Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 9-oktabrdagi 114-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining
Milliy standartiga (5-son BHMS) “Asosiy vositalar”ga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Chet el valyutasida xarid qilingan asosiy vositalarning boshlangʻich qiymati, ularning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlangʻich hisob hujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasida) koʻrsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta hisoblab, shuningdek mazkur standartning 11-bandida nazarda tutilgan tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda, aniqlanadi.”.
2.
35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi:
a) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
b) mahsuldor chorva mollari;
v) axborot-kutubxona fondi;
g) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga oʻtkazilgan asosiy vositalar;
e) moddiy madaniy meros obyektlari;
j) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, yoʻlaklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan obodonlashtirish inshootlari;
z) toʻliq amortizatsiyalangan asosiy vositalar.”.