OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq hamda viloyatlarda, shaharlarda va rayonlarda vakillik va ijroiya-boshqaruv hokimiyatining yagona organlari tuzilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining eng koʻp xodimlari soni va taxminiy tuzilishi
1,
2,
2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat hokimlariga hokimlarining 7 ta oʻrinbosari, shu jumladan bitta birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat berilsin.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻn kun muddat ichida shahar va rayon hokimliklarining xodimlari sonini va tuzilishini, mavjud xodimlar sonini 25 foizga qisqartirishni hisobga olgan holda, tasdiqlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hokimliklar apparati uchun zarur mehnat haqi fondini belgilasin.