Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha taʼlim muassasasi Kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
3. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
muassasaning ustuvor vazifalarini belgilash;
maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlinmasi (bundan buyon matnda hududiy boʻlinma deb yuritiladi) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan maktabgacha taʼlim muassasasi rahbarini saylash;
muassasaning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;
muassasada amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.
4. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari, shuningdek muassasaning Ustavi hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
hududiy boʻlinma tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan muassasa rahbarini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
muassasani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet va budjetdan tashqari hamda homiylik mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida muassasa rahbarining hisobotlarini tinglash;
muassasaning yillik moliyaviy rejalarini, koʻrsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlangʻich narxni muassasa rahbarining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;
muassasa rahbari, pedagog va boshqa xodimlarining faoliyati boʻyicha ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish;
muassasada tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash boʻyicha ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam koʻrsatish;
muassasani rivojlantirishga doir ustuvor yoʻnalishlarni belgilash boʻyicha taʼlim muassasasi rahbarining dastur va rejalari yuzasidan hududiy boʻlinmaga takliflar kiritish;
muassasaning xodimlarini ragʻbatlantirish boʻyicha hududiy boʻlinmaga takliflar berish.
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish
6. Muassasada bolalarning sifatli taʼlim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda taʼlim-tarbiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida muassasa rahbariga koʻmaklashish uchun har bir muassasada Kengash tashkil etiladi.
7. Kengash 11 kishidan kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga muassasaning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, muassasa maʼmuriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy boʻlinmadan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan kamida 3 nafar, aʼzo kiritiladi.
8. Kuzatuv kengashi har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrinini bosuvchi shaxslar, pedagoglar, tarbiyachilar yordamchilari, maktabgacha taʼlim muassasasi maʼmuriyati, hududiy boʻlinma xodimlari orasidan shakllantiriladi.
9. Kengashning birinchi yigʻilishida ishtirok etayotgan aʼzolar umumiy sonining oddiy koʻpchilik ochiq ovoz berishi orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash aʼzosi hisoblangan ota-onalar orasidan saylanadi.
10. Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har oʻquv yili boshida koʻrib chiqilishi mumkin.
11. Kengash aʼzolarining saylashda muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (ulardan biri) ishtirok etishi mumkin.
13. Kengash aʼzosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari muassasada tarbiyalanuvchilar qatoridan chiqarilganda, kengashning ushbu aʼzosi kengash aʼzolari qatoridan chiqariladi va uning oʻrniga ota-onalar orasidan boshqa aʼzo saylanadi.
14. Muassasa maʼmuriyati xodimlari, pedagoglar, tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilari Kengashga yashirin ovoz berish orqali saylanadi va muassasa pedagogik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
17. Kengash aʼzosi Kengashning yigʻilishlarida surunkali 3-marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, u Kengash aʼzolari tarkibidan chiqariladi.
4-bob. Kengash yigʻilishlarini tashkil qilish va oʻtkazish
18. Kengashning birinchi yigʻilishi muassasa rahbari tomonidan tashkillashtiriladi va oʻtkaziladi.
19. Kengash har chorakda kamida bir marta yigʻiladi.
20. Kengash yigʻilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
21. Kengash yigʻilishida uning umumiy aʼzolaridan 60 foizi ishtirok etganda Kengash qaror qabul qilishi mumkin.
22. Kengash oʻz faoliyatini daxlsizlik, oshkoralik, shaffoflilik, adolatlilik tamoyillariga muvofiq amalga oshiradi.
23. Kengash qarorlari aʼzolarning teng huquqliligi asosida oddiy koʻpchilik ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
24. Kengash yigʻilishlariga Kengash raisi raislik qiladi.
25. Kengash raisi oʻz vakolatini vaqtincha bajarish imkoniyati boʻlmagan hollarda (xizmat safari, taʼtil va kasallik davrida), uning vazifasini bajarish Kengash aʼzolaridan biriga vaqtincha yuklatiladi. Bunda, muassasa va hududiy boʻlinma xodimlariga yuklatilishi mumkin emas.
27. Kengash yigʻilishlari mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkillashtirishi va oʻtkazilishi hamda hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq rasmiylashtirilishi uchun Kengash raisi masʼul hisoblanadi.
28. Kengash yigʻilishi oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin yigʻilish oʻtkaziladigan kun, vaqti, joyi va muhokama etiladigan masalalar haqida Kengash aʼzolari xabardor qilinishi lozim. Kengash aʼzolarini xabardor qilish uchun Kengash raisi masʼul hisoblanadi.
29. Muassasa rahbari Kengash yigʻilishlarini oʻtkazish va uning ishini tashkil qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur boʻlgan xona, muassasa faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar va kanselyariya jihozlari) uchun masʼul hisoblanadi.
30. Kengashning faoliyati boʻyicha maʼlumotlarni har chorakda muassasaning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida yoki muassasaning barcha koʻrishi mumkin boʻlgan joyiga joylashtirish tavsiya etiladi.
31. Kengash yigʻilishlari oʻtkazilganligi haqidagi bayonnomalar Kengash yigʻilishi oʻtkazilgan kundan boshlab 3 kundan koʻp boʻlmagan muddatda hududiy boʻlinmaga taqdim etilishi lozim.
34. Muassasada tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan muassasa rahbari, Kengash aʼzolari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablagʻlarini yigʻish qatʼiyan taqiqlanadi.
36. Kengash raisi, kotibi va aʼzolari jamoatchilik asosida amalga oshiradigan kuzatuv kengashidagi faoliyati yuzasidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
37. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2018-yil 21-noyabr,
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV