1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda respublikada ekologik xavfsizlikni taʼminlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sogʻligʻiga zararli taʼsirining oldini olish, shuningdek, hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida texnik va texnologik jarayonlar oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga yangi yondashuvlarni joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Respublika shahar va tumanlarida sanitariya jihatidan tozalashning mutlaqo yangi tuzilmasi yaratildi. Barcha joylarda davlat-xususiy sheriklik sharoitida zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda chiqindilarni toʻplash, tashish va qayta ishlash klasterlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi chiqindilarni kompleksli boshqarish tizimi joriy etilmoqda.
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlil davomida belgilangan vazifalarning tegishli darajada amalga oshirilishini, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida islohotlarni belgilangan surʼatlarda va samarali amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiluvchi qator omillar mavjudligi aniqlandi, xususan:
birinchi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb yuritiladi) funksiyalari va vakolatlari haddan ziyod markazlashgan;
ikkinchi, Davlat ekologiya qoʻmitasi inspeksiyaviy faoliyatining yagona vertikali mavjud emasligi hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashishni samarali olib borish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish imkonini bermayapti;
uchinchi, sanitariya jihatidan tozalash sohasidagi subyektlarning tashkiliy, texnik, iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyati yetarli darajada muvofiqlashtirilmayapti;
toʻrtinchi, ekologik targʻibotni tashkil etish va olib borish boʻyicha samarali mexanizmlarning yoʻqligi mazkur yoʻnalishda ijtimoiy reklama va amalga oshirilayotgan axborot-tushuntirish ishlarining samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
beshinchi, atrof-muhitni muhofaza qilish tizimiga, shu jumladan atrof-muhit holatini modellashtirish va prognozlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yetarli darajada joriy etilmayapti.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini taʼminlash, qulay ekologik holatni barqaror saqlash, hududiy tuzilmalar samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tarkibida:
Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi negizida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya);
Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika birlashmasi);
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va billing tizimini joriy etish va rivojlantirish markazi negizida davlat unitar korxonasi shaklida Ekologik axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va multimedia markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
2. Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalarini mustahkamlash, shu jumladan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyalarini qoʻshimcha taʼminlash maqsadida uning tizimiga 404 shtat birligi kiritilsin.
Belgilansinki, qoʻshimcha kiritilayotgan shtatlar birligini davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarida shtatlar sonini kerakligicha qisqartirgan holda, ularni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan taʼminlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari shtat birliklarining qisqarishini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlarining shtat normativlarini qayta koʻrib chiqsin.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining tuzilmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasining tashkiliy tuzilmasi va apparati tuzilmasi 6 va 7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
zarur hollarda, Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparati, hududiy organlari, shuningdek, uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar tuzilmasiga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish;
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlar boshqa hisobidan Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining shtat birliklariga cheklangan umumiy sonning 15 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha shtat birliklarini joriy qilish huquqi berilsin.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.01.00 Asosiy qoidalar]
5. Quyidagilar:
a) Inspeksiya faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, atmosfera havosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining mavjud boʻlishi, turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish borasidagi amaliy tizimni samarali tashkil etish;
chiqindilarni yigʻish punktlarini tashkil etish, ularni oʻz vaqtida olib chiqish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, chiqindi poligonlarini boshqarish, ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etish;
fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan jamoat ekologik nazoratini amalga oshirishda hamkorlik qilish;
(5-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
b) Respublika birlashmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini muvofiqlashtirish;
harakatdagi tarkibga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini bajarish, shuningdek, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni muvofiqlashtirish;
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish holatini tizimli monitoring va tahlil qilish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, shu jumladan elektron toʻlov tizimlaridan keng foydalanish ishlarini tashkil etish;
ikkilamchi resurslarning xoʻjalik aylanmasiga jalb qilinishini ragʻbatlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni, shuningdek, maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash boʻyicha ilgʻor texnologiyalarni joriy etish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xalqaro va milliy organlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
v) Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazasini yaratish, rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ularni davlatning boshqa organlari tizimlari bilan izchil integratsiyalashtirish, rivojlantirish va olib borish, Davlat ekologiya qoʻmitasi axborot tizimlari xavfsizligini taʼminlash;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini, shuningdek, yovvoyi hayvonlar hamda yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarni koʻpaytirish va saqlash boʻyicha pitomniklarni, zoologiya va botanika kolleksiyalari davlat hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish, rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash;
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning monitoringi, tahlili va holatini baholash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, atrof-muhit holatini modellashtirish va prognoz qilish boʻyicha dasturiy mahsulotlarini yaratish;
zamonaviy texnologiyalar va ijodiy yondoshishlardan bevosita foydalangan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan axborot-tahlil va obzorli media materiallarini tayyorlash, ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldini olish;
tayyorlanadigan axborot-tahlil va obzorli media materiallarini tezkorlik bilan tarqatish uchun mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
6. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi (B.Kuchkarov) zimmasiga:
yangi tashkil etilayotgan boʻlinmalar shtatlarini va joriy etilayotgan lavozimlarni malakali soha mutaxassislari bilan toʻldirishni taʼminlash;
ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimining, birinchi navbatda, tashkil etilayotgan Inspeksiya, Respublika birlashmasi va Markaz faoliyatini samarali tashkil etish;
Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi xodimlari faoliyatining natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish va yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun ularning javobgarligini oshirish choralarini koʻrish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. “Toza hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalarining Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi doirasidagi ajratmalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Respublika birlashmasi faoliyatini;
tovarlarni (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan mablagʻlar, Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning tuzilmaviy boʻlinmalariga Markaz bilan xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) uchun tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
8. Davlat ekologiya qoʻmitasi operativ boshqaruv huquqi va Markaz begʻaraz foydalanish huquqi asosida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 7a-uyda;
Respublika birlashmasi Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 15-uyda begʻaraz foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
9. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasini operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirishni taʼminlasin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyalari joylashtirilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qaroriga8-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
11. Davlat ekologiya qoʻmitasi:
a) Respublika birlashmasi va Markaz ustavlarini tasdiqlasin, shuningdek, ularning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni ixtiyoriy ekologik markirovka qilish tizimini joriy qilish toʻgʻrisida takliflarni;
uch oy muddatda “Ekologik audit toʻgʻrisida”gi va “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi qonun loyihalarini;
2019-yil 1-martga qadar Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish Milliy konsepsiyasi, Qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasi va 2020 — 2045-yillarda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi loyihalarini kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-oktabr,
PQ-3956-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
* Budjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;
** Yangi tashkil etilayotgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 07/19/4247/2801-son)
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 98 birlik.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 07/19/4247/2801-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi
TASHKILIY TUZILMASI
Izoh. Respublika birlashmasi tarkibiga sanitar tozalash nodavlat ixtisoslashtirilgan korxonalar hamda maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqib tashlash, tashish, saralash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish klasterlari ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida kirishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi apparati
Umumiy cheklangan son — 29 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 4 nafar
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 07/20/4845/1343-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-sonli qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2915-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar