1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish / 09.19.03.00 Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish. Maishiy xizmatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar ko‘rsatish;
3.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZDEUAVTO” QO‘ShMA KORXONASINING SAMARALI FAOLIYATINI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-son qarori)”gi qaroriga asosan 2020-yil 18-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi yengil avtomobillarini ishlab chiqarishga, sotishga va ularga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etishga kompleks yondashishni ta’minlash, fuqarolarning ularni sotib olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
“O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi boshqaruvi tomonidan 1996-yil uchun ishlab chiqarishning biznes-rejasi va jadvali tasdiqlangan, zavodning birinchi navbatini 1996-yil 25-martda, ikkinchi navbatini 1996-yil iyulda ishga tushirish belgilangan;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Asaka” banki ustav fondining to‘lovi sifatida zarur mablag‘lar o‘tkazilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘lov muddati uzaytirilgan bazis kontrakt bo‘yicha “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi tomonidan sotib olinadigan materiallar va butlovchi detallar uchun to‘lov yuzasidan 1996-yil 27-martgacha “DEU” korporatsiyasiga kafolat bersin.
4. “O‘zavtosanoat” uyushmasining “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi bilan birgalikda Asaka zavodida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarga:
respublika hududida — “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi korxonalarining mintaqaviy shoxobchalari orqali;
eksport uchun — “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi tomonidan servis xizmati ko‘rsatish va ularni sotish shoxobchalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Avtomobillarni eksportga sotish strategiyasini belgilash va prognozini ishlab chiqish bo‘yicha mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yuklansin.
5. “O‘zavtosanoat” uyushmasi va “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi:
“DEU” korporatsiyasi bilan kelishilgan jadvalga binoan 140 kishini marketing va avtomobillarga sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun Koreya Respublikasiga yuborsinlar;
1996-yil 1-iyulgacha Toshkent, Andijon, Buxoro, Qarshi, Urganch va Samarqand shaharlarida;
1996-yil 25-dekabrgacha Nukus shahrida va respublikaning qolgan viloyatlari markazlarida texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarini rekonstruksiya qilishni tugallasinlar.
“Asaka” banki “DEU” korporatsiyasi tomonidan taklif etilgan servis xizmati ko‘rsatish stansiyalarini texnika bilan qayta jihozlash Dasturini bir oy muddatda ko‘rib chiqsin va 1996-yilda uni amalga oshirish uchun kredit resurslari ajratsin.
6. Bozor ehtiyojlariga muvofiq avtomobillarni ishlab chiqarish, sotish va ularga servis xizmati ko‘rsatishning yanada mustahkam o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lishini ta’minlash maqsadida “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasining “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi aksionerlik sarmoyasida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi davlatga tegishli bo‘lgan erkin sotishga mo‘ljallangan ulushni qayta taqsimlash hisobiga “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi korxonalari aksiyalari umumiy paketining 51 foizini “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasiga sotishni nazarda tutsin.
(6-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-maydagi 174-son qarori tahririda)
7. “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasiga avtomobillarni birinchi navbatda 100 foizli to‘lovni bir yo‘la to‘lash shartlari bo‘yicha sotish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.04 Iste’mol krediti]
“O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtomobillarni sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga kreditlar berish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.07.00 (Кучини йукотган) Majburiy to‘lovlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar]
“O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi ishlab chiqargan avtomobillarni sotib olayotgan fuqarolar sotib olish chog‘ida Respublika yo‘l jamg‘armasiga bir yo‘la to‘lovdan ozod qilinsinlar.
8. “Asaka” banki bir oy muddatda Nukus shahrida va respublikaning barcha viloyatlari markazlarida filiallar ochsin hamda ularning faoliyat ko‘rsata boshlashini ta’minlasin, ularni “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasining texnika xizmati ko‘rsatish stansiyalari bazasida joylashtirsin.
“O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Asaka” banki filiallarini joylashtirish uchun bir hafta muddatda joy ajratsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Asaka” bankining ochilayotgan filiallarini texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlashda, chet el banklari bilan korrespondentlik aloqalari o‘rnatishda, uning markaziy apparatini va filiallarini malakali kadrlar bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish tavsiya etilsin.
“Asaka” banki ta’sischilari “Asaka” banki ustav fondini shakllantirishni bir oy muddatda tugallasinlar.
10. “O‘zavtosanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasining rasmiy xalqaro prezentatsiyasi dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
11. “O‘zavtosanoat” uyushmasi, “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi, “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi bilan birgalikda “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish dasturi uchun buyurtmachilar portfelini o‘z vaqtida shakllantirishni ta’minlaydigan fyuchers kontraktlari asosida avtomobillar sotish mexanizmini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi normativ hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar yuzasidan takliflar kiritsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-noyabrdagi 424-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-mart,
118-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-martdagi 118-son qaroriga ILOVA
“O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtomobillarni sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga kredit berish
TARTIBI
UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Tartib Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “Asaka” davlat-aksionerlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 1995-yil 7-noyabrdagi 424-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda “Asaka” banki muassasalari tomonidan “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtomobillarni sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga imtiyozli kreditlar berish asoslarini belgilab beradi.
2. Avtomobillar sotib olish uchun kreditlar “Asaka” banki muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining doimiy ish joyiga yoki boshqa kafolatli daromad manbalariga ega bo‘lgan hamda to‘liq mehnatga qobiliyatli bo‘lgan fuqarolariga yashash joylari bo‘yicha kredit shartnomasi asosida yetti yildan ortiq bo‘lmagan muddatga kreditni qaytarish muddatiga bog‘liq ravishda kredit bo‘yicha foiz stavkasi bilan beriladi.
Kredit uch yilgacha muddatda qaytarilgan taqdirda foiz stavkasi 4 foiz yillik foyda miqdorida, uch yildan besh yilgacha muddatda qaytarilganda — 5 foiz yillik foyda, besh yildan yetti yilgacha muddatda qaytarilganda — 7 foiz yillik foyda miqdorida belgilanadi. Kredit summasi qarz oluvchi tomonidan sotib olinadigan avtomobil narxining 65 foizidan oshmasligi kerak.
3. Mulkni garovga qo‘yish, sug‘urta polislarini rasmiylashtirish, sotib olinayotgan avtomobilning DAN organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi tegishli muassasalar xodimlari tomonidan bevosita “Asaka” banki filiallarida amalga oshiriladi.
“ASAKA” BANKI MUASSASALARIDA “AVTOOMONAT” SChYOTINI YuRITISh VA KREDIT BERISh
4. Qarz oluvchi kredit olinishidan oldingi davrda doimiy yashash joyi bo‘yicha “Asaka” bankining hududiy muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
olinadigan daromad va ushlab qolishlar miqdori ko‘rsatilgan holda doimiy ishlash joyidan ma’lumotnoma, shuningdek qarz oluvchining badallari har oyda “Asaka” bankiga o‘tkazilishi haqida kafolatli majburiyat;
qarz oluvchi to‘lovga qodir bo‘lmay qolgan taqdirda uning qarzlarini “Asaka” bankiga to‘lash to‘g‘risida topshiriq beruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan yuridik shaxsning topshirig‘i;
garovga qo‘yilgan mulkning polis sug‘urtasi bilan birgalikda notarial idorada tasdiqlangan mol-mulkni garovga qo‘yish shartnomasi (bunda garovga qo‘yilgan mulkning miqdori olinadigan kredit summasining kamida 125 foizini tashkil etishi kerak);
qarz oluvchi kredit bo‘yicha qarzini to‘lashgacha vafot etishi ehtimoliga uning sug‘urta polisi.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda va propiska to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan pasport (harbiy xizmatchining harbiy bileti yoki guvohnomasi) taqdim etilgandan keyin “Asaka” banki muassasasi tomonidan qarz oluvchiga “Avtoomonat” schyoti ochiladi, unga avtomobil narxining kamida 35 foizi qo‘yiladi.
5. “Avtoomonat” schyotlari bo‘yicha yo‘qlab olinadigan omonatlar bo‘yicha belgilangan stavkaga ko‘ra foizlar hisoblanadi. Kredit olingunga qadar “Avtoomonat” schyotiga o‘tkazilgan foizlar jamg‘arish summasiga qo‘shiladi.
6. Omonatchi hisoblangan foizlarni olgach “Avtoomonat” schyotini yopishga haqli bo‘ladi. Schyotdan mablag‘larni qisman berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Omonatchi vafot etgan taqdirda “Avtoomonat” schyoti bo‘yicha huquq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblangan merosxo‘rga qayta rasmiylashtirilishi yoki omonat summasi merosxo‘rlarga to‘lanishi mumkin. Bunda omonatning merosxo‘ri propiska qilingan pasportni (harbiy bilet yoki harbiy xizmatchi guvohnomasini) hamda belgilangan shakldagi meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishi shart.
8. “Avtoomonat” schyotida avtomobil qiymatining kamida 35 foizi mavjud bo‘lgan taqdirda “Asaka” banki muassasasi xaridorga (qarz oluvchiga) avtomobil narxi bilan “Avtoomonat” schyotiga qo‘yilgan omonat miqdori o‘rtasidagi farq summasiga teng kredit beradi.
9. Kredit shartnomasi quyidagi shartlar majburiy tartibda ko‘rsatilgan holda ikki nusxada tuziladi:
kredit summasi;
kredit beriladigan muddat;
kredit uchun foiz stavkasi, foizlarni hisoblash tartibi;
asosiy qarzni va u bo‘yicha foizlarni uzish hisobiga to‘lovlar jadvali;
tomonlar shartnoma shartlarini bajarmaganliklari uchun jarima sanksiyalari;
muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni hisoblab chiqish va undirish tartibi.
10. Kredit shartnomasi tuzilgandan keyin operatsiyalar o‘tkaziladigan ikki kun ichida avtomobil narxi miqdoridagi mablag‘ “Asaka” banki tomonidan Sotuvchi — “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi schyotiga o‘tkaziladi, “Avtoomonat” schyoti yopiladi. Kredit berish bo‘yicha operatsiyalar alohida ssuda schyotidan kredit summasiga o‘tkaziladi, keyinchalik unga qarz oluvchining kreditni to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lari o‘tkaziladi.
AVTOMOBIL XARID QILISh YuZASIDAN ShARTNOMA TUZISh
11. Xaridor “Avtoomonat” schyotida avtomobil narxining kamida 35 foizi miqdorida mablag‘ mavjudligi to‘g‘risida “Asaka” banki muassasasining ma’lumotnomasini va kredit shartnomasi nusxasini taqdim etib, Sotuvchi — “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi bilan shartnoma (keyingi o‘rinlarda “Oldi-sotdi shartnomasi” deb ataladi) tuzadi. Shartnoma Xaridorga shartnoma tuzilgan paytdan boshlab muayyan muddatda, bu muddat bir oydan oshmasligi kerak, avtomobilni belgilangan narx bo‘yicha sotib olish huquqini beradi.
Basharti Oldi-sotdi shartnomasi tuzilgunga qadar avtomobilning narxi “Avtoomonat” schyotida mablag‘ mavjudligi to‘g‘risida “Asaka” bankining ma’lumotnomasi olingan paytdagidan yuqori bo‘lsa, avtomobil yangi narxining 35 foiziga yetmayotgan tegishli summa Xaridor tomonidan uning “Asaka” banki muassasasidagi “Avtoomonat” schyotiga o‘tkaziladi.
12. “Avtoomonat” schyoti egasi (Xaridor) bilan Sotuvchi o‘rtasida tuziladigan Oldi-sotdi shartnomasida:
Sotuvchining muayyan markadagi avtomobilni muayyan muddat ichida yetkazib berish to‘g‘risidagi majburiyati;
tomonlarning Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgarligi belgilanishi kerak.
AVTOMOBILNI YETKAZIB BERISh VA KREDIT BO‘YIChA QARZNI TO‘LASh
13. Oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddat tamom bo‘lgandan keyin Sotuvchi qarz oluvchiga avtomobilni yetkazib bermagan taqdirda, Xaridor Oldi-sotdi shartnomasi qoidalariga muvofiq Sotuvchidan avtomobil yetkazib berilmaganligi tufayli unga yetkazilgan zarar undirilishini talab qilishi mumkin.
“Asaka” banki Sotuvchi tomonidan “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi ishlab chiqargan avtomobillarning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga kredit hisobiga o‘z vaqtida sotilishini nazorat qiladi.
Sotuvchi Oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda Xaridorga avtomobilni yetkazib bermagan taqdirda, bank jazo sanksiyasini qo‘llashga — kechiktirilgan har bir kun uchun avtomobil narxining 0,04 foizi miqdorida penya undirishga haqlidir. O‘tkazilgan penya summasi Xaridorning qarz majburiyatini to‘lashga yo‘naltiriladi.
14. Qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyat to‘liq to‘langunga qadar “Asaka” banki muassasasi krediti hisobiga sotib olingan avtomobilni sotish yoki boshqacha tarzda birovga berish taqiqlanadi.
15. Qarz oluvchi avtomobilni sotib olganidan keyin 5 kun muddat ichida avtomobilni DAN organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazishga, ayni vaqtda transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisini to‘lashga va olishga majburdir.
Kredit hisobiga sotib olingan avtomobil texnik pasportda uning kredit hisobiga sotib olinganligi to‘g‘risida albatta belgi qo‘yilgan holda DAN organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Belgi avtodo‘konning ma’lumotnomasi hisobiga kreditga sotib olinganligi haqidagi belgi asosida qo‘yiladi va avtomobil egasi tomonidan “Asaka” banki muassasasi bergan kredit bo‘yicha qarzlar to‘langanligi haqidagi ma’lumotnoma taqdim etilgandan keyin bekor qilinadi. Qarz oluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida yashash joyini o‘zgartirgan taqdirda DAN organlari tomonidan avtomashinani hisobdan chiqarish kredit bergan “Asaka” banki muassasasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
16. Asosiy qarz va foiz to‘lovlarini to‘lash qarz oluvchi tomonidan har oyda amalga oshiriladi. Qarz oluvchi asosiy qarzni uzish hisobiga muddatidan ilgari to‘lovlar to‘lashga haqlidir.
17. Qarz oluvchi asosiy qarzni va u bo‘yicha foizlarni o‘z vaqtida to‘lamagan taqdirda muddati o‘tkazib yuborilgan qarzga kredit shartnomasiga muvofiq penya hisoblanadi.
18. Kredit bo‘yicha qarzlarni uzish qarz oluvchi tomonidan bank muassasalari orqali naqd pul bilan, “Asaka” banki muassasasi va aloqa korxonasi orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan, yoxud schyotlardan pul o‘tkazish orqali, shuningdek ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga yoki pensiya tayinlagan organga uning topshirig‘i asosida ish haqidan, pensiyalardan ushlab qolish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qarz oluvchi kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini uzgunga qadar doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga jo‘nab ketgan taqdirda asosiy qarz va muddati o‘tkazib yuborilgan qarz hisoblangan foizlar to‘langan holda muddatidan ilgari to‘lanishi kerak. Bunda asosiy qarz va uning bo‘yicha foizlar to‘langunga qadar avtomobilni chetga olib chiqib ketish yoki boshqa shaxslarning undan ishonchnomaga ko‘ra foydalanishlari taqiqlanadi.
“O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtomobillarni sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga kredit berish tartibiga ILOVA
“O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi ishlab chiqargan avtomobillarni ichki bozorda sotish
SXEMASI
1. Sotuvchi — “O‘zavtotexxizmat” va “Asaka” banki o‘rtasida kredit shartnomasi tuzish.
4. Xaridorning avtomobil chakana narxi qiymatining kamida 35 foizini “Asaka” bankining mintaqa bo‘linmasidagi “Avtoomonat” schyotiga qo‘yishi, shuningdek “Asaka” banki mintaqa bo‘linmasi bilan xaridor o‘rtasida belgilangan tartibda chakana narx bo‘yicha avtomobil narxining 65 foizidan ko‘p bo‘lmagan summaga kredit shartnomasi rasmiylashtirilishi.
5. Sotuvchi (“O‘zavtotexxizmat”) bilan xaridor o‘rtasida avtomobilning oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi.
6. Sotuvchining avtomobilni xaridorga berishi.
7. Xaridorning kreditni “Asaka” banki mintaqa bo‘linmasiga to‘lashi.