1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda respublikada ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirining oldini olish, shuningdek, hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida texnik va texnologik jarayonlar oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga yangi yondashuvlarni joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Respublika shahar va tumanlarida sanitariya jihatidan tozalashning mutlaqo yangi tuzilmasi yaratildi. Barcha joylarda davlat-xususiy sheriklik sharoitida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda chiqindilarni to‘plash, tashish va qayta ishlash klasterlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi chiqindilarni kompleksli boshqarish tizimi joriy etilmoqda.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil davomida belgilangan vazifalarning tegishli darajada amalga oshirilishini, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida islohotlarni belgilangan sur’atlarda va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi qator omillar mavjudligi aniqlandi, xususan:
birinchi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb yuritiladi) funksiyalari va vakolatlari haddan ziyod markazlashgan;
ikkinchi, Davlat ekologiya qo‘mitasi inspeksiyaviy faoliyatining yagona vertikali mavjud emasligi hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashishni samarali olib borish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish imkonini bermayapti;
uchinchi, sanitariya jihatidan tozalash sohasidagi subyektlarning tashkiliy, texnik, iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyati yetarli darajada muvofiqlashtirilmayapti;
to‘rtinchi, ekologik targ‘ibotni tashkil etish va olib borish bo‘yicha samarali mexanizmlarning yo‘qligi mazkur yo‘nalishda ijtimoiy reklama va amalga oshirilayotgan axborot-tushuntirish ishlarining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
beshinchi, atrof-muhitni muhofaza qilish tizimiga, shu jumladan atrof-muhit holatini modellashtirish va prognozlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yetarli darajada joriy etilmayapti.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlash, qulay ekologik holatni barqaror saqlash, hududiy tuzilmalar samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari]
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibida:
Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi negizida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya);
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va billing tizimini joriy etish va rivojlantirish markazi negizida davlat unitar korxonasi shaklida Ekologik axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va multimedia markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
2. Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalarini mustahkamlash, shu jumladan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyalarini qo‘shimcha ta’minlash maqsadida uning tizimiga 404 shtat birligi kiritilsin.
Belgilansinki, qo‘shimcha kiritilayotgan shtatlar birligini davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarida shtatlar sonini kerakligicha qisqartirgan holda, ularni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari shtat birliklarining qisqarishini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarining shtat normativlarini qayta ko‘rib chiqsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/76/1231-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.01.00 Asosiy qoidalar]
5. Quyidagilar:
a) Inspeksiya faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosi, atmosfera havosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining mavjud bo‘lishi, turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqin hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasidagi amaliy tizimni samarali tashkil etish;
(5-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
chiqindilarni yig‘ish punktlarini tashkil etish, ularni o‘z vaqtida olib chiqish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, chiqindi poligonlarini boshqarish, ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etish;
fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan jamoat ekologik nazoratini amalga oshirishda hamkorlik qilish;
(5-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
v) Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazasini yaratish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ularni davlatning boshqa organlari tizimlari bilan izchil integratsiyalashtirish, rivojlantirish va olib borish, Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini, shuningdek, yovvoyi hayvonlar hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash bo‘yicha pitomniklarni, zoologiya va botanika kolleksiyalari davlat hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning monitoringi, tahlili va holatini baholash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, atrof-muhit holatini modellashtirish va prognoz qilish bo‘yicha dasturiy mahsulotlarini yaratish;
zamonaviy texnologiyalar va ijodiy yondoshishlardan bevosita foydalangan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan axborot-tahlil va obzorli media materiallarini tayyorlash, ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish;
tayyorlanadigan axborot-tahlil va obzorli media materiallarini tezkorlik bilan tarqatish uchun mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
6. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi (B.Kuchkarov) zimmasiga:
yangi tashkil etilayotgan bo‘linmalar shtatlarini va joriy etilayotgan lavozimlarni malakali soha mutaxassislari bilan to‘ldirishni ta’minlash;
ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimining, birinchi navbatda, tashkil etilayotgan Inspeksiya, Respublika birlashmasi va Markaz faoliyatini samarali tashkil etish;
Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi xodimlari faoliyatining natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish va yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun ularning javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.06.00 (Кучини йукотган) Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armasiga ajratmalar va yig‘imlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar]
7. Tovarlarni (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan mablag‘lar, Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning tuzilmaviy bo‘linmalariga Markaz bilan xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) uchun tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Ma’muriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
8. Davlat ekologiya qo‘mitasi operativ boshqaruv huquqi va Markaz beg‘araz foydalanish huquqi asosida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7a-uyda;
Respublika birlashmasi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 15-uyda beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
9. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasini operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirishni ta’minlasin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyalari joylashtirilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qaroriga8-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
11. Davlat ekologiya qo‘mitasi:
a) Respublika birlashmasi va Markaz ustavlarini tasdiqlasin, shuningdek, ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom loyihasini;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni ixtiyoriy ekologik markirovka qilish tizimini joriy qilish to‘g‘risida takliflarni;
uch oy muddatda “Ekologik audit to‘g‘risida”gi va “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini;
2019-yil 1-martga qadar Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish Milliy konsepsiyasi, Qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi va 2020 — 2045-yillarda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi loyihalarini kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/76/1231-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/76/1231-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/76/1231-son)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/76/1231-son)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/76/1231-son)
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-sonli qaroriga 8-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2915-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar