1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
“ASAKA” DAVLAT-AKSIONERLIK TIJORAT BANKINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 2-modda)
[Koʻchirma]
Avtomobilsozlikni yanada rivojlantirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining avtomobil sotib olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzavtosanoat” uyushmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Xalq bankining Toshkent shahrida bosh ofisi boʻlgan “Asaka” davlat-aksionerlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 2-modda)
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Asaka” bankining oʻzbekistonlik taʼsischilari bilan bir qatorda bankni tashkil etishda xorijiy yuridik shaxslar ham qatnashishlari mumkin.
“DEU” korporatsiyasining (Koreya Respublikasi) uning “Asaka” bankini taʼsis etishda qatnashishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. “Asaka” banki taʼsischilariga bir oy muddatda taʼsis majlisini oʻtkazish, taʼsischilarning ustav fondidagi ulushlarini belgilash, bank ustavini tasdiqlash va belgilangan tartibda ustav fondini shakllantirish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
“Asaka” banki boshqaruvi ikki oy muddatda belgilangan tartibda aksiyalar chiqarishni va sotishni amalga oshirsin.
5. Quyidagilar “Asaka” bankining asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati]
respublika avtomobilsozligi sanoatini va tegishli infrastrukturani rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini ustuvor darajada mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning erkin mablagʻlarini toʻplash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
avtomobilsozlik sanoati hamda uning infrastrukturasi korxonalari va tashkilotlariga, shuningdek avtomobillarni sotish va ularga texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq korxonalarga kompleks kredit-hisob-kitob xizmatlari koʻrsatish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati]
avtomobil sanoati korxonalarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun xorijiy investorlar resurslarini jalb etish;
respublikada ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni sotib olish uchun keyinchalik fuqarolarga berish maqsadida Xalq bankiga oʻzaro kelishilgan shartlarda kredit resurslarini jalb etish va berish;
“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi uchun respublikada butlovchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni va lokal loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.08.00 Banklarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalari]
qimmatli qogʻozlar bilan, shu jumladan “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi avtomobillarini sotib olish huquqini beruvchi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang)]
chet el valyutasi bilan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasida, operatsiyalarni amalga oshirish.
8. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Asaka” davlat-aksionerlik tijorat banki hamda Xalq banki:
(8-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 2-modda)
(8-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
ikki oy muddatda — opsionlarni muomalaga chiqarish va ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
9. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi uch oy muddatda “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni toʻplash, sotish va ularga texnika xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan punktlar tashkil etishni taʼminlasin, bunda texnika xizmat koʻrsatish stansiyalarining mavjud shoxobchalaridan foydalansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
10. Belgilab qoʻyilsinki, 1998-yilning 1-yanvarigacha “Asaka” banki mablagʻlarining uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladigan qismi soliqlardan ozod etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Asaka” banki muassasalarini joylashtirish uchun binolar ajratsinlar.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
13. Markaziy bank va “Oʻzsanoatqurilishbank”ning “Oʻzsanoatqurilishbank”ning Asaka shahridagi boʻlimini “Asaka” banki filialiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. “Oʻzsanoatqurilishbank” ikki oy muddatda boʻlimning asosiy fondlarini va mol-mulkini qoldiq qiymati boʻyicha “Asaka” banki balansiga oʻtkazsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
14. Aloqa vazirligi “Asaka” banki buyurtmanomalariga binoan zarur miqdorda maxsus aloqa vositalari ajratilishini taʼminlasin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank Boshqaruvi raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.