvi perimetri boʻyicha belgilanadi.
Kon uchastkalarini, maʼdan tanalarini mustaqil qazib olish uchun yaroqsiz boʻlgan togʻ jinslari va qatlamlarni ajratilgan kon ajratmasi tashqarisida qoldirish taqiqlanadi.
23. Ishlab turgan korxonaga ajratilgan kon chegarasidan tashqarida joylashgan kon uchastkalarini qazib olish uchun jalb etish maqsadida kesib olish ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda yangi kon ajratish sifatida rasmiylashtiriladi.
24. Togʻ jinslari qatlami va ruda jismlardan iborat koʻmir konlari uchun kon ajratish barcha qatlamlar va ruda jismlari boʻyicha rasmiylashtiriladi. Agar ushbu zaxiralarni oʻyish qolgan qatlamlar va ruda jismlariga, zaxiralariga zararli taʼsir koʻrsatmasa yoki ularning keyinchalik qazib olinishini qiyinlashtirmasa va yer qaʼridagi mineral xom ashyoning qoʻshimcha ravishda kamayishiga olib kelmasa, alohida qatlamlar va ruda jinslari, zaxiralari boʻyicha kon ajratishga, istisno tariqasida, yoʻl qoʻyiladi.
25. Yer ostini gazlashtirish usuli bilan qaziladigan koʻmir konlari chegarasida koʻmir qazib olish uchun kon ajratishga, ochiq yoki yopiq usul bilan qaziladigan koʻmir koni chegarasida yer ostini gazlashtirish uchun kon ajratishga faqat maxsus loyihalar boʻyicha va yer ostini gazlashtirish hududida kon ishlarining xavfsizligi toʻgʻrisida va gazlashtirishning qoʻshni foydali qazilma konlariga zararli taʼsiri yoʻqligi haqida ekspert xulosasi mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
Foydalanish muddati cheklangan hollarda kon ajratish litsenziyada koʻrsatilgan muddatga, neft va gaz konlari uchun esa — 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi. Zarurat boʻlganda kon ajratishning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin. Kon ajratishning amal qilish muddatini uzaytirishda faqat kon ajratish dalolatnomasi va topografiya rejalaridagi yozuvlar qayta rasmiylashtiriladi.
27. Foydali qazilmalar konlarini ishlatish uchun kon ajratish loyihalari, qoidaga koʻra, Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarida va Inspeksiyada roʻyxatdan oʻtkazilgan ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. Kon ajratmalari loyihalarining foydali qazilmalarni qazuvchi korxonalarning loyiha-konstruktorlik byurolari tomonidan ishlab chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Foydali qazilmalarni qazuvchi korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishni loyihalashtirishda (kon ajratmasi loyihasi texnik loyiha tarkibida ishlab chiqilgan taqdirda) loyihalash tashkiloti asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni, oʻlchamlarni, chegaralarni va boʻlajak kon va yer ajratishning boshqa asosiy parametrlarini, shuningdek, foydali qazilmalar zaxiralaridan oqilona foydalanishni, atrof tabiiy muhit, xodimlar va aholi, binolar va inshootlarning kon qazilishi bilan bogʻliq kon ishlarining zararli taʼsiridan muhofaza qilinishini taʼminlaydigan chora-tadbirlarni belgilaydi.
29. Tushuntirish xatida soʻralayotgan kon ajratishdan koʻzda tutilgan maqsad koʻrsatiladi hamda uni olish zarurligi asoslanadi, shuningdek, quyidagi maʼlumotlar bayon qilinadi:
foydali qazilmalarni qazuvchi korxonani loyihalashtiruvchi, loyihani kelishgan va tasdiqlagan tashkilotning nomi, shuningdek, kon ajratish loyihasini tayyorlagan tashkilotning nomi;
soʻralayotgan kon ajratmasi hududi toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar (geografik va maʼmuriy holati, maydonning kattaligi, qishloq xoʻjaligi ekinlari va oʻrmonzorlar tavsifi, obodonligi, foydalanilishi va boshqalar);
konning qisqacha geologik tavsifi (qatlamlar, ruda jismlari, togʻ jinslari va boshqalarning oʻlchami va elementlari), konni qazishning kon-geologiya va gidrogeologiya shart-sharoitlari, yondosh kon ajratmalari toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar;
konning qidirilganligi, asosiy foydali qazilmalar va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalar zaxiralarining qidirilgan va tasdiqlangan, operativ hisobga olingan miqdori, sifati, toifaliligi va ashyoviy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ochiq usulda qazishda esa — shuningdek, foydali qazilma ustida joylashgan jinslar haqidagi maʼlumotlar;
qazish chogʻida va keyinchalik ishlov berishda mineral xom ashyodan kompleks foydalanish chora-tadbirlari.
30. Chizma materiallar yer ajratishning loyiha chegaralarida yuzaning topografik (gipsometrik) rejasi nusxasidan va amaldagi yoʻriqnomalar va metodik koʻrsatmalar talablariga muvofiq tuzilgan geologik (tarkibiy) xaritalar va qirqimlar nusxalaridan iborat boʻlishi kerak.
Yuzaning topografik rejasi nusxasida yuza relyefi va tayanch geodeziya tarmogʻi punktlari, foydali qazilmalar qatlamlarining yer yuzasiga yoki choʻkindi qatlamlarga chiqishi, mavjud kon inshootlari (shaxtalar, shtolenlar, shurflar va boshqalar)ning ogʻzi, qidirish maqsadida qazilgan quduqlar va boshqa quduqlar; oʻrmonzorlar va qishloq xoʻjaligi ekinlarining konturlari, kon maydonidagi yerdan foydalanish va aholi punktlari loyihaviy va mavjud chegaralari va yaqinidagi inshootlar, binolar, ularning qavatlari, qoʻshni va soʻralayotgan yer ajratish chegaralari, burchak nuqtalar va kon ishlarini bexatar olib borish chegaralari belgilangan holda yer ajratish koʻrsatilishi kerak.
Topografik rejaning boʻsh qismida gorizontal yassilikda yer ajratmasi proyeksiyasi maydoni (gektarlarda), reja va usti ochiq kon boʻyicha grafik bilan belgilanadigan soʻralayotgan yer ajratmasi burchak nuqtalarining X, U, Z koordinatlari kattaligi, reja toʻldirilgan sana koʻrsatiladi.
Rejaning yuqorigi oʻng tomonida topografik nusxa yozuvlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunadagi burchaklik shtamp qoʻyiladi.
Topografiya rejasi nusxasi masshtabi tasvirlanayotgan uchastka oʻlchamiga, foydali qazilmalar qazish boʻyicha yuridik yoki jismoniy shaxslarning xususiyati va vazifasiga bogʻliq holda qabul qilinadi, biroq u 1:5000 masshtabdan kam boʻlmasligi kerak.
Kattaroq maydonga ega boʻlgan kon ajratmalari uchun topografiya rejasi nusxasini 1:5000 dan 1:25000 gacha boʻlgan masshtabda taqdim etishga ruxsat beriladi.
Kon ajratishni rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan topografiya rejasi nusxalaridan biri polotno kalkada, lavsanda yoki ularda muhr uzoq vaqt yaxshi saqlanishini taʼminlaydigan boshqa materiallarda tayyorlanishi kerak.
Geologiya xaritasi va usti ochiq konlar nusxalarida konning va unga tutashib ketgan hududning geologik tuzilishi, foydali qazilmalar qatlamlari konturlari, ularning yer yuzasiga va choʻkindi qatlamlarga chiqishi, tektonik buzilishlar, oʻpirilishlar joyi va uchastkalarning foydalanish uchun yaroqsiz boʻlgan boshqa joylari; konning va unga yaqin hududning gidrogeologik va muhandislik-geologik sharoitlari; foydali qazilmalar zaxiralarining tasdiqlangan va operativ hisobga olingan zaxiralari hisob-kitobi konturlari, soʻralayotgan yer ajratishning maydoni va chuqurligi boʻyicha konturlari koʻrsatilishi kerak.
31. Koʻmir konini qazish uchun yer ajratish loyihasida, shuningdek, ularga yer ajratish loyiha konturi chizilgan holda 1:5000 masshtabida razvedka qilingan barcha qatlamlarning gipsometrik rejalari taqdim etilishi kerak.
Ikki yoki undan koʻp qatlamlardan iborat boʻlgan koʻmir konini qazish uchun ajratilgan yer konturining topografiya rejasida siljish burchaklari hisobga olingan holda proyeksiyalar boʻyicha chekka burchak nuqtalari belgilanadi.
32. Neft va gaz konlarini qazish uchun kon ajratmalari olishda geologiya xaritasi oʻrniga har bir sanoat neft yoki gaz gorizonti boʻyicha kamida 1:50 000 macshtabli A+V+S va S toifalar zaxiralari chegarali koʻrsatilgan holda tarkibiy xaritalar, shuningdek, unumdor togʻ jinslari tizmasi va gorizontlar joylashgan joy chuqurligi koʻrsatiladigan tarkibiy xarita bilan bogʻliq boʻlgan geologik profillar (uzunasi va bir-biri bilan kesishadigan chiziq boʻylab) taqdim etilishi kerak.
33. Kon ajratmasi loyihasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun foydali qazilmalar konini berish-qabul qilib olish toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasi, neft va gaz konlari uchun bundan tashqari ularni qazish loyihasi tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalari;
foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonani qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish loyihasining belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyihasi (yer ajratish loyihasi koʻrib chiqilgandan keyin yer qaʼridan foydalanuvchiga qaytariladi);
yer ajratilgan holda yerdan foydalanuvchining roziligini yozma rasmiylashtirish;
boʻysunishiga koʻra yuqori turuvchi tashkilotning kon ajratish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi (agar tabiatdan foydalanuvchi mustaqil boʻlsa, ushbu iltimosnoma talab etilmaydi).
Inspeksiya kon ajratmasi berish uchun zarur boʻlgan boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni belgilangan tartibda mustaqil ravishda oʻzaro axborot ayirboshlash orqali, shu jumladan, elektron tarzda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlar bundan mustasno.
34. Kon ajratish loyihasi loyihalash tashkilotining direktori (bosh muhandis) va kon ajratilishini soʻrayotgan korxona rahbari tomonidan imzolanadi, ularning imzolari muhr bilan tasdiqlanadi.
35. Foydali qazilmalar konini yoki uning uchastkasini ishlatish huquqiga litsenziya olgan yuridik yoki jismoniy shaxslar Inspeksiyaga buyurtmanoma yuboradilar. Buyurtmanomada yuridik yoki jismoniy shaxslarning nomlanishi, uning idoraviy mansubligi va manzili, kon joylashgan joy koʻrsatiladi.
Buyurtmanomaga ikki nusxada zarur ilovalar bilan birgalikda kon ajratish loyihasi ilova qilinadi.
36. Inspeksiya, zarurat boʻlganda, ajratiladigan konni olishdan manfaatdor boʻlgan korxona vakili ishtirokida taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi hamda buyurtmanoma olingandan keyin 10 kundan kechikmay tegishli qaror chiqaradi.
loyihaga ilova qilinishi zarur boʻlgan hujjatlarning mavjudligi;
yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda kon ajratmasi chegaralarining toʻgʻriligi va asoslanganligi;
uning uchun kon ajratish soʻralayotgan foydali qazilmalarni qazuvchi korxonani qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish loyihasining kondan oqilona, kompleks foydalanish va yer qaʼrini muhofaza qilish, ishlovchilarning va aholining salomatligi va hayoti xavfsizligini taʼminlash, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni kon ishlarining zararli taʼsiridan muhofaza qilish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha loyiha yechimlarining toʻliqligi va asoslanganligiga oid qismi;
Inspeksiyaning qaroridan norozi boʻlingan taqdirda ushbu qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
39. Kon ajratilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma ikki nusxada tuziladi. Inspeksiya rahbarining kon ajratish dalolatnomasidagi va topografiya rejasi burchakli shtampidagi imzosi muhr bilan tasdiqlanadi.
Kon ajratilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma faqat tipografik yoʻl bilan tayyorlangan, xatosiz va tuzatishlarsiz toʻldirilgan blankalarda beriladi.
40. Kon ajratilganligini tasdiqlovchi dalolatnomaning va kon ajratishning rasmiylashtirilgan loyihasining birinchi nusxalari foydali qazilmalar konini ishlatuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi, ushbu hujjatlarning ikkinchi nusxalari esa Inspeksiyasida saqlanadi.
41. Inspeksiya tomonidan foydali qazilmalar konini ishlatish uchun berilgan kon ajramasini hisobga olish ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakldagi maxsus daftarda (reyestr) amalga oshiriladi.
5-bob. Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini toʻxtatishning asoslari va tartibi
42. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼridan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatilishi, toʻxtatib qoʻyilishi yoki cheklab qoʻyilishi mumkin.
43. Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan foydali qazilmalar konlarini qazish qoidalari va normalari buzilgan taqdirda Inspeksiya kon ajratilganligini tasdiqlovchi dalolatnomani bekor qiladi va Davlat geologiya qoʻmitasiga litsenziyani bekor qilish boʻyicha tashabbus bilan chiqadi.
44. Foydali qazilmalarni qazuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs konservatsiya qilinganda yoki tugatilganda kon ajratish dalolatnomasi yuridik yoki jismoniy shaxs konservatsiya qilinishi yoki tugatilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin 30 kun muddatda Inspeksiyaga qaytariladi.
45. Kon ajratmasini rasmiylashtirish, uni oʻz vaqtida olish va uning saqlanishi uchun ushbu Nizom bilan belgilangan tartibga rioya qilish uchun javobgarlik foydali qazilmalarni qazuvchi korxona rahbarlariga yuklanadi, foydali qazilmalarni qazuvchi korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishni loyihalashda esa — loyiha bosh muhandisiga va loyiha tashkiloti rahbariga yuklanadi.
Foydali qazilmalarni qazuvchi korxonaning rahbarlari va mansabdor shaxslari shuningdek yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari hamda yer ajratishni tasdiqlovchi dalolatnomada bayon qilingan yer qaʼridan foydalanuvchining majburiyatlari buzilganligi uchun ham javob beradilar.
Foydali qazilmalarni oʻzboshimchalik bilan qazib olishda aybdor boʻlgan mansabdor va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
46. Yer qaʼridan foydalanuvchilarda kon ajratishni tasdiqlovchi dalolatnomalar mavjudligi, taqdim qilingan kon ajratish hujjatlarining toʻliqligi va toʻgʻriligi, shuningdek, kon ishlarini bajarish chogʻida yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni Inspeksiya amalga oshiradi.
47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi
Inspeksiya po kontrolyu za gorno-geologicheskoy deyatelnostyu pri Gosudarstvennom komitete Respubliki Uzbekistan po geologii i mineralnim resursam
KON AJRATISH DALOLATNOMASI №_____
20____ yil “____” __________
Toshkent shahri
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ____________________________________________
burchakli punktlar bilan belgilangan ajratilgan kon proyeksiyasi maydoni______________ni tashkil etadi.
(soʻz bilan yoziladi)
Ajratilgan konning amal qilish muddati _____________________________________________________
Ikki nusxada tuzilgan ushbu dalolatnoma, ___________ tartib raqami bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi reyestriga kiritildi.
Korxona foydali qazilma konini qazib olish uchun ajratilgan konda quyidagilarni bajarishga majburdir:
foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonaning tasdiqlangan loyihasiga, kon ishlarini rivojlantirish rejasiga, neft, gaz va yer osti suvlari konlarini qazib olish loyihalari va sxemalariga hamda texnikaviy foydalanish qoidalariga muvofiq konni qazib olish;
ajratilgan kon va unga tutashib ketgan hududlarda barcha yer usti, yer osti inshootlarini, shuningdek, atrof tabiiy muhitni kon ishlanmalarining zararli taʼsiridan muhofaza qilish;
zaxiralarning holati va harakati, foydali qazilmalarning kamayishi va aralashib ketishini hisobga olish, ishlanayotgan (yer qaʼrida vaqtincha konservatsiya qilingan) va u bilan qoʻshni konlarda foydali qazilmalar buzilishiga yoʻl qoʻymaslik;
foydali qazilma ustida joylashgan jinslardan oqilona foydalanishni, shuningdek ularning jinslarini xususiyatlari va yerning qayta tiklanishi talablari hisobga olingan holda joylashtirilishini taʼminlash;
ajratilgan kon ustidagi hududda, shuningdek, foydali qazilmalar konlariga tutash maydonlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi organlarining ruxsatisiz imoratlar qurilishiga yoʻl qoʻymaslik, kondan foydalanishda ulardan foydalanish yoki portlatish ishlari va ushbu konlarni ishlatishda hosil boʻladigan koʻchkilarning xavfli va zararli taʼsiri ularga yoyilishi mumkin;
kon ishlari boshlanishidan 15 kun oldin bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga maʼlum qilish.
Agar yer qaʼridan foydalanuvchi bir yil davomida yer osti boyliklaridan foydalanishga kirishmasa kon ajratish dalolatnomasi oʻz kuchini yoʻqotadi va u Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga qaytarilishi kerak.
Foydali qazilmalarni qazuvchi korxona konservatsiya qilinganda yoki tugatilganda obyekt tugatilishi yoki konservatsiya qilinishiga oid ishlar tamom boʻlgan kunda toʻldirilgan geologiya va marksheyder hujjatlarining asl nusxalari 10 kun muddatda oʻzining yuqori turuvchi tashkilotiga topshirilishi, marksheyder rejalari, geologiya xaritalari va qirqimlar nusxalari esa mana shu muddatda manfaatdor korxonalarga, tashkilotlarga, shu jumladan, qoʻshni korxonalarga berilishi kerak.
Korxona tomonidan unga berilgan kon boshqa korxonaga berilishi taqiqlanadi.
Kon ajratish dalolatnomasi marksheyder va geologiya hujjatlarining nusxalari olinganligi toʻgʻrisida manfaatdor tashkilotlarning tilxatlari nusxalari bilan birgalikda kon korxonasi konservatsiya qilinishi yoki tugatilishi haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgandan keyin 15 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga topshiriladi.
Koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun foydali qazilmalarni qazuvchi korxona rahbarlari va mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Muhr oʻrni
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Topografik reja nusxasidagi yozuv
NAMUNASI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan kon ajratishni tasdiqlovchi 20___ yil “___” _________dagi dalolatnoma boʻyicha________________________________________________________
(yer osti boyliklaridan foydalanuvchining nomi va uning idoraviy mansubligi)
____________________________________________________________ kon berildi.
(foydali qazilma nomi)
Ushbu rejada _________________________ burchak nuqtalari bilan belgilangan ajratilgan kon chegaralari doirasida quyidagilarga ishlov berilishi kerak:
T/r
Qatlam, togʻ jinsi, linza va boshqalar nomi
Uzunligi, m
Maydoni, ga
boʻylamasi boʻyicha
qiyaligi boʻyicha
1.
2.
3.
Kon_______m chuqurlikda berildi.
Kon ajratishni tasdiqlovchi dalolatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi reyestriga 20 ___ yil “____” ______da ____tartib raqami bilan kiritildi.
Muhr oʻrni
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Foydali qazilmalar konlarini qazib olish uchun berilgan kon ajratmalarini
HISOBGA OLISH DAFTARI (REYESTRI)
Reyestrtartib raqami
Kon ajratish dalolatnomasining tartib raqami va berilgan vaqti
Kon (qatlam)ning nomi
Kon ajratmasi joylashgan joy (qishloq, tuman, viloyat, respublika)
Kon ajratmasi olgan tashkilot yoki korxonaning nomi va manzili
Tizimiga korxona kiradigan vazirlik (idora)
Qazib olish uchun berilgan foydali qazilma-ning nomi
Kon ajratmasiga toʻgʻri keladigan maydon (ga)
Korxonani tugatish yoki saqlashga qoʻyish, kon ajratmasi hajmlarini oʻzgartirish va uni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaydlar
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Izoh. Daftar raqam qoʻyib chiqilgan, ip oʻtkazib bogʻlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari, shu jumladan, neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, inshootlar qurish va ulardan foydalanish, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini koʻmish, oqova suvlarni (kommunal-maishiy maqsaddagidan tashqari) chiqarib yuborish uchun kon ajratmalari berishning yagona tartibini belgilaydi.
2. Litsenziyaga muvofiq va yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyada koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanishga berilgan maydoni va chuqurligiga koʻra cheklangan yer qaʼrining geometriklashtirilgan uchastkasi kon ajratmasi deb ataladi.
3. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi (keyingi oʻrinlarda kon ajratmasi deb ataladi) foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun foydalanuvchilarga beriladigan yer qaʼrining foydali qazilmalarni qazib olish bilan bevosita tegishli yoki tegishli boʻlmagan bir qismi nazarda tutiladi.
Kon ajratmasi litsenziyaga muvofiq yer qaʼridan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblangan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha kon ajratish dalolatnomasi asosida beriladi.
4. Ushbu Nizom mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini loyihalashtiruvchi, quruvchi, foydalanuvchi va rekonstruksiya qiluvchi barcha yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun bajarilishi shart hisoblanadi.
5. Kon ajratmalari olingan litsenziyalarga muvofiq foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurishni amalga oshirish va ulardan foydalanish huquqiga ega boʻlgan korxonalarga ushbu qorxonalarda maxsus loyihalar va kon-texnika xizmatlari mavjud boʻlgan taqdirda berilishi mumkin.
6. Ishlangan kon inshooti yoki yer qaʼrining bir qismidan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish yoxud konlarda obyektlarni joylashtirish uchun foydalanishni moʻljallayotgan qazilma boyliklarni qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi koʻrsatib oʻtilgan ishlar boshlangunga qadar unga oldin berilgan foydali qazilma koniga ishlov berishga kon ajratmasi bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, ushbu Nizomga muvofiq kon ajratmasini rasmiylashtirishi shart.
7. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi, shu jumladan, foydali qazilmalarni qazuvchi tugatilgan, konservatsiya qilingan yoki ishlab turgan korxonalarning ishlangan konlarida ham, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan beriladi.
Yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish yoki foydali qazilmalarni qazib oluvchi ishlab turgan korxonaning ishlov berilgan konlaridagi obyektlarga joylashtirish uchun kon ajratmasini berishga foydali qazilmalarni qazuvchi korxona ixtiyorida boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
8. Zararli moddalarni va ishlab chiqarish chiqindilarini koʻmish, oqova suvlarni chiqarib yuborish uchun kon ajratmasi berishga faqat istisno hollarda hamda har bir aniq holatda maxsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot tashkilotining zararli moddalarni, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlarni zararsizlantirish va foydali suratda ishlatishning texnik imkoniyati yoʻqligi, shuningdek, zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilarini koʻmish yoki oqova suvlarni chiqarib tashlash moʻljallanayotgan gorizontlarning aralashib ketuvchi jinslari va qatlam suvlari bilan birga qoʻshilishi haqidagi xulosasi mavjudligi mana shunday shartlardan biri hisoblanadi.
9. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yangidan qurilayotgan yer osti inshootlari uchun, shuningdeq, mavjud kon ajratmasiga yer qaʼrining bir qismini kesish (qoʻshish) zarurligini keltirib chiqaruvchi bunday inshootlarni rekonstruksiya qilish uchun kon ajratmasi loyiha hujjatlari tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan inshootlar qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) boshlanishidan oldin rasmiylashtirilishi kerak.
10. Mavjud kon ajratmasiga nisbatan yer qaʼrining bir qismini kesish (qoʻshish) ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda yangi kon ajratmasi sifatida rasmiylashtiriladi.
11. Yer osti inshooti qurilishi foydali qazilmalar qatlami mavjud boʻlgan maydonda yoki ilgari kon inshootlari bilan ishlangan jins qatlamida boshlangan taqdirda, uni soʻrovchi korxona yoki tashkilot kon ajratmasi rasmiylashtirilgunga qadar foydali qazilmalar joylashgan maydonda imorat qurish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olishi zarur.
12. Foydali qazilmalar qazish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini litsenziya olmasdan va kon ajratmasi dalolatnomasisiz qurish va ulardan foydalanish, teng ravishda uning tashqarisida ham, yer osti boyliklaridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanadi va ishlab chiqarish xarajatlarining oʻrni qoplanmasdan belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
13. Yer qaʼridan foydalanuvchining unga berilgan kon ajratmasini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berishi taqiqlanadi, yer osti inshootining tegishliligi oʻzgargan taqdirda kon ajratmasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda yangi sifatida qayta rasmiylashtirilishi kerak.
14. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda yer osti inshootlari qurish maydonlarini tanlash komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyaning tarkibi va ish tartibi Qurilish meʼyorlari va normalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
15. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda yer osti inshooti va obyektlar qurilishi uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma hamda uning ajratilishi Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda korxona (buyurtmachi) tomonidan beriladi.
16. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda yer osti inshootlari va obyektlari qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) boʻyicha ishlarni mablagʻ bilan taʼminlashga qon ajratmasini tasdiqlovchi litsenziya va dalolatnoma, shuningdek, davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi va ular olib qoʻyilishi bilan toʻxtatiladi.
2-bob. Kon ajratmalariga qoʻyiladigan asosiy talablar
17. Kon ajratmasi faqat yer qaʼrining, geologik tuzilishning, kon-texnika va gidrogeologiya sharoitlarining zarur darajada sinchiklab oʻrganilgan qismigagina beriladi, undan foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish esa shu yaqin oradagi foydali qazilma konlarini qazishni qiyinlashtirmaydi hamda kon ishlanmalariga, yer yuzasi va suv obyektlariga neft, gaz va boshqa moddalar va materiallarning ular saqlanishida suqulib kirishini, yer osti boyliklariga tashlanadigan oqova suvlar, yer qaʼriga koʻmilgan zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini istisno etadi.
18. Kon ajratmasi chegaralari togʻ jinslarining siljishi va qulashi zonalarini, shuningdek, ushbu inshootlarning normal ishlab turishini taʼminlovchi saqlovchi va toʻsuvchi qismlarni (seliklarni) hisobga olgan holda loyihalashtirilayotgan yer osti inshootining texnik chegaralari bilan belgilanadi.
Zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini koʻmishda, oqova suvlarni chiqarib tashlashda kon ajratmasi konturi ularni qatʼiy belgilangan chegaralarda lokalizatsiya qilish taʼminlanishi mumkin boʻlgan yer qaʼri qismi bilan belgilanadi.
Gazni yer ostida saqlash uchun taqdim etilgan kon ajratmasi chegaralari bunday saqlash joyi qurilishi uchun loyiha hujjatlariga muvofiq bugʻ qatlamlari bilan tugallanadigan gazning eng koʻp hajmda tarqalishi konturlari bilan, pyezometrik quduqlar mavjud boʻlgan taqdirda esa — ushbu quduqlarni qamrab oluvchi konturlar bilan belgilanadi. Gazni yer ostida saqlash omborlari qurilishi uchun ular joylashgan bir maydonga toʻgʻrilangan bir yoki bir necha bugʻ qatlamlaridan, shuningdek, ishlangan neft, gaz yeki suvli qatlamlardan (gorizontlardan) foydalanish mumkin.
Neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun taqdim etilgan kon ajratmasi chegaralarini belgilash, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini koʻmish, oqova suvlarni chiqarib yuborish aholi yashash joylari, xalq xoʻjaligi obyektlari, tabiiy obyektlar va boshqa obyektlar uchun belgilangan sanitariya zonalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
19. Foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha ishlab turgan korxonalarning kon qazilmalarida, shuningdek, foydali qazilma konlar yaqinidagi yer qaʼri uchastkalarida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi berish uchun foydalanilayotgan inshootlar va ishlanayotgan konlarning oʻzaro zararli taʼsiri istisno etilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
20. Kon ajratmasi muddatsiz yoki muddatli foydalanishga beriladi.
Yer qaʼridan muddatli foydalanishda kon ajratmasi litsenziyada koʻrsatilgan muddatga, gazni yer ostida saqlash va neftni yer ostida saqlash uchun 8 yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi. Zarurat boʻlganda kon ajratmasining amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin. Kon ajratmasining amal qilish muddati uzaytirilganda faqat kon ajratmasi dalolatnomasi va topografiya rejalaridagi yozuvlar qayta rasmiylashtiriladi.
21. Korxonalar, binolar, inshootlar, aholi yashash punktlari, mahalliy va davlat ahamiyatiga ega boʻlgan shaharsozlik faoliyati obyektlari, alohida qoʻriqlanadigan hududlar (kurortlar, oʻrmonzorlar, qoʻriqxonalar, suv taʼminoti manbalari), daryolar, suv havzalari, tarix, madaniyat va sanʼat yodgorliklari, qimmatli qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari, chegara polosalari, aerodromlar, maxsus vazifalarga moʻljallangan poligonlar, oʻzgaga berish polosalari, mustahkamlangan rayonlar, qabristonlar va boshqa obyektlar joylashgan hududlar qaʼridan kon ajratmalari uchun manfaatdor mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davlat ekologiya qoʻmitasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kon ishlari uchun berilgan hududda yer uchastkalaridan doimiy va vaqtinchalik foydalanish huquqiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishilgandan keyin amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
22. Yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish uchun qon ajratmasi loyihasi quyidagi boʻlimlardan iborat boʻlishi kerak:
tushuntirish xati;
kon ajratmasiningʻ uch oʻlchamli chegaralarini va oʻlchamlari hisob-kitobini asoslash;
soʻralayotgan kon ajratmasi chegaralarida yuza topografik rejasi, geologiya xaritalari va kesimlari nusxalari.
Tushuntirish xatida quyidagilarni koʻrsatish zarur:
kon ajratmasi soʻrashdan maqsad, uning maʼmuriy joylashgan oʻrni, yer osti inshootini loyihalashtirgan va kon ajratmasi loyihasini tayyorlagan tashkilotning nomi;
soʻralayotgan kon ajratmasi ustidagi hudud toʻgʻrisidagi, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yer maydonlari, daryolar, koʻllar va boshqa suv obyektlari, aholi punktlari va sanoat obyektlari alohida imoratlar va inshootlar, shuningdek, yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq yer qaysi toifaga kiritilganligi toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar;
kon ajratmasi doirasida, shuningdek, unga tutashib ketgan zonalarda yer qaʼri uchastkasining qisqacha geologik tavsifi, shuningdek, ushbu uchastkaning geologik tuzilishi, kon-texnika va gidrogeologik sharoitlar hamda ularning oʻrganilganligi darajasi aks ettirilishi kerak;
uning uchun kon ajratmasi soʻralayotgan yer osti inshooti qurilishi moʻljallanayotgan joydagi foydali qazilmalar konlari, shuningdek, foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun va foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼridan foydalanish uchun berilgan aralash kon ajratmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
23. Agar kon ajratmasi tugatilgan, konservatsiya qilingan yoxud foydali qazilmalarni qazish boʻyicha ishlab turgan korxonaning ishlangan konlari uchun soʻralayotgan hollarda qoʻshimcha ravishda:
ushbu korxona toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumot, shu jumladan, kon yuzasini ochish va qazish tizimi sxemasi, kon ishlanmalari va foydalanilishi kerak boʻlgan burgʻulash quduqlarining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
yer osti inshootidan foydalanishda bajarilishi kerak boʻlgan asosiy talablar bayon qilinadi.
24. Kon ajratmasi chegaralari va oʻlchamlari hisob-kitobini asoslash, kon ajratmasiga kiritiladigan yer osti makonining hajmi ham belgilangan holda ham maydon boʻyicha, ham vertikal belgilar boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
Zarur boʻlganda kon ajratmasi chegaralari tuzilmali xaritalar va vertikal kesimlarda ham koʻrsatilishi lozim.
25. Yuzaning topografiya rejasi geologiya xaritalari va kesimlari nusxalari ularni tuzish boʻyicha amaldagi yoʻriqnomalar talablariga javob berishi kerak.
Topografiya rejasining nusxasida tayanch geodeziya tarmogʻi punktlari, oʻrmonzorlar va qishloq xoʻjaligi ekinlari, aholi punktlari, kon qazilmalari, suv obyektlari, yoʻllar, yuza va yer osti kommunikatsiyalari, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklari, alohida imoratlar va inshootlar konturlari, ularning necha qavat ekanligi, kon qazilmalari va burgʻulash quduqlarining ogʻzi, foydali qazilmalar konlari va aralash kon ajratmalari joylashgan chegaralar hamda loyihadagi ajratma chegaralari koʻrsatilishi kerak.
26. Neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini koʻmish, oqova suvlarni chiqarib tashlash uchun kon ajratmasi loyihalarida, shuningdek, koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish moʻljallanayotgan gorizontning ustki qatlami va etagi boʻyicha tarkibiy xaritalar ham boʻlishi kerak.
27. Varaqning boʻsh qismida reja toʻldirilgan sana, gorizontal yassilikda kon ajratmasi proyeksiyasi maydoni (ming kv.m), grafik jihatdan reja va kesimlar bilan belgilanadigan soʻralayotgan kon ajratmasi burchak nuqtalari yoki oʻziga xos nuqtalarining X, U, Z koordinatlari kattaligi koʻrsatiladi.
Varaqning yuqori oʻng tomonida kon ajratmasi berilganligini tasdiqlovchi yozuv uchun joy qoldiriladi.
28. Topografiya rejasi nusxasi masshtabi foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish uchun moʻljallanayotgan yer qaʼri uchastkasining oʻlchamiga bogʻliq ravishda tanlanadi va u 1:5000 masshtabdan kam boʻlmasligi kerak. Ancha katta maydonga va uzunlikka ega boʻlgan yer osti inshootlari uchun 1:5000 masshtabdan 1:25000 masshtabgacha rejalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
29. Foydali qazilmalar qazib olish boʻyicha tugatilgan, konservatsiya qilingan yoki ishlab turgan korxonalarning ishlatilgan kon qazilmalaridan foydalanish uchun kon ajratmasi loyihalariga ushbu korxonalar kon qazilmalari rejalari qoʻshimcha ravishda kiritiladi va ularda foydalanish moʻljallanayotgan kon qazilmalari koʻrsatiladi.
30. Kon ajratmasi muddatsiz foydalanish uchun rasmiylashtirilganda topografiya rejasining ikki nusxasi sintetik plyonkalarda yoki uzoq vaqt saqlash uchun yaroqli boʻlgan boshqa materiallarda tayyorlanishi kerak.
Kon ajratmasini 10 yilgacha boʻlgan muddatga rasmiylashtirishda topografiya rejasi nusxasi qogʻozda tayyorlanishi mumkin.
Kon ajratmasi chegaralari tushiriladigan tarkibiy xaritalar va vertikal kesimlar nusxalariga ham shunday talablar qoʻyiladi.
manfaatdor korxona yoki tashkilotning foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshooti barpo etilishi zarurligi va mumkinligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasining mahalliy organi bilan kelishilgan qarori;
korxona yoki idoraning ishlangan kon inshooti yoki yer qaʼri uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan kelishilgan qarori;
hududiy geologiya tashkilotining kon ajratish loyihasi boʻyicha xulosasi unda geologik tuzilish, kon-texnika va gidrogeologiya sharoitlari oʻrganilganligi darajasi aks ettiriladi;
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining kon ishlanmalarining loyihada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari yoki oqova suvlarni zararsizlantirish va foydali suratda ishlatishning texnik jihatdan imkoni yoʻqligi haqidagi, shuningdek, zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari yoki oqova suvlarning ularni koʻmish yoki chiqarib tashlash moʻljallanayotgan aralashib ketadigan jinslar va gorizontlarning qatlam suvlari bilan birga qoʻshilib ketishi toʻgʻrisidagi xulosasi;
yuritishida foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha ishlab turgan yoxud konservatsiya qilingan korxona boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchining kon qazilmalaridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish uchun boshqa yer qaʼridan foydaluvchiga berishga roziligi;
Gaz, neft, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini qoʻmish, oqova suvlarni chiqarib tashlash uchun inshootlar qurilishi moʻljallanayotganda kon ajratmasi loyixalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasining xulosasi ilova qilinishi kerak.
Inspeksiya kon ajratmasi taqdim etish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
33. Litsenziya olgan korxona Inspeksiyaga buyurtmanoma yuboradi. Buyurtmanomada korxonaning nomi, uning qaysi idoraga boʻysunishi va manzili, soʻralayotgan kon ajratmasining joylashgan joyi va u nima maqsadda soʻralayotganligi qoʻrsatiladi, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurilishi uchun ekspertiza oʻtkazilganligi va loyiha tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
34. Buyurtmanomaga yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanadigan korxonaning rahbari yoki yuqori turuvchi tashkilot (boʻysunishiga koʻra) rahbari imzo chekadi.
Buyurtmanomaga ilovalar bilan birgalikda ikki nusxada kon ajratmasi loyihasi ilova qilinadi.
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda kon ajratmasi ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
36. Inspeksiya kon ajratmasi berish toʻgʻrisidagi masalani hal etish chogʻida quyidagilarni koʻrib chiqadi va tekshiradi:
yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda topografiya rejasiga yozuvlar toʻgʻri yozilganligi va soʻralayotgan kon ajratmasi chegaralarining asoslanganligi;
kon ajratmasi loyihasi mazmunining ushbu Nizom talablariga muvofiqligi, loyihaga ilova qilinishi kerak boʻlgan hujjatlarning mavjudligi;
kon ajratmasi soʻralayotgan yer osti inshootining loyihasi uning berilayotgan yer qaʼri uchastkasidan kompleks foydalanish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha, shuningdek, ishlovchilarning va aholining salomatligi va hayoti xavfsizligini taʼminlash, atrof tabiiy muhitni, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni kon ishlarining zararli taʼsiridan muhofaza qilish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha loyiha yechimlarining toʻliqligi va asoslanganligiga oid kismi.
Inspeksiyaning qaroridan norozi boʻlingan takdirda ushbu qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
38. Kon ajratmasi kon ajratmasi ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, shuningdek, ushbu Nizomga 1 va 3-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha topografiya rejasi nusxasining yukori oʻng burchagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
39. Kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnoma ikki nusxada tuziladi. Inspeksiya rahbarining imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Kon ajratmasi berilganligini tasdiqlovchi dalolatnomalar faqat bosmaxona usulida tayyorlangan va oʻchirib-yozishlarsiz toʻldirilgan blankalarda rasmiylashtiriladi.
40. Kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomaning va kon ajratmasining rasmiylashtirilgan loyihasi birinchi nusxalari korxonaga beriladi, ushbu hujjatlarning ikkinchi nusxalari Inspeksiyada saqlanadi.
41. Inspeksiya tomonidan berilgan kon ajratmalarini hisobga olish ushbu Nizomga 4-ilovada muvofiq shakl boʻyicha Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda kon ajratmasini hisobga olish daftarida (reyestr) amalga oshiriladi.
42. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda yer qaʼridan foydalanish uchun kon ajratmasi berilgan korxona quyidagilarga majburdir:
yer qaʼridan faqat ular berilgan maqsadlarda foydalanish;
kon ajratmasi va unga tutashib ketgan zonalar doirasida yer qaʼri uchastkasining geologik tuzilishi, kon-texnika, gidrogeologik va boshqa sharoitlar toʻliq oʻrganilishini taʼminlash;
yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish jarayonida kon ishlarining marksheyder taʼminlanishini tashkil etish, shuningdek, geologik va marksheyder hujjatlarini tuzish;
togʻ jinslari siljishi mavjud yer usti inshootlari va obyektlari, ehtimol tutilgan deformatsiya zonasida joylashgan qurilayotgan va foydalanilayotgan yer osti inshootlari deformatsiyasini kuzatishni tashkil etish;
yer osti inshootlari qurilishi yoki rekonstruksiya qilinishi chogʻida qoʻshimcha ravishda qazib olinadigan, vaqtincha foydalanilmaydigan qazilma boyliklarni saqlash va ularning hisobini yuritish;
kon qazilmalarining holati, kon ajratmasi bilan belgilangan koʻmilgan zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilari, shuningdek, chiqarib tashlangan oqova suvlarning zararsizlantirilishi chegaralarining saqlanishini muntazam kuzatishni va nazorat qilishni tashkil etish;
ishlovchilar va aholining sogʻligʻi va hayoti xavfsizligini, yer qaʼrini va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlarini, binolar va inshootlarni kon ishlarining zararli taʼsiridan muhofaza qilishni taʼminlash;
Inspeksiyaning ruxsatisiz kon ajratmasi hududi ustida binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishiga yoʻl qoʻymaslik;
qoʻriqxonalar, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklarining yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarning zararli taʼsiridan saqlanishini taʼminlash;
yer qaʼridan foydalanish chogʻida buzilgan yer uchastkalarining xavfsiz holatga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini taʼminlash;
yer osti gaz omborxonalaridan foydalanish chogʻida haydalayotgan gazning kon ajratmasidan tashqariga harakat qilishiga yoʻl qoʻymaslik;
yer osti gaz omborxonalari va quduqlarning germetikligini nazorat qilishga oid tadbirlarni muntazam ravishda bir yilda kamida bir marta amalga oshirish;
nogermetik quduqlardan foydalanishga, shuningdek, gazning boshqa gorizontlarga oqishiga hamda uning yer yuzasiga oqib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik.
6-bob. Yer qaʼridan foydalanish huquqini toʻxtatishning asoslari va tartibi
43. Yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻlik boʻlmagan maqsadlarda foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatilishi, toʻxtatilib turilishi yoki cheklab qoʻyilishi mumkin.
44. Yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻlik boʻlmagan maqsadlarda foydalanish qoidalari va meʼyorlari yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan buzilganda, Inspeksiya kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomani bekor qiladi va Davlat geologiya qoʻmitasiga litsenziyani bekor qilish tashabbusi bilan chiqadi.
45. Yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻlik boʻlmagan maqsadlar uchun foydalanuvchi korxona konservatsiya kilinganda yoki tugatilganida kon ajratmasi dalolatnomasi korxonani konservatsiya qilish yoki tugatish toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtirilganidan keyin 30 kun muddatda Inspeksiyaga qaytariladi.
7-bob. Ushbu Nizom talablari qanday bajarilayotganligini nazorat qilish
46. Ushbu Nizom bilan belgilangan kon ajratmasini rasmiylashtirish, uni oʻz vaqtida olish va uning saqlanishi tartibiga rioya qilish uchun javobgarlik yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun foydalanuvchi korxona rahbarlari zimmasiga yuklanadi, korxonani loyihalashtirishda esa — loyiha bosh muhandisiga va loyihalashtirish tashkiloti rahbariga yuklanadi.
Yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun foydalanuvchi korxonalarning rahbarlari va mansabdor shaxslari kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomada bayon qilingan majburiyatlarning bajarilishi uchun ham javob beradilar.
Yer qaʼridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
47. Yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanuvchilarda kon ajratmasi berilganligini tasdiqlovchi dalolatnomalarning mavjudligi, kon ajratmasi hujjatlari toʻliq va toʻgʻriligini nazorat qilish, shuningdek, kon ajratmasi doirasida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish chogʻida yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish oʻz vakolatlariga muvofiq Inspeksiya va Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan amalga oshiradi.
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun kon ajratmalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi
Inspeksiya po kontrolyu za gorno-geologicheskoy deyatelnostyu pri Gosudarstvennom komitete Respubliki Uzbekistan po geologii i mineralnim resursam
KON AJRATISH DALOLATNOMASI №_____
20____ yil “____” __________
Toshkent shahri
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi____________________________________________________ga
(tashkilot yoki korxonaning toʻlik, nomi va uning mansubligi)
_________________________________________________maqsadlarida foydalanish uchun
(kon ajratmasi berilganligining maqsadi)
rejada burchak (oʻziga xos) nuqtalar bilan ____________________________________________________
_________________________________________________shuningdek, tarkibiy xaritalar
belgilangan chegaralarda kon ajratmasi berdi, rejada belgilangan kon ajratmasi proyeksiyasining maydoni va yer osti kengligining hajmi_____________________________________________________________
___________________________________________________________ni tashkil etadi.
(ming kv. m, ming kub m — yozuv bilan)
Kon ajratmasi _________________________________________________________________________
(qishloq, tuman, viloyat, respublika nomi)
____________________________________________________________ da joylashgan.
Kon ajratmasining amal qilish muddati _____________________________________________________
Ushbu dalolatnoma ikki nusxada tuzildi, _____________ tartib raqami bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi reyestriga kiritildi.
Korxona koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarda yer qaʼridan foydalanish uchun kon ajratmasida quyidagilarni bajarishga majburdir:
yer osti inshootlari qurilishi, shuningdek, yer qaʼridan foydalanish boʻyicha boshqa ishlar boshlanishidan bir oy oldin bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasini xabardor qilish;
yer qaʼridan faqat ular berilgan maqsadlarda foydalanish;
kon ajratmasi va unga tutashib ketgan zonalar doirasida yer qaʼri uchastkasining geologik tuzilishi, kon-texnika, gidrogeologik va boshqa sharoitlarning toʻliq oʻrganilishini taʼminlash;
yer osti inshootlari qurilishi va ulardan foydalanish jarayonida kon ishlarining marksheyder taʼminlanishini, shuningdek, geologik va marksheyder hujjatlari tuzilishini tashkil etish;
togʻ jinslari siljishi, mavjud yer usti inshootlari va obyektlari, ehtimol tutilgan deformatsiya zonasida joylashgan qurilayotgan va foydalanilayotgan yer osti inshootlari deformatsiyasini kuzatishni tashkil etish;
yer osti inshootlari qurish yoki ularni rekonstruksiya qilish chogʻida qoʻshimcha ravishda qazib olinadigan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni saqlash va ularning hisobini yuritish;
kon qazilmalarining xolati, kon ajratmasi bilan belgilangan koʻmilgan zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilari, shuningdek, chiqarib tashlangan oqova suvlarning zararsizlantirilishi chegaralarining saqlab qolinishini doimiy kuzatish va nazorat qilishni tashkil etish;
xodimlar va aholi sogʻligʻi va hayoti xavfsizligini, yer qaʼrini va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlarini, binolar va inshootlarni kon ishlarining zararli taʼsiridan muxofaza qilishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining ruxsatisiz kon ajratmasi ustidagi hududga binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishiga yoʻl qoʻymaslik;
qoʻriqxonalar, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklarining yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning zararli taʼsiridan saqlanishini taʼminlash;
yer qaʼridan foydalanish chogʻida buzilgan yer uchastkalarining xavfsiz holatga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini taʼminlash;
yer osti gaz omborxonalaridan foydalanish chogʻid?? haydalayotgan gazning kon ajratmasidan tashqariga harakat qilishiga yoʻl qoʻymaslik;
yer osti gaz omborxonalari va quduqlarning germetikligini nazorat qilishga oid tadbirlarni muntazam ravishda, bir yilda kamida bir marta amalga oshirish;
nogermetik quduqlardan foydalanishga, shuningdek, gazning boshqa gorizontlarga oqishiga hamda uning yer yuzasiga oqib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik.
Agar yer qaʼridan foydalanuvchi unga kon ajratmasi berilgandan keyin bir yil davomida yer qaʼri uchastkasidan u taqdim etilgan maqsadlarda foydalanishga kirishmasa kon ajratmasi dalolatnomasi oʻz kuchini yoʻqotadi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga qaytarilishi kerak.
Korxona konservatsiya qilinganda yoki tugatilganda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish boʻyicha ishlar toʻxtatilgan kunda toʻldirilgan geologiya va marksheyder hujjatlarining asl nusxalari 10 kun muddatda yuqori turuvchi tashkilotga topshirilishi, marksheyder rekalari, geologiya xaritalari va usti ochiq konlar nusxalari esa mana shu muddatda manfaatdor korxonalarga, tashkilotlarga, shu jumladan, konservatsiya qilinayotgan yoki tugatilayotgan korxonaning yer qaʼridan foydalanuvchi qoʻshni korxonalarga berilishi kerak.
Kon ajratmasi dalolatnomasi kon-geologik va marksheyder hujjatlarining nusxalari olinganligi toʻgʻrisida tashkilotlarning tilxatlari nusxalari bilan birgalikda korxona konservatsiya qilinishi yoki tugatilishi haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgandan sung 15 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga topshiriladi.
Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxona rahbarlari va mansabdor shaxslari yuqoridagi talablarni bajarmagan holda qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Muhr oʻrni
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun kon ajratmalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Topografik reja nusxasidagi yozuv
NAMUNASI
20___ yil “___” ___________ da Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan _________________
kon ajratmasining yuqori va quyi chegaralari chuqurligi)
Kon ajratmasi dalolatnomasi 20___yil “___” ____________da ________ tartib raqami bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi reyestriga kiritildi.
Muhr oʻrni
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun kon ajratmalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Foydali qazilmalar konlarini qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun kon ajratmalarini
HISOBGA OLISH DAFTARI (REYESTR)
Reyestr raqami
Kon ajratish dalolatnomasining tartib raqami va berilgan vaqti
Kon (qatlam)ning nomi
Kon ajratmasi joylashgan joy (qishloq, tuman, viloyat, respublika)
Kon ajratmasi olgan tashkilot yoki korxonaning nomi va manzili
Tizimiga korxona kiradigan vazirlik (idora)
Qazib olishga berilgan foydali qazilmaning nomi
Kon ajratmasiga toʻgʻri keladigan maydon (ga)
Korxonani tugatish yoki konservatsiya qilish, kon ajratmasi hajmlarini oʻzgartirish va uni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaydlar
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Izoh: Daftar raqam qoʻyib chiqilgan, ip oʻtkazib bogʻlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qaroriga 3-ILOVA
Yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom sanoat axamiyatini yoʻqotgan yoxud keyingi geologiya-qidiruv ishlari bilan yoki konni qazib olishda tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining balansidan chiqarib tashlash tartibini belgilaydi va idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
balansdagi zaxiralar — asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlarni oʻz ichiga oladigan konlarning zaxiralari, shu jumladan, qazib olinadigan neft, gaz, neftdagi gaz, kondensat aralashmasi va ulardagi sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali komponentlar, shuningdek, yod, brom va yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasi talablariga rioya qilgan holda mineral xom ashyoni kavlab olish va qayta ishlashning mavjud yoxud sanoat tomonidan oʻzlashtirilayotgan ilgʻor texnikasi va texnologiyasi sharoitida ulardan foydalanish iqtisodiy maqsadga muvofiq boʻlgan sanoat va neft suvlaridagi boshqa foydali komponentlar zaxiralari;
balansdan tashqari zaxiralar — asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlarni oʻz ichiga oladigan konlarning zaxiralari, shu jumladan, qazib olinadigan neft, gaz, neftdagi gaz, kondensat aralashmasi va ulardagi sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali komponentlar, shuningdek, yod, brom va hozirgi vaqtda kavlab olinishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmagan yoki buning texnik imkoni boʻlmagan, biroq keyinchalik balansga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan sanoat va neft suvlaridagi boshqa foydali komponentlar zaxiralari.
2-bob. Foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchilar balansidan hisobidan chiqarish uchun asoslar
3. Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni qazishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda DZK deb ataladi) qarori bilan amalga oshiriladi.
4. Foydali qazilmalar zaxiralari:
a) quyidagilar:
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan yangidan tasdiqlangan qidiruv yoki foydalanish kondensiyalariga muvofiq emasligi tufayli (neft, neft-gaz, neft-gaz kondensati, gaz kondensati, gaz va bitum konlari uchun — DZK tomonidan yangidan tasdiqlangan tegishli foydali qazilmalarni yer ostidan qazib olish koeffitsiyentiga muvofiq emasligi tufayli);
ayrim uchastkalarda aniqlangan kon-geologiya, gidrogeologik, muhandislik-geologiya, ekologik murakkabliklar va boshqa tabiiy shart-sharoitlar oqibatida zaxiralarga texnik-iqtisodiy sabablar boʻyicha ishlov berishning maqsadga muvofiq emasligi tufayli;
agar foydali qazilmalarni qazib olishda ularning saqlanishi taʼminlanishi mumkin boʻlmasa, aholi hayotiga va sogʻligiga yoki obyektlarga zarar yetkazilishi uchun xavf tugʻdirsa, ularni buzib tashlash yoki kon ishlari taʼsiri doirasi chegarasidan tashqarisiga koʻchirish mumkin boʻlmasa yoki bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmasa, zaxiralarni sanoat inshootlari, turar joylar va jamoat binolari, tarix va madaniyat yodgorliklari, tabiiy obyektlar uchun saqlash ustunlari sifatida qoldirish tufayli;
b) foydali qazilmalarning miqdori, sifati va joylashish shart-sharoitlari toʻgʻrisida yangi maʼlumotlar olinishi natijasida zaxiralarning keyinchalik geologiya-qidiruv ishlari chogʻida va (yoki) foydali qazilmalar konlarini qazishda tasdiqlanmasligi tufayli yer qaʼridan foydalanuvchilar balansidan chiqarilishi mumkin.
5. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalar qurilishini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va konservatsiya qilishda balansdagi zaxiralar balansdan tashqari zaxiralarga oʻtkazilmaydi.
6. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni konservatsiya qilishda foydali qazilmalar zaxiralari hisobdan chiqarilmaydi.
7. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalar qurilishini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, kengaytirishda yer qaʼridan foydalanuvchi balansidan chiqarilishi kerak boʻlgan foydali qazilmalar ushbu Nizomning 4-bandi “a” va “b” kichik bandlarida bayon qilingan asoslar boʻyicha foydali qazilmalar konlarini qazish jarayonida ular qidiruv, tayyorgarlik koʻrish yoki tozalash ishlarida qisman yoki toʻliq konturlanishiga qarab belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
3-bob. Yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan Davlat zaxiralari komissiyasiga beriladigan foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
8. Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni qazishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining balansidan hisobidan chiqarish uchun yer qaʼridan foydalanuvchi Davlat zaxiralari komissiyasiga Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan tushuntirish xatini taqdim etadi. Tushuntirish xatida quyidagilar boʻlishi kerak:
a) foydali qazilmalar zaxiralarining moʻljallangan hisobdan chiqarilishini Davlat zaxiralari komissiyasi tomonidan tasdiqlangan konturlarda hamda geologiya va marksheyderlik hujjatlari maʼlumotlarini tezkor hisobga olish, zaxiralarni sinab koʻrish va qayta hisoblash konturlarida alohida asoslash;
b) ushbu Nizomning 4-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan sabablar boʻyicha sanoat ahamiyatini yoʻqotgan foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarishda, — tegishli texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;
v) qazib olinayotgan kon toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumotlar (qazib olish tizimi, foydali qazilmalarni kavlab olishda nobud boʻlish va yaroqsiz holga kelish koʻrsatkichlari, neft, gaz, kondensat va boshqalarni qazib olish koeffitsiyentlari);
g) chizmalar va boshqa ilovalar:
foydali qazilmalar zaxiralari ular boʻyicha hisobdan chiqariladigan uchastkalar, ruda jismlari (hisoblangan bloklar) joylashishi sxemasi, proyeksiyalar, gorizont boʻyicha natijalar, qidiruv va ishlatib sinab koʻrish maʼlumotlari hamda Davlat zaxiralari komissiyasi tomonidan tasdiqlangan foydali qazilmalar zaxiralari konturlari, shuningdek, ekspluatatsion qidiruv ishlari natijalari boʻyicha hisoblab chiqilgan zaxiralar konturlari bilan birga;
(8-band “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
9. Zarurat boʻlganda Davlat zaxiralari komissiyasi yer qaʼridan foydalanuvchidan ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan boshqa materiallar taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
10. Taqdim etilgan materiallarni DZKda koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan yer qaʼridan foydalanuvchi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Materiallarni koʻrib chiqish muddati yer qaʼridan foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomada belgilanadi, biroq uch oydan oshmasligi kerak.
DZKga taqdim etilgan konditsiyalar loyihalarini va foydali qazilmalar zaxiralari hisob-kitobi materiallarini koʻrib chiqish, shuningdek, geologik materiallarning davlat ekspertizasi tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi. Materiallarni taqdim etgan tashkilotlar hamda jalb etiladigan ekspertlar bilan shartnomalar tuzish Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Koʻrsatilgan ish turlari va xizmatlar narxlari DZK qarori bilan tasdiqlanadi.
4-bob. Foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchi hisobidan chiqarish tartibi
11. Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan foydali qazilmalar balans zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchi balansidan chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) Davlat zaxiralari komissiyasi tomonidan yangidan tasdiqlangan (neft, neft-gaz, gaz kondensati, neft-gaz kondensati, gaz va bitum konlari uchun — qazib olish koeffitsiyenti oʻzgarishi tufayli) konditsiyalarga muvofiq boʻlmagan, shuningdek, foydali qazilmalar zaxiralarining qayta tasdiqlanishi natijasida balansdagi va (yoki) balansdan tashqari toifasidan chiqarilgan foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
b) kon-geologik, gidrogeologiya, muhandislik-geologiya, ekologik va boshqa tabiiy sharoitlarning aniqlangan jiddiy oʻzgarishi oqibatidagi texnik-iqtisodiy sabablarga koʻra qazib olinishi maqsadga muvofiq boʻlmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchi balansidan chiqarish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy xulosa asosida amalga oshiriladi;
12. Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan foydali qazilmalarning balansdagi zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchi balansidan chiqarish ularni balansdan tashqari zaxiralarga oʻtkazishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
13. Foydali qazilmalar zaxiralarini texnik-iqtisodiy sabablarga koʻra yer qaʼridan foydalanuvchi balansidan chiqarishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi texnik-iqtisodiy asoslashda zaxiralarni ochish va tayyorlashning eng oqilona usullarini, mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashning ilgʻor texnologiyasi qoʻllanilishini hisobga olgan holda, ushbu zaxiralarni qazib olishning aniq konlarga nisbatan tatbiq etish mumkin boʻlgan bir nechta variantlari koʻrib chiqilishi kerak.
14. Foydali qazilmalarning tasdiqlanmagan zaxiralari yer qaʼridan foydalanuvchi balansidan umuman ishlov berilgan kon yoki uning uchastkalari boʻyicha, shuningdek, zaxiralarni tasdiqlashda Davlat zaxiralari komissiyasi tomonidan qabul qilingan toʻliq ishlangan yoki ularning konturida foydalanish uchun yetarli hajmda qidiruv ishlari olib borilgan hisoblab chiqilgan bloklar boʻyicha amalga oshiriladi.
15. Foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarish konni qazib olish jarayonida yoki geologiya-qidiruv ishlari natijalari boʻyicha olingan foydali qazilmalar jismlari miqdori, foydali qazilmalarning joylashishi sharoitlari va sifati toʻgʻrisidagi yangi maʼlumotlar, neft, gaz, neftdagi gaz va kondensat aralashmasining qazib olinadigan zaxiralari boʻyicha esa — neft, gaz, neftdagi gaz va kondensat aralashmasini qazib olishning kamayib boruvchi koeffitsiyenti miqdorini koʻrib chiqishning texnik-iqtisodiy asoslangan yangi maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
16. Davlat zaxiralari komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qoʻshimcha foydali komponentlarni, shu jumladan, DZKtomonidan tasdiqlangan tarqoq elementlarni yer qaʼridan foydalanuvchi balansidan chiqarish asosiy foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
17. Foydali qazilmalar zaxiralarining tasdiqlanmagan zaxiralarini hisobdan chiqarishda yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan Davlat zaxiralari komissiyasi tasdiqlagan zaxiralar konturlari doirasida konni qidirish va qazib olish maʼlumotlari qiyoslanishi kerak. Qiyoslash kon jismlari (qatlamlari), hisoblangan bloklar, zaxiralar toifalari boʻyicha alohida-alohida amalga oshirilishi kerak. Qiyoslash asosida, konni qidirib topgan (baholagan) korxona bilan birgalikda foydali qazilmalar zaxiralarining tasdiqlanmaganligi sabablari tahlil qilinadi.
18. Foydali qazilmalar balansdagi zaxiralarining hisobdan chiqarilganlari va (yoki) hisobdan chiqarishga moʻljallanayotganlarining jami miqdori tasdiqlangan zaxiralarning (neft va gaz, shu jumladan, ularning qazib olinadigani uchun) 20 foizidan ortiq boʻlgan hollarda umuman kon boʻyicha zaxiralar belgilangan tartibda qayta hisoblab chiqiladi va qayta tasdiqlanadi.
19. Davlat zaxiralari komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchi balansidan chiqarish toʻgʻrisidagi qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi, uning nusxalari ekspertiza materiallari bilan birgalikda bir hafta muddatda yer qaʼridan foydalanuvchiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga yuboriladi.
20. Davlat zaxiralari komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchi balansidan chiqarish toʻgʻrisidagi protokoli Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansiga belgilangan tartibda zarur tuzatishlar kiritish uchun asos hisoblanadi.
22. Uchastkalarga yondashish uchun xizmat qiladigan, zaxiralari sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoxud keyingi geologiya-qidiruv ishlarida yoki konni qazib olishda tasdiqlanmagan zaxiralar sifatida yer qaʼridan foydalanuvchi zaxirasidan chiqarishga moʻljallangan kon qazilmalari oʻrni faqat koʻrsatib oʻtilgan zaxiralar hisobdan chiqarilgandan va qazib olinadigan birliklar qayta ishlangandan keyin qoplanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qaroriga 4-ILOVA
Yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish tartibini, ushbu sohada nazoratni amalga oshiruvchi organlarning vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Quyidagilar yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi);
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazorati:
yer qaʼri muhofaza qilinishi, undan foydalanish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish ustidan ekologik nazorat qilish yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan;
yer qaʼrini geologik oʻrganishda undan foydalanish va uni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik jihatidan taʼminlash sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilish ustidan nazorat qilish yuzasidan — Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Inspeksiya tomonidan;
Sanoat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq yer qaʼridan foydalanish sohasida qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlar talablariga rioya qilish ustidan nazorat qilish yuzasidan — Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
yer qaʼridan foydalanish uchun yer uchastkalari berishda yer qaʼridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat qilish, yer qaʼridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishga, foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda asossiz ravishda va oʻzboshimchalik bilan imorat qurishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar oʻz funksiyalarini ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish qoʻmitalari raislari hamda ularning mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha oʻrinbosarlari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha bosh davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda yer qaʼrini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasining yer qaʼrini, yer va suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi boshligʻi Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi hamda yer qaʼrini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasining yer qaʼrini, yer va suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari va bosh mutaxassislari Davlat ekologiya qoʻmitasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha katta davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda yer qaʼrini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya qoʻmitalarining yer qaʼrini, yer va suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish inspeksiyalari boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya qoʻmitalari bosh davlat inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar hamda yer qaʼrini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitalarining yer qaʼrini, yer va suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish inspeksiyalarining bosh va yetakchi mutaxassislari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitalarining katta davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda yer qaʼrini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar qoʻmitalari (inspeksiyalar) boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya qoʻmitalarining ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boʻyicha katta davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda tegishli hududlarda yer qaʼrini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.
Tumanlararo, tuman, shahar ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish qoʻmitalari (inspeksiyalar) ning bosh va yetakchi mutaxassislari, 1 va 2-toifali mutaxassislari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya qoʻmitalarining ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda yer qaʼrini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.
5. Inspeksiya boshligʻi kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish boʻyicha bosh inspektor hisoblanadi.
Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosarlari kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish boʻyicha bosh inspektorning oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Inspeksiya mutaxassislari kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish boʻyicha inspektorlar hisoblanadi.
Neft va gaz tarmoqlarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasining boshligʻi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining neft-gaz sanoati obyektlarida kon nazorati boʻyicha bosh davlat inspektori hisoblanadi.
Neft va gaz tarmoqlarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining neft-gaz sanoati obyektlarida kon nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.
Neft va gaz tarmoqlarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi mutaxassislari Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining neft-gaz sanoati obyektlarida kon nazorati boʻyicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
2-bob. Yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vazifalari va funksiyalari
6. Yer qaʼridan barcha foydalanuvchilar tomonidan qonunchilikka, yer qaʼridan foydalanishning belgilangan tartibiga, yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi meʼyorlar va qoidalarga, ishlarni geologik-markshreyderlik taʼminlash boʻyicha talablar bajarilishi monitoringini olib borishga hamda davlat hisobi va hisoboti yuritilishi qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vazifasi hisoblanadi.
7. Yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini taʼminlovchi organlar birgalikda:
litsenziyalarda belgilangan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlariga rioya etilishi, yer qaʼri uchastkalari mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim shartlarida berilgan taqdirda esa — mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarda belgilangan shartlarga rioya etish;
yer qaʼridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishga, foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda asossiz ravishda va oʻzboshimchalik bilan imorat qurishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, sanoat ekspluatatsiyasiga jalb etilmagan foydali qazilmalar konlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlarning salbiy taʼsiri oldini olish;
foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari ustidagi maydonlarda imorat qurish shartlariga rioya etish;
yer qaʼri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish uchun idoraviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Inspeksiya, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida:
yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning zararli taʼsiridan atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik talablari va tadbirlar bajarilishi;
mineral resurslardan foydalanish boʻyicha respublika, tarmoq ekologik normativlari, qoidalar va standartlar ishlab chiqilishi va joriy etilishi;
foydali qazilmalar konlarini qazish loyihalari, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash boʻyicha korxonalar qurish, ularni rekonstruksiya qilish va kengaytirish loyihalari davlat ekologik ekspertizasi oʻz vaqtida oʻtkazilishi;
yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda, mineral xom ashyodan kompleks foydalanishda atrof-muhitning ekologik xavfsizligi;
foydali qazilmalar konlarini qazish va mineral xom ashyoni qayta ishlashning resurslarni tejaydigan texnologiyalarini loyihalashtirish, rivojlantirish va joriy etish;
foydali qazilma qatlami morfologiyasiga va konlarni qazishning kon-texnik shartlariga bogʻliq ravishda kon ustida yotgan hamda sigʻdiruvchi jinslar toʻkindi uyumlarini oqilona joylashtirish yuzasidan ochiq kon ishlarini loyihalashtirish va amalga oshirish;
keng tarqalgan foydali qazilmalar konlarini qazishning belgilangan meʼyorlari va qoidalariga rioya etish;
foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral xom ashyoni qayta ishlashda mineral xom ashyodan kompleks foydalanish, qoʻshilib chiqadigan, biroq vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni hamda ulardagi qimmatli komponentlarni saqlash va hisobga olish, oʻz vakolatlari doirasida kon ustida yotgan jinslardan foydalanish;
yer qaʼridan foydalanishda va mineral xom ashyoni qayta ishlashda atrof-muhitni bulgʻanish, ifloslanish va kamayib ketishdan muhofaza qilish talablariga rioya etish;
atrof-muhitga eng kam zararli taʼsir koʻrsatishni taʼminlaydigan kon ustida yotgan hamda joylashgan jinslar toʻkindi uyumlarini, chiqindi saqlanadigan joylar, terrikonlarni joylashtirish;
zararli moddalar, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini yer qaʼriga koʻmishning belgilangan tartibiga rioya etish;
yer qaʼridan foydalanishda suv resurslaridan foydalanish, yer osti suvlarining bulgʻanishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish;
yer qaʼridan foydalanish jarayonida buzilgan yerlarni, shu jumladan, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yerlarni ulardan keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
10. Inspeksiya yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida:
yer qaʼrini geologik oʻrganishning toʻliqligi, qidiriladigan foydali qazilmalar konlarini, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari, shu jumladan, chiqindilarni saqlash va koʻmish inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun beriladigan yer qaʼri uchastkalarini qazishning kon-texnik, gidrogeologik, geologik-iqtisodiy va boshqa shartlari;
asosiy foydali qazilma va qoʻshilib chiqadigan komponentlar zaxiralari miqdori va sifati toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar toʻliqligi va aniqligi, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer qaʼri uchastkalarining tabiiy xususiyatlari;
kon-geologiya faoliyatini amalga oshirishda yer qaʼridan oqilona foydlanish, kon ruda, koʻmir va noruda sanoati, gidrogeologik quduqlarni qazish va ishlatishda kon-geologiya ishlarini marksheyderlik va geologik taʼminlanishi;
yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik topshiriqlar va loyihalarga muvofiqligi;
yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlari yer qaʼridan barcha foydalanuvchilar uchun majburiy boʻlgan meʼyorlar va qoidalarga muvofiq olib borilishi;
konlar foydali qazilmalar asossiz darajada yuqori nobud boʻlishini va ularning sifati pasayishini istisno etadigan metod va usullar bilan qazilishi;
yer qaʼri muhofaza qilinishini taʼminlash yuzasidan foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash boʻyicha korxonalarni, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari va obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish topshiriqlari kelishilishining belgilangan tartibiga rioya etish;
kon ajratmalarini kelishish va taqdim etishning belgilangan tartibiga rioya etish;
foydali qazilmalar konlarini qazishning belgilangan meʼyorlari va qoidalariga rioya etish;
foydali qazilmalar zaxiralari va ularning tarkibidagi komponentlarning holati va oʻzgarishini hisobga olish;
mineral xom ashyoni geologik oʻrganish, qazib olish va qayta ishlashda yer qaʼridan foydalanish va muhofaza qilish, sanoat va tajriba-sanoat yoʻsinida ishga solish uchun berilgan konlarda kon ishlarining marksheyderlik va geologik taʼminlanishi holati;
yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilingan bayonnoma qarorlar bajarilishi;
kon ishlarini rivojlantirish rejalarini amalga oshirish, foydali qazilmalarni kavlab olish va qayta ishlashda ular nobudgarchiligi va kamayishining belgilangan meʼyorlarga rioya etish;
yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan foydali qazilmalarni kavlab olish korxonalari va obyektlarini hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishi;
kavlab olish jarayonida olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini, shuningdek, sanoat ahamiyatini yoʻqotgan, yoxud keyingi geologiya-qidiruv ishlarida tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini foydalanuvchining hisobidan chiqarish maʼlumotlarining ishonchliligi;
foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda asossiz ravishda va oʻzboshimchalik bilan imorat qurishga yoʻl qoʻymaslik,
foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari ustidagi maydonlarda imorat qurish shartlariga rioya etish;
yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bajarishda litsenziyalarda, texnik loyihalar va boshqa hujjatlardagi yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari bajarilishi;
foydali qazilmalar zaxiralari holati va oʻzgarishi toʻgʻrisidagi geologik va boshqa birlamchi hujjatlar mazmunining ishonchliligi;
yer qaʼri toʻgʻrisidagi davlat hisobotlarini hamda geologik va boshqa maʼlumotlarni geologiya axboroti fondlariga taqdim etishning belgilangan tartibiga rioya etish;
yer qaʼrini keyinchalik oʻrganishda, foydali qazilmalar konlarini qidirish va qazishda, shuningdek, yer qaʼridan foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanishda foydalanilishi mumkin boʻlgan qidirilgan kon qazilmalari va quduqlar, geologik va texnik hujjatlar, rudalar, togʻ jinslari, kern va foydali qazilmalar namunalarining dublikatlarini saqlash;
mineral xom ashyoni geologik oʻrganish, izlash, qidirish va qazish bilan bogʻliq burgʻulash ishlarini bajarishning tegishli ruxsatnomalarda belgilangan shartlarining bajarilishi (oʻz vakolati doirasida);
foydali qazilmalar zaxiralarini foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansiga hisobga qoʻyish va ularni davlat balansidan hisobdan chiqarish uchun yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladigan materiallarning ishonchliligi va asoslanganligi;
foydali qazilmalar konlarini izlaydigan, baholaydigan va qidiradigan va kovlab oladigan tashkilotlar tomonidan davlat statistika hisobotiga kiritiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi;
suvga quduqlarni burgʻulashga ruxsat olish va maxsus suvdan foydalanishga (yer osti suvlari) ruxsat olish shartlariga rioya etish;
yomgʻir-jala oqimlari, sanoat oqovalari kimyoviy birikmalar bilan, zararli chiqindilar natijasida yer qaʼri ifloslanishining birinchi navbatda yer osti suvlari va mineral suvlar ifloslanishining oldini olish;
foydali qazilmalarni qazib olishda va yuza qatlamning buzilishi va yemirilishi tufayli yer qaʼrining odamlar yashash muhiti va jonli tabiatga zararli taʼsiriga yoʻl qoʻymaslik;
yer qaʼrining noyob obyektlari, yer osti mineral davolash va ichimlik suvlarni muhofaza qilish;
yer qaʼri toʻliq va kompleks oʻrganilishini, ulardan foydali qazilmalar eng toʻliq kavlab olinishini, ulardan oqilona foydalanish va barcha komponentlar qazib olinishini taʼminlash;
geologiya-qidiruv ishlari yoʻnalishlari geologiya-qidiruv ishlarini olib borishning oʻrtacha va uzoq muddatli dasturlariga, mineral resurslardan kompleks foydalanishning geologik topshiriqlariga, loyihalariga, talablariga hamda ushbu ishlar olib borilishini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga muvofiqligi;
yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlariga ajratiladigan moliyaviy mablagʻlardan oqilona foydalanish;
laboratoriya-tahliliy tadqiqotlarning sifati;
tasdiqlanmagan zaxiralarda ishlaydigan suv olish inshootidan foydalanish uchastkalarida gidrogeologik tadqiqotlar bajarilishini taʼminlash;
geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda qoʻshilib chiqadigan va vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni omborga joylashtirish va saqlash shartlariga rioya etish;
yer qaʼrini keyinchalik oʻrganishda, foydali qazilmalar konlarini qazishda, shuningdek, yer qaʼridan foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanishda foydalanilishi mumkin boʻlgan geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlar, togʻ jinslari va rudalar, kern, foydali qazilmalar namunalarining dublikatlari saqlanishini taʼminlash;
tabiiy geologik qoʻriqxonalarni, stratotipik va tayanch usti ochiq konlarni, tabiatning ayrim geologik yodgorliklarini, paleontologik qoldiqlarning noyob toʻplamlarini, nodir mineral hosilalarni saqlash shartlariga rioya etish yuzasidan alohida ilmiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan yer qaʼri uchastkalarining holati;
foydali qazilma konlarini qazishda yer qaʼrini muhofaza qilish norma va qoidlariga rioya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilingan qarorlar va xulosalar yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi;
yer qaʼrini muhofaza qilish sohasidagi korxonalar va tashkilotlarning rahbar xodimlari va mutaxassislarini oʻz vaqtida attestatsiyadan oʻtkazish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida:
(10-bandning qirq birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
yer qaʼrining sanoat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash boʻyicha korxonalarni, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari va obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish topshiriqlari kelishilishining belgilangan tartibiga rioya etish;
keng tarqalgan foydali qazilmalardan tashqari foydali qazilmalar konlarini qazishning belgilangan sanoat xavfsizligi meʼyorlari va qoidalariga rioya etish;
yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan kon, burgʻulash ishlari va boshqa ishlar olib borilishi xavfsizligi meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishi;
xavfli zonalar chegaralari toʻgʻri aniqlanishi va kon-grafik hujjatlariga tushirilishi hamda kon qazishning holatini hisobga olish;
foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral xom ashyoni qayta ishlash korxonalari qurish uchun maydonlarni tanlash;
yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan foydali qazilmalarni kavlab olish korxonalari va obyektlarini hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishi;
neft va gazning chuqur quduqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish, konservatsiya qilish va tugatish meʼyorlari va qoidalariga rioya etish;
yer qaʼrini muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasidagi korxonalar va tashkilotlarning rahbar xodimlari va mutaxassislarini oʻz vaqtida attestatsiyadan oʻtkazish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
3-bob. Yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning huquqlari va javobgarligi
11. Davlat ekologiya qoʻmitasining yer qaʼrini muhofaza qilish va undan foydalanish uchun davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha bosh davlat inspektorlari, Inspeksiyaning bosh inspektori, shuningdek, uning oʻrinbosarlari, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining kon nazorati, neft-gaz sanoati va yer obyektlarida kon nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlari, shuningdek, ularning oʻrinbosarlari:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
tashkilotlar va obyektlarda belgilangan tartibda tekshirish (inspeksiya) oʻtkazish, shuningdek, tegishli vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar bilan kelishgan holda tekshirishlar (inspeksiya) oʻtkazishda qatnashish uchun mutaxassislarni jalb etish;
nazorat ostidagi tashkilotlar va obyektlar, shuningdek, vazirliklar, idoralar rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar, yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi meʼyorlar va qoidalarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish, yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni olib borishning ekologik va sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida taqdimnomalar berish;
ekologik talablar, ishlarni xavfsiz olib borish va yer qaʼrini muhofaza qilish boʻyicha meʼyorlar va qoidalar buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni belgilangan tartibda toʻxtatib turish va toʻxtatish, ish joylari va asbob-uskunalarni muhrlash huquqiga egadir. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati toʻxtatib turilishi yoki toʻxtatilishiga olib keluvchi chora-tadbirlar sud tartibida qoʻllaniladi, favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishining oldini olish hamda aholi hayoti va sogʻligʻiga boshqa real xavf munosabati bilan faoliyat oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi hollari bundan mustasno;
tabiatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi sohasidagi talablar, yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha meʼyorlar va qoidalar buzilganligi uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish;
nazorat ostidagi tashkilotlar va obyektlarning rahbarlari va muhandis-texnik xodimlarining sanoat, ekologik xavfsizlik, yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish meʼyorlari va qoidalari toʻgʻrisidagi bilimlarini tekshirishda qatnashish;
tabiatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi talablarini, yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha meʼyorlar va qoidalarni muntazam ravishda buzuvchi yoki ular bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi uchun shaxslarni egallab turgan lavozimidan ozod etish yoki bir yilgacha boʻlgan muddatda ishlarga texnik rahbarlik qilish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisida asosli taqdimnomalarni tashkilotlarning koʻrib chiqishi uchun kiritish;
yer qaʼrini oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda tekshirish (inspeksiyalar) materiallarini aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
tabiatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi, yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha meʼyorlar va qoidalar masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar rahbarlarini eshitish;
asbob-uskunalar va materiallarning nazorat sinovlarini, ish muhiti va atrof-muhit tahlillarini tayinlash, shuningdek, odamlar hayotiga va atrof-muhitga real xavf aniqlangan hollarda, shuningdek, avariyalar va baxtsiz hodisalarning sabablarini texnik tekshirishda loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasini oʻtkazish;
yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, atrof tabiiy muhit masalalari boʻyicha zarur axborotni vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda bepul olish huquqiga egadir.
12. Yer qaʼrini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi va atrof tabiiy muhit muhofazasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat inspektorlari, shuningdek, kon nazorati, neft-gaz sanoati va yer qaʼrini geologik oʻrganish obyektlarida kon nazorati boʻyicha davlat inspektorlari oʻz faoliyati hududida:
nazorat ostidagi tashkilotlar va obyektlar rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar, yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi meʼyorlar va qoidalarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish, yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni olib borishning ekologik va sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida taqdimnomalar berish;
ekologik talablar, ishlarni xavfsiz olib borish va yer qaʼrini muhofaza qilish boʻyicha meʼyorlar va qoidalar buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni belgilangan tartibda toʻxtatib turish va toʻxtatish, ish joylari va asbob-uskunalarni muhrlash huquqiga egadir. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati toʻxtatib turilishi yoki toʻxtatilishiga olib keluvchi chora-tadbirlar sud tartibida qoʻllaniladi, favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishining oldini olish hamda aholi hayoti va sogʻligʻiga boshqa real xavf munosabati bilan faoliyat oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi hollari bundan mustasno;
yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ekologik va sanoat xavfsizligi boʻyicha meʼyorlar va qoidalar buzilganligi uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish;
nazorat ostidagi tashkilotlar va obyektlarning rahbarlari va muhandis-texnik xodimlarining sanoat, ekologik xavfsizlik, yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish meʼyorlari va qoidalari toʻgʻrisidagi bilimlarini tekshirishda qatnashish;
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish masalalari boʻyicha zarur axborotni vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda bepul olish huquqiga egadir.
13. Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
tegishli hududda mineral xom ashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish, yer qaʼrini muhofaza qilish davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishda qatnashish;
keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olishda yer qaʼridan foydalanish shartlarini kelishish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
14. Yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha davlat nazorati tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
15. Yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar oʻz funksiyalarini nazorat qilinadigan obyektlarni bevosita tekshirish (inspeksiya qilish), shuningdek, geologik, marksheyderlik, ishlab chiqarish-texnik, moliyaviy va loyiha-smeta hujjatlarini oʻrganish yoʻli bilan amalga oshiradilar.
16. Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Inspeksiya oʻz ishini mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Yer qaʼri, tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining, shuningdek, yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi meʼyorlar va qoidalarining barcha buzilishlari toʻgʻrisida yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar mahalliy davlat hokimiyati organlarini xabardor qiladilar, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan buzilishlarning oldini olish boʻyicha ularning takliflarini hisobga oladilar.
17. Yer qaʼridan foydalanuvchilar yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning tekshirishni (inspeksiyani) amalga oshiruvchi mansabdor shaxslariga ish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga (transport, xizmat va turar joy binolari, maxsus kiyim-bosh, himoya va aloqa vositalari bilan taʼminlash), geologik, marksheyderlik, ishlab chiqarish, texnik, loyiha-smeta, moliya hujjatlarini soʻrash va boshqa hujjatlarni taqdim etishga, yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tushuntirishlar berishga majburdir.
4-bob. Yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish tartibi
18. Yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar oʻz faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan ish rejasiga binoan va ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga muvofiq amalga oshiradilar.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Ushbu Nizomni qoʻllashda paydo boʻladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qaroriga 5-ILOVA
Foydali qazilmalarni qazish chogʻida yer qaʼrini muhofaza qilishning yagona qoidalari
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar foydali qazilmalardan oqilona, kompleks foydalanish va yer qaʼrini muhofaza qilishning yagona talablarini belgilaydi.
2. Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar konlarini qazish, foydali qazilmalarni qazish korxonalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, tugatish va konservatsiya qilishni amalga oshiruvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
3. Foydali qazilmalar konlarini qazishga “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari bajarilgan va quyidagilar mavjud boʻlgan hollarda yoʻl qoʻyiladi:
foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya;
belgilangan tartibda tasdiqlangan foydali qazilmalar zaxiralari hisoblab chiqilgan hisobot;
qidirib topilgan konni sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun qabul qilish-berish dalolatnomasi;
yangi korxonalar qurish yoki ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash hamda konni ishlatishga davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilgan tasdiqlangan loyiha;
kon ajratilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma;
yer uchastkasi ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat;
davlat komissiyasining korxonani qabul qilish yoki uning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi;
suvdan maxsus foydalanishga yoki suv isteʼmoliga ruxsatnoma, zarur hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Davlat zaxiralar komissiyasining (keyingi oʻrinlarda “DZK” deb ataladi) yer osti suvlari zaxiralarini tasdiqlash boʻyicha protokoli;
kon ishlarini rivojlantirish rejasi;
qidirib topilayotgan quduqlarning kerni va keyingi geologik oʻrganishlar hamda konni qazish uchun zarur namunalarning dublikatlari.
4. Korxona tozalash va oʻtkazish komplekslariga, yer qazishda, kon-transport mashinalari va mexanizmlariga, kon ishlarini olib borishda hamda foydali qazilmalarni yanada toʻliqroq, kompleks ajratib olishda xavfsizlikni taʼminlovchi, loyihada koʻzda tutilgan boshqa texnika vositalariga, shuningdek, tutuvchi asbob-uskunalarga hamda zararli moddalar chiqindi va oqovalarining atrof-muhitga taʼsirini yoʻqotuvchi yoki kamaytiruvchi tozalash inshootlariga ega boʻlishi lozim.
5. Foydali qazilmalar qazib olish uchun yer qaʼri kon ajratishni tasdiqlovchi litsenziya va dalolatnomaga asosan foydalanishga beriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Kon ajratmalari foydali qazilmalar konlarini qazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi va uning mintaqaviy inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda “Inspeksiya” deb ataladi) tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
6. Korxonalar qurish va foydali qazilmalar konlarini qazish uchun yer uchastkasi ajratish kon ajratmasi Oʻzbekiston Respublikasining yer haqidagi qonunlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan soʻng amalga oshiriladi.
7. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish litsenziya asosida, kon ajratmasi bermasdan (neft va gaz konlaridan tashqari), foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, foydali qazilmalar konlarini sanoat yoʻli bilan ishga tushirishning oqilona usullari va metodlarini tanlash, shuningdek, texnogen mineral hosilalardan foydalanish maqsadida yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish jarayonida amalga oshiriladi.
Tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi va Inspeksiya bilan kelishilgan mustaqil loyiha boʻyicha amalga oshiriladi.
8. Kon ishlarini rivojlantirish rejalari yer qaʼrini muhofaza qilinishini taʼminlash qismi boʻyicha — Inspeksiya bilan va sanoat xavfsizligini taʼminlash qismi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Kon ishlarini rivojlantirish rejalari loyihaga muvofiq bir yilga ishlab chiqiladi.
Kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejasiga har bir yer ajratmasi boʻyicha hisoblangan nobudgarchilik va sifatning buzilishi normativlari kiradi.
Kon ishlarini rivojlantirish rejalarida qazib chiqarish, qazishga jalb etilishida foydali qazilmalarning kamayishi va sifatning buzilishini optimallashtirish chora-tadbirlari, zarur boʻlganda ilgari konservatsiya qilingan va balansdan tashqari zaxiralar, birgalikda joylashgan foydali qazilmalardan foydalanish va yuzasi ochilgan jinslar, maxsus agʻdarilgan tuproqdagi nokonditsion mineral xom ashyoning yigʻilishi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, shuningdek, istiqbolli texnologik qarorlar va yer qaʼrini muhofaza qilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba ishlarining natijalari nazarda tutilishi lozim.
Kon ishlarini rivojlantirish dasturlari hamda kamayish va sifatning buzilishini normativlarini tuzish va kelishish tartibi Inspeksiya tomonidan tasdiqlangan namunaviy metodik koʻrsatmalar, shuningdek, vazirliklar va idoralar tomonidan Inspeksiya bilan kelishgan holda tasdiqlangan tarmoq metodik koʻrsatmalari bilan aniqlanadi.
9. Nodir geologiya togʻ jinslari ochilmalari, mineralogik hosilalar, paleontologiya obyektlari va belgilangan tartibda qoʻriqxona yoxud tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklari deb eʼlon qilingan yer qaʼri uchastkalari saqlanishini buzuvchi har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Nodir geologiya togʻ jinslari ochilmalari va mineralogik hosilalar mavjud boʻlgan yer qaʼridan foydalanishda meteoritlar, paleontologik, arxeologik hamda boshqa fan va madaniyat uchun qiziqish uygʻotuvchi obyektlarga duch kelingan taqdirda tegishli uchastkadagi ishlar darhol toʻxtatiladi hamda yuqori tashkilot va manfaatdor davlat organlariga bu haqda xabar beriladi.
Ushbu uchastkada ishlarni yangidan boshlashga manfaatdor davlat organlari bilan kelishilgan holda ruxsat etiladi.
10. Yer qaʼridan foydalanuvchilar yer qaʼridan foydali qazilmalarni ajratib olish va ulardan kompleks foydalanishda ular erishgan yuqori koʻrsatkichlar uchun mehnat jamoalari va alohida xodimlarni moddiy va maʼnaviy taqdirlash choralarini koʻrishlari, shuningdek mineral xom ashyoni qazib olish va unga dastlabki ishlov berishda uning nobudgarchiligi kamayishiga koʻmaklashuvchi mehnatni tashkil etishning ilgʻor tajribasini joriy etishlari lozim.
Korxonalarning xodimlari yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikka va ushbu Qoidalarga rioya etilishiga faol koʻmaklashishlari zarur. Foydali qazilmalarning asossiz nobudgarchiligiga olib keluvchi yoki olib kelgan qoida buzilishini sezgan xodim zudlik bilan bu haqda texnika nazoratining tegishli shaxsiga yoki korxona maʼmuriyatiga chora koʻrish uchun xabar berishi lozim.
11. Qazib chiqariladigan mineral xom ashyodan zaxiralarni tasdiqlash chogʻida DZK qarorida nazarda tutilmagan maqsadlarda yoki bu qarorni buzib foydalanilgan taqdirda foydali qazilmalar qazib olish man etiladi.
12. Foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xom ashyoni qayta ishlashga tayyorlashni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va yer qaʼridan foydalanuvchilar konni kompleks oʻzlashtirish va mineral xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish uchun toʻliq javob beradilar.
13. Mazkur Qoidalar talablari korxonalar xizmatlari, boʻlinmalari va alohida mansabdor shaxslarining ishlab chiqarish faoliyatini tartibga soluvchi tegishli tarmoq hujjatlarida (texnik foydalanish qoidalari, ustavlar, nizomlar, yoʻriqnomalar va shu kabilar) aks etishi lozim.
2-bob. Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalarni loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirishga qoʻyiladigan asosiy talablar
14. Foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xom ashyoni qayta ishlash korxonalarini loyihalashtirish tasdiqlangan zaxiralar va moʻljallanayotgan qurilish uchastkasida texnika xavfsizligi va hududning ekologik holatini hisobga olib yer qaʼrining oʻrganilishi asosida amalga oshiriladi.
15. Korxona joylashadigan joy — foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxona qurilishi uchun maydon Oʻzbekiston Respublikasi yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, yer, suv toʻgʻrisidagi qonunlarga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek, qurilish boʻyicha yoʻriqnomalar talablariga muvofiq tanlanadi.
16. Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalar joylashadigan joylar loyihalash ishlari boshlangunga qadar mahalliy hokimiyat organlari, konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli boshqaruv organlari, boshqa manfaatdor organlar bilan kelishiladi.
17. Loyihalash tashkiloti — bosh loyihachi, zarur hollarda maxsus loyihalash va qidiruv tashkilotlarini jalb etib buyurtmachining topshirigʻiga binoan asoslovchi hisob-kitoblar, foydali qazilmalarni qazib olish korxonasini qurish uchun tanlangan turli maydonlarda joylashtirishning texnik-iqtisodiy qiyoslash variantlarini amalga oshiradi va oqilona variant boʻyicha taklif tayyorlaydi. Bu materiallar va takliflar hajmi hamda tarkibi obyektlarning murakkabligi bilan belgilanadi va konlardan, qazib olinadigan foydali qazilmalardan oqilona, kompleks foydalanish va yer qaʼrini muhofaza qilish boʻyicha moʻljallanayotgan qarorlarning samaradorligi toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash uchun yetarli boʻlishi lozim.
18. Asoslovchi hisob-kitoblar, foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalarni joylashtirish variantlarini texnik-iqtisodiy qiyoslash va oqilona variant boʻyicha takliflar bilan birgalikda materiallarni loyihalash tashkiloti — bosh loyihachi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, Inspeksiya va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga xulosa berish uchun joʻnatadi, ularning vakillari korxona qurilishi uchun maydoncha tanlashda ishtirok etishlari kerak.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
19. Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxona qurilishi uchun maydon tanlash uchun buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda komissiya tuziladi, unda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, Inspeksiya va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi vakillari albatta ishtirok etishlari zarur.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxona qurilishi uchun maydon tanlash toʻgʻrisidagi (komissiyaning barcha aʼzolari imzolangan) dalolatnoma belgilangan tartibda tasdiqlanadi va u foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxona joylashadigan joy kelishilganligi toʻgʻrisidagi hujjat hisoblanadi.
20. Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxona qurilishi uchun maydon tanlangan taqdirda buyurtmachi loyihani ishlab chiqish boshlanguniga qadar belgilangan tartibda foydali qazilmalar joylashgan joylarda imorat qurishga ruxsatnomani rasmiylashtirishi lozim.
21. Korxona loyihasi, shu jumladan, konni tajriba-sanoat yoʻli bilan qazish loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, loyihalash va qurish boʻyicha amaldagi normativ hujjatlar, xavfsizlik va texnik foydalanishning tarmoq normalari va qoidalari, shuningdek, ushbu Qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Loyihada Davlat zaxiralari komissiyasining zaxiralarni tasdiqlash boʻyicha qarorlari va tavsiyalarini bajarishni taʼminlovchi chora-tadbirlar nazarda tutilishi zarur.
22. Korxona loyihasi, shu jumladan, konni tajriba-sanoat yoʻli bilan qazish loyihasi hamda yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlangan loyihalashtirish boʻyicha topshiriqqa asosan ishlab chiqiladi. Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va ushbu Qoidalardan chekinilgan korxonalar loyihalari ular tasdiqlanguniga qadar yer qaʼrini muhofaza qilish qismi boʻyicha Inspeksiya bilan kelishilishi lozim.
23. Korxona loyihasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
korxonaning yer usti va yer osti inshootlari joylashuvi, foydali qazilmalarni ochish usullari va qazib olish tizimlari ishlab chiqarish jarayonlarida yer osti boyliklarini toʻliq, kompleks va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq qazib olish va asosiy hamda ular atrofida joylashgan foydali qazilmalar zaxiralaridan samarali foydalanishni taʼminlovchi mexanizatsiya va avtomatlashtirish vositalarini qoʻllash, shuningdek, yer qaʼrini saqlash yoki balansdan tashqari zaxiralarni keyinchalik sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun yigʻish;
qazib olingan foydali qazilmalarni mineral xom ashyoni boyitish va samarali qayta ishlashning istiqbolli sxemalarini qoʻllashni taʼminlaydigan, uning tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan komponentlarni oqilona, kompleks ajratib olish imkonini beradigan tarzda tayyorlash;
foydali qazilmalar konlarini qazish chogʻida kon ustidagi ochiq va aralash jinslardan hamda ishlab chiqarish chiqitlaridan oqilona foydalanish;
ishlab chiqarishning zararli chiqitlarini zararsizlantirish yoki koʻmish;
yoʻl-yoʻlakay qazib olingan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalar, shuningdek, foydali qazilmalar komponentlari boʻlgan ishlab chiqarish chiqitlarini alohida yigʻish va saqlash hamda foydali qazilmalar va ishlab chiqarish chiqitlarini foydalanishga jalb etish muddatlari, xom ashyoning kamayishi va buzilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar;
korxonani qurish va uning ishlashi jarayonida ochilgan yer qaʼrini geologik oʻrganish, qazib olishni va qayta ishlashning kon-geologik sharoitlarini prognozlashtirish uchun zarur boʻlgan hajmda geologik va marksheyder hujjatlarini tayyorlash;
qazib olinadigan mineral xom ashyoning miqdori va sifatini ishonchli hisoblash boʻyicha texnik vositalar;
korxonaning geologik va marksheyder xizmatlari tarkibi, ularning texnik jihozlanishi;
korxona xodimlari va aholi xavfsizligini, yer qaʼri, atmosfera havosi, yer, oʻrmonlar, suv va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlari, binolar, inshootlar, qoʻriqxonalar, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklari yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning zararli taʼsiridan muhofaza qilinishini taʼminlovchi chora-tadbirlar;
texnika xavfsizligiga oid choralar;
yer qaʼridan foydalanishda buzilgan yer maydonlari va suv omborlarini xavfsiz holatga, shuningdek, ulardan amaldagi qonunchilikka muvofiq xalq xoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish.
Korxona loyihasida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish choralari boshqa masalalar bilan bir qatorda:
yerlarni kon qazishga ajratish uchun berish statistikasini kamaytirish;
mineral xom ashyoni zararli chiqarish va oqizishlarni atrof tabiiy muhitiga eng kam chiqargan holda qazish va uni dastlabki qayta ishlash texnologiyalarini tanlash;
atrof tabiiy muhitning holatini nazorat qilishni tashkil etish hamda yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq atrof tabiiy muhitdagi oʻzgarishlarni baholashni prognozlashtirish masalalarini hal etishni ham nazarda tutishi lozim.
24. Ikki va undan koʻp korxonalar joylashtiriladigan yirik foydali qazilma konlarini qazishda konni oʻzlashtirish va qazishning quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks loyihasi ishlab chiqilishi zarur:
konni yer qaʼridan eng toʻliq ajratib olish va asosiy hamda ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalar, shuningdek, ulardagi komponentlardan kompleks foydalanish imkonini taʼminlovchi shaxta (karyer) maydonlariga oqilona taqsimlash, shuningdek korxona xodimlari va aholi xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari;
har bir korxonaning eng oqilona quvvatlarini asoslash, qatlamlar, maʼdan jismlari va har xil tur (koʻrinish) va shakllardagi foydali qazilmalar tizimlarini ularga qoʻshimcha ishlov berish va asossiz nobud qilishni istisno etuvchi qazishlarning navbati bilan amalga oshirilishi;
korxonalarni ishlatish uchun zarur boʻlgan yer ustidagi binolar va inshootlar bilan birgalikda korxonalarning asosiy va yordamchi sanoat maydonlarini, shu jumladan, foydali qazilma omborlari, ochiq va aralash jinslar agʻdarmalarini, shuningdek, turar joy posyolkalari va kommunikatsiyalarni, temir yoʻl va avtomobil yoʻllarini, elektr uzatish va aloqa liniyalarini, suv va issiqlik taʼminotini, tozalash inshootlari boʻlgan kanalizatsiyalarni va boshqa obyektlarni eng maqbul joylashtirish;
alohida korxonalarni qurish va ishga tushirishning navbat bilan amalga oshirilishi;
alohida korxonalar va umuman kon boʻyicha toʻliq kapital xarajatlar va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar.
Konni oʻzlashtirish va umuman qazishning kompleks loyihasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, Inspeksiya va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va unga asosan ushbu konda joylashadigan alohida korxonalarning loyihalari ishlab chiqiladi.
(24-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
25. Korxona loyihasida qabul qilingan konni ochish sxemalari, qazish usullari va tizimi xavfsizlik shartlariga javob beruvchi hamda yer qaʼridan foydali qazilmalar zaxiralarini xalq xoʻjaligi nuqtai nazaridan va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablari hisobga olinib baholanadigan tugatiladigan balans zaxiralari birligiga (tonna, kub. m) eng koʻp iqtisodiy samara bilan maqbul darajada toʻla va sifatli ajratib olishni taʼminlovchi, variantlarni tanlab variantlar boʻyicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Korxonalar loyihalarida qazishning usullari va tizimlarini asoslashda shu bilan birga shaxta maydonlarini yonboshdan markazga tomon qazib borish, qazish uchastkalarini maydon nuqtai nazaridan tayyorlash variantlari koʻrib chiqilishi, shuningdek, qazilma birliklarining maqbul parametrlari belgilangan boʻlishi lozim.
Loyihalar doirasida amalga oshirishga qabul qilingan variantlar ishlarning xavfsizligini taʼminlashi, konlarning eng boy uchastkalari va mahsuldor qatlamlar, ruda jismlari va uyumlari tanlab qazilishini hamda kondagi qolgan balans zaxiralari kamayishiga, shuningdek, qatlamlar, ruda jismlari va uyumlar qaytadan ishlanishini (buning oqibatida ularda boʻlgan foydali qazilmalar sanoat ahamiyatini yoʻqotishi yoki butunlay isrof boʻlishi mumkin) istisno etishi zarur.
26. Agar ishlayotgan korxonada balansdan tashqari zaxiralar, asosiy foydali qazilmalar bilan birga joylashgan boshqa foydali qazilmalarning balansdagi zaxiralarini qazish loyihada koʻrsatilmagan va amalda ish olib borilayotgan boʻlsa, korxona birgalikda joylashgan foydali qazilmalarni qazib olish tartibi va shartlarini, zarur hollarda esa ularni maxsus agʻdarmalarda yigʻish va kelgusida foydalanish uchun saqlash tartibini nazarda tutuvchi loyihaga qoʻshimchani ishlab chiqishi belgilangan tartibda tasdiqlashi kerak.
Loyihaga qoʻshimchalarni ishlab chiqishda xom ashyoni qazish va qayta ishlashning istiqbolli texnologiyalari qoʻllanilgan holda undan yanada toʻlaroq kompleks foydalanish taʼminlanishi va quyidagilar hisobga olinishi lozim:
balansdan tashqari va birgalikda joylashgan foydali qazilmalarning oʻrganilganlik darajasi, sifati va joylashish holati;
isteʼmolchilarning mavjudligi va ushbu foydali qazilmalarga ehtiyoj prognozi.
27. Qiyin kon-geologiya sharoitlarida joylashgan konlardagi korxonalar loyihalarida murakkab tabiiy sharoitlarning yer osti boyliklaridan oqilona, kompleks foydalanishga zararli taʼsirini bartaraf etuvchi yoki ancha kamaytiruvchi va kon ishlarini xavfsiz olib borishni, yer qaʼrini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish ishlarida xavfsizlikni taʼminlovchi chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi maxsus boʻlim boʻlishi zarur.
Bunday korxonalarni qurish va ishlatish koʻmir va slanets shaxtalaridagi xavfsizlik qoidalarining, rudali, noruda va sochma konlarni yer osti usuli bilan qazishda yagona xavfsizlik qoidalarining, Foydali qazilmalar konlarini ochiq usulda qazishda yagona xavfsizlik qoidalarining, Inshootlar va tabiiy obyektlarni kon ishlarining zararli taʼsiridan muhofaza qilish qoidalari (koʻrsatmalar)ning tegishli talablari, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan Qoidalarda va ushbu Qoidalarda qayd etilgan maxsus yoʻriqnomalar talablari qatʼiy bajarilgan holda amalga oshirilishi kerak.
28. DZK tomonidan kompleks mineral xom ashyodan koʻp maqsadli foydalanish belgilanganda korxona loyihasida konni oʻzlashtirish va qazib olinadigan xom ashyoni qoʻllashning oqilona varianti belgilanishi kerak.
29. Tabiiy toshli qurilish materiallari, gips, ohaktosh, toshli va kaliy tuzlarini yer osti usulida qazib oluvchi korxonalarning loyihalarida qazilmalarni foydali qazilmalarni qazish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda ishlatish uchun uzoq muddat saqlashni taʼminlash hisobga olingan holda ularni maqsadli tayyorlash koʻrib chiqilishi zarur.
30. Yangi korxonalarni qurishda va ishlayotganlarini rekonstruksiya qilishda, shuningdek ularda gorizontlar va qazish uchastkalari tayyorlashda tasdiqlangan loyihalarga oʻzgartirishlarni loyihani ishlab chiqqan loyihalash tashkiloti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, Inspeksiya va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan oldindan kelishmasdan, shuningdek, loyihani tasdiqlagan tashkilotning oʻzgartirishlar kiritishga yozma ruxsatisiz yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda ushbu Qoidalar talablari buzilishiga olib keluvchi biror-bir oʻzgartirish kiritish va chetga chiqish taqiqlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
31. Qurilishi (rekonstruksiya qilinishi, kengaytirilishi) tasdiqlangan loyihaga muvofiq tugallangan va foydalanishga tayyorlangan korxonalar buyurtmachi tomonidan davlat qabul komissiyalariga qabul qilish uchun tavsiya etilishi kerak.
Davlat qabul komissiyalarining tarkibi, ularni tayinlash va ish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Qurilishi tugallangan obyektlarni davlat qabul komissiyalari tomonidan foydalanishga qabul qilish dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
32. Loyiha qarorlarining qaziladigan kon va qazib olinadigan foydali qazilmalardan oqilona, kompleks foydalanishni, yer qaʼri hamda atrof tabiiy muhit muhofaza qilinishini taʼminlash qismidagi asosiy maʼlumotlar davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtishi lozim boʻlgan loyihaning tarkibidagi maxsus “Yer osti boyliklari va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish” boʻlimida aks ettirilishi zarur.
3-bob. Kon ishlarini geologik va marksheyderlik jihatidan taʼminlash va zaxiralarni hisobga olish
33. Foydali qazilmalar konlarini qazishni, foydali qazilmalar qazish korxonalarini loyihalash va qurishni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va boshqa yer qaʼridan foydalanuvchilar geologik va marksheyderlik xizmatlariga ega boʻlishlari kerak.
Foydali qazilmalarni qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun qazuvchi korxonalarda, agar ushbu korxonada geologiya-marksheyderlik xizmatlari mavjud boʻlmasa, geologiya-marksheyderlik yuqori idora tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu xizmatlarning tuzilmasi, vazifalari, majburiyatlari va huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan idoraviy geologik xizmat toʻgʻrisidagi namunaviy nizom, shuningdek, Inspeksiya bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan koʻrsatib oʻtilgan xizmatlar toʻgʻrisida tarmoq nizomlari bilan belgilanadi.
34. Korxonalar zarur hollarda qaziladigan konlarning mineral xom ashyo negizini mustahkamlash va oʻrganilgan zaxiralarning ishonchliligini oshirish maqsadida dastlabki qidiruvni va ekspluatatsiya qidiruvini amalga oshirishlari lozim.
Korxonalar:
konlarning murakkab uchastkalarida qayta ishlashning kon-geologiya sharoitlarini oʻrganish maqsadida geologiya ishlarini amalga oshirishlari;
foydali qazilmalar konlaridan yanada toʻlaroq va kompleks foydalanish, kon ishlarini samarali va xavfsiz amalga oshirish, yer qaʼrini, binolar, inshootlar va tabiat obyektlarini kon qazish ishlarining zararli taʼsiridan muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida marksheyderlik ishlarini bajarishlari;
belgilangan geologiya va marksheyderlik hujjatlarini yuritishlari;
foydali qazilmalar zaxiralarining holati va harakati, nobud boʻlganligi va sifatsizlanishini hisobga olishi, shuningdek, yoʻl-yoʻlakay qazib olinadigan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar bor boʻlgan ishlab chiqarish chiqitlarining hisobga olinishini taʼminlashlari zarur.
Kon ishlarini oʻz vaqtida va sifatli geologik va marksheyderlik jihatidan taʼminlamasdan, shuningdek, foydali qazilmalarning holati va zaxiralarning harakati, nobud boʻlishi va sifati pasayishini hisobini yuritmasdan konlarni qazish va korxonalarni qurish (rekonstruksiya qilish) taqiqlanadi.
35. Qazilayotgan kon doirasidagi geologiya ishlari tasdiqlangan loyiha, tarmoq normativ hujjatlari va koʻrsatmalariga muvofiq, shuningdek, DKZ yoʻriqnomalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasining metodik nizomlari hamda koʻrsatmalari va ishlarni xavfsiz olib borishga oid qoidalar talablariga rioya qilingan holda olib boriladi.
Rejalashtirish va foydalanish maqsadida qidirish Inspeksiya bilan kelishilgan kon ishlarining yillik rejalari boʻyicha amalga oshiriladi.
36. Konlarni yoki ularning ayrim uchastkalarini dastlabki qidirishda va foydalnish maqsadida oʻrganish korxona yoki korxona tomonidan berilgan geologik topshiriq boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
37. Konlarning yetarlicha puxta oʻrganilmagan qismlarini, (yonboshlar, chuqur gorizontlar, alohida uchastkalar) puxta oʻrganib chiqish bosqichma-bosqich, korxonalar loyihalari hamda kon ishlarini rivojlantirish rejalari bilan bogʻliq holda amalga oshirilishi kerak.
Foydalanish maqsadida oʻrganish tayyorlov va tozalash ishlari rivojlanishidan oldin bajarilishi hamda korxona faoliyat koʻrsatgan butun muddat mobaynida amalga oshirilishi zarur.
38. Konlarni dastlabki qidirish boʻyicha ishlarning loyihalarida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
maqsadli topshiriq, ishlarning yoʻlga qoʻyilishini va vazifalarini asoslash;
qabul qilingan geologik, geofizik, gidrogeologik, burgʻulash va geologiya muhandisligi ishlari kompleksini oʻtkazishning, shuningdek texnologik va koʻzlangan topshiriqni bajarish uchun zarur boʻlgan izlanishlar boshqa turlarining metodikasi va texnologiyasi;
ishlarning amaldagi hajmlari hisob-kitobi;
foydali qazilmalar zaxiralarining koʻpayishi boʻyicha, ularni oʻrganishning darajalariga qarab zaxiralarni yanada yuqori toifalarga oʻtkazish boʻyicha, shuningdek, konlarning yoki ularning ayrim uchastkalarining geologik xususiyatlarini aniqlash boʻyicha kutilayotgan natijalar.
Konlar yoki ularning qismlarini qazishning qiyin kon-geologiya sharoitlarida (togʻ massalari va gazlarning toʻsatdan otilishi, togʻ zarbalari, suv va toshqinlarning urib ketishi, koʻchki hodisalari va shu kabilar) puxta oʻrganib chiqish loyihalarida kon ishlarini samarali va xavfsiz olib borishni taʼminlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun maxsus tadqiqotlar oʻtkazish nazarda tutilishi kerak.
Dastlabki qidirish loyihalari konni puxta oʻrganib chiqish maqsadlari uchun kapital, tayyorlov, qirqma kon qazilmalari va burgʻulash quduqlaridan eng toʻliq foydalanishni nazarda tutishi zarur.
Qidiruv ishlari olib borilgan kon qazilmalari foydalanish maqsadidagi ishlarda maksimal darajada foydalanilishi lozim.
39. Geologik, gidrogeologik, geofizik, texnologik va boshqa ishlarning korxonani qurish va ishlatish, puxta oʻrganish va foydalanish maqsadidagi oʻrganish jarayonida olingan natijalari kon ishlab chiqarishi, shu jumladan kapital, tayyorlov va tozalash ishlarini loyihalash, oqilona rejalashtirishni geologik asoslash uchun oʻz vaqtida ishlab chiqilishi hamda foydalanilishi kerak.
Korxonani qurish va undan foydalanish, puxta oʻrganib chiqish hamda foydalanish maqsadida oʻrganish chogʻida olingan batafsil oʻrganish maʼlumotlari va amaldagi maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlgan taqdirda qiyoslash materiallarini korxona bilan batafsil oʻrganishni amalga oshirgan tashkilot birgalikda koʻrib chiqishi lozim. Katta tafovutlar boʻlsa materiallar DZKga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Korxona va ixtisoslashgan tashkilot oʻtkazilgan geologik-qidiruv ishlari natijalari yuzasidan belgilangan tartibda geologik hisobotlar tayyorlashlari lozim.
Kon ishlarini, shuningdek, ular ishlab chiqarishini oldindan geologik asoslashlarsiz loyihalash va rejalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
40. Barcha qidirib topilgan kon qazilmalari va burgʻulash quduqlari geologik jihatdan hujjatlashtiriladi, ularda foydali qazilmalar jismlari topilganda va boshqa zarur hollarda, ular, shu jumladan, loyihaga muvofiq texnologik sinovdan oʻtkaziladi.
Turli maqsadlardagi kapital, tayyorlov, qirqma va tozalash kon qazilmalari va burgʻulash quduqlari geologik jihatdan hujjatlashtiriladi va sinovdan oʻtkaziladi.
Korxona geologik ishlarda nazarda tutilgan barcha foydali komponentlar va zararli aralashmalarni kimyoviy, spektral va sinab tahlil qilishning boshqa turlarini bajarishni, shuningdek, foydali qazilmalarning hamda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan ulardagi komponentlarning texnologik oʻxshashliklarini tadqiq qilishni oʻz vaqtida taʼminlashi zarur.
41. Birlamchi geologik hujjatlarni tuzishning oʻz vaqtidaligi va sifatliligini geologik xizmatning yuqori mansabdor shaxsi yilning har choragida majburiy tekshiruvdan oʻtkazishi shart.
42. Kon ishlari texnologiyasini qiyinlashtirishi yoki ularni toʻxtatishi mumkin boʻlgan kon-geologiya sharoitlaridagi barcha oʻzgarishlarni geologik xizmat zudlik bilan geologiya ishlari boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq korxona rahbarlariga maʼlum qilishi lozim.
43. Birlamchi geologik hujjatlashtirish asosida yigʻma geologik hujjatlar tuzilishi zarur.
Birlamchi va yigʻma geologik hujjatlarning majburiy toʻplami va mazmuni geologiya ishlari yoʻriqnomasida belgilanadi.
Murakkab qurilmadagi yoki foydali komponentlar va zararli aralashmalar noteng taqsimlangan konlar uchun konni yoki uning bir qismini maxsus grafik hujjatlar tuzib maxsus batafsil geometriklashtirishni amalga oshirish majburiydir.
44. Grafik geologiya hujjatlari marksheyder asosida konning grafik hujjatlari uchun qabul qilingan shartli belgilarga rioya qilingan holda tuzilishi lozim.
Chizmalar uchun ularning xizmat qilishi va saqlanishi boʻyicha belgilangan muddatlarni taʼminlovchi materiallar qoʻllanilishi zarur.
Geologik ish hujjatlari amaldagi maʼlumotlar toʻplanishiga qarab, ammo har oyda kamida bir marta toʻldirib boriladi. Yigʻma geologik hujjatlar yilning har choragida toʻldiriladi. Geologik hujjatlarni toʻldirishda kechikishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalarda ish hujjatlarini har chorakda, yigʻma hujjatlarni har yarim yillikda bir martadan tayyorlashga ruxsat beriladi.
45. Konni puxta oʻrganib chiqish, foydalanish maqsadida oʻrganish va qazish jarayonida bajarilgan sinovdan oʻtkazish va boshqa geologiya ishlari maʼlumotlariga geologiya hujjatlari boʻyicha foydali qazilmalarning alohida qazilmalari, uchastkalari, foydali qazilmalar jismlari va umuman konning balansdagi va balansdan tashqari zaxiralarini hisoblash yoki qayta hisoblash uchun konturlari, joylashuv elementlari, sifati va texnologik oʻxshashliklari belgilanishi va aniqlashtirilishi lozim.
Balansdagi zaxiralar konturlari ularni hisoblash yoki qayta hisoblash uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli konditsiyalar asosida aniqlanadi.
46. Qurilayotgan va faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarda quyidagi marksheyderlik ishlari bajarilishi lozim:
geodeziya va marksheyderlik tayanch hamda xaritalash tarmoqlarini oʻz vaqtida yaratish va ular asosida kon grafik hujjatlarini tuzish va muntazam toʻldirib borish uchun zarur boʻlgan marksheyderlik oʻlchovlari va hisoblashlarning barcha kompleksini amalga oshirish, kon ishlab chiqarishi uchun turli kon-geometrik vazifalarni hal etish;
yer yuzasidagi va yer ostidagi turli obyektlar qurilishi loyihasi parametrlarini naturaga chiqarish, kon ishlarini rivojlantirish loyihalari va rejalariga muvofiq kon qazilmalariga va qidirib topilgan qazilmalarga yoʻnalishlar topshirigʻi berish, shuningdek, ularga rioya qilish ustidan nazorat oʻrnatish;
kon jismlarining surilishi, yer yuzasi, binolar, inshootlarning deformatsiyalari, karyerlar pogʻonalari va bortlarining barqarorligini asboblar orqali kuzatishni amalga oshirish;
himoyalovchi va toʻsuvchi seliklar hamda kon ishlarini xavfsiz yuritish chegaralarini oʻz vaqtida hisob-kitob qilish hamda ularni kon grafik hujjatlariga kiritish;
aralash qatlamlar (uyumlar)da seliklardan yuqori kon bosimi otilishi va gazodinamik koʻrinishlar (otilib chiqishlar, kon zarbalari) ishlatilayotgan qazilmalarida suv va gazning xavfli otilib chiqishi extimoli boʻlgan xavfli zonalarini aniqlash va ularni oʻz vaqtida kon grafik hujjatlariga kiritish;
xavfli hududlar yaqinida va doirasida kon ishlarini olib borish xavfsizligiga doir tasdiqlangan tadbirlarga marksheyderlik jihatidan taʼminlash xizmati boʻyicha rioya etilishini nazorat qilish;
foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda oʻzboshimchalik bilan imorat qurishlarga yoʻl qoʻymaslikni nazorat qilish.
47. Marksheyderlik ishlari ularni bajarish muddatlariga qatʼiy rioya qilgan holda Marksheyderlik ishlarini amalga oshirishga oid yoʻriqnomalar va boshqa normativ hujjatlar talablariga, shuningdek, yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikka, xavfsizlik qoidalari va normalariga, texnik foydalanish qoidalariga va ushbu Qoidalarga rioya qilgan holda bajarilishi lozim.
Maxsus usullarni, texnik vositalar va asbob-uskunalarni qoʻllashni talab etuvchi marksheyderlik ishlari ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (byurolar) tomonidan bajarilishi zarur.
48. Geologiya-qidiruv, togʻ-kon va qurilish ishlarini olib borish marksheyderlik ishlarni taʼminlamasdan bajarish taqiqlanadi.
49. Har bir korxonada ularni olgan mansabdor shaxslar bajarishi majburiy boʻlgan geologik va marksheyderlik koʻrsatmalar daftarlari boʻlishi va ular muntazam yuritilishi kerak. Bu koʻrsatmalardan foydalanish korxona rahbari yoki bosh muhandisi tomonidan muntazam nazorat qilinishi kerak.
50. Foydali qazilmalar zaxiralarining holati va harakati, kamayish va sifati buzilishini hisoblash, zaxiralarni ularning qazishga tayyorligi darajasi boʻyicha hisoblash tarmoq yoʻriqnomalari va foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblash va 5-gr. shaklidagi hisobot balanslari tuzish boʻyicha yoʻriqnomalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Yoʻl-yoʻlakay qaziladigan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalar, kon ishlab chiqarishining ochiq jinslari va chiqitlarini hisoblash tarmoqlar yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
51. Zaxiralarning holati va harakatini, foydali qazilmalarning nobud boʻlishi va sifati pasayishini hisobga olish quyidagi asosiy talablarga rioya etilgan holda bajarilishi lozim:
ham DZK tomonidan tasdiqlangan foydali qazilmalar zaxiralari, ham DZK talablariga muvofiq hisoblab chiqilgan zaxiralari hisobga olinishi kerak;
foydali qazilmalar zaxiralari V, S1 va S2 toifalari boʻyicha va foydali qazilmalarning konlari, uchastkalari, gorizontlari, alohida maʼdanli jismlar, shaxta maydonlari, oʻyish birliklari, qazish usullari va tizimlari, asosiy sanoat (texnologiya) turlari va navlari boʻyicha alohida-alohida hisobga olinadi;
foydali qazilmalar zaxiralari qazib olish va qayta ishlash chogʻida boʻlishi mumkin boʻlgan sifat pasayishi va nobudgarchiliklardan qatʼi nazar, ularning yer qaʼrida mavjudligi boʻyicha hisoblanadi;
foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish, nobud boʻlishi, ularning sanoat ahamiyatini yoʻqotishi hamda tasdiqlanmasligi natijasida ularni korxonalar hisobidan chiqarish Yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisida nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qarori bilan tasdiqlangan) muvofiq amalga oshiriladi;
zaxiralarni hisobdan chiqarish geologiya va marksheyderlik hujjatlarida hisobga olish elementlari boʻyicha alohida aks ettirilishi hamda maxsus Hisobdan chiqarilgan zaxiralar daftariga kiritilishi lozim;
ham asosiy va ham ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalar zaxiralari va ulardagi komponentlarning koʻpayishi va ularni oʻrganilishi darajasiga koʻra yanada yuqori toifaga oʻtkazish ularni amaldagi geologiya materiallari boʻyicha hisoblab chiqishga asosan amalga oshiriladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
52. Zaxiralarning holati va harakatini, nobudgarchiligi va sifat pasayishini hisobga olish zaxiralarning birlamchi hisobi, yigʻma hisobi va yillik hisobot balansini oʻz ichiga oladi.
Birlamchi hisobga olish geologiya-qidiruv, kapital, tayyorlov va qirqma qazilmalarni tayyorlash hamda tozalash qazishlarini amalga oshirish jarayonida bajarilgan geologiya va marksheyderlik ishlari materiallari asosida qazilmalar birliklari boʻyicha amalga oshiriladi.
Birlamchi hisobga olish maʼlumotlariga asoslanib gorizontlar, uchastkalar, kon (shaxta maydoni) va umuman korxona boʻyicha zaxiralarning holati va harakati, nobud boʻlishi va sifati pasayishining yigʻma hisobi amalga oshiriladi.
53. Zaxiralarning yillik hisobot balansi korxona tomonidan foydali qazilmalar zaxiralari, nobud boʻlishi va sifati pasayishining har yili birinchi yanvardagi holatiga koʻra birlamchi va erkin hisobga olishga asosan tuziladi.
Korxona zaxiralarining har yilgi hisobot balansiga keyingi geologiya-qidiruv ishlari va kon qazish chogʻida zaxiralarning koʻpayganligi natijasida oʻzgarganligini, sanoat ahamiyatini yoʻqotganligi sifatida yoki tasdiqlanmaganligi oqibatida hisobdan chiqarilishini asoslovchi materiallar ilova qilinishi lozim.
54. Balans zaxiralarni hisobdan chiqarish yoki ularni sanoat ahamiyatini yoʻqotgan konlar boʻyicha balansdan tashqari guruhga oʻtkazish Inspeksiya bilan kelishgan holda, DZKning tegishli qarori mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
55. Zaxiralarning qazishga tayyorlanganligi darajasi boʻyicha holati va harakatini hisobga olish korxonalar tomonidan:
ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor boʻlgan zaxiralar;
qazish usullari, kon turlari va qoʻllaniladigan qazish tizimlari boʻyicha alohida;
qazilma birliklari boʻyicha amalga oshiriladi.
56. Foydali qazilma zaxiralarining qazishga tayyorlanganligi darajasi boʻyicha holati va harakatini hisobga olish maʼlumotlari, shuningdek qazib olish boʻyicha rejali topshiriqlarga asosan korxonalarning geologik, marksheyderlik va boshqa xizmatlari ochilgan, tayyorlangan hamda qazishga tayyor boʻlgan zaxiralarning oʻrnini toʻldirish, konni yanada toʻlaroq, kompleks oʻzlashtirishni taʼminlovchi kon ishlarining yoʻnaltirilishi va rivojlantirilishiga oid takliflarni tayyorlashlari lozim.
4-bob. Kon ishlarini rivojlantirishni rejalashtirish va loyihalashtirish
57. Kon ishlarini rivojlantirish hamda foydali qazilmalar konlarini qazish jarayonlarini rejalashtirish va loyihalashtirish yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchilik, korxona loyihasi, amaldagi normativ hujjatlarga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshirilishi va kon ishlab chiqarishi texnologiyasining konni qazishning toʻgʻriligini, yer qaʼri va tabiiy muhitdan oqilona, kompleks foydalanish, uni muhofaza qilishni taʼminlovchi barcha masalalarni hal etishni nazarda tutishi lozim.
58. Kon ishlarini rivojlantirishning istiqbolli rejalari quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
konni puxta oʻrganib chiqish va foydalanish maqsadida qidirish;
konni yoki uning bir qismini qazishning qazish chogʻida yer qaʼridan foydali qazilmalarni maqbul darajada ajratib olishni taʼminlovchi va boy uchastkalarni tanlab qazishni, konning sanoat ahamiyatini pasaytirishni va uni qazish sharoitlarini qiyinlashtirishni istisno etuvchi rejaliligi;
qoʻllanilayotganlarni takomillashtirish va qazishning yangi istiqbolli yoʻllari va tizimlarini, shuningdek, yer qaʼridan foydali qazilmalarni ajratib olish darajasini oshirish, mehnat xavfsizligini, binolar, inshootlar va atrof tabiiy muhitni kon ishlarining zararli taʼsiridan muhofaza qilishni yaxshilash maqsadida qazib olishning yangi texnologiyalarini joriy etish;
ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor boʻlgan zaxiralarni korxonaga belgilangan topshiriqlar (normativlar)ga muvofiq toʻldirish;
balansdan tashqari va foydali qazilmalarning ilgari konservatsiya qilingan balansdagi zaxiralarini saqlash yoki ularni ishlatishga qoʻshish;
ochilgan va aralash jinslardan foydalanish;
texnika xavfsizligi, konni yoki uning bir qismini foydali qazilmalar sifatini va konning sanoat ahamiyatini tushiruvchi yoki uni qazishni qiyinlashtiruvchi suv toshib ketishi, suv oʻtishi, yongʻinlar va boshqa omillardan muhofaza qilish choralari;
boʻshliqlarni toʻldirish tartibi va muddatlari;
binolar, inshootlar, atrof tabiiy muhitni kon ishlarining zararli taʼsiridan muhofaza qilish choralari;
agar bunday qazish yer bagʻridan foydali qazilmalarni ajratib olishni koʻpaytiradigan yoki sifati pasayishini kamaytiradigan boʻlsa boʻsh jinslarni qazilgan boʻshliqlarda qoldirib foydali qazilmalar zaxiralarini selektiv yoʻl bilan qazishni qoʻllash;
kon ishlari tomonidan buzilgan yerlarning unumdorligini tiklash.
Kon ishlarini rivojlantirishning istiqbolli rejalarini ishlab chiqishda korxonaning bosh loyihachisi ishtirok etishi kerak.
Texnikaning rivojlanishi, foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xom ashyoni qayta ishlash texnologiyalarining takomillashishi, tovar mahsulotga texnik reglamentlar yoki standartlarning oʻzgarib borishi barobarida iqtisodiy jihatdan oqlangan balansdan tashqari zaxiralarni balansga oʻtkazish uchun sharoitlar yaratish chogʻida istiqbolli rejalarda mineral xom ashyo boʻyicha konditsiyalar va belgilangan tartibda qaytadan tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi zarur.
59. Kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejalari rejalashtirilayotgan yilda tovar mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha yer qaʼrini muhofaza qilish va mineral resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha korxonaga berilgan rejali topshiriqlardan kelib chiqqan holda istiqbolli rejalarni aniqlashtirish va quyidagilarni nazarda tutishi kerak:
konlarni qazishning yer qaʼridan asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarni eng toʻliq ajratib olishni taʼminlovchi usullari va tizimlarini qoʻllash;
rejalashtirilgan qazish tizimining foydali qazilmalarni yer qaʼridan oqilona ajratib olish va har bir qazilma birligi boʻyicha kon ishlarining xavfsizligi boʻyicha kon-geologiya sharoitlariga muvofiq boʻlishi;
konni tayyorlash va qirqma qazilma hamda ochish ishlari rejalashtirilgan hajmlarining zaxiralarning ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor boʻlgan topshiriqlari (normativlari)ga, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olishga oid topshiriqlarga muvofiq boʻlishi;
foydali qazilmalarning tasdiqlangan konditsiyalarga muvofiq qazib olinishi;
yer qaʼridan asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarni va ulardagi komponentlarni ajratib olish koʻrsatgichlarini yaxshilashga qaratilgan tajriba-konstruktorlik, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni olib borish;
bir yoʻla qazilayotgan qazilma birliklarining foydali qazilmalarni talab etilgan miqdor va sifatda qazib olishni taʼminlaydigan oqilona miqdori;
qazilayotgan qazilma birliklarining oqilona yuklamasi;
kon uchastkalarining eng yaxshi, yaʼni eng boy yoki qulay sharoitlarda joylashgan qazish ishlarida ajratib olinadigan zaxiralarning yoʻl qoʻyiladigan hajmlari;
har bir qazilma birligidan foydali qazilmalarni qazib olish va ularni tugatishning kalendar jadvallariga rioya etish.
60. Kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejalarida quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
kon va qazilma birliklarining qisqacha geologik tavsifi;
qazishning qoʻllanilayotgan tizimlari va qazishga tayyorlanganligi darajasi boʻyicha korxonalarning zaxiralar bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qazib olish boʻyicha rejali topshiriqlar, qazilma birliklari boʻyicha nobudgarchilik va sifat pasayishining belgilangan normativlari bajarilishining kutilayotgan maʼlumotlari;
rejalashtirilayotgan yilda qazib olish hajmlari va nobudgarchilik va sifat pasayishi normativlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
konni qazishga tayyorlashni (yoki karyerlardagi ochish ishlari) bajarish hajmlari, yoʻnalishlari va muddatlari;
kon ishlarining yilning har choragi yoki oylar boʻyicha tuzilgan (vertikal yoki gorizontal boʻyicha proyeksiya) rejasi va konning boshqa zarur grafik hujjatlari;
yangidan qazish boshlangan qazilma birliklar boʻyicha foydalanish nobudgarchiliklari va sifat pasayishi normativlarining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari;
joriy yilda ruxsat etilgan normativdan yuqori nobudgarchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ularning yuzaga kelishi sabablari;
foydali qazilmalarni ularni qazib olishda rejalashtirilgan darajada olish, shuningdek, zaxiralardan oqilona, kompleks foydalanishni taʼminlashga oid tadbirlar;
qazib olinadigan foydali qazilmalar sifatini boshqarish tartibi;
vaqtinchalik seliklardan ularga zarurat kamayganda foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olishga oid tadbirlar;
vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni qazish va omborlarga joylash, shuningdek, birga joylashgan yoki ochiq jinslarda joylashgan foydali qazilmalarni qazib olish tartibi;
ochilgan jinslarni va kavlangan kon chiqitlarini agʻdarmalarda, chiqindi saqlash joylarida va shlamtindirgichlarda joylashtirish sxemasi;
konning qazib olinayotgan, uni boshqa korxonalar qazib olishi mumkin boʻlmagan qismiga tutash boʻlagida joylashgan foydali qazilma boyliklarini qazish tartibi;
qazib boʻlingan kon qazilmalarini xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun saqlash va foydalanishga oid tadbirlar;
vaqtincha faol boʻlmagan zaxiralarning mavjudligi va ularni qazib olish va tugatish tartibi hamda muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, kon ishlarining koʻp gorizontalligi va tarqoqligini qisqartirish boʻyicha tadbirlar;
gʻamlash uchun qoʻyish ishlari rejalari va loyihalarini bajarish chora-tarbirlari;
ishlar hajmi va kon hamda kon ishlari uchastkalarini quritish tartibi;
boʻshliqlar borligi va ularni toʻldirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
kon ishlarini xavfsiz yuritishni taʼminlash tadbirlari;
tabiiy muhitni tiklash va muhofaza qilishga oid tadbirlar.
61. Tayyorlash va tozalash ishlarini ishlab chiqish tizimlari, texnologik sxemalari va qazilgan makonni boshqarish yoʻllari, qabul qilinadigan kon ishlarini rivojlantirish rejalarida shuningdek quyidagilar taʼminlanishi lozim:
jismlardan foydali qazilmalarni minimal konditsion quvvatlar va cheklangan sifat bilan ajratib olish;
qazib olish chogʻida nurash, oksidlanish, oʻzidan oʻzi yonish va shu kabilar natijasida foydali qazilmalar sifati pasayishining oldini olish;
vaqtincha konservatsiya qilinadigan zaxiralarni muhofaza qilish;
turli maqsadlardagi seliklarda nobudgarchiliklarni istisno qilish yoki kamaytirish.
62. Konni yer osti usulida qazishda tayyorlov qazilmalar joylashishi va yoʻnalishi zaxiralarni eng koʻp ajratib olish va kon qazilmalarini samarali saqlab turish hisobga olingan holda rejalashtiriladi. Kon qazilmalarining foydali qazilma jismlari konturidan tashqarida joylashishi varianti albatta koʻrib chiqiladi.
63. Foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va sifati pasayishi normativlari kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejalarida hisoblab chiqiladi va qazilma birliklarning barcha asosiy va qazish uchun loyihada nazarda tutilgan ular bilan joylashgan foydali qazilmalari boʻyicha kon-geologiya sharoitlarini aniq hisobga olgan holda koʻrib chiqiladi va belgilanadi.
Qazilma birligi doirasida foydali qazilmalar joylashuvining kon-geologiya sharoitlari, qazib olish (tozalash) ishlari texnologiyasi, shuningdek, nobudgarchilik va sifat pasayishini normalashda hisobga olinadigan texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar oʻzgargan taqdirda nobudgarchilik va sifat pasayishining belgilangan normalari Inspeksiya bilan kelishgan holda oʻz vaqtida qaytadan koʻrib chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
64. Kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejalarida quyidagilarni nazarda tutish taqiqlanadi:
konning boy uchastkalarini foydali qazilmalar balans zaxiralarining asossiz nobudgarchiligiga olib keladigan tarzda tanlab qazish;
qazilayotgan va konning unga qoʻshni boʻlgan uchastkalari sanoat ahamiyati pasayishiga yoki ularni kelajakda qazib olish sharoitlarining qiyinlashuviga, shuningdek, yer qaʼrida korservatsiyalangan zaxiralarning asossiz koʻpayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tayyorlash va tozalash ishlari hamda ularni amalga oshirish navbatlarini yoʻnaltirish;
foydali qazilmalarning balans zaxiralarini kelajakda qazish mumkin boʻlmagan yoki qiyinlashadigan karyer (shaxta) maydonlari chegarasida yoki tugatilgan zaxiralar konturlarida qoldirish;
sanoat ahamiyatini yoʻqotgan, belgilangan tartibda xisobdan chiqarilmagan balans zaxiralari boʻlgan uchastkalarni reja loyihasidan chiqarish;
qazilma birliklaridagi maydalangan foydali qazilmalarni qazib olishni, agar bu kon ishlari texnologiyasida nazarda tutilmagan boʻlsa, keyingi davrlarga qoldirish.
65. Har bir qazilma birligi uchun uni qazish boʻyicha loyiha ishlab chiqilishi lozim. Bu loyihani ishlab chiqish uchun korxona loyihasi va kon ishlarini rivojlantirish rejasi asos hisoblanadi.
Qazilma birligi loyihasida quyidagilar texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslanishi zarur:
yer qaʼridan foydali qazilmalarni ajratib olish (yer qaʼridan ajratib olish koeffitsiyenti);
foydali qazilmalarning qazib olish chogʻida sifat pasayishi yoki sifatining oʻzgarishi (sifat oʻzgarishi koeffitsiyenti);
turli xildagi va navdagi foydali qazilmalarni qazish chora-tadbirlari;
qazish birligining oqilona parametrlari;
ajratib olishning amaldagi koʻrsatkichlarini belgilashning zarur toʻliqligi, ishonchliligi va tezkorligini taʼminlovchi (toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita yoki kombinatsiyalangan) foydali qazilmalarni qazib olish koʻrsatkichlari hisobini aniqlash usullari.
66. Qazilma birligini qazish boʻyicha loyiha yer osti usulida qazish uchun ishlab chiqiladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
geologik tavsifnoma;
qazilishi lozim boʻlgan zaxiralar, shu jumladan, qazilma konturiga kiritilgan balansdan tashqari zaxiralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
foydalanish uchun qidirish va qazish birligini qazishga tayyorlash usuli;
qazish tizimi va uning asosiy parametrlari tavsifi;
tozalash va tayyorlash qazilmalarini shamollatish sxemasi;
kon bosimi va qazilmaning mustahkamlanishini boshqarish pasporti;
tozalash va tayyorlash ishlarini mexanizatsiyalash vositalarining roʻyxati;
yetkazib berish, tashish va elektr taʼminoti sxemasi;
burgʻulash-portlatish ishlari loyihasi (pasporti);
foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va sifati pasayishi normativlari;
ishlarning xavfsizligini taʼminlash. jinslarning otilib chiqishi bilan kurashish, gazsizlantirish, oʻzidan oʻzi yonish, yer osti suvlari va turdosh qazilmalarning quyuq oqovalari bilan toʻlib qolish va shu kabilarning oldini olish tadbirlari;
tozalash va tayyorlash joylarida ishlarni tashkil etish jadvallari va asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar, qazish birligini qazishning cheklangan muddatlari;
planogrammaga muvofiq qazib chiqarishda foydali komponent tarkibi pastki meʼyorining texnik-iqtisodiy asoslanishi (konni foydali qazilma va aralashma jinslarni qulatgan holda yer osti usulida qazish chogʻida);
qazib olinadigan foydali qazilmadagi foydali komponentdagi cheklangan brak qazilma.
Qazilma birligining loyihasi belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak.
67. Har bir qazilma birligi uchun foydali qazilmalar holati va harakatini (koʻmir va yoqilgʻi slanetsdan tashqari) hisobga olish pasporti yuritilishi lozim, uning shakli va tarkibi tarmoq yoʻriqnomasi bilan belgilanadi.
5-bob. Konni ochish va tayyorlash
68. Kon yoki uning bir qismini ochish usuli va sxemasi, shuningdek, asosiy ochish qazilmalarining joylashuv oʻrinlari quyidagilarni taʼminlashi lozim:
kon ajratmasi doirasidagi asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarni yer qaʼridan eng koʻp va iqtisodiy maqsadga muvofiq holda ajratib olish;
sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan alohida joylashgan, ajratib qoʻyilgan maʼdanli jinslar, qatlamlar va uyumlarni qazib tugatish imkoniyati;
konni suvga toʻlib ketishdan, suv bosishi va boshqa nobudgarchiliklarga olib keluvchi, foydali qazilmalar sifatini va konning sanoat ahamiyatini pasaytiruvchi yoki uni qazishni qiyinlashtiruvchi omillardan muhofaza qilish;
aralashma jinslarni qazib olingan boʻshliqqa joylashtirish imkoniyati.
69. Korxonaning sanoat maydoni va asosiy ochish qazilmalari (stvollar, shtolnyalar va boshqalar) odatda rudasiz uchastkalarda yoxud nokonditsiyali yoki past sifatli foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda joylashtirilishi lozim.
Bu talab bajarilishi mumkin boʻlmagan hollarda sanoat maydonchalari va asosiy ochish qazilmalarini ular ostidagi saqlash seliklarida foydali qazilmalarning eng kam miqdori konservatsiyalangan va korxona tugatilishi chogʻida eng kam talafotlar bilan ajratib olinadigan shartlarda foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
70. Sanoat maydonlari va asosiy ochish qazilmalarini joylashtirishning barcha variantlarida ularga kon qazishning zararli taʼsiri istisno etilishi kerak.
71. Foydali qazilmalar konlarini ochish va tayyorlash korxona loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Amaldagi kon-geologiya sharoitlari loyihadagiga mos kelmasa, unga oʻz vaqtida va belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi zarur.
72. Ochish va tayyorlash ishlarini amalga oshirishning tanlangan usullari, hajmlari va muddatlari qazish uchun belgilangan ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor boʻlgan zaxiralarning belgilangan miqdorini taʼminlashi lozim.
73. Konni ochish va qazishga tayyorlash jarayonida quyidagilar taʼminlanishi zarur:
loyihada nazarda tutilgan kon qazilmalari yoʻnalishlari va parametrlarining joylashish oʻrinlari, himoyalovchi seliklari oʻlchamlari, qazishni oʻtkazishning texnologik sxemalariga rioya qilinishi ustidan nazorat;
foydalanish uchun qidirish va boshqa geologiya ishlari toʻliq hajmda bajarilishi;
kon bosimi chiqishini, kon massivining qurilishi va konni qazish chogʻida yuzaga keluvchi boshqa hodisalarni kuzatib borish.
74. Kon qazilmalarini ochish va tayyorlashni foydali qazilmalar qazib olish bilan birgalikda olib boruvchi korxonalar:
zarur holda asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarni selektiv yoʻl bilan qazib olishni amalga oshirishi;
ularni qazib olish va nobudgarchiligi hisobini yuritishi;
isteʼmolchi boʻlmagan holda qazib olingan foydali qazilmalarni omborlarga joylashtirishni va saqlanishini taʼminlashi lozim.
75. Konni (shaxta maydonini) ochish va tayyorlash jarayonida balansdagi va balansdan tashqari zaxiralari boʻlgan foydali qazilmalarning unga yondosh jismlari (qatlamlar, uyumlar) uchastkalarini buzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda tegishli asoslashlarsiz quyidagilar taqiqlanadi:
koʻrsatilgan uchastkalarda kon qazish ishlarini bajarish, shuningdek, ularga agʻdarmalarni aralashtirish;
jism (qatlam, uyum)lar uchastkalarini keyinchalik ularni ishlatish mumkin boʻlmaydigan sharoitlar yaratib qazish;
karyerning loyihadagi konturlariga yondosh boʻlgan joylarda foydali qazilmalar saqlanishi va kon ishlarini olib borishning xavfsizligini taʼminlovchi choralarni koʻrmasdan konni tayyorlash ishlarini bajarish;
yer osti usulida qazish uchastkalarida agʻdarmalarni ustiga qulab tushgan jismlar bilan aralashtirish;
tayyorlov ishlarini oʻtkazish jarayonida geologik buzilish zonalarining faollashuviga yoʻl qoʻyish;
qazilma birliklarini tugatishga dalolatnomalarsiz qazib boʻlingan maydonlarda jinslar qoldiqlarini joylashtirish, oʻtish yoʻllari qurish, turli kommunikatsiyalar va shu kabilarni oʻtkazish;
ochish pogʻonalari maydonlarida texnologik yoʻllar qurish chogʻida foydali qazilmalardan ballastlash materiali sifatida foydalanish.
76. Yer osti kapital kon qazilmalarini muhofaza qilish loyihada nazarda tutilishi, inshootlar va tabiiy obyektlarni kon ishlarining zararli taʼsiridan muhofaza qilish qoidalari yoki boshqa tegishli hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilar taʼminlanishi zarur:
tayyorlov qazilmalari foydali qazilma (qatlam, uyum)lar jismlariga nisbatan, shuningdek, qazilgan boʻshliq va geologik buzilishlarga nisbatan oqilona joylashishi;
tayyorlash va tozalash joylari jinslaridan kon qazilmalarini muhofaza qilish maqsadida sunʼiy seliklar (polosalar)ni ishga tushirish uchun va qazilgan boʻshliqni gʻamlab qoʻyish yoki qazilmalarni saqlashni taʼminlovchi oqilona oʻlchamdagi foydali qazilmalar seliklarini qoldirish uchun foydalanish.
77. Faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarda foydali qazilmalar seliklari bilan muhofaza qilinadigan yer osti tayyorlov qazilmalarini tugatish chogʻida zaxiralar seliklardan maxsus loyiha boʻyicha ajratib olinishi lozim. Zaxiralarni ajratib olishning toʻliqligi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan belgilanadi.
78. Tayyorlov ishlari imkoni boricha foydali qazilma konlarining tegishli uchastkalarini oʻz vaqtida qidirib topishni taʼminlashi zarur.
79. Konlarni ochiq usulda qazish chogʻida ochilgan jinslarning foydali qazilmalardan eng kam nobudgarchilik va sifat pasayishi bilan ajralishi, shuningdek, ochilgan jinslarning qazilgan boʻshliqqa joylashtirilishi taʼminlanishi kerak.
Qazishga tayyorlangan foydali qazilmalar tozalangan maydonlari sifati geologik xizmat tomonidan nazorat qilinishi kerak.
80. Tayyorlash ishlarini bajarishda katta suv oqimi boʻlgan sharoitlarda quritish samaradorligini oshirish, kon qazilmalarining barqarorligini va foydali qazilmalarni yanada toʻliq qazib olish, shuningdek, kon ishlarini xavfsiz olib borishni taʼminlash maqsadida boshlangʻich gidro-geologik maʼlumotlar va hisob-kitob parametrlarini aniqlash amalga oshiriladi.
81. Tayyorlov qazilmalarini tayyorlash chogʻida kon bosimi va kon jismlarining surilishi muntazam kuzatib borilishi lozim.
Kuzatishlarni tahlil qilish natijalariga koʻra surilish burchaklari aniqlanishi, yer yuzasi va xavfli zonalar chegaralarining deformatsiyalanishi kengligi belgilanishi, balansdagi va qayerdaki bu maqsadga muvofiq boʻlsa — balansdan ortiqcha siljish zonasiga tushuvchi foydali qazilmalarni qazishning zararli taʼsiridan himoya qiluvchi tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi zarur.
82. Yuqori suvli gorizontlar va suv toʻlib qolgan kon qazilmalarida sizot qazilmalarini qazish quyidagilarni nazarda tutuvchi maxsus loyiha asosida amalga oshiriladi:
uzunligi yer osti kon qazilmalari ustini mustahkamlash va boshqarish pasportida koʻrsatiladigan oldini oluvchi quduqlarni burgʻulash;
qazilmaga suv oʻtib ketishining oldini oluvchi va odamlarni xavfsiz olib chiqish va asbob-uskunalarni saqlashni taʼminlovchi qurilmalar;
sizot suvlarini samarali chiqarish.
83. Korxona bosh marksheyderi va bosh geologi korxona bosh muhandisini kon ishlarining suv oʻtib ketishi, loy, boʻtana va zararli gazlar boʻyicha xavfli boʻlgan zonalar chegaralariga kelib qolishi, shuningdek, kon ishlari bilan bu chegaralarning kesishuvi va ulardan chiqishi toʻgʻrisida bir oydan kechikmay yozma ravishda xabardor etishi lozim.
Suv, loy, boʻtana va zararli gazlar bexosdan oʻtib ketishining oldini olish boʻyicha hamda foydali qazilmalarning mumkin boʻlgan nobudgarchiligining oldini olishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirmasdan turib xavfli zonalar chegaralarida kon ishlarini bajarish taqiqlanadi.
84. Kon qazilmalarining barqarorligiga salbiy taʼsir etuvchi yer osti ishlarida mashgʻul boʻlgan odamlar hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, shu bilan birga foydali qazilma zaxiralarining asossiz nobudgarchiligiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar aniqlanganda kon ishlarni olib borish xavfsizligi va yer qaʼrini muhofaza qilishni taʼminlashga oid chora-tadbirlar koʻrilmaguniga qadar toʻxtatib turilishi lozim.
85. Konni bir vaqtning oʻzida ochiq va yer osti usulida qazishda foydali qazilmalarning asossiz nobudgarchiligiga yoʻl qoʻymaslik hamda ishlarni bajarish xavfsizligini taʼminlash maqsadida korxona loyihasi va kon ishlarini rivojlantirish rejalarida nazarda tutiladigan maxsus chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur.
Bunda kamarlar qiyaliklari va tuproqlari hamda karyer bortlarining holati instrumental va vizual kuzatish, shuningdek, yer osti boʻshliqlari va qazilmalarining ish maydonlari, yoʻllari hamda kommunikatsiyalari sifatida oʻz vaqtida harakatdan toʻxtatish ustidan muntazam nazorat olib borilishi kerak.
6-bob. Qazish (tozalash) ishlari
86. Qazish (tozalash) ishlari qatʼiy tartibda qazilma birligini qazish loyihasi va kon ishlarini rivojlantirish rejalariga muvofiq olib borilishi lozim.
Loyihada nazarda tutilgan mehnat sharoitlari xavfsizligini, qazib olish boʻyicha real topshiriqlarining bir maromda bajarilishi hamda foydali qazilmalarni ajratib olishning toʻlaqonliligini taʼminlovchi tayyorlov va qirqma (taxtlovchi) qazilmalar tayyorlanguniga qadar qazish (tozalash) ishlariga kirishish taqiqlanadi.
87. Qazish ishlarida qoʻllaniladigan qazish mexanizmlari va komplekslari foydali qazilmalarning qazilayotgan jism (qatlamlar, uyumlar)lar parametrlariga mos boʻlishi zarur.
88. Foydali qazilmalarning qazishga tayyor zaxiralari miqdori, ularning sifati, foydalanishdagi nobudgarchilik va sifat pasayishi normativlari qazilma birliklari, shaxtalar va karyerlar boʻyicha belgilanadi.
89. Yer osti qazilma birligini foydalanishga qabul qilish uchun xoʻjalik yurituvchi tashkilotning buyrugʻi bilan tarkibiga Inspeksiya va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi vakili albatta kiritiladigan qabul komissiyasi tayinlanadi.
(89-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Qazilma birligini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomada qazilma birligining geologik tavsifi, qaziladigan zaxiralari, geometrik parametrlari, shuningdek, oʻtkazilgan qidiruv, tayyorlash va qirqma (taxtlash) ishlarining loyihaga, xavfsizlik qoidalari va normalariga muvofiqligi koʻrsatilishi lozim.
Qazilma birligini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma komissiyani tayinlagan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
90. Korxonada bir vaqtning oʻzida foydalanishda boʻlgan qazilma birliklarining soni:
sifati boʻyicha turlicha boʻlgan foydali qazilma zaxiralarini yer qaʼridan foydali qazilmalarni toʻliq va kompleks ajratib olish hamda belgilangan sifatdagi mineral-xom ashyoga erishishni taʼminlovchi nisbatlarda qazib olishni;
kon ishlarini konsentratsiyalashni taʼminlashi zarur.
Foydali qazilma konlarining foydali qazilmalarning asossiz nobudgarchiligiga yoki qolgan balansdagi zaxiralar qiymatining pasayishiga olib keluvchi boy yoki oson olinadigan uchastkalarini tanlab qazish maqsadida qoʻshimcha qazilma birliklarini foydalanishga kiritish taqiqlanadi.
91. Korxonalar tozalaydigan qazish jarayonida:
balansdagi zaxiralarning qoldirilishi, konservatsiyalanishi hamda ruda jism (qatlam, qavat)larining kichik quvvatlarida va aralash jinslar bilan qoʻshilganda nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymasliklari;
vaqtincha faol boʻlmagan zaxiralarning shakllanishiga yoʻl qoʻymasliklari;
tozalash zaboylarida muntazam geologik kuzatuvlar olib borishlari hamda kon ishlarini tezkor boshqarish uchun oʻz vaqtida geologik prognozlarni taʼminlashlari;
ashyoviy tarkib va texnologik oʻxshashliklarni oʻrganishlari, sinov natijalarini umumlashtirishlari, foydali qazilmalar sifati oʻzgarishining qonuniyligini aniqlashlari;
qazib olish, yer qaʼridan ajratib olish, har bir qazilma boʻyicha nobudgarchilik va sifat pasayishi koʻrsatkichlari hisobini olib borishlari lozim.
92. Tozalash ishlarini amalga oshirishda:
foydali qazilmalarning boy yoki oson olinadigan uchastkalari jismlari (qatlamlari)ni foydali qazilmalarning balansdagi va balansdan tashqari zaxiralarining asossiz nobudgarchiligiga olib keladigan tarzda tanlab qazish;
foydali qazilma zaxiralarini kelajakda ularni qazishning qiyinlashuviga, bu zaxiralarning toʻliq yoki qisman nobud boʻlishiga olib keladigan holda qoldirilishi (konservatsiyalanishi);
foydali qazilma zaxiralarini ularning nobud boʻlishiga olib keladigan holda qazib qoʻyish;
normadan ortiqcha nobudgarchilik va sifat pasayishiga yoʻl qoʻyish;
shaxta (karyer) maydonlari chegaralarida yoki qazib boʻlingan zaxiralar konturlarida foydali qazilma zaxiralarini qazib olishning belgilangan muddatlarini buzish (buning oqibatida ularni qazish qiyinlashib yoki mumkin boʻlmay qolsa) taqiqlanadi.
93. Korxonalar nogabaritlar, gaz va chang chiqindilari chiqishini pasaytirish, foydali qazilmalarning oʻta maydalashib ketishini bartaraf etish, aralashma jinslar bilan qoʻshilganda sifat pasayishi hamda nobudgarchilikni kamaytirish maqsadida burgʻulab portlatish ishlari parametrlarini doimiy takomillashtirib borishlari lozim.
94. Qazilma birligi konturlarida qazilma birligi loyihasida qazish nazarda tutilmagan nokonditsiyali foydali qazilmalar aniqlangan taqdirda bunday zaxiralarni yer qaʼrida qoldirish yoki qazib chiqarish toʻgʻrisidagi qaror texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga tayangan holda qabul qilinishi zarur.
95. Qazilma birligini qazish tugaganidan soʻng bir oy muddatda uning tugatilishi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilishi lozim.
Dalolatnomada qazilma birligining boshlangʻich balansidan ortiqcha zaxiralari, tugatilgan zaxiralar va qazib chiqarilgan foydali qazilmalar miqdori, nobudgarchilik va sifat pasayishining normativdagi va amaldagi qiymati va yer qaʼridan foydali qazilmalar va komponentlarni ajratib olishning toʻlaqonliligi va sifatini belgilaydigan boshqa koʻrsatkichlar, shuningdek, kon qazilmalarining holati keltiriladi.
Dalolatnoma korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.
96. Koʻp komponentli foydali qazilmalarda ajratib olishning toʻlaqonliligi va sifatini baholash sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan asosiy va yoʻl-yoʻlakay komponentlar boʻyicha ham amalga oshiriladi.
Yer qaʼridan foydali qazilmalarni ajratib olish, nobudgarchilik va sifat pasayishi koʻrsatkichlarini aniqlash qazish usuli va tizimi, qazilma birliklari boʻyicha alohida dastlabki hisoblar asosida va qazib olish chogʻida foydali qazilmalarni aniqlash, normalash, hisobga olish va iqtisodiy baholash boʻyicha Inspeksiya tasdiqlagan namunaviy metodik koʻrsatmalar hamda tegishli tarmoq yoʻriqnomalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
97. Foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va sifati pasayishi miqdorlari toʻgʻridan-toʻgʻri, kombinatsiyalangan va bilvosita usullar bilan aniqlanadi. Bilvosita kombinatsiyalangan usullarni qoʻllashga Inspeksiya bilan kelishgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Qazish chogʻida foydali qazilmalar nobudgarchiligini aniqlash usullari:
nobudgarchilik miqdorini talab etilgan aniqlik bilan hisoblab chiqishni;
nobudgarchilikni bevosita qazib chiqarishning texnologik jarayonida ularning yuzaga kelishi turlari va joylari boʻyicha aniqlashni;
normativdan ortiqcha nobudgarchiliklarni aniqlashni taʼminlashi zarur.
98. Karyerlarda qazib chiqarishni belgilash, hisobga olish va nazorat qilish Inspeksiya tomonidan tasdiqlangan. Karyerlarda qazib chiqarish va ochishni belgilash va nazorat qilish boʻyicha tarmoqlararo yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Konlarni yer osti usulida qazishda qazib chiqarilgan foydali qazilmani hisobga olish uchun, shuningdek, yiliga 1 mln. tonna va undan koʻp mahsuldorlikdagi karyerlar (qirqmalar)da ogʻirlikni tortish qurilmalarini qoʻllash majburiydir.
Selikdagi jinslarning zichligi belgilangan usul boʻyicha aniqlanadi. Geologik qurilish boʻyicha oddiy konlar uchun zarur tadqiqotlarni amalga oshirish hamda metodikani tuzish korxonalarning geologik xizmatiga yuklanadi, kon-geologiya sharoitlariga koʻra murakkab konlar uchun esa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari jalb etilishi lozim.
99. Qazib chiqarilgan foydali qazilmalar sifatini aniqlash sinash orqali amalga oshiriladi. Sinash usullari, sinov miqdori, sinash davriyligi koʻrsatkichlarini aniqlash usullari, sinashga tanlash va tahlil laboratoriyalari ishini nazorat qilish usullari korxona rahbari tasdiqlagan yoʻriqnoma bilan belgilanadi.
100. Normativdan yuqori nobudgarchilik va normativdan ortiqcha sifat pasayishi qazish birliklari boʻyicha amaldagi va normativdagi nobudgarchilik hamda sifat pasayishi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Normativdan yuqori nobudgarchiliklar yuzaga kelgan vaziyatlar Inspeksiya ishtirokida koʻrib chiqilishi lozim.
Normativdan yuqori nobudgarchilik uchun aybdor shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
Korxona normativdan yuqori nobudgarchilik va normativdan ortiqcha sifat pasayishi yuzaga kelgan joylar va ularning sabablarini aniqlashi hamda keyinchalik bunga yoʻl qoʻymaslik choralarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi zarur.
101. Tozalash ishlarini bajarish chogʻida foydali qazilmalarni ajratib olishning toʻliqligi va sifat koʻrsatkichlarining ishonchliligini belgilash, hisobga olish hamda baholash marksheyderlik va geologiya xizmatlari, texnik-nazorat xizmatlari tomonidan, zarur hollarda korxonaning boʻlinmalari va xizmatlarini jalb etgan holda amalga oshiriladi. Qazib chiqarishda foydali qazilmalarni ajratib olish va ularning nobudgarchiligi oʻz vaqtida va ishonchli hisobga olinishini nazorat qilish uchun korxonaning bosh muhandisi javob beradi.
102. Mineral xom ashyoga amaldagi konditsiyalar parametrlariga qoʻshimcha sifatida foydali qazilma zaxiralaridan yanada toʻlaroq foydalanishni taʼminlash uchun Inspeksiya bilan kelishib qazib chiqarilgan foydali qazilmalardagi foydali komponentlarning muayyan yaroqsiz qismini qoʻllash mumkin.
Yaroqsiz qismlar muayyan qazilma birligi yoki ular guruhiga mansub boʻlishi va aniq kon-geologik, texnologik va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olib belgilanishi lozim.
103. Qazilma birliklarini toʻliq qazib olmaslik man etiladi. Istisno vaziyatlarda (bu boshqa konning yanada boy uchastkalarini tanlab qazishga yoki foydali qazilmalarning qoʻshimcha nobudgarchiligiga olib kelmagan sharoitda) Inspeksiya bilan kelishgan holda qazib boʻlinmagan balansdagi foydali qazilma zaxiralari bilan qazilma birliklarini vaqtincha, lekin koʻpi bilan bir yilga qoldirishga yoʻl qoʻyiladi.
104. Korxonalar yer qaʼridan foydali qazilmalarni ajratib olishning toʻliqligi va sifatini oshirish maqsadida quyidagilar boʻyicha doimiy choralarni koʻrishlari lozim:
puxta qidirish va foydalanish maqsadida qidirish usullarini kon qazish texnologiyalarini, yer qaʼridagi foydali qazilmalar va qazib chiqarilgan mineral xom ashyo sifatini nazorat qilish usullarini takomillashtirish;
istiqbolli kon texnikasini joriy etish;
balansdan tashqari zaxiralar, shuningdek, ilgari yer qaʼrida qoldirilgan yoki ushbu konda qabul qilingan texnologiya boʻyicha qazilmaydigan konning lokal uchastkalaridagi zaxiralarni qazishga jalb etish.
Konni yer osti usulida qazishda, shuningdek:
foydali qazilma seliklarini jins boʻyicha izolyatsiyalash zonalari bilan almashtirish imkoniyati;
yongʻin oʻchirilgan uchastkalardagi foydali qazilmalarni qazib olishning maqsadga muvofiqligi;
zaxiralarni ularning zarurati qolmagan himoyalash va baryer seliklaridan chiqarib olish imkoniyati;
oʻta taqchil va qimmatli foydali qazilma konlarini yanada toʻlaroq qazib olish uchun qazilgan boʻshliqni burmalash;
qazilmalar tuprogʻini maʼdan maydalaridan puxta tozalashni tashkil etish;
sizot va shaxta suvlarini tozalash choralari ham koʻrib chiqilishi zarur.
Bu masalalar boʻyicha qarorlar texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida hamda tabiatni muhofaza qilish talablari, xavfsizlik qoida va normalariga rioya etilgan sharoitda qabul qilinishi lozim.
105. Tajriba-sanoat yoʻli bilan yangi qazish tizimlari va ularning parametrlarini joriy etish va amaldagilarini takomillashtirishga belgilangan tartibda tasdiqlangan hamda Davlat ekologiya qoʻmitasi, Inspeksiya va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan maxsus loyihaga binoan yoʻl qoʻyiladi.
(105-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Tajriba-sanoat ishlarini amalga oshirish uchun uchastkalar oʻz sharoitlari boʻyicha kon uchun namunaviy, ish hajmlari esa shunga yarasha boʻlishi lozim. Nazarda tutilgan ishlar uchun boy maʼdanlar yoki foydali qazilma konlarining zaxiralari sifati oʻrtachadan yuqori boʻlgan boshqa uchastkalarini ajratish taqiqlanadi.
106. Konni ochiq usulda qazishda oqilona parametrlarni belgilash va ularning deformatsiyalanishini bartaraf etish maqsadida karyer bortlari, pogʻonalar va togʻ jinslari qiyalik holatini kuzatish majburiy tartibda amalga oshirilishi lozim.
Murakkab kon-geologik va gidrogeologik sharoitlardagi konlarni qazishda karyer bortlari pogʻonalarining va togʻ jinslari qiyaliklarining oqilona parametrlarini aniqlash uchun ilmiy-tadqiqot tashkilotlari jalb etilishi zarur.
Karyer bortlari, pogʻonalar va togʻ jinslari qiyaliklarining deformatsiyalanishi, ularning yuzaga kelishi sabablari va iqtisodiy zararlar hajmi koʻrsatilgan holda majburiy tartibda hujjatlashtiriladi. Deformatsiyalangan pogʻonalar va karyer bortlarida ishlarni olib borish xavfsizlik choralarini koʻrmasdan amalga oshirish taqiqlanadi.
107. Shift va kamerlararo seliklarni qoldiradigan hamda tozalash makonini tabiiy ushlab turish tizimi bilan konni yer osti usulida qazishda korxonalar (zarur hollarda ixtisoslashtirilgan yoki ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini jalb etgan holda) ulardagi deformatsiyalarni oʻz vaqtida aniqlash, seliklarning yaroqliligi muddatlari hamda oqilona oʻlchamlarini belgilash, foydali qazilmalar nobudgarchiligini eng kam darajaga keltirish va ishlarning xavfsizligini taʼminlash uchun shiftlar, tuproqlar hamda seliklar holatini muntazam kuzatib borishlari lozim.
108. Konlarni ruda hamda aralashma jinslarni qulatish tizimlari bilan qazishda maydalangan foydali qazilmalarni chiqarish planogrammasiga qatʼiy rioya etish, kon jinslarining qulash va surilish zonalarini, surilish burchaklarini aniqlash hamda yuzaning choʻkishi kattaligini aniqlash va yuza va yer osti obyektlarini kon ishlarining zararli taʼsiridan muhofaza qilish choralarini ishlab chiqish maqsadida muntazam kuzatib borish lozim. Kon jinslarining qulashi yoki surilishi zonalarida joylashgan foydali qazilma zaxiralaridan foydalanish yoki ularni muhofaza qilish masalalarini koʻrib chiqish va hal etish majburiydir.
109. Foydali qazilmani qazib chiqaradigan har bir korxona tomonidan quyidagi imkoniyatlar koʻrib chiqilishi lozim:
ilgari konni yoki uning bir qismini qazishda qoldirilgan foydali qazilma zaxiralarini qazib chiqarish;
tarkibida foydali komponentlar boʻlgan bostirilgan oʻyiqlarni qazish;
tugatilgan balansdagi zaxiralar zonasida joylashgan balansdan tashqari zaxiralar uchastkalarini qazish;
foydali qazilmalar hamda aralashma jinslarning oʻpirilishi yoʻli bilan qazish tizimlarida qazilgan boʻshliqda qoldirilgan foydali qazilmalarni qazish;
aralashma va ochish jinslari agʻdarmalaridan foydali qazilmalarni ajratib olish.
Bunday ishlar loyihalash tashkiloti tomonidan tuzilgan hamda Inspeksiya va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus loyiha asosida amalga oshirilishi lozim.
(109-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Loyiha quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
foydali qazilma zaxiralarini qazishni texnik-iqtisodiy baholash;
korxonaning asosiy kon ishlariga bogʻliq tayyorlash va tozalash ishlarining metodikasi va texnologiyasi;
kon ishlarini bajarishning xavfsizlik choralari.
7-bob. Murakkab kon-geologik sharoitlardagi konlarni qazishga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
110. Murakkab kon-geologik va boshqa tabiiy sharoitlardagi konlarga quyidagi konlar kiradi:
gaz, qoʻqqisdan otilish va togʻ zarblari boʻyicha xavfli boʻlgan konlar;
oʻz-oʻzidan yonishga moyil foydali qazilmalar;
suvda oson eriydigan foydali qazilmalar;
sochmalar;
qimmatbaho, yarim qimmatbaho, zebu-ziynat tayyorlanadigan toshlar va pyezo-optika xom ashyosi;
havzalar tubida, hovuzlar hamda suv oqimlari tagida, oʻpirilishlar, koʻchki, sel, karst xavfi boʻlgan va yuqori seysmik holatdagi zonalarda joylashgan konlar;
katta chuqurliklarda, oʻz-oʻzidan oʻpirilishga moyil boʻlgan jinslarda, shuningdek, tarkibida tez maʼdanlashadigan suv boʻlgan jinslarda joylashgan konlar.
111. Ushbu bobning 110-bandida koʻrsatilgan konlarni qazishda ishlayotgan korxonalarda xavfsizlik qoidalari va meʼyorlarini hamda murakkab tabiiy omillarning foydali qazilma zaxiralaridan oqilona, kompleks foydalanishga zararli taʼsirining oldini olishni hisobga olib ishlab chiqilgan maxsus tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
112. Koʻplab suv bosgan, quyuq oqova hamda karst boʻshliqlari mavjud boʻlgan foydali qazilmalar konlarida suvli gorizont va suv bosgan jinslarning toʻsatdan suv toshishiga hamda foydali qazilmalarning asossiz nobudgarchiligiga olib keluvchi surilishlarga sabab boʻluvchi kon ishlari texnologiyasini qoʻllash taqiqlanadi.
113. Oʻz-oʻzidan yonishga moyil foydali qazilma va jinslar konlarini qazish Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan maxsus yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
(113-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Maydalangan foydali qazilma uzoq vaqt tozalangan boʻshliqda qoldiriladigan qazish tizimini qoʻllash, shuningdek, maydalangan qazilmalarni qazilgan boʻshliqda qoldirish taqiqlanadi.
114. Yer osti usulida qazib olinadigan suvda tez eriydigan foydali qazilmalar konlarida kon qazilmalariga suv oʻtib ketishini bartaraf etuvchi tadbirlar amalga oshirilishi lozim. Bunday foydali qazilmalarni shaxta usulida qaziladigan konlar maydonida yer osti usulida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida qazib olish taqiqlanadi.
115. Kon ishlari jarayonida xalq xoʻjaligi yoki ilmiy qiymatga ega boʻlgan qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zebu-ziynat yasaladigan toshlar, optik va pyezo elektrik kristallar, muzey va kolleksiya namunalari, druzlar yoki boshqa tabiat mahsulotlari namoyon boʻlgan taqdirda korxona rahbariyati ularni saqlash va keyinchalik qazib olinishi uchun sharoitlar yaratish uchun javob beradi.
Yuqorida sanab oʻtilgan foydali qazilmalar topilmalari belgilangan tartibda qidirilishi hamda ularning zaxiralari korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan va tegishli konchilik tashkiloti bilan kelishilgan maxsus loyiha boʻyicha ajratib olinishi lozim. Loyihada foydali qazilmalar nobudgarchiligi yoki buzilishini bartaraf etuvchi massivdan ajralishi, transportda tashish va saqlash usullari nazarda tutilishi zarur. Hisoblash tarozida tortish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
116. Ushbu bobning 115-bandida sanab oʻtilgan, shuningdek, qoplama va binokorlik toshlarining qimmatli turlari boʻyicha foydali qazilma konlarini erkin qazish chogʻida qazib olishning ularning tabiiy sifati buzilishiga yoki pasayishiga olib keluvchi usullarini hamda qazish tizimlarini, shuningdek, usullarini qoʻllash taqiqlanadi.
8-bob. Qazib chiqarilgan foydali qazilmalarni yuklab joʻnatish hamda qayta ishlashga tayyorlash
117. Korxonalar loyiha, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq qazib olingan foydali qazilmalarni isteʼmolchi tomonidan mineral xom ashyoni qayta ishlash chogʻida uning tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan komponentlar eng toʻliq ajratib olinishini, shuningdek, uning tovar sifati saqlanishini taʼminlash maqsadida yuklab joʻnatish va qayta ishlashga tayyorlashni amalga oshirishlari lozim.
Korxonalar foydali qazilmalar va komponentlarni eng toʻliq ajratib olish hamda ulardan kompleks foydalanishni taʼminlovchi mineral xom ashyoni yetkazib berish boʻyicha texnik reglamentlar yoki standartlarni aniqlashtirishga oid takliflarni kiritishlari zarur.
118. Konlarni qazish chogʻida mineral xom ashyoni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida undan texnologik namuna olish muntazam amalga oshirilishi lozim. Bunda texnologik namunalarning mineral tarkib, asosiy fizik oʻxshashliklar va boshqa tavsiflar boʻyicha maqbulligi taʼminlanishi kerak.
119. Mineral xom ashyo texnologik namunalarini tanlab olishga texnik shartlar quyidagi asosiy parametrlar belgilanishini nazarda tutishi lozim:
texnologik namunaning umumiy ogʻirligi va uning tarkibiy qismlari ogʻirligi;
foydali qazilmalar va ularning oʻxshashliklarining tabiiy yoki texnologik turlari, navlari;
har bir foydali qazilma turi, navining oʻrtacha kimyoviy va mineralogik tarkibi, tarkibidagi zararli aralashmalar;
namunaning tanlash chogʻidagi sifat pasayishi.
Har bir texnologik namuna uchun tanlab olinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi hamda tarmoq yoʻriqnomasiga muvofiq pasport toʻldiriladi.
120. Isteʼmolchiga yetkazib beriladigan yoki qayta ishlashga joʻnatiladigan qazib olingan mineral xom ashyoga kon ishlab chiqarishining yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq qatʼiy hisob va nazoratga olinadigan yakuniy mahsuloti sifatida qaralishi lozim.
121. Korxona mineral xom ashyoni samarali tayyorlash va uning miqdorini va tovar sifatini yoʻqotmasdan isteʼmolchiga yetkazib berishni taʼminlovchi maxsus texnik vosita va qurilmalar inshootiga, shuningdek, qazib chiqarilgan foydali qazilmalarning minimal zaxirasiga ega boʻlishi zarur.
Qazib chiqarilgan mineral xom ashyoni yigʻish, ombor va bunkerlar sigʻimi hamda ularning qurilmasi korxona mahsuldorligi, foydali qazilmaning qiymati va fizik-mexanik oʻxshashliklarini, xom ashyoni tayyorlash, shu jumladan, uning sifatini barqarorlashtirish, mustaqil oqimlar, tur va navlarning ajratilishi boʻyicha texnologik operatsiyalarni bajarish zaruriyati, shuningdek, mexanik nobudgarchiliklarni bartaraf etishni hisobga olgan holda belgilanadi.
Qimmatli foydali qazilmalarni atmosfera omillarining qazib chiqarilgan mineral xom ashyoning saqlanishi va sifatiga taʼsir koʻrsatadigan sharoitda ularni ochiq omborlarga toʻplashga yoʻl qoʻyilmaydi. Ochiq omborlardan foydalanishga alohida hollarda yuqori tashkilot tomonidan albatta foydali qazilmalar nobudgarchiligi va sifati pasayishining oldini olish boʻyicha maxsus choralar koʻrilgan sharoitda ruxsat etilishi mumkin.
122. Qazib chiqarilgan mineral xom ashyo isteʼmolchiga uning texnik nazorat xizmati yoki korxonaning boshqa vakolatli maxsus xizmati tomonidan qabul qilingandan soʻng hamda uning texnik reglamentlari yoki standartlariga mos boʻlgan sharoitda yuklab joʻnatiladi.
Mineral xom ashyoni yetkazib berishning texnik talablari manfaatdor organlar bilan kelishilishi hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishi zarur.
Qazib chiqarilgan mineral xom ashyoni qayta ishlash chogʻida foydali komponentlarni ajratib olishning kamayishiga olib keluvchi texnik reglamentlar yoki standartlarni buzgan holda yetkazib berish taqiqlanadi.
123. Omborlarda toʻplangan va saqlanayotgan, keyinchalik yuklab joʻnatishga tayyorlanayotgan va yuklab joʻnatilayotgan mineral xom ashyoning miqdori hamda sifatini hisobga olish va nazorat qilish texnik nazorat xizmati yoki boshqa maxsus vakolatli xizmat tomonidan amalga oshiriladi.
Qazib chiqarilgan mineral xom ashyo miqdori va sifatini hisobga olish va nazorat qilish maʼlumotlari korxona boʻyicha: yer qaʼrida tugatilgan, qazish chogʻida nobud qilingan, qazib chiqarilgan va yuklab joʻnatilgan qazilmalar, tovar mahsulotlar, agʻdarma mahsulotlar va ular tarkibidagi foydali komponentlar zaxiralarining jamlanma balansini tuzishni taʼminlashi lozim.
124. Omborlarda toʻplangan va saqlanayotgan, yuklashga tayyorlanayotgan va yuklab joʻnatilayotgan mineral xom ashyo sifati hamda miqdorini hisobga olish va nazorat qilish tartibi va uni tashkil etish tarmoq yoʻriqnomasi yoki korxonaning yuqori tashkilot tasdiqlagan yoʻriqnomasi bilan belgilanadi. Yoʻriqnoma namunalarni tanlashning tartibi, usuli va takrorlanishi darajasini, tortish qurilmalari, tovar xom ashyo sifati hamda miqdorini hisoblash va nazorat qilish punktlarining joylashishini, aniqlangan komponentlar va fizik-mexanik oʻxshashliklar, shuningdek, namunani tahlil qilish hamda ularning aniqligini nazorat etish usullarini belgilashi lozim.
Olingan axborotlar ishonchliligining pasayishiga olib keluvchi tovar xom ashyo miqdori hamda sifatini hisoblash va nazorat qilish punktlarini joylashtirishga qoʻl qoʻyilmaydi.
125. Qimmatli foydali qazilmalar qazib chiqarishni amalga oshiruvchi korxonalar texnologik jarayonda taqdim etiladigan namunalarni tanlash uchun maxsus qurilmalarga yoki qazib olinadigan mineral xom ashyo sifatini uzluksiz aniqlovchi priborga ega boʻlishlari zarur.
126. Korxonalarga mineral xom ashyo yetkazib berish quruq massani qayta hisoblashni hamda yuklab joʻnatilayotgan xom ashyoning tovar sifatini ishonchli va tezkor aniqlashni taʼminlagan holda ogʻirlik hisobi asosida amalga oshirilishi lozim.
Qazib chiqarilgan foydali qazilmalarni yuklab joʻnatishni hisoblashning vaqtincha boshqa usullarini qoʻllashga istisno hollarda Inspeksiya bilan kelishib ogʻirlikning hisobini majburiy nazorat qilgan holda yoʻl qoʻyiladi.
127. Korxonalar (joʻnatuvchi va qabul qilib oluvchi) transport sigʻimlarini muntazam nazorat qilish va tozalashni amalga oshirishlari lozim.
Mineral xom ashyoni yuklab joʻnatish chogʻida transportda tashishda uning nobud boʻlishini bartaraf etish boʻyicha, shuningdek, xom ashyoning muzlab qotib qolishi, yopishib qolishi va uning ifloslanishi va sifatining pasayishiga qarshi choralar koʻriladi. Temir yoʻl vagonlariga yuklab joʻnatishda, bundan tashqari, mineral xom ashyo havo oqimining taʼsiridan, zarur boʻlganda atmosfera yogʻinlarining zararli taʼsiridan saqlanishi kerak.
128. Qazib chiqarilgan foydali qazilmalar miqdori va sifatining geologik va marksheyderlik maʼlumotlariga qayta ishlovchi ishlab chiqarish (boyitish fabrikasi)ning hisobga olish maʼlumotlari boʻyicha tuzatishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi. Qazib chiqarilgan, yuklab joʻnatilgan hamda qayta ishlangan mineral xom ashyo miqdori va sifatini aniqlashda muntazam ravishda har xilliklar yuzaga kelgan taqdirda manfaatdor korxonalar va tashkilotlar tomonidan bu chalkashliklar sababini aniqlash va ularni tuzatish boʻyicha oʻz vaqtida birgalikdagi choralar koʻrilishi lozim.
129. Isteʼmolchiga yuklab joʻnatiladigan tovar xom ashyosining har bir guruhiga texnologik turlar, navlar hamda ular tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan asosiy va qoʻshimcha komponentlar boʻyicha mineral xom ashyo miqdori va sifati koʻrsatiladigan sertifikat yoki tovar pasporti rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim. Sertifikatlar va tovar pasportlarining nusxalari operatsiya oʻtkazilgan yil mobaynida korxonada saqlanadi hamda qazib chiqarilgan foydali qazilmalarni yuklab joʻnatishning shakli va toʻldirish tartibi tarmoq yoʻriqnomasi bilan belgilanadigan hisoblash daftarini toʻldirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Isteʼmolchiga tovar xom ashyoni uzluksiz joʻnatishda (konveyerlar, pnevmogidrotransport qurilmalari va joʻnatishning boshqa uzluksiz texnologiyasi yordamida) Joʻnatishni hisoblash daftari joʻnatilgan mineral xom ashyo miqdori va sifatini bevosita yuklash jarayonida maxsus tarozida tortish qurilmalari va priborlari yordamida aniqlash maʼlumotlari boʻyicha toʻldiriladi.
130. Qazib chiqarilgan, ammo vaqtincha foydalanilmaydigan mineral xom ashyo keyinchalik qayta ishlashga jalb etilishi uchun toʻplanishi, hisoblanishi, saqlanishi lozim.
Toʻplash chogʻida mineral xom ashyoning suv eroziyasi, oʻzidan oʻzi yonishi va boshqa sabablar bilan nobud boʻlishi yoki buzilishini bartaraf etish tadbirlari koʻrilishi zarur. Ombor (agʻdarma) hududi sizot va toshqin suvlari bosishidan himoya qilingan boʻlishi kerak.
Vaqtincha foydalanilmaydigan xom ashyoni saqlash joylarini shaxta maydonlarining qulash zonalarida, surilish zonalarida hamda bevosita shaxta (karyer) maydonlarini qazish konturlariga yaqin joylarda joylashtirish taqiqlanadi.
131. Vaqtincha foydalanilmaydigan mineral xom ashyoni toʻplash hosil boʻlgan xom ashyo hajmini instrumental oʻlchashni taʼminlagan holda uni saqlash va keyinchalik qayta ishlash texnologiyasi hamda muddatlariga qarab turlar va navlarga ajratilib amalga oshiriladi.
Foydalanilmaydigan mineral xom ashyoni saqlash joylarining har biri boʻyicha korxona bosh muhandisi tasdiqlaydigan shakldagi pasport yuritilishi lozim.
132. Koʻp komponentli mineral xom ashyodan kompleks foydalanish taʼminlanmagan taqdirda uni yuklab joʻnatish taqiqlanadi.
Qazib olingan foydali qazilmalarni yuklab joʻnatishni hisobga olishning boshqa usullari vaqtincha qoʻllanilishiga torozida hisobga olish usullariga istisno hollarda va Inspeksiya bilan kelishilib yoʻl qoʻyiladi.
9-bob. Konlarni qazishda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish
133. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda ulardan foydalanishda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga muvofiq yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning zararli taʼsiridan aholi hayoti va sogʻligʻi xavfsizligi taʼminlanishi, atmosfera havosi, yerlar, oʻrmonlar, suvlar, hayvonot dunyosi hamda atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlari, binolar va inshootlar muhofaza qilinishi, shuningdek, qoʻriqxonalar, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklari qoʻriqlanishi zarur.
134. Korxonalar tabiiy muhit holatini hamda loyihada nazarda tutilgan tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishini muntazam nazorat qilib borishlari kerak. Korxonalarning tegishli xizmatlari tabiiy muhitning ifloslanishi va oʻzgarishini samarali nazorat qilish uchun zarur texnik vositalar bilan taʼminlanishi zarur.
Agar foydali qazilma konlarini qazish chogʻida loyihaviy qarorlarni anchagina yoki toʻliq oʻzgartirishni talab etuvchi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha yanada samarali choralarni qoʻllash zarurati paydo boʻlsa, korxona bosh loyihachiga loyihaning tegishli boʻlimlarini oʻzgartirish yuzasidan texnik topshiriq berishi shart.
135. Foydali qazilmalar konlarini qazuvchi, ularga foydalanish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi yerlari yoki oʻrmonzorlar, suv havzalari va qirgʻoq oldi zonalarida geologiya-qidiruv, qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi korxonalar bu yerlarda zaruriyat qolmagach ularni oʻzlarining hisobidan qishloq, oʻrmon yoki baliqchilik xoʻjaliklarida foydalanish uchun yaroqli holga, nazarda tutilayotgan ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilganda ularni oʻz yoʻnalishi boʻyicha foydalanish mumkin boʻladigan holga keltirishlari zarur. Yer uchastkalarini yaroqli holga keltirish ishlarning borishi jarayonida buning imkoniyati boʻlmaganda ishlar tugatilganidan soʻng, yer maydonlarini foydalanishga bergan organlar belgilagan muddatlarda, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Korxonalar foydali qazilmalar konlarini qazishda va tuproq qatlamini buzish bilan bogʻliq boshqa ishlarni bajarishda tuproqning hosildor qatlamini chetga surib qoʻyishlari, saqlashlari va qayta tiklanadigan yerlarga yoki kammahsulli yerlarga keltirishlari lozim.
Foydali qazilmalar konlarini qazishda kon ishlari texnologiyasiga tabiatni muhofaza qilishning quyidagi talablari qoʻyiladi:
foydali qazilmalarni qazib chiqarishda yer imkoni boricha kam sarflanishi, yaʼni qazib chiqariladigan mineral xom ashyo birligiga yer resurslari sarfi minimal darajada boʻlishi;
karyer qurilishi va kondan foydalanish jarayonida yerning buzilish va tiklanish rejimi eng qulay boʻlishi, yaʼni yerning buzilishi va qayta tiklanishi orasidagi vaqt minimal darajada boʻlishi, buzilishlarning asosiy qismini (ayniqsa, mahsuldor maydonlarda) qazishning iloji boricha keyingi davrlariga qoldirish;
qazilgan boʻshliq va boʻsh jinslar agʻdarmalarini shakllantirishning buzilgan yerlardan keyinchalik foydalanishning qabul qilingan yoʻnalishlariga asosan qayta tiklash talablariga javob berishi;
kon qazish kompleksi obyektlarida atmosferaga eng kam miqdorda chiqindi chiqaruvchi mashina va mexanizmlardan foydalanish;
zararli moddalar otilib chiqishining kamayishini, chiqadigan gazlarni chang tutish va gaz tozalash qurilmalarida tozalashni taʼminlovchi texnologik jarayonlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
changtutgich va gaz tozalash qurilmalaridan foydalanish va ular ishini hamda boshqa tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishini nazorat qilishni puxta tashkil etish;
yer osti suvlarining oziqlanishi, harakati va kamayishi sharoitlarining oʻzgarishiga olib keluvchi, voronka (chuqur) hosil boʻlishi, deformatsiyalanish va yer yuzasining choʻkishi, tez aralashadigan jinslarning tanlab eritmaga oʻtkazilishiga olib keluvchi gidrogeologik va muhandislik-geologik holatlar bilan birgalikda olib boriladigan foydali qazilmalar konlarini ochish usullari va qazish tizimini qoʻllash, shuningdek, kon-tayyorlash ishlarini bajarish taqiqlanadi;
ochiq suv havzalariga maʼdanlangan suvlar, achchiq va ishqorli karyer, shaxta va sizot suvlarining tushishiga yoʻl qoʻymaslik;
maʼdanlangan suvlarni tozalashning termik, membran, ion almashish va gidrotexnik usullarini qoʻllash;
karyerlarda kon ishlarini rivojlantirishni osilma yondan ostki yonga qarab amalga oshirish, bunda rudaning nobudgarchiligi va jinslarning aralashib ketishi sezilarli darajada kam boʻladi;
gorizontal va qiyalikdagi konlarni ochiq usulda qazishda ichki agʻdarma hosil qilish usulida qazib chiqarish imkonini beruvchi ochish sxemasi va qazish tizimini qoʻllash; tashqi agʻdarma hosil qilish usulida qazib chiqarish texnologiyasini qoʻllash taqiqlanadi; tashqi agʻdarma hosil qilish usulida ochish sxemasi va qazish tizimi istisno hollarda (ruda jismlarining tikkasiga qulashi, konni qazishning murakkab geologik va kon-texnik sharoitlari) Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishib qoʻllanadi;
karyerlarning qabul qilingan parametrlari, qazish tizimlari va pogʻonalar elementlari atrof tabiiy muhitga eng kam yuklamani taʼminlashi zarur;
kelgusida utilizatsiya qilinadigan va qayta tiklanmaydigan ochish jinslari agʻdarmalari, ishlab chiqarishning boshqa chiqindilari, vaqtincha foydalanilmaydigan mineral xom ashyo omborlari alohida joylashtirilishi kerak;
xom ashyoning har bir turiga bir xilda borish mumkin boʻlishini va egallash maydonining eng kam boʻlishini taʼminlash, texnogen konlarni yaratish va qazishning texnologik jarayonlarida minimal mehnat sarfi va yuqori tejamlilikni taʼminlash.
136. Foydali qazilmalar konlarini qazishda tuproqning suv va havodan nurashi rivojlanishini, turlanishini, botqoqqa aylanishini yoki yerlarning hosildorligi yoʻqolishining boshqa shakllarini bartaraf etuvchi yoki unga toʻsqinlik qiluvchi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
Ochish jinslari agʻdarmalari, ishlab chiqarishning boshqa chiqindilari, vaqtincha foydalanilmaydigan, kelajakda foydalaniladigan va qayta tiklanmaydigan mineral xom ashyo saqlash joylari atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablarini hisobga olgan holda shakllantirilishi zarur.
137. Korxonalar aholining ichimlik va maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirish, ularni ifloslanish va kamayishdan saqlash, oqova va shaxta suvlarining tabiat obyektlariga zararli taʼsiridan ogoh qilish va ularni bartaraf etish maqsadida yer usti va osti suvlaridan oqilona foydalanishni taʼminlashlari lozim.
Agar bunday taʼsirga baliqchilik xoʻjaligi havzalari tushib qolsa, unda tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan, baliqlar, boshqa suv jonivorlari va oʻsimliklarini muhofaza qilishni va ularning koʻpayishi uchun sharoitlarni taʼminlovchi chora-tadbirlar ham amalga oshirilishi kerak.
138. Korxonalar suvdan foydalanish va suv isteʼmolining belgilangan rejalari, texnologik normalari va qoidalariga rioya qilishlari, shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati taʼsiridagi zonada yer osti va yer usti suvlarining holatini gidrogeologik kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirishlari lozim.
139. Tozalanmagan oqova va shaxta suvlarini suvli obyektlarga oqizib yuborish taqiqlanadi. Oqova va shaxta suvlarini suvli obyektlarga oqizish shartlari suv haqidagi qonunchilik talablariga javob berishi zarur.
Oqizib yuboriladigan suvlardagi turli xil ifloslantiruvchi moddalarning tarkibiga doir talablar buzilgan taqdirda bu buzilishlarning sabablari aniqlanadi va ularni tugatish choralari koʻriladi. Oqava va shaxta suvlarini davolash toifasiga kiritilgan suv obyektlariga, shuningdek, baliqlarning uvuldiriq sochish va toʻyinish joylari hamda qishlaydigan chuqurlariga oqizish taqiqlanadi.
Suv isteʼmoli va suv ajratish hisobi suv haqidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi lozim.
140. Konlarni qazishda yer osti suvli gorizontlar ochilgan boʻlsa, korxonalar bu haqda suvdan foydalanish va uni muhofaza qilishni tartibga solish organlariga oʻz vaqtida xabar qilishlari zarur.
Burgʻulash ishlarini bajaruvchi korxonalar tabiiy quduqlarni tartibga solish qurilmalari bilan jihozlashlari, bu quduqlarni belgilangan tartibda konservatsiya qilishlari yoki tugatishlari lozim.
141. Quyidagilarni:
oqova va shaxta suvlarini tozalash uchun qurilmalar bilan taʼminlanmagan korxonalar va ularning obyektlarni;
suv qabul qiluvchi va boshqa inshootlarning belgilangan tartibda tayyorlanguniga qadar konlardagi quritish tizimlarini;
tasdiqlangan loyihaga muvofiq baliq saqlash qurilmalarisiz suv olish inshootlarini;
suvni tartibga solish qurilmalari bilan taʼminlamasdan va tegishli hollarda sanitariya muhofazasi zonalarini belgilamasdan suvdagi burgʻulash quduqlarini;
suv omborlari, chiqindi omborlari va gidroagʻdarmalarni (ularni toʻldirish) loyihada nazarda tutilgan oʻzanlarni tayyorlash, shu jumladan bu obyektlarni filtratsiyaga qarshi ekranlar bilan jihozlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirmay foydalanishga topshirish taqiqlanadi.
142. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish, burgʻulab portlatish ishlari, jinslar agʻdarmalari, ishlab chiqarish chiqindilari omborlarini joylashtirish va ulardan foydalanish atmosfera havosini ifloslantirishni bartaraf etish yoki qisqartirish usullari boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari bilan kelishilgan qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Aholi punktlarida atmosfera havosini chang, zararli gazlar, sassiq moddalar bilan ifloslantiruvchi manba hisoblanuvchi jinslar agʻdarmalari va chiqindi omborlarini joylashtirish, shuningdek chiqindilarni korxona hududida va aholi punktlarida maxsus qurilmalardan tashqarida yoqish taqiqlanadi.
Korxonalar atmosfera havosini ifloslantiruvchi chiqindilarni oʻz vaqtida ulardan xom ashyo sifatida foydalanuvchi korxonalarga yoki ixtisoslashtirilgan poligonlarga olib chiqishlari lozim.
143. Konlarni qazish chogʻida atmosferaga chiqadigan chiqitlarning yoʻl qoʻyilishi mumkin (bunga barcha ifloslantirish manbalaridan otilib chiqishlar kiradi) normativlariga qatʼiy rioya qilinishi zarur.
Atmosfera havosiga tegishli normativlar oʻrnatilmagan kimyoviy, fizik va biologik omillarning zararli taʼsiriga Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari tomonidan muayyan muddatga berilgan ruxsatnomalar boʻyicha faqat istisno vaziyatlarda yoʻl qoʻyilishi mumkin. Ushbu muddat mobaynida bu omilning atmosferaga zararli taʼsirining yoʻl qoʻyilishi chegarasi normativlari belgilanishi va atmosfera havosini muhofaza qilishga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
Ifloslantiruvchi moddalar yoʻl qoʻyiladigan otilib chiqish boʻyicha belgilangan normativlardan oshib ketgan hollarda korxona zudlik bilan bu haqda atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organga xabar berishi va yoʻl qoʻyilgan buzilishni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishi zarur.
144. Faoliyati atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarning chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan korxonalar, ifloslantirish manbalari paydo boʻlgan vaqtdan qatʼi nazar, atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarning chiqishini tutish, toʻxtatish yoki tozalash uchun inshootlar, asbob-uskunalar va apparatlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim hamda bu inshootlar, asbob-uskunalar va apparatlarning toʻxtovsiz, samarali ishlashini va soz holatda saqlanishini, shuningdek, ifloslantiruvchi moddalar miqdorining va ularning tarkibi muntazam hisobini amalga oshirishlari zarur.
10-bob. Foydali qazilmalar qazib chiqarish korxonalarini tugatish va konservatsiya qilish
145. Foydali qazilmalar zaxiralarini qazish tugallangach, shuningdek, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va boshqa asoslashlar boʻyicha konni yoki uning bir qismini qazishni davom ettirish maqsadga nomuvofiq topilsa yoki mumkin boʻlmasa konni qazayotgan korxona yoki shu korxonaning tegishli qismi tugatiladi yoxud konservatsiya qilishga oʻtkaziladi.
Korxona toʻliq yoki qisman tugatilganda yoxud konservatsiya qilinganda kon qazilmalari va burgʻu quduqlari aholi xavfsizligi, atrof tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni muhofaza qilishni, konservatsiya qilinganda esa konlar, kon qazilmalari hamda burgʻu quduqlarini vaqtincha toʻxtatishning butun davri mobaynida muhofaza qilishni ham taʼminlovchi holga keltirilishi lozim.
146. Korxona yoki uning bir qismining tugatilishiga foydali qazilmalarning balansdagi zaxiralari toʻliq qazib boʻlingandan soʻng, ularning koʻpayishi, konni qayta qazish hamda balansdan tashqari zaxiralarni qazib chiqarishga harakat qilishning istiqboli boʻlmagan taqdirda va zaxiralarning sanoat ahamiyatini yoʻqotgan qoldiqlari hisobdan chiqarilgan sharoitda yoʻl qoʻyiladi.
Korxonani tugatishda kon qazilmalari va burgʻu quduqlaridan boshqa xalq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari toʻgʻrisidagi masala hal etilishi lozim.
Foydali qazilma konlarini qazishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Inspeksiya va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda yer osti kon qazilmalarini uzoq muddat saqlash va undan aniq maqsadlarda keyinchalik samarali foydalanish imkoniyatini taʼminlovchi maqsadli tayyorlash amalga oshirilgan korxonani yoki uning bir qismini tugatish taqiqlanadi.
(146-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
147. Korxona yoki uning bir qismini konservatsiya qilishga kon yoki uning alohida uchastkalarini texnik-iqtisodiy, kon-geologik va boshqa sabablar boʻyicha qazish vaqtincha mumkin boʻlmagan yoki qazishni davom ettirish maqsadga muvofiq boʻlmagan hollarda, asosiy kon qazilmalari va inshootlarini, ularning holatini nazorat qilib, majburan saqlagan holda yoʻl qoʻyiladi.
148. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ularda foydali qazilmalar qazib chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan obyektlarni joylashtirish istiqbolli deb hisoblagan kon qazilmalari majburan konservatsiya qilinadi.
Bunday qazilmalarning konservatsiya qilinishi tartibi hamda qazilma vaqtincha toʻxtatilishi zarur boʻlgan muddat Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan hisobga olingan qazilmalarni tugatishga istisno hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda yoʻl qoʻyiladi.
149. Xavfsizlikni taʼminlash, foydali qazilmalarni qazib olishning toʻliqligi va yer qaʼrini muhofaza qilish hamda kon qazilmalarini boshqa xalq xoʻjaligi maqsadlari uchun saqlash yuzasidan korxonalarni toʻliq yoki qisman tugatish va konservatsiya qilish tartibi, shuningdek, materiallarni rasmiylashtirish Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Inspeksiya va Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlagan yoʻriqnoma bilan belgilanadi.
(149-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
150. Korxona yoki uning bir qismini tugatish va konservatsiya qilish Inspeksiya va boshqa manfaatdor organlar bilan kelishilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus loyiha asosida amalga oshiriladi.
Loyihalar tegishli tayyorgarlik ishlari va bevosita korxonani tugatish yoki konservatsiya qilish ishlarini oʻz ichiga olishi va quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
balansdagi hamda iqtisodiy jihatdan qazib olish maqsadga muvofiq boʻlgan balansdan tashqari zaxiralarni qazib olish tartibi va jadvali;
konni takroriy qazishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi, shuningdek, omborlarda saqlanayotgan nokonditsion foydali qazilmalar va ishlab chiqarish chiqitlaridan xalq xoʻjaligida foydalanish toʻgʻrisidagi masalalar hamda ularning saqlanishini taʼminlash chora-tadbirlarining hal etilishi;
aholi xavfsizligi, yer qaʼri va atrof tabiiy muhitni, binolar, inshootlarni muhofaza qilishni taʼminlash, shuningdek, suv va gaz oʻtishi (toshishi)ni, yer osti yongʻinlarining tarqalishi va shunga oʻxshashlarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar;
kon qazilmalari va burgʻu quduqlaridan boshqa xalq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish masalalarini hal etish;
korxona yoki uning bir qismini tugatish yoki konservatsiya qilish usullari;
yer ustidagi va suvli obyektlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq keyinchalik xalq xoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish choralari;
kon xususiyati, ochish sxemasi va qazish tizimi bilan bogʻliq boshqa loyihaviy qarorlar.
Yer osti boʻshliqlarining katta hajmlariga ega boʻlgan korxonalarni tugatish boʻyicha loyihalarga ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining xulosalari olinishi lozim.
151. Korxona yoki uning bir qismini tugatish va konservatsiya qilish quyidagilar taqiqlanadi:
loyihada nazarda tutilgan zaxiralarni toʻliq qazib olish va yer qaʼrini muhofaza qilishni taʼminlovchi barcha chora-tadbirlar bajarilguniga qadar foydali qazilmalarni qazib chiqarish ishlarini toʻxtatib turish;
yer osti yongʻinlari toʻliq va ishonchli bartaraf etilmagan hollarda kon qazib chiqarish korxonasi yoki uning bir qismini tugatish va “quruq” vaqtincha toʻxtatish;
suvga aralashadigan (tabiiy tuzlar, gipslar va shu kabilar) foydali qazilmalar qazib chiqaruvchi korxona yoki uning bir qismini “namli” vaqtincha toʻxtatish;
qazilgan boʻshliq va omborlarda oʻz-oʻzidan yonishga moyil foydali qazilmalarni qoldirish;
foydali qazilmalar qazib chiqarish ishlarini uzoq vaqt toʻxtatib turish oqibatida konning buzilishi yoki yer qaʼridagi foydali qazilmalar zaxiralari sifatini ancha pasaytirishi, shuningdek, kon qazilmalarining qolgan foydali qazilma zaxiralarini ajratib olish maqsadga muvofiq boʻlmay qoladigan buzilishiga olib keluvchi holatlarda korxonani toʻliq yoki qisman konservatsiya qilish.
152. Ishlarni toʻxtatish davrida toʻldirilgan geologik va marksheyderlik hujjatlarining asl nusxalari saqlash uchun belgilangan tartibda topshiriladi.
Korxona tugatilganda, shuningdek, besh yildan ortiq muddatga konservatsiya qilinganda kon ajratish dalolatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Inspeksiyaga qaytariladi.
153. Korxona toʻliq yoki qisman tugatilgandan yoki konservatsiya qilingandan soʻng Inspeksiya va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlarining roziligisiz va tegishli vazirlik (idora), mahalliy hokimiyatning buyrugʻi (farmoyishi, qarori) bilan rasmiylashtirilgan ruxsatisiz kon qazilmalaridan biron-bir maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
(153-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
154. Kon ishlari tufayli buzilgan maydonlarda imorat qurish faqat surilish jarayoni tugagach, Inspeksiya va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlarining ruxsatnomasi olingach va quriladigan obyektlarga kon ishlarining zararli taʼsirini bartaraf etish boʻyicha maxsus tadbirlar oʻtkazilgandan soʻng amalga oshirilishi mumkin.
(154-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
11-bob. Yagona qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik
155. Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishida hamda ushbu Qoidalarning bajarilmasligida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar va muhandis-texnik xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy, maʼmuriy, intizomiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladilar.
156. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilganligi va ushbu Qoidalarning bajarilmaganligi oqibatida yetkazilgan zararlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadigan miqdorda va tartibda qoplashga majburdirlar.
157. Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi va ushbu Qoidalarning bajarilmasligi tufayli yetkazilgan zarar qoplanishi bilan bogʻliq holda ularning aybi bilan korxona xarajat qilishiga sabab boʻlgan mansabdor shaxslar va muhandis-texnik xodimlar belgilangan tartibda moddiy javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14 va 985-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”” 1997-yil 13-yanvardagi 19-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 1-son, 1 modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”” 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrim qarorlarning oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2000-yil 30-avgustdagi 338-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 54-modda) ilovaning 5-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2007-yil 19-iyuldagi 147-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 7-son, 40-modda) ilovaning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 63-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 17-dekabrdagi 301-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 69-modda) ilovaning 3 va 4-bandlari.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 18-fevraldagi 40-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 12-modda) ilovaning 1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 28-iyuldagi 220-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 66-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda) ilovaning 6-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) ilovaning 9-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 8-oktabrdagi 276-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 72-modda) ilovaning 9-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2014-yil 3-martdagi 45-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 16-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda) 2-ilovaning 1-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 1-son, 9-modda) ilovaning 2 va 3-bandlari.
15. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyundagi 430-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 122-modda) 3-ilovaning 2-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)