1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.07.00 Boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 6-sentabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 27-sentabrda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
Ushbu Qonunning maqsadi xususiy bandlik agentliklarining faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari]
Xususiy bandlik agentligi ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish boʻyicha, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatuvchi tijorat tashkilotidir.
Xususiy bandlik agentligi oliy maʼlumotli rahbarni qoʻshib hisoblaganda kamida ikki nafar xodimga ega boʻlishi kerak.
4-modda. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatining asosiy prinsiplari
Xususiy bandlik agentliklari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, kamsitishga yoʻl qoʻymaslikdan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
5-modda. Xususiy bandlik agentliklarini tuzish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Xususiy bandlik agentliklari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16 va 39-moddalari.
Xususiy bandlik agentligi davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tuzilishi mumkin emas.
6-modda. Xususiy bandlik agentligining firma nomi va muhri
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 05.01.08.00, 07.07.02.01larga qarang)]
Xususiy bandlik agentligi firma nomiga ega boʻlishi va bu nomda “Xususiy bandlik agentligi” degan soʻzlar boʻlishi kerak.
“Xususiy bandlik agentligi” degan firma nomidan faqat ushbu Qonun qoidalariga muvofiq foydalanilishi mumkin. Ushbu Qonun 3-moddasining talablariga javob bermaydigan yuridik shaxslar oʻz nomida “Xususiy bandlik agentligi” degan soʻz birikmasidan va uning asosida hosil qilingan soʻz birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Xususiy bandlik agentligi oʻzining davlat tilidagi toʻliq firma nomi va oʻz joylashgan yeri koʻrsatilgan muhrga ega boʻlishi kerak. Muhrda firma nomi bir vaqtning oʻzida boshqa tilda ham koʻrsatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang:Oʻzbekiston Respublikasi “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-51-son Qonunining 3-moddasi.
Xususiy bandlik agentligi oʻz nomi boʻlgan shtamplar, blankalarga va oʻzining emblemasiga ega boʻlishga haqli.
7-modda. Xususiy bandlik agentligining taʼsis hujjatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.11.00 Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat]
Xususiy bandlik agentligi taʼsis hujjatlari asosida faoliyat koʻrsatadi.
Xususiy bandlik agentligining taʼsis hujjatlarida yuridik shaxslarning muayyan tashkiliy-huquqiy shakllari uchun qonun hujjatlarida belgilangan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
faqat ushbu Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha faoliyat toʻgʻrisidagi;
taʼsischilarning, boshqaruv organlarining tuzilmasi va vakolatlari haqidagi;
koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining ichki nazoratiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi.
8-modda. Xususiy bandlik agentligi faoliyatining mulkiy asosi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk]
Xususiy bandlik agentligining faoliyati oʻzining xususiy mol-mulki va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.
Xususiy bandlik agentligi oʻz faoliyatini qaysi mol-mulk asosida va mulkiy huquqlar vositasida amalga oshirsa, oʻsha mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar oldi-sotdi, garov, ijara hamda huquqlar va majburiyatlarni belgilash, oʻzgartirish va (yoki) tugatish bilan bogʻliq boshqa bitimlar obyekti boʻlishi mumkin.
9-modda. Xususiy bandlik agentliklarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
Xususiy bandlik agentliklarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari markazlari arizachiga uni xususiy bandlik agentligi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni ushbu agentlikni tuzish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki qonunda nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablar belgilashga haqli emas.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Arizachini xususiy bandlik agentligi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 501-moddasining birinchi qismi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan gʻayriqonuniy deb topilgan taqdirda, ular roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzish tufayli arizachiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi hamda maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qiladi.
10-modda. Xususiy bandlik agentliklarining xizmat turlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.10.00 Fuqarolarning alohida toifalarini ishga joylash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar]
Xususiy bandlik agentliklari quyidagi xizmat turlarini koʻrsatishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash;
ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3839-son qarori 1-bandi.
ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” OʻRQ-642-son Qonuni 14-moddasi.
11-modda. Xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash boʻyicha xizmatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.03.00 Mehnat munosabatlari taraflari va ularning vakillari]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash boʻyicha xizmatlar xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs oʻrtasida tuzilgan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash boʻyicha xizmatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ish qidirayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi axborotni ish beruvchilar oʻrtasida tarqatish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tarqatish;
boʻsh ish oʻrinlariga ega boʻlgan ish beruvchilarni izlashni amalga oshirish;
ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish beruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazish;
ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar oʻrtasidagi suhbatga tayyorgarlik koʻrish hamda muzokaralarda (suhbatlarda) ishtirok etish;
ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar oʻrtasidagi mehnat shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.
12-modda. Xususiy bandlik agentliklarining ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash boʻyicha xizmatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash boʻyicha xizmatlar xususiy bandlik agentligi va ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-kichik boʻlimi.
Ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash boʻyicha xizmatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ish beruvchilarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tarqatish;
ishga joylashtirish uchun maqbul nomzodlarni izlashni amalga oshirish;
ishga joylashtirish uchun nomzodlar bilan muzokaralar oʻtkazish;
ish beruvchilar va boʻsh ish oʻrinlarini egallashga nomzodlar oʻrtasidagi muzokaralarda (suhbatlarda) ishtirok etish;
ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar oʻrtasidagi mehnat shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.
13-modda. Xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.08.00 Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.03.00, 07.07.02.01larga qarang);
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlari ularda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) mavjud boʻlgan taqdirda taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 41-moddacining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3839-son qarori 1-bandi.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs oʻrtasida tuzilgan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida koʻrsatiladi hamda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish masalasi boʻyicha chet ellik sheriklar bilan oʻz vakolatlari doirasida muzokaralar (suhbatlar) oʻtkazish, shartnomalar, bitimlar va bayonnomalarning loyihalarini tayyorlash;
ehtimol tutilgan ish beruvchilarni qidirish, xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini oʻrganish asosida boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarga axborot taqdim etish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlayotgan shaxslar haqidagi axborotni faqat ularning roziligi bilan chet ellik ish beruvchilar oʻrtasida tarqatish;
ish qidirayotgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun dastlabki tayyorgarlik tadbirlarini oʻtkazish yoʻli bilan koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashiladigan mamlakatda boʻlish qoidalari, mehnat sharoitlari, ijtimoiy va uy-joy-maishiy taʼminoti, chet ellik ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzishning huquqiy jihatlari haqida xabardor qilish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslar bilan ish beruvchilar oʻrtasida mehnat shartnomalarini tuzishga koʻmaklashish.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun xususiy bandlik agentliklari zaxira qilinadigan summa sarflangan taqdirda mablagʻlarning oʻrnini toʻldirish, shuningdek litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda mablagʻlarni qaytarish shartlari bilan ellik ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasida zaxira qilib qoʻyadi.
14-modda. Xususiy bandlik agentliklarining ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari
Ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida yoki bepul koʻrsatiladi.
Ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari buyurtmachini mehnat bozori holatining tahlili va prognozi hamda uning ishtirokchilari, mazkur bozorning konyunkturasi, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari haqidagi axborot bilan taʼminlashni, shuningdek ishga joylashtirish sohasidagi boshqa axborotni taqdim etishni oʻz ichiga oladi.
15-modda. Xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma xususiy bandlik agentligi tomonidan ish qidirayotgan shaxs va (yoki) ish beruvchi bilan yozma shaklda tuziladi.
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
xizmatlarning mazmuni;
xizmatlar koʻrsatish muddatlari;
xizmatlar koʻrsatilganligi uchun haq toʻlash miqdori va shartlari;
shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi;
shartnomani bekor qilish tartibi va shartlari;
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda pul mablagʻlarini qaytarish tartibi;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda, xususiy bandlik agentligida litsenziya mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, litsenziyaning tartib (roʻyxatdan oʻtkazish) raqami va berilgan sanasi koʻrsatilgan holda.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Xususiy bandlik agentligi quyidagi huquqlarga ega:
xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq pullik xizmatlar koʻrsatish;
ishga joylashtirish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan axborot olish;
ish qidirayotgan shaxslardan, shuningdek ish beruvchilardan ishga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar va axborot olish;
ish qidirayotgan shaxslar va ish beruvchilar ishga joylashtirish masalalariga doir hujjatlarni hamda axborotni taqdim etmagan taqdirda xizmatlar koʻrsatishni rad etish.
17-modda. Xususiy bandlik agentligining majburiyatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Xususiy bandlik agentligi:
ish qidirayotgan shaxslarga yoki ish beruvchilarga faqat xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishi;
xizmatlar koʻrsatish chogʻida buyurtmachining manfaatlarini ifodalashi;
xizmatlar koʻrsatish chogʻida olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;
xizmatlar koʻrsatish jarayonida buyurtmachidan olingan hujjatlarning but saqlanishini taʼminlashi;
ish beruvchining yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxsning talabiga koʻra litsenziyasini koʻrsatishi;
ish beruvchilarning va ish qidirayotgan shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishi hamda ularga javob qaytarishi;
oʻz faoliyati haqidagi maʼlumotlarni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etishi;
xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi bajarilgan shartnomalarga oid arxiv materiallarini shakllantirishi va saqlashi;
xususiy bandlik agentligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini bir haftalik muddatda xabardor qilishi shart.
18-modda. Ish beruvchilarning va ish qidirayotgan shaxslarning huquqlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari]
Ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirishga, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlashga koʻmaklashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma bajarilishining borishi haqida xususiy bandlik agentligidan axborot olish;
xususiy bandlik agentligi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda, xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma xususiy bandlik agentligining aybi bilan bekor qilinganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishini talab qilish;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda tegishli davlat organlariga, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga, xususiy bandlik agentliklarining birlashmalariga yoki sudga murojaat qilish.
19-modda. Ish beruvchilarning va ish qidirayotgan shaxslarning majburiyatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
Ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar:
xususiy bandlik agentliklari bilan tuzilgan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar shartlariga rioya etishi;
xususiy bandlik agentliklari bilan tuzilgan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar shartlariga muvofiq xizmatlar haqini oʻz vaqtida toʻlashi;
xususiy bandlik agentligiga oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan ishonchli va toʻliq maʼlumotlar hamda hujjatlarni taqdim etishi shart.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
xususiy bandlik agentliklari tomonidan qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Xususiy bandlik agentliklarining reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni hamda litsenziyani berish, qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash va tugatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
21-modda. Xususiy bandlik agentliklarining reyestri
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
Xususiy bandlik agentliklarining reyestri xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi yangilanib turadigan yozuvlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarning yagona axborot bazasidir.
Xususiy bandlik agentliklarining reyestrida xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
xususiy bandlik agentligi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
litsenziya berilgan (qayta rasmiylashtirilgan, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, u bekor qilingan, dublikatlari berilgan) sana va uning raqami (mavjud boʻlgan taqdirda).
Xususiy bandlik agentliklarining reyestridagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
22-modda. Yuridik shaxsni Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish tartibi
Yuridik shaxs Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizani;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirganda litsenziyani;
arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi yigʻim arizachi tomonidan toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining koʻchirma nusxasini.
(22-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
xodimlarni asosiy ish joyi boʻyicha ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
shtatda oliy maʼlumotli rahbarni qoʻshgan holda kamida ikki nafar xodim mavjudligi haqidagi maʼlumotlar.
Yuridik shaxsdan ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlar yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida maʼlum qilgan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol arizachiga beriladi (yuboriladi).
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch kunlik muddatda arizachini Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi va bu haqda unga xabar qiladi yoki asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish haqidagi bildirishnoma rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda arizachiga beriladi (yuboriladi).
Arizachi bildirishnomada koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun oʻttiz kalendar kuni ichida taqdim etishi mumkin.
Takroran murojaat qilinganda Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf etilmaganligi fakti aniqlangan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish amalga oshirilmaydi, berilgan hujjatlar esa arizachiga qaytarilishi lozim.
Bildirishnomada koʻrsatilgan, rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilganidan keyin Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan xizmatlarning Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritilmagan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyat litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan cheklanmagan muddatga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishning litsenziyaga oid talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
mehnat va migratsiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga majburiy ravishda rioya etish;
ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan xususiy yoki ijaraga olingan binoning mavjudligi, tegishli moddiy-texnika bazasidan, boshqa texnika vositalaridan foydalanish;
litsenziya daʼvogari tomonidan ellik ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasida zaxira qilib qoʻyish.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
24-modda. Xususiy bandlik agentligining hisobi va hisobotlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
Xususiy bandlik agentliklari hisob va hisobotlarni yuritadi. Hisobotlar xususiy bandlik agentligining tanloviga koʻra qogʻozda va (yoki) elektron shaklda tuzilishi mumkin. Xususiy bandlik agentligining elektron shaklda taqdim etilgan hisobotlari xususiy bandlik agentligi rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat xususiy bandlik agentliklari tomonidan hisobga olishning elektron tarzda yuritilishini dasturiy taʼminotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish orqali ragʻbatlantiradi.
Xususiy bandlik agentligi hisobotlarni faqat davlat statistika organlariga va davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadi.
Davlat organlariga xususiy bandlik agentliklari uchun hisobotlarning qonunda nazarda tutilmagan qoʻshimcha turlarini belgilash taqiqlanadi.
25-modda. Xususiy bandlik agentliklarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Xususiy bandlik agentliklari aholini ishga joylashtirish sohasida xizmatlar koʻrsatish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha xususiy bandlik agentliklari bilan hamkorlik qiladi hamda ularga koʻmaklashadi:
iqtisodiyot tarmoqlarida talab qilingan kasblar va malakalarga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini olish uchun tanlovlarda ishtirok etishga jalb etish, shuningdek aholini ishga joylashtirish sohasida boshqa xizmatlar koʻrsatish;
xususiy bandlik agentliklarining soʻrovlari boʻyicha boʻsh va tashkil etilayotgan ish oʻrinlari, shuningdek ish qidirayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga, shu jumladan xorijda amalga oshirishga jalb etish;
aholini ishga joylashtirish sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
aholini ishga joylashtirish sohasida axborot kampaniyalari, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni birgalikda tayyorlash va oʻtkazish.
26-modda. Xususiy bandlik agentliklarining birlashmalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
Xususiy bandlik agentliklari umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida xususiy bandlik agentliklarining birlashmalarini tuzish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 77-moddaci.
27-modda. Xususiy bandlik agentliklarini davlat tomonidan ragʻbatlantirish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.10.00 Fuqarolarning alohida toifalarini ishga joylash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
Xususiy bandlik agentliklarini davlat tomonidan ragʻbatlantirish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
aholini ishga joylashtirish va uning bandligi sohasidagi dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda ularning ishtirokini kengaytirish boʻyicha choralar koʻrish;
ularning samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot bilan taʼminlash;
ishga joylashtirish sohasida soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va tariflar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar belgilash;
xususiy bandlik agentliklari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda koʻmaklashish.
Xususiy bandlik agentliklarini davlat tomonidan ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Xususiy bandlik agentligini tugatish uning taʼsischilari yoki taʼsis hujjatlari bilan bunga vakolatli boʻlgan uning organining qaroriga koʻra yoxud sudning qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
Xususiy bandlik agentligi tugatilganda boʻshatilayotgan xodimlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
Xususiy bandlik agentligi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning tegishli davlat reyestriga tugatish toʻgʻrisidagi yozuv kiritilganidan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabardor qilingan holda tugatilgan deb hisoblanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisida nizom.
29-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi 510-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 616-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 10-moddaning ikkinchi qismi “mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali” degan soʻzlardan keyin “shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 13-moddaning ikkinchi qismi “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” degan soʻzlardan keyin “va xususiy bandlik agentliklari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) quyidagi mazmundagi 181-modda bilan toʻldirilsin:
“181-modda. Xususiy bandlik agentliklarining aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashishdagi ishtiroki
Xususiy bandlik agentliklari ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga quyidagi xizmat turlarini koʻrsatish yoʻli bilan koʻmaklashadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash;
ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish;
ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 222-II-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 6-7, 105-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar) 1-ilovasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyati”.
33-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV