1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.06.00 Favqulodda ekologiya vaziyatlari va ekologiya ofati mintaqalari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda tabiiy ofatlarning oldini olish, prognozlash, monitoring qilish, tabiiy ofatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish, yetkazilgan zararlar miqdorini kamaytirish, xavfli hududlardagi fuqarolarning, iqtisodiyot va ijtimoiy soha obyektlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, respublikamizning togʻ va togʻoldi hududlarida roʻy berayotgan sel oqimlari, toshqinlar va koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning soni hamda koʻlami aholini va hududlarni bunday xavflardan muhofaza qilish choralarini kuchaytirishni, shuningdek, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bu boradagi hamkorligini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi]
1. Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchishi va yer koʻchkisi hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga tayyorgarlikni oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samarali hamkorligini taʼminlash;
sel, suv toshqini, qor koʻchkisi va yer koʻchkisi xavfi mavjud boʻlgan hududlarda joylashgan aholini vaqtincha koʻchirish va keyinchalik (zarur hollarda) bosqichma-bosqich xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun koʻchirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan bogʻliq yirik favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish;
hududlarda hamda vazirliklar va idoralarda xavfli tabiiy hodisalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlarning holatini tekshirish, shuningdek, ushbu masalalar boʻyicha mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
har yili 20-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularni bartaraf etish kuch va vositalarining tayyorgarligi toʻgʻrisida hisobot berib borish.
2. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining ishini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuklansin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
roʻy berishi mumkin boʻlgan xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlarni barvaqt aniqlash;
Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi hamda hududiy komissiyalarning faoliyatini tashkil etish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tartibi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda tegishli hudud uchun aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin hamda Toshqinga qarshi hududiy komissiyalar tarkibini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qoʻldoshev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-noyabr,
PQ-426-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-426-son qaroriga 1-ILOVA
Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchishi va yer koʻchkisi hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasining
TARKIBI
1.
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi
2.
A.J. Ramatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari
3.
A.H. Qoʻldoshev
—
favqulodda vaziyatlar vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari
4.
Sh.R. Xamrayev
—
suv xoʻjaligi vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari
Komissiya aʼzolari:
5.
B.A. Musayev
—
sogʻliqni saqlash vaziri
6.
Sh.S. Xidoyatov
—
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri
7.
V.I. Norov
—
tashqi ishlar vaziri
8.
A.I. Axmedxadjayev
—
energetika vazirining birinchi oʻrinbosari
9.
O.A. Pekos
—
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari
10.
Sh.Gʻ. Xolmuxamedov
—
mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari
11.
I.A. Ibragimov
—
Milliy gvardiya qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari
12.
B.T. Abdullayev
—
ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
13.
A.M. Boboyev
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari
14.
A.Ya. Xaydarov
—
moliya vaziri oʻrinbosari
15.
A.A. Abduvaliyev
—
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi
16.
N.N. Oblomurodov
—
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi
17.
A.A. Kadirxodjayev
—
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
18.
Sh.X. Xabibullayev
—
“Oʻzgidromet” markazi bosh direktori
19.
N.Sh. Ernazarov
—
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi
20.
M.R. Abdullayev
—
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi
21.
X.N. Xasilov
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b.
22.
D.S. Kambarov
—
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarma boshligʻi, Komissiya kotibi
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-426-son qaroriga 2-ILOVA
Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
1. Mazkur Nizom roʻy berishi mumkin boʻlgan xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlarni barvaqt aniqlash, Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchishi va yer koʻchkisi hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi) hamda hududiy komissiyalarning faoliyatini tashkil etish, aholini va hududlarniular bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
2. Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
3. Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
4. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining vakolati doirasidagi masalalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq topshiriq va vazifalari barcha vazirliklar, idoralar hamda tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar boshqa tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar), shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi shart.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi]
5. Joylarda aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hamda geologik hodisalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarining tashkil etilishi va amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchishi va yer koʻchkisi hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — toshqinga qarshi hududiy komissiyalar) tuziladi.
6. Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tashkil etiladi.
2-bob. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi hamda hududiy komissiyalarning faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
7. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga raislik qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi]
8. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) hisoblanadi.
Ishchi organ:
Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining yigʻilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yigʻilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;
Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi aʼzolariga yigʻilish oʻtkaziladigan sana va joy toʻgʻrisida xabar beradi;
Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining yigʻilish bayonlaridagi topshiriqlar ijro etilishini tahlil qiladi, mavjud muammolarning yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ularning Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini tashkil etadi.
9. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi oʻz faoliyatini doimiy asosda, uning raisi tomonidan tasdiqlanadigan yigʻilish bayoniga va chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshiradi.
10. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining yigʻilishlari, zaruratga koʻra, biroq yiliga kamida bir marta ushbu Nizomda belgilangan muddatda oʻtkaziladi va uning qarorlari yigʻilish bayonlari bilan rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.02.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar]
11. Hududiy komissiyalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarlik qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
12. Hududiy komissiyalar oʻz faoliyatini aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi tegishli hududning nizomi hamda Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan asosiy tadbirlarga muvofiq tashkil etadi.
13. Zarur hollarda, mazkur Nizomda nazarda tutilgan ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi va Toshqinga qarshi hududiy komissiyalar vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda ularning hududiy tuzilmalari mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlarni tuzadi.
3-bob. Roʻy berishi mumkin boʻlgan xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlarni barvaqt aniqlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya]
14. Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgidromet) hamda Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat geologiya qoʻmitasi):
doimiy ravishda respublika hududlarida xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlarning monitoringini olib boradi va natijalarini har oy yakunida, favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi tugʻilganda yoki roʻy berganda zudlik bilan ishchi organga taqdim etadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi]
har yili alohida rejaga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda togʻ va togʻoldi hududlardagi hamda zaruratga koʻra Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh hududlardagi yigʻilgan qor hajmlarini, sel va koʻchki xavfi mavjud uchastkalarni aniqlash, yuqori togʻ tizimlaridagi koʻllar holatini, shuningdek, ushbu hududlarda gidrometeorologik vaziyatlarni va geologik jarayonlar rivojlanishini tizimli ravishda kuzatish va baholash boʻyicha aerovizual oʻrganishlarni amalga oshiradi. Aerovizual oʻrganishlar, zaruratga koʻra, uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida va sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlaridan foydalangan holda oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
har yili yozgi mehnat va maktab taʼtillari boshlanishidan oldin togʻ va togʻoldi hududlardagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, sanatoriylar, dam olish uylari, sayyohlik bazalari va pansionatlar joylashgan hududlarning gidrologik va muhandislik-geologik holatini oʻrganib chiqadi va natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni ishchi organga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali taqdim qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
15. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzgidromet hamda Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda, zaruratga koʻra, yuqori togʻ tizimlaridagi koʻllarning holatini monitoring qilish hamda favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi toʻgʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirish maqsadida texnik vositalar va barqaror aloqa bilan taʼminlangan vaqtincha kuzatuv postlarini tashkil etadi va ularning faoliyatini taʼminlaydi.
4-bob. Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
16. Oʻzgidromet hamda Davlat geologiya qoʻmitasi har yili 20-fevralga qadar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga, uning ishchi organiga va hududiy komissiyalarga xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar faollashishi mumkin boʻlgan hududlar, ushbu hududlarda joylashgan aholi punktlari va obyektlar, aholisi vaqtincha koʻchirilishi yoki xavfli hududlardan xavfsiz hududlarga doimiy koʻchirilishi lozim boʻlgan xoʻjaliklar roʻyxati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, aholini va hududlarni muhofaza qilish maqsadida muhandislik-texnik va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni taqdim etadi.
17. Ishchi organ har yili 1-martga qadar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan tegishli yil uchun aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
18. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi har yili 5-martga qadar tegishli yilda aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlaydi.
19. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar har yili 10-martga qadar oʻz tizimidagi obyektlarni toshqinlar, sel oqimlari va koʻchki hodisalaridan muhofaza qilish borasida tegishli yil uchun chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va ushbu dasturlarda belgilangan tadbirlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishini taʼminlaydi.
20. Toshqinga qarshi hududiy komissiyalar har yili 10-martga qadar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi yigʻilishining bayonidagi topshiriqlar ijrosini joylarda tashkil etish maqsadida tegishli hudud uchun zarur chora-tadbirlarni belgilaydi.
21. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining yigʻilishi bayoniga asosan tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni belgilangan muddatlarda bajarilishi taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya]
22. Oʻzgidromet, Davlat geologiya qoʻmitasi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi]
tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga monitoring davomida tasarrufidagi obyektlarga xavf soluvchi gidrometeorologik va geologik jarayonlardan muhofaza qilish boʻyicha muhandislik-texnik va boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan taqdimnomalar kiritadi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda ushbu taqdimnomalarning bajarilishini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi]
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirliklar, idoralar, hokimliklar bilan hamkorlikda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida kuzatuvlar asosida xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar (sel, toshqin, qor koʻchkisi, koʻchki xavfi va boshqalar) roʻy berishi xavfi mavjud hududlarda joylashgan aholi punktlari, texnik obyektlar, aholisi vaqtincha koʻchiriladigan yoki xavfli hududlardan doimiy koʻchirilishi lozim boʻlgan xoʻjaliklar boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtiradi;
zarur hollarda, oʻrganilgan obyektlar faoliyatini vaqtincha toʻxtatish yoki tegishli himoya tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha ushbu obyektlar rahbarlariga yozma taqdimnomalar kiritadi.
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda xavfli uchastkalarni aniqlash uchun sel va toshqinlar mavsumidan oldin gidrotexnik inshootlar, koʻpriklar, qirgʻoqlar, daryolar va soylar oʻzanlari holatini oʻrganadi, bahor-yoz mavsumida toshqin suvlarini betalafot oʻtkazib yuborish maqsadida kechiktirib boʻlmaydigan himoya tadbirlari va avariya-tiklash ishlari olib borilishini taʼminlaydi;
daryo, kanal va soylarning suv oʻtkazish qobiliyati pasayishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan noqonuniy qurilishlarga, daryo oʻzanlarida noruda materiallar noqonuniy qazib olinishiga va boshqa xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishga yoʻl qoʻymaydi;
xavfli zonalar mavjud hududlarda xavfli gidrometeorologik va geologik hodisalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarga qarshi oʻz vaqtida choralar koʻrish, shuningdek, aholini va hududlarni ulardan muhofaza qilish ishlariga tezkor rahbarlikni tashkil etish uchun joylarda tuman(shahar)lar shtablarini tashkil etadi, ularni transport vositalari, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va aloqa vositalari bilan taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzgidromet hamda Davlat geologiya qoʻmitasi taqdimnomalariga asosan sel, toshqin, qor koʻchkisi va koʻchki xavfi mavjud hududlarda joylashgan, koʻchirilishi lozim boʻlgan xoʻjaliklar aholisini xavfsiz joylarga vaqtincha koʻchirish va zaruratga koʻra bosqichma-bosqich doimiy koʻchirish boʻyicha kompleks choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Xavfsiz hududlarga koʻchirilgan aholining yetarli darajada hayot kechirishi hamda faoliyatini tashkil etadi va tegishli targʻibot ishlarini amalga oshiradi;
vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar tegishli daryo va soylar qirgʻoqlarini mustahkamlash va boshqa muhofaza ishlarini amalga oshiradi, ularni amalga oshirish uchun xarajatlarni aniq hisob-kitoblar asosida mahalliy budjetning zaxira mablagʻlari hisobidan moliyalashtiradi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
jismoniy va yuridik shaxslarga togʻ va togʻoldi hududlardan turar va noturar joy binolarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratishda Davlat geologiya qoʻmitasi va Oʻzgidrometning hududiy boʻlinmalaridan ushbu yer uchastkalari xavfli geologik jarayonlar va gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan hududga tushgan yoki tushmaganligi yuzasidan tegishli xulosalar olinishini taʼminlaydi.
24. Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ:
suv omborlari, gidroelektrostansiyalar, gidrotexnika inshootlari va irrigatsiya tizimlarining xavfsiz, ishonchli ishlashini, shuningdek, toshqin suvlari va sel oqimlarini betalafot oʻtkazib yuborishini taʼminlaydi;
suv omborlari, gidroelektrostansiyalar, boshqa gidrotexnika inshootlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariyaviy holatlar va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy-texnik vositalar va texnologik uskunalar ehtiyot qismlari zaxiralarini yaratadi;
sel oqimlari va toshqinlar mavsumida barcha suv omborlari, gidroelektrostansiyalar, yirik va muhim ahamiyatga ega boshqa gidrotexnika inshootlarida rahbarlar tarkibi va mutaxassislarning kechayu kunduz navbatchiligini tashkil etadi.
25. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi:
har yili yanvar — aprel oylarida toshqinlar mavsumidan oldin nazorat ostidagi gidrotexnika inshootlari (suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlari)ning sel oqimlari va toshqin suvlarini betalafot oʻtkazib yuborishga tayyorgarlik holati tekshiruvdan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzgidromet, “Oʻzbekgidroenergo” AJ va Milliy gvardiya bilan birgalikda oʻzanli suv omborlari holatini oʻrganadi hamda ularda sel va toshqin suvlarini betalafot qabul qilish hamda oʻtkazib yuborishga doimiy tayyorgarligini kafolatlaydigan ish rejimlari taʼminlanganligini nazorat qiladi.
26. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
qor koʻchkisi, sel oqimlari, suv toshqini va yer koʻchki xavfi mavjud davrlarda vazirlik hamda hududiy boshqarmalarning qidiruv-qutqaruv tuzilmalari va tezkor guruhlari shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan ish rejimiga oʻtkazilib, favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi tugʻilganda yoki roʻy berganda, belgilangan vazifalarni bajarishga ularning doimiy shayligini taʼminlaydi;
xavfli gidrometeorologik va geologik jarayonlar bilan bogʻliq vaziyatlarni kuzatib boradi, maʼlumotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi hamda favqulodda vaziyatlar xavfiga qarshi samarali kurashish hamda ular yuzaga kelganda oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish boʻyicha zarur choralar toʻgʻrisida Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga oʻz vaqtida takliflar kiritadi;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda aloqa va xabar berish tizimlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini, tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda aholiga favqulodda vaziyatlar xavfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va axborotlar oʻz vaqtida yetkazilishini va taqdim etilishini taʼminlaydi;
bahor-yoz mavsumida tegishli koʻnikmalarni rivojlantirish va zarur himoya ishlarini amalda bajarish uchun qor koʻchishi, sel oqimlari, suv toshqini va koʻchki xavfi mavjud hududlarda amaliy maxsus-taktik oʻquv mashqlarini oʻtkazadi;
Oʻzgidromet maʼlumotlari asosida va gidrometeorologik vaziyatdan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi ekinlarini doʻlli hodisalardan muhofaza qilish uchun gidrometeorologik jarayonlarga taʼsir qilish va boshqarishni taʼminlaydi;
Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi qarorlari ijrosini samarali muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, shuningdek, uning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
27. Ichki ishlar vazirligi:
bahor-yoz mavsumida yoʻllarda va transport infratuzilmasida, shuningdek, fuqarolar (shu jumladan, vaqtincha xavfsiz hududlarga koʻchirilgan aholining), transport vositalari va texnikalar gidrometeorologik va geologik xavfli hududlarda harakatlanishining oldini olish maqsadida qoʻshimcha postlar faoliyatini tashkil qiladi va ogohlantiruvchi belgilarni oʻrnatadi;
A-373 “M-39 Guliston — Boʻka — Angren — Qoʻqon va Andijon orqali Oʻsh” avtomobil yoʻlining Qamchiq dovoni hududida, Taxtaqoracha, Langar va boshqa muhim ahamiyatga ega transport kommunikatsiyalarida aholi va transport vositalarining xavfsiz harakatini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
28. Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda toifalangan gidrotexnika inshootlarining qoʻriqlanishi kuchaytirilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
29. Tashqi ishlar vazirligi qoʻshni davlatlar hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xavf soluvchi toshqin, sel va koʻchki xavfi mavjud hududlarni, yuqori togʻli hududlardagi qor zaxiralari hajmini aniqlash, togʻ koʻllari holatini baholash hamda hamkorlikdagi monitoring tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Oʻzgidromet hamda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan aerovizual kuzatuvlar amalga oshirilishi uchun chegaradosh davlatlar hukumatlaridan belgilangan tartibda ruxsat olinishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.04.00.00 Mudofaa sohasidagi vazifalarni bajarishga jalb qilinadigan boshqa qismlar, qoʻshinlar / 15.04.01.00 Chegara qoʻshinlari]
30. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari chegaradosh hududlarda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshni davlatlar hududida joylashgan (anklav) hududlarida toshqinlar, sel oqimlari, yer koʻchkilari bilan bogʻliq roʻy bergan transchegaraviy favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuch va vositalarining chegara oʻtish punktlari orqali belgilangan tartibda chegaralarni kesib oʻtishiga koʻmaklashadi.
31. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
respublikaning va qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh hududlardagi yuqori togʻ tizimlari, togʻli va togʻoldi hududlar hamda boshqa toshqin, sel va koʻchki xavfi mavjud hududlarda aerovizual oʻrganishlarni amalga oshirish uchun Oʻzgidromet tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida belgilangan tartibda maqsadli moliyaviy mablagʻlar ajratadi;
sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini moliyalashtirish manbalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;
toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror hamda xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha tasdiqlangan hududiy manzilli dastur asosida kelgusi yil uchun yigʻma manzilli dasturlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
yigʻma manzilli dasturlarga kiritilgan tadbirlar uchun aniq hisob-kitoblarga asosan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida belgilangan tartibda investitsiya dasturlari doirasida mablagʻlar ajratadi.
32. Sogʻliqni saqlash vazirligi aholining vaqtincha yoki doimiy koʻchirilgan joylarida fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatadi, ushbu hududlarda sanitariya-epidemiologik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar uchun yetarli miqdorda epidemiyaga qarshi va boshqa dori-darmonlar zaxirasini yaratadi.
33. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi:
tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda respublikada tabiiy hodisalar oqibatida zarar koʻrgan avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va boshqa yoʻl infratuzilmasi obyektlarini tiklash uchun zarur boʻlgan kuch va vositalar doimiy shayligini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
A-373 “M-39 Guliston — Boʻka — Angren — Qoʻqon va Andijon orqali Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida va boshqa muhim ahamiyatga ega transport kommunikatsiyalarida aholi va transport vositalarning xavfsiz harakatini taʼminlash uchun oʻz vaqtida muhandislik-himoya tadbirlarini amalga oshiradi.
34. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ:
“Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yoʻlining “Qamchiq” dovoni qismi, “Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon” temir yoʻli va temir yoʻlning boshqa xavfli uchastkalarida toshqin suvlari hamda sel oqimlari, yer va tosh koʻchkisi xavfi mavjud hududlarda muhandislik-himoya tadbirlarini amalga oshiradi, ushbu hududlarda temir yoʻl transportining xavfsiz harakatlanishini taʼminlaydi;
xavfli gidrometeorologik va geologik jarayonlar oqibatida A-373 “M-39 Guliston — Boʻka — Angren — Qoʻqon va Andijon orqali Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida avtotransport vositalarining harakatlanishi cheklanganda, yoʻlda qolgan fuqarolarni “Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yoʻli orqali tashishni tashkil etadi.
35. “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ:
toshqin suvlari va sel oqimlari, qor koʻchkisi va koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari uchun yoqilgʻi-energetika resurslarini barqaror yetkazib berishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va amalga oshiradi;
idoraviy mansub yirik gidrotexnika inshootlaridan chiqarib yuborilayotgan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mutasaddi xizmatlarga taqdim etadi.
36. Turizm va madaniy meros vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi gidrometeorologik va geologik xavfli uchastkalarda turizm xizmatlari va sport tadbirlarini tashkil etishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxush holat (favqulodda vaziyat)larning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi.
37. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tomonidan vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklarga ularning vakolatiga kiradigan masalalar doirasida aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha boshqa vazifalar ham belgilanishi mumkin.
38. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrining Toshqinga qarshi hududiy komissiyalari har chorak yakuni boʻyicha aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida ishchi organga maʼlumot taqdim etib boradi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.08.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2041-moddasi.
Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Oʻzgidromet,
Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi
Respublika hududlarida xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlarning monitoringini olib boradi
Doimiy ravishda
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda togʻ va togʻoldi hududlarda hamda zaruratga koʻra Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh hududlarda gidrometeorologik vaziyatni va geologik jarayonlar rivojini kuzatish va baholash boʻyicha aerovizual oʻrganishlarni amalga oshiradi
Alohida rejaga asosan
Togʻ va togʻoldi hududlardagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, sanatoriy, dam olish uylari, sayyohlik bazalari va pansionatlar joylashgan hududlarning gidrologik va muhandislik-geologik holatini oʻrganib chiqadi
Har yili yozgi mehnat va maktab taʼtillari boshlanishidan oldin
2-bosqich
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Oʻzgidromet,
Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi
Yuqori togʻ tizimlaridagi koʻllarning holatini monitoring qilish hamda favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi toʻgʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirish maqsadida texnik vositalar va barqaror aloqa bilan taʼminlangan vaqtinchalik kuzatuv postlarini tashkil etadi va faoliyatini taʼminlaydi
Zaruratga koʻra
3-bosqich
Oʻzgidromet,
Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi
Xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar faollashishi mumkin boʻlgan hududlar, ushbu hududlarda joylashgan aholi punktlari va obyektlar, aholisi vaqtincha koʻchirilishi yoki xavfli hududlardan xavfsiz hududlarga doimiy koʻchirilishi lozim boʻlgan xoʻjaliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, aholini va hududlarni muhofaza qilish maqsadida muhandislik-texnik va boshqa chora-tadbirlar oʻtkazish boʻyicha takliflarni Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga taqdim etadi
Har yili 20-fevralga qadar
4-bosqich
Ishchi organ
(Favqulodda vaziyatlar vazirligi)
Vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan tegishli yil uchun aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi
Har yili 1-martga qadar
5-bosqich
Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi
Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni muhokama qilib, tasdiqlaydi
Har yili 5-martga qadar
6-bosqich
Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar
Oʻz tizimidagi obyektlarni toshqinlar, sel oqimlari va koʻchki hodisalaridan muhofaza qilish borasida tegishli yil uchun chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va ushbu dasturlarda belgilangan tadbirlar oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishini taʼminlaydi
Har yili 10-martga qadar
7-bosqich
Toshqinga qarshi hududiy komissiyalar
Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi topshiriqlari ijrosini joylarda tashkil etish maqsadida tegishli hudud uchun zarur chora-tadbirlarni belgilaydi
Har yili 10-martga qadar
8-bosqich
Vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar
Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi topshirigʻiga asosan yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi
Belgilangan muddatlarda
9-bosqich
Vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar
Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga maʼlumot taqdim etadi
Har chorak yakuni boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-426-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son qarorining 1-bandida:
a) ikkinchi xatboshidan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-son qarori bilan tashkil etilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi “n” kichik bandida:
“daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlarini tashkil etadi, shuningdek, ushbu jarayonda oʻzanlardan qum-shagʻal materiallari loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosalari asosida qazib olinishini taʼminlaydi va nazorat qiladi”;
b) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyxatini shakllantiradi”;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-426-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi “Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-585-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2019-yil 2-maydagi PQ-4305-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2014-2015-yillarda va istiqbolda 2020-yilgacha suvlarni Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 21-yanvardagi 13-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2022-y., 07/22/426/1026-son; 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)