1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Respublikada meva-sabzavotchilik tarmogʻini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2813-son qarori ijrosi doirasida:
Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 154,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) 2017 — 2021-yillarda amalga oshirishga moʻljallangan Qarz bitimi imzolangani;
oʻtgan ikki yil davomida 151,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari uchun ajratilgan mablagʻlar toʻliq oʻzlashtirilgan, shuningdek, loyihani boshqarish va monitoring qilish uchun 3,0 mln. AQSH dollari ajratilgani;
ajratilgan mablagʻlar hisobidan 161 ta fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan: 137 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish tizimlari hamda zamonaviy issiqxonalarni joriy etish bilan 3370 gektar maydonda intensiv bogʻlar; 67 ming tonna sigʻimga ega boʻlgan 58 ta sovutish omborlari, yillik quvvati 121 ming tonnaga teng boʻlgan 28 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash liniyalari hamda 3500 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilgani;
Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashining 2018-yil 14-iyunda qoʻshimcha 198,0 mln. AQSH dollari miqdorida loyihani qoʻshimcha moliyalashtirish uchun, 5 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, toʻlash muddati 25 yil boʻlgan qarzni Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etilishini maʼqullagani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
2. Quyidagilar:
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasining tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslari asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birga 1-ilovaga muvofiq;
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida ajratiladigan Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarzini uzish, ular boʻyicha foizlar va komissiyalar toʻlash prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish boʻyicha qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish yuzasidan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda huquqiy xulosa bersin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
5. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga — Osiyo taraqqiyot banki qarziga mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratishni va unga tegishli ravishda xizmat koʻrsatishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga — Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida va samarali oʻzlashtirilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari S.R. Xolmurodov va J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G.K. Saidova zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-oktabr,
PQ-3974-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 1-ILOVA
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasiga tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy koʻrsatkichlari
Loyihani amalga oshirishga jalb etilgan mavjud asosiy fondlar qiymati
ekv. ming AQSH doll.
Loyihani amalga oshirishga jalb etilgan mavjud asosiy fondlar mavjud emas
5.
Loyihani qoplashning hisob-kitob qilish muddati
yil
7
6.
Investitsiya davrining davomiyligi
oy
60
7.
Yaratiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymati
ekv. ming AQSH doll.
465 333
8.
Qarzni qaytarish muddati
yil
25
9.
Shu jumladan imtiyozli muddat
yil
5
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash, tovarlarni (ish va xizmatlar) yetkazib berishga tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 2-ILOVA
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida ajratiladigan Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish
Xizmat koʻrsatish ishtirok etadigan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi
Jami
198 000,00
100
198 000,00
100
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 3-ILOVA
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasiga jalb etiladigan qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini soʻndirish va foiz toʻlovlarini amalga oshirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 2-martdagi PQ-2813-son qarorining rus tilidagi matnida:
uchinchi xatboshidagi “Ministerstvo selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Agentstvo po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Agentstvom po restrukturizatsii selskoxozyaystvennix predpriyatiy pri Ministerstve selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 9 va 10-bandlardagi “Ministerstva selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Agentstva po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Oʻzbekiston Respulikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2016-yil 29-noyabrdagi PQ-2663-son qarori rus tilidagi matnining 2-bandida:
toʻrtinchi xatboshidan “v inostrannoy valyute” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidagi “osushestvlyayutsya tolko v svobodno konvertiruyemoy valyute” soʻzlari “mogut osushestvlyatsya kak v inostrannoy, tak i v natsionalnoy valyute” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 07/18/3974/2066-son)