1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.06.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash. Litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish. Tanlov va auksionlar]
Suv obyektlari oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 9-iyuldagi PQ-3841-son qarori ijrosini taʼminlash hamda daryolar oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Suv obyektlari oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-dekabr,
981-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-son qaroriga 1-ILOVA
Suv obyektlari oʻzanlarini tozalash maqsadida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
Nizom
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom daryolar oʻzanlarini tozalash maqsadida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallarni tayyorlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — elektron savdo platformasi) — elektron onlayn-auksionlarni (keyingi oʻrinlarda auksion deb ataladi) tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaxslarning auksionlar jarayonlaridan operator veb-portali orqali bevosita foydalanish imkoniyatini taʼminlaydigan axborot tizimi;
auksion — elektron savdo platformasi orqali loyihalarni amalga oshirish huquqi realizatsiya qilinadigan auksion;
loyiha tashkilotlari — suv obyektlari oʻzanlarini tozalash ishlarini tashkil etishda ilmiy izlanishlar va hisob-kitoblarga tayangan holda loyihalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan tashkilotlar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)
loyihaning minimal qiymati — loyihani auksionga qoʻyish uchun uni amalga oshirish huquqining qiymati;
operator — elektron savdo platformasida auksionlarni tashkil etadigan va oʻtkazadigan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
3. Suv obyektlari oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tayyorlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)
4. Suv obyektlari oʻzanlarini tozalashda qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari transport va yoʻl infratuzilmasi obyektlarini, shuningdek, davlat dasturlari, yirik investitsiya loyihalari va davlat ahamiyatiga ega boshqa loyihalar doirasida qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM) va tadbirkorlik subyektlari yoki boshqa tashkilotlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilib, loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin.
Agar bunday daryo uchastkalari uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqilmagan yoki yakunlanmagan boʻlsa, bunda suv obyektlari oʻzanlarini tozalashda qum-shagʻal materiallarini qazib olish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish ishlarini parallel ravishda olib borilishiga ruxsat beriladi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini toʻlaqonli taʼminlash maqsadida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular oqibatida zararlangan suv obyektlari qirgʻoqlarini va ulardagi dambalarni tiklashga daryo oʻzanlaridan qazib olingan qum-shagʻal materiallari uchun toʻlovlar undirilmaydi. Bunda loyihada belgilangan zaxira qirgʻoqlarni va dambalarni tiklash uchun olingan qum-shagʻal materiallari hajmiga kamaytiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)
2-bob. Suv obyektlari oʻzanlarida qum-shagʻal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalarni aniqlash hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)
5. Toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallaridan tozalanishi lozim boʻlgan daryo oʻzanlarining roʻyxati Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi xodimlari tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar natijalari boʻyicha shakllantiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalarning roʻyxati Suv xoʻjaligi va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
Suv obyekti oʻzanlarini tozalashda faqat, qirgʻoqlar yuvilishiga hamda yaqin hududlarni suv bosishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan va suv oqimlariga toʻsqinlik qilayotgan oʻzanda yigʻilib qolgan qum-shagʻal materiallari hajmining qazib olinishiga ruxsat etiladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi besh ish kuni mobaynida uchastkalar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-426-son qarori bilan tashkil etilgan Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchishi va yer koʻchki hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) belgilangan tartibda kiritadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Komissiya oʻn ish kuni mobaynida uchastkalar roʻyxatini koʻrib chiqadi, tasdiqlaydi va ijro uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuboradi.
7. “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM besh ish kuni mobaynida tasdiqlangan uchastkalar roʻyxati boʻyicha bosqichma-bosqich har bir uchastkaga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli loyiha tashkilotlariga buyurtma beradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
8. Loyiha tashkilotlari buyurtmada (shartnomada) koʻrsatilgan muddatda loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi. Loyiha hujjatlarida quyidagilar aks ettiriladi:
loyihaning maqsadi;
qum-shagʻal zaxirasining hajmi;
loyihadan kutiladigan natija;
loyihani amalga oshirish muddati va joyi;
loyihani amalga oshirish joyi joylashgan hududdan kelib chiqqan holda texnik koʻrsatkichlar.
9. Loyiha tashkilotlari tomonidan tayyorlangan loyiha hujjatlarini olgandan soʻng “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM ikki ish kuni mobaynida davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlariga belgilangan tartibda loyiha hujjatlarini taqdim etadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari yigirma ish kuni mobaynida har bir loyiha hujjati boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasini tayyorlaydi va “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DMning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
3-bob. Loyihalarni amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish maqsadida auksionga qoʻyish uchun tegishli materiallarni tayyorlash tartibi
11. Loyiha hujjatlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olingandan soʻng “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM ikki ish kuni mobaynida loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun tegishli materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
12. Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun tegishli materiallarni tayyorlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qoʻyish toʻgʻrisida “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM boshligʻi buyrugʻini ishlab chiqish;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash.
13. Loyihani amalga oshirish huquqining minimal qiymati loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish, loyihaning amalga oshirilishini monitoring qilish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini daryo oʻzanlarini tozalash ishlariga jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlardan kelib chiqib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
N = (L + E + M) x S, bunda:
N — loyihani amalga oshirish huquqining minimal qiymati;
L — loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar;
E — loyiha hujjatlariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olishga sarflanadigan mablagʻlar;
M — loyihaning amalga oshirilishini monitoring qilish bilan bogʻliq xarajatlar, bunda ushbu qiymat loyihani amalga oshirish huquqini auksionga qoʻyish kunida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 100 baravarida belgilanadi;
S — qoʻshilgan qiymat soligʻi, S= 1,15.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlaridagi uchastkalarda loyihani amalga oshirish huquqining minimal qiymatini hisoblashda 0,1 pasaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.
14. Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qoʻyish toʻgʻrisidagi buyruq “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM boshligʻi tomonidan imzolanadi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
loyihani amalga oshirish huquqini auksionga qoʻyish uchun asos;
loyihani amalga oshirishdan belgilangan maqsad;
loyihaning oʻziga xos raqami, uni amalga oshirish joyi va muddati;
loyiha boʻyicha qum-shagʻal zaxirasining hajmi;
loyihaning minimal qiymati (boshlangʻich narxi);
loyihani amalga oshirish huquqi egasining majburiyatlari, shu jumladan, davlat ekologik ekspertizasi xulosasida qayd etilgan majburiyatlar;
loyihani amalga oshirish shartlari va tartibi toʻgʻrisida axborot.
15. Loyiha hujjatlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olingandan soʻng “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM ikki ish kuni mobaynida operatorga loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani (keyingi oʻrinlarda — buyurtma) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
16. Buyurtma “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM boshligʻining elektron imzosi bilan tasdiqlanadi va operatorga yuboriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
17. Buyurtmaga quyidagilar elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilinadi:
a) “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM boshligʻining loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qoʻyish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
(17-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
b) daryo oʻzanlaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlarini olib borish boʻyicha tayyorlangan loyiha annotatsiyasi;
g) “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM va auksion gʻolibi bilan tuziladigan shartnoma loyihasi;
(17-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
d) google xaritada loyihani amalga oshirish joyi (koordinatali nuqtalari bilan);
e) loyihani amalga oshirish joyining fotosurati (15x20 sm).
18. Buyurtmaga mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmaganda yoki ular tegishli ravishda rasmiylashtirilmaganda, operator buyurtmani olgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan buyurtmani bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklarni koʻrsatgan holda “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DMga qaytaradi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni besh ish kuni mobaynida bartaraf etib, buyurtmani mazkur Nizomning 17-bandi talablariga muvofiq takroran operatorga yuboradi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
19. “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM taqdim etgan hujjatlar mazkur Nizomning 17-bandi talablariga muvofiqligi yuzasidan operator tasdigʻidan soʻng:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida loyihani amalga oshirish huquqi auksionga qoʻyilishi toʻgʻrisidagi axborotni tarqatadi;
Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM loyihani amalga oshirish huquqi auksionga qoʻyilishi haqidagi axborotni Suv xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
20. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tadbirkorlik subyektlarini auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir choralarni koʻradi, shu jumladan, “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DMdan olingan hujjatlar va axborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtma joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi manziliga tayangan holda, oʻz rasmiy veb-saytida majburiy tartibda joylashtiradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
21. Daryolar oʻzanlarini tozalash uchun yer uchastkasiga boʻlgan huquqni elektron savdo platformasida realizatsiya qilish, tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalarning roʻyxati Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar natijalari boʻyicha shakllantiriladi.
Tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalarning roʻyxati Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom.
4-bob. Auksion natijalari boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi
22. Auksion gʻolibi tomonidan obyekt qiymati toʻliq toʻlangandan soʻng bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Bunda ushbu auksion obyekti boʻyicha avval toʻlangan zakalat puli auksion obyektining 100 foiz qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.
23. “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM operatordan auksion natijalari haqidagi bayonnomani olgandan soʻng va loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan pul mablagʻlari tushgach, oʻn ish kun mobaynida:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
auksion gʻolibi bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzadi;
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM Suv xoʻjaligi vazirligiga auksion gʻolibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
24. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DMdan olingan auksion gʻolibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uch ish kuni mobaynida oʻz rasmiy veb-saytida majburiy tartibda joylashtiradi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
5-bob. Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlarni yoʻnaltirish
25. Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari operatorning maxsus hisobvaragʻida yigʻiladi va auksion gʻolibi tomonidan obyekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun toʻlov summalari chegirilgandan keyin qolgan pul mablagʻlari “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DMning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
26. Shartnomada loyihani amalga oshirish shartlari, shu jumladan, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish, davlat ekologik ekspertizasi xulosasida nazarda tutilgan talablarga rioya etish toʻgʻrisidagi majburiyatlar, shuningdek, ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari koʻrsatiladi.
Bunda shartnomaga auksionni oʻtkazish haqidagi xabarnomada avval nazarda tutilmagan talablar va majburiyatlarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
27. Auksion gʻolibi shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarga hamda davlat ekologik ekspertizasi shartlariga rioya etmagan holatlarda, ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shartnoma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
28. Suv obyekti oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari yer uchastkalarini ajratmagan xolda mavsumiy amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)
29. Tadbirkorlik subyektlari har yili bir marta yillik qazib olingan foydali qazilmalar hajmlari toʻgʻrisida belgilangan tartibda marksheyderlik xulosasini tuzadilar va Suv xoʻjaligi vazirligining tegishli boʻlinmalariga taqdim etadilar.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
30. “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish DM doimiy ravishda:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda, daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganadi;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shagʻal materiallari hajmining hisobini yuritadi.
31. Auksion gʻolibi tomonidan loyihani amalga oshirish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish DM tomonidan nazorat qilinadi va bu haqda har oyda Suv xoʻjaligi vazirligiga hisobot beriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suv obyektlari oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suv obyektlari oʻzanlarini tozalash maqsadida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallarni tayyorlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining viloyat boshqarmalari
Daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — uchastkalar roʻyxati) shakllantiradi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
Tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalarning roʻyxatini qoʻshma qarori bilan tasdiqlaydi.
5 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM
Tasdiqlangan uchastkalar roʻyxati boʻyicha bosqichma-bosqich har bir uchastkaga loyiha hujjatlarini “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM tomonidan zaruratga koʻra boshqa loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda ishlab chiqadi.
5 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Loyiha tashkilotlari
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi.
Shartnomaga muvofiq
5-bosqich
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlariga loyiha hujjatlarini taqdim etadi.
2 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari
Har bir loyiha hujjatlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasini tayyorlaydi va “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM vakiliga ishonchnoma asosida topshiradi.
20 ish kuni mobaynida
7-bosqich
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM
Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJga (keyingi oʻrinlarda — operator) elektron buyurtma beradi.
2 ish kuni mobaynida
8-bosqich
Operator
Oʻtkazilgan auksion natijalari haqidagi bayonnomani “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DMga taqdim etadi va tegishli maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
1 ish kuni mobaynida
9-bosqich
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM
Auksion gʻolibi bilan shartnoma tuzadi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi auksion gʻoliblari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etadi.
3 ish kuni mobaynida
10-bosqich
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM
Auksion gʻoliblari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytida majburiy tartibda joylashtiradi.
3 ish kuni mobaynida
11-bosqich
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
“Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi
Joylarga chiqqan holda, suv obyektlari oʻzanlarini tozalash ishlari amalga oshirilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganadi.
Doimiy ravishda
12-bosqich
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM
Shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan suv obyektlari oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shagʻal materiallarining hisobini yuritadi.
Doimiy ravishda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)
Suv obyektlari oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)
Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksion tashkil qilish haqida
ELEKTRON BUYURTMA
20___ yil “____” __________da ________ “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM va “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ oʻrtasida tuzilgan ____-son shartnomaga muvofiq, shuningdek, “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM boshligʻining 20___ yil “_____” ____________ dagi buyrugʻiga binoan “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM quyidagi loyihani amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:
1. Loyihaning oʻziga xos raqami _______________________________________________________.
2. Loyihani amalga oshirish joyi _____________________________________________________.
3. Belgilangan maqsad _______________________________________________________________.
4. Loyiha boʻyicha qum-shagʻal zaxirasining hajmi ________________________________________.
5. Loyihaning minimal qiymati (boshlangʻich narxi) (soʻmda) ______________________________.
6. Elektron onlayn-auksion gʻolibining majburiyatlari:
6.1. Loyihani amalga oshirish muddati _________________________________________________;
6.2. Loyihani amalga oshirish huquqi egasiga davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga muvofiq qoʻyiladigan talablar: _____________________________________________________________________
7. Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan bank rekvizitlari:
Bank nomi _________________________________________________________________________;
Bank MFO _________________________________________________________________________;
Bank hisobvaragʻi ___________________________________________________________________.
8. “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DMning manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar) ________________________
Buyurtma 20 ___ yil “____” _______________ da taqdim etildi.
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” DM boshligʻi
__________________________________
(F.I.O.)
ERI
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qarori bilan tasdiqlangan Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Daryolar oʻzanlarini toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallaridan tozalash FVV, Davlat ekologiya qoʻmitasi hamda Davlat geologiya qoʻmitalari xodimlari tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son; 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son; 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)