1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahrining Olmazor tumani mahallalarida “Tadbirkorlik markazlari”ni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda tizimli amaliy yordam koʻrsatish, aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildai:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish tizimini takomillashtirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
2. Toshkent shahar hokimligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 58 ta mahalla fuqarolar yigʻinlaridan dastlab, ilovadagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida tajriba tariqasida “Tadbirkorlik markazlari” (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
3. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
Markazlar biznes-inkubator shaklida tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etiladi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Markazlar yuridik shaxs hisoblanmaydi va oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari]
Fuqarolar yigʻinlarining raislari Markazlarga rahbarlik qiladi, ularning ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Markazlar faoliyatiga, zarur hollarda, tegishli hududdagi tajribali tadbirkorlar, hunarmandlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining malakali mutaxassislari hamda fuqarolar yigʻini raisining maslahatchilari jamoatchilik asosida jalb qilinishi mumkin;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Markazlar faoliyati bilan bogʻlik xarajatlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻz mablagʻlari, Olmazor tumani mahalliy budjeti daromadlarining prognoz parametrlarini oshirib bajarishdan tushadigan daromadlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolatlari]
Markazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va samaradorligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Olmazor tumani hokimi har chorak yakunida xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga hisobot berib boradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
4. Quyidagilar Markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.04.00]
har bir mahalladagi xonadonlarni uyma-uy yurib oʻrganish va buning asosida tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagi boʻlgan shaxslarni aniqlash hamda ularga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda koʻmaklashish va ularni Markazlarga keng jalb etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
fuqarolarning oʻz biznesini tashkil etish va yuritish koʻnikmalari, jumladan, loyiha biznes-rejasini tayyorlash, soliqqa tortishning turli rejimlarini toʻgʻri tanlash va qoʻllash, biznes yuritishning huquqiy asoslari, moliyaviy menejment va buxgalteriya hisobini oʻzlashtirish hamda boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oʻqitishni tashkil etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
zarur hollarda, faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar oʻz ishini yoʻlga qoʻygunga qadar ularga Markazlar binosidan, shu jumladan yoshlar tadbirkorlik klasterlari binolaridan belgilangan tartibda joy ajratishga koʻmaklashish;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
tadbirkorlarga va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan aholiga oʻz biznesini tashkil etishda biznes-rejalar ishlab chiqish, marketing tadqiqotlari oʻtkazish, soliqqa tortish, ishchilar yollash, statistika, moliya, soliq va boshqa hisobotlarni topshirish, bank xizmatlari, bino va inshootlarni ijaraga olish, davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha maslahatlar va amaliy yordam berish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
tadbirkorlik subyektlariga ishonchli hamkorlar, yangi bozorlarni izlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarga olib chiqishda minitexnologiyalar hamda uskunalar sotib olishda koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi rasmiy faoliyatini boshlash istagida boʻlgan hunarmandlarga roʻyxatdan oʻtish, “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish orqali soliqlar va boshqa turdagi belgilangan imtiyozlardan foydalanishda hamda imtiyozli kreditlar olishda amaliy yordam koʻrsatish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
mahalla yoshlarining, avvalo, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarining oʻz biznesini tashkil qilishi va yuritishiga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi jismoniy va yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari, bank, lizing, sugʻurta, auditorlik, konsalting, baholash, rieltorlik va bozor infratuzilmasi subyektlarining boshqa xizmatlari haqida maʼlumotlar berish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
aholi va tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlik faoliyatiga doir buzilgan oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli davlat organlariga murojaat etishda maslahatlar berish hamda aholini tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolarni hal etishda koʻmaklashish.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, shuningdek, Markazlar xodimlarining bilim va malakasini oshirish boʻyicha zamonaviy interaktiv oʻquv uslublarini qoʻllagan holda bir yilda ikki marta (sentabr va mart oylarida) oʻquv-seminarlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironligi boʻlgan shaxslar uyushmalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
6. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda tegishli hududda yashovchi yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va startaplar tashkil etish uchun ularga belgilangan tartibda yoshlar tadbirkorlik klasterlari hududidan maydonlar ajratish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi buyurtmanomasiga binoan Markazlarni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari bilan taʼminlasin, shuningdek, ular uchun Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini yaratsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
8. Toshkent shahar hokimligi, Olmazor tumani hokimligi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
bir oy muddatda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan birgalikda Markazlarni ilovaga muvofiq Olmazor tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlari binolarida joylashtirilishini hamda zarur mebel, jihozlar va tashkiliy texnika vositalari bilan toʻliq jihozlash hamda Markazlarga samarali faoliyat koʻrsatishi uchun sharoit yaratib berilishini taʼminlasinlar;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar Markazlar faoliyatining samaradorligi natijalarini tahlil qilgan holda, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi boshqa mahalla fuqarolar yigʻinlarida ham Markazlar tashkil etsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]
9. Toshkent shahar hokimligi, Olmazor tumani hokimligi rahbarlari zimmasiga Markazlar faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-sentabr,
740-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-sentabrdagi 740-son qaroriga ILOVA
Toshkent shahrining Olmazor tumanida tajriba tariqasida “Tadbirkorlik markazlari” tashkil etiladigan mahalla fuqarolar yigʻinlari
ROʻYXATI
T/r
Mahalla fuqarolar yigʻinlarining nomi
1-sektor
1.
Moyariq mahalla fuqarolar yigʻini
2.
Olimpiya mahalla fuqarolar yigʻini
3.
Yangi Toshkent mahalla fuqarolar yigʻini
2-sektor
4.
Chuqursoy mahalla fuqarolar yigʻini
5.
Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini
3-sektor
6.
Namuna mahalla fuqarolar yigʻini
7.
Eski shahar mahalla fuqarolar yigʻini
4-sektor
8.
Chimboy mahalla fuqarolar yigʻini
9.
Chigʻatoy Oqtepa mahalla fuqarolar yigʻini
10.
Universitet mahalla fukarolar yigʻini
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2018-y., 09/18/740/1893-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)