1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat toʻgʻrisida qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyundagi PF-5466-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini koʻrsatish hamda tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafilliklar berish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga;
Ishsiz va band boʻlmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar va mutaxassisliklarga professional oʻqitish yuzasidan qisqa muddatli kurslar sonini koʻpaytirish va sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-avgust,
669-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-avgustdagi 669-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) vazifalari va faoliyat yoʻnalishlarini, uni boshqarish tartibini, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga hisobot beradi.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qarorlariga, mazkur Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
3. Jamgʻarma davlat maqsadli jamgʻarma shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
4. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tuman va shahar filiallarini tashkil etish huquqiga ega.
5. Jamgʻarmaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 11-uy.
6. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tadbirkorlik subyektlari — “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb ataladi) doirasida manzilli roʻyxatga kiritilgan tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlar tadbirkorligi (18 yoshga toʻlgan 30 yoshdan oshmagan yoshlar) subyektlari, 50 foiz va undan koʻproq muassislari yoshlardan iborat boʻlgan tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, yaratiladigan ish oʻrinlarining 70 foizidan kam boʻlmagan qismini 5 yil davomida yoshlarni ish bilan taʼminlash uchun taqdim etish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xorijiy investorlar;
tijorat banklari — Davlat dasturi doirasida imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish amaliyotini bajaradigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipak yoʻli” AITB, AT “Xalq banki” va “Hamkor bank” ATB;
kredit — Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat bankining tadbirkorlik subyektlari Davlat dasturi doirasidagi loyihalarini moliyalashtirish uchun beriladigan imtiyozli krediti;
kafillik — Jamgʻarmaga tadbirkorlik subyektlarining kredit boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun tijorat banki oldida javob berish masʼuliyatini yuklaydigan kafillik shartnomasi.
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari
7. Davlat dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga quyidagi shaklda moliyaviy yordam koʻrsatish Jamgʻarmaning asosiy vazifasi hisoblanadi:
a) tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan (bunda, bank marjasi 2 foizni tashkil etadi) imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish;
b) tadbirkorlik subyektlariga Davlat dasturi doirasida beriladigan tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, ammo 1 mlrd. soʻmdan oshmaydigan miqdorda Jamgʻarma kafilligini berish;
Bunda, Jamgʻarma tomonidan taqdim etiladigan kafilliklarning umumiy miqdori Jamgʻarma mablagʻlarining 25 foizidan oshmasligi kerak.
v) Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik subyektlari loyihalarida ular qiymatining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda ishtirok etish, keyinchalik Jamgʻarma ulushini 5 yil davomida realizatsiya qilish;
g) tegishli koʻnikmalarga ega, band boʻlmagan yoshlar yashaydigan uy xoʻjaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda koʻmaklashish;
8. Jamgʻarma davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari qurilishi qiymatining 30 foizigacha boʻlgan qismini moliyalashtirishda mazkur mablagʻlarni ularning ustav jamgʻarmasi (kapitali)ga keyinchalik kapitallashtirgan holda ishtirok etishga haqli.
9. Jamgʻarma oʻz faoliyatini quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi:
yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini yuritishda ishtirok etish, moliyaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish hamda imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish uchun resurslar ajratish;
Davlat dasturi doirasida yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini qoʻllab-quvvatlash;
yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish orqali ish oʻrinlari tashkil etish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, shuningdek ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish;
ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda respublikada yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirish muammolarini oʻrganishga doir kompleks ilmiy va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirilishida ishtirok etish.
10. Jamgʻarma bosh kelishuvlar asosida tijorat banklari orqali milliy valyutada tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi.
3-bob. Jamgʻarmani boshqarish
11. Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi va uning tarkibi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda respublika komissiyasi deb ataladi) qarori bilan tasdiqlanadi.
12. Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi:
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish komissiyasi tomonidan taqdim etilgan manzilli roʻyxatlarni Jamgʻarmaning keyingi yil uchun moliyalashtirish prognoz parametrlari doirasida koʻrib chiqadi va tahlil qiladi hamda tasdiqlash uchun respublika komissiyasiga kiritadi;
tijorat banklaridan kelgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va oʻz vakolatlari doirasida Jamgʻarma kafilligini taqdim etish yoki rad etish haqida qarorlar qabul qiladi, shuningdek, Davlat dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini tezkorlik bilan koʻrib chiqish maqsadida ichki komissiya tuzishi mumkin;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/962/2235-son)
Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari boʻyicha har yilgi prognozlarni tasdiqlaydi;
Jamgʻarmaning boʻsh pul mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga va boshqa moliyaviy aktivlarida joylashtirish boʻyicha cheklangan parametrlarni belgilaydi;
Jamgʻarmaning faoliyati, shu jumladan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi, tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordam koʻrsatishga doir qarorlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Jamgʻarma ijro etuvchi direktorining Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida, shuningdek manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar vakillarining amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi va taqdim etilgan resurslar, Jamgʻarma kafilligi natijalari haqida hisobotlarini muntazam eshitadi;
Jamgʻarmani yillik auditdan oʻtkazish uchun, jumladan, uning mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha auditorlik tashkilotini belgilaydi;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga Jamgʻarmaning ustav kapitalini koʻpaytirish toʻgʻrisida takliflar kiritishi mumkin;
Jamgʻarma va uning filiallari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tartibini belgilaydi.
Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
13. Jamgʻarmaga ijro etuvchi direktor — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
Jamgʻarma ijro etuvchi direktori:
Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq Jamgʻarma faoliyatini tashkil etadi hamda uning samarali va natijadorligi uchun shaxsan javob beradi;
Jamgʻarma daromad va xarajatlarining har yilgi prognozlarini shakllantiradi hamda Kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalarini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Kuzatuv kengashiga kiritadi;
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi uchun zarur qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish boʻyicha choralar koʻradi;
Jamgʻarma daromad va xarajatlarini hisobga olish hamda ularning ijrosi toʻgʻrisida hisobdorlikni taʼminlaydi va tasdiqlash uchun Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish monitoringini tizimli ravishda tashkil qiladi;
Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlarini Kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan parametrlar doirasida tijorat banklarining depozitlariga hamda boshqa moliyaviy aktivlarga joylashtiradi;
xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Jamgʻarma manfaatlarini ifodalaydi;
Jamgʻarma nomidan mehnat, xoʻjalik va boshqa shartnomalar, shu jumladan, kafilliklar taqdim etish hamda depozitlarni tijorat banklarida joylashtirish toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzolaydi.
Ijrochi direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
14. Jamgʻarmaning, shuningdek uning tuman (shahar) filiallarining moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq barcha xarajatlari Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
15. Jamgʻarma va uning tuman (shahar) filiallari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha va ustamalar, ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, shuningdek, qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish mablagʻlaridan tashkil topadi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
16. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
daromadlarning prognoz qilingan qismini oshirib bajarish hisobiga respublika budjetidan 2018-yil avgustda, 1-oktabrgacha va 1-dekabrgacha teng ulushlarda ajratiladigan 500 milliard soʻm miqdoridagi begʻaraz moliyaviy yordam;
har chorakda Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan, vazirlik, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan yillik tushumlarning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoni 13-bandiga muvofiq Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasiga har oyda tushadigan mablagʻlarning 10 foizi;
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
homiylar — jismoniy va yuridik shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablagʻlari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlari hamda boshqa moliyaviy aktivlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Davlat dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklarining kreditlari boʻyicha beriladigan Jamgʻarmaning kafilligidan tushadigan daromadlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Davlat dasturi doirasida tuman va shaharlarda amalga oshiriladigan tadbirlarni 2019 va keyingi yillarda moliyalashtirish parametrlari Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning aniq mablagʻlarini koʻrsatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
17. Jamgʻarma va uning filiallari mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida toʻplanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Xorijiy valyutadagi mablagʻlar Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida belgilangan tartibda ochiladigan maxsus valyuta hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
18. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish uchun tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish;
tijorat banklariga tadbirkorlik subyektlarining kreditlari boʻyicha taqdim etilgan kafilliklar bilan bogʻliq toʻlovlarni toʻlash;
Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida Jamgʻarma ulushi bilan ishtirok etish;
tegishli koʻnikmalarga ega, band boʻlmagan yoshlar yashaydigan uy xoʻjaliklari uchun parranda va quyon bolasi, mayda va yirik qoramol sotib olishda koʻmaklashish;
davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari qurilishi qiymatining 30 foizigacha boʻlgan qismini moliyalashtirishda mazkur mablagʻlarni ularning ustav jamgʻarmasi (kapitali)ga keyinchalik kapitallashtirgan holda ishtirok etish;
Jamgʻarma va uning filiallarini saqlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish;
Jamgʻarmaning moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish;
Jamgʻarma va uning filiallari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha va ustamalar, ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, shuningdek, qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish;
Jamgʻarma kafillik portfelini sugʻurta yoʻli bilan qoplash boʻyicha sarf-xarajatlarini amalga oshirish;
Jamgʻarma Ustavida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga resurslar taqdim etish
19. Tijorat bankiga resurs taqdim etish uchun Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma (keyingi oʻrinlarda bosh kelishuv deb ataladi) tuziladi.
20. Jamgʻarma tomonidan tijorat bankiga resurs taqdim etish boʻyicha bosh kelishuvda tijorat banki ushbu mablagʻlardan tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish uchun resurs sifatida foydalanishi qatʼiy kelishiladi.
Bosh kelishuvda, shuningdek tijorat banklari Jamgʻarma resurslari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan kreditlar va mol-mulk lizingi boʻyicha imtiyozli foiz stavkalari miqdori koʻrsatiladi.
21. Jamgʻarma bosh kelishuvni imzolagandan soʻng unda qayd etilgan muddatlarda tijorat banklarining arizasiga asosan ularning vakillik hisob raqamiga zarur miqdordagi resurslarni oʻtkazadi.
22. Jamgʻarmaning tijorat banklariga tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish maqsadida mablagʻlar ajratish uchun taqdim etiladigan mablagʻlari kredit ajratish muddatiga qarab, tegishli balans hisob raqamlarida hisobga olinadi.
23. Jamgʻarma tomonidan tadbirkorlik subyektlariga kredit va mol-mulkni lizingga berish uchun tijorat bankiga taqdim etilgan resurslar summasiga tijorat bankning 2 foiz bank marjasi chegirib qolingandan soʻng 5 foiz stavkasi miqdorida foizlar qoʻshadi va ushbu foizlar jamgʻarib boriladigan hisob raqamida toʻplanadi hamda bosh kelishuvda qayd etilgan muddatlarda Jamgʻarmaning tegishli bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
24. Tijorat banki resurslarning foydalanilmagan qismini Jamgʻarma hisob raqamiga bosh kelishuvda qayd etilgan muddatlarda qaytarishi lozim.
25. Navbatdagi resurslarni ajratishda Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida yangi resurslar miqdori koʻrsatilgan holda, bosh kelishuvga qoʻshimchalar kiritiladi.
26. Jamgʻarma tomonidan manzilli roʻyxatga muvofiq tijorat bankining murojaati asosida ajratilgan resurs mablagʻlariga, ushbu mablagʻ tegishli tijorat bankiga oʻtkazilgan kundan boshlab foiz hisoblanadi, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga berilgan kredit va mol-mulk lizingi boʻyicha asosiy qarz va hisoblangan foizlarning qaytarilishidan qatʼi nazar tijorat banki tomonidan Jamgʻarmaga resurs va unga hisoblangan foiz toʻlovlari belgilangan muddatda qaytarilishi shart.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/962/2235-son)
27. Jamgʻarma tijorat bankida tadbirkorlik subyektlariga kredit va mol-mulk lizingi berish uchun taqdim etilgan resurslardan maqsadli foydalanilishini, kredit va lizing ishlarini oʻrganish hamda tijorat banki vakili bilan joylarga chiqish yoʻli bilan tekshirish huquqiga ega.
Mablagʻlardan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda Jamgʻarma tijorat bankidan resurslarning tegishli qismini muddatidan avval qaytarishni talab qilishga haqli. Tijorat banki bosh kelishuvda kelishilgan shartlar asosida Jamgʻarmaning ushbu talablarini bajarishga majbur.
28. Tijorat banklari har chorakda Jamgʻarmaga va har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jamgʻarma resurslarini oʻzlashtirish bilan bogʻliq holatlar toʻgʻrisida kredit va mol-mulk lizingi olgan tadbirkorlik subyektlarining reyestri ilova qilingan hisobotni taqdim etadi. Ushbu hisobotlar maʼlumotlari boʻyicha har chorakda tijorat banki va Jamgʻarma oʻrtasida mablagʻlardan foydalanilishini taqqoslash dalolatnomalari tuziladi.
29. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat bankiga resurs taqdim etish bilan bogʻliq boshqa masalalar Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan bosh kelishuvda koʻrsatilishi mumkin.
6-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishini hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish
30. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ularning sarflanishini hisobga oladi hamda ular boʻyicha hisobot tuzadi.
31. Tijorat banki har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Jamgʻarmaga uning mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi.
32. Ijro etuvchi direktor har chorakda Kuzatuv kengashiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilgani toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
33. Ijro etuvchi direktor moliyaviy yil nihoyasiga yetgach, keyingi yilning 1-fevraligacha boʻlgan muddatda respublika komissiyasiga moliyaviy hisobot yilida Jamgʻarma tomonidan berilgan kafilliklar asosida amalda toʻlangan kompensatsiyalar va toʻlovlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini tekshiradi.
35. Jamgʻarma mablagʻlarining oʻz vaqtida shakllantirilishi va maqsadli sarflanishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat oʻrnatiladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
36. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-avgustdagi 669-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini koʻrsatish hamda tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafilliklar berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb ataladi) doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlaridan kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini koʻrsatish hamda tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafilliklar berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiya deb ataladi) — tegishli hududda Davlat dasturining bajarilishini muvofiqlashtirish, tizimli monitoring qilish va roʻyobga chiqarilishiga koʻmaklashish maqsadida tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari boshchiligida hamda ichki ishlar boshqarma (boʻlim) boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi raisi, shuningdek, Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazi boʻlinmasi rahbaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan komissiya;
tadbirkorlik subyektlari — Davlat dasturi doirasida manzilli roʻyxatga kiritilgan tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlar tadbirkorligi subyektlari (18 yoshga toʻlgan 30 yoshdan oshmagan yoshlar), 50 foiz va undan koʻproq muassislari yoshlardan iborat boʻlgan tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, yaratiladigan ish oʻrinlarining 70 foizidan kam boʻlmagan qismini 5 yil davomida yoshlarni ish bilan taʼminlash uchun taqdim etish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xorijiy investorlar;
manzilli roʻyxat — yoshlar shugʻullanish istagini bildirgan mehnat faoliyati turini tahlil qilish, shuningdek, imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish talabnomalarini tanlab olish natijalari boʻyicha hududiy komissiyalar tomonidan shakllantiriladigan hamda Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik subyektlarining biznes loyihalari majmui;
tijorat banklari — Davlat dasturi doirasida imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish xizmatlarini koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipak yoʻli” AITB, AT “Xalq banki” va “Hamkor bank” ATB;
kredit liniyasi — tijorat banklari bilan Jamgʻarma oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga asosan yoshlarga imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish uchun ochilgan kredit liniyalari;
ishchi guruh — hududiy komissiya tomonidan tadbirkorlik subyektlarining biznes loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida investitsiyaviy va ijtimoiy komplekslar hududiy organlarining, moliyalashtiruvchi tijorat banklarining biriktirilgan xodimlari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda davlat soliq inspeksiyasi va Jamgʻarmaning tuman (shahar) filiali xodimidan iborat tarkibda tashkil etilgan guruh.
3. Jamgʻarma Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda respublika komissiyasi deb ataladi) ishchi organi hisoblanadi.
2-bob. Manzilli roʻyxatlarni shakllantirish tartibi
4. Davlat dasturi doirasida imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga olish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantirish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Hududiy komissiya ishchi guruh bilan birgalikda har yili oktyabr oyiga qadar har bir xonadonni uyma-uy yurish orqali Davlat dasturi doirasida imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga olish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlarining dastlabki roʻyxatini shakllantiradi.
6. Hududiy komissiya tijorat banklari bilan birgalikda shakllantirilgan tadbirkorlik subyektlarining dastlabki roʻyxatiga muvofiq loyihalarni har yili 1-noyabrga qadar quyidagi mezonlarga asosan oʻrganib chiqadi:
loyihaning hisob-kitoblari asoslanganligi hamda iqtisodiy samaradorligi;
loyihani amalga oshirish imkoniyatlari va yetarlicha sharoit mavjudligi;
loyihani amalga oshirish yuzasidan imtiyozli kreditlarni qaytarish boʻyicha majburiyatlarni mol-mulk garovi, sugʻurta tashkilotlari kafolati, uchinchi shaxs kafilligi bilan taʼminlanishi, shuningdek, Jamgʻarmaning kafilligiga boʻlgan ehtiyoji;
loyihani haqiqatdan ham tadbirkorlik subyekti loyiha tashabbuskori ekanligi, uning biznes koʻnikmalarga va loyihaning oʻziga xos jihatlari boʻyicha toʻliq tushunchaga ega ekanligi;
loyihaning mazkur Nizomning 24 va 34-bandlari talablariga muvofiqligi;
loyihani amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar va uning boshqa muhim jihatlarini oʻrganadi.
7. Hududiy komissiyalar tomonidan manzilli roʻyxatga kiritish uchun loyihalar tanlab olinishida quyidagilarga ustuvorlik beriladi:
ishsiz yoshlar soni koʻp boʻlgan mahallalarda amalga oshiriladigan loyihalarga;
boshqa loyihalarga nisbatan koʻproq ish oʻrni yaratiladigan loyihalarga;
innovatsion va startap loyihalarga;
kam taʼminlangan oilalar aʼzosi boʻlgan yoshlarga;
I va II guruh nogironligi boʻlgan yoshlarga;
bola tarbiyalayotgan yolgʻiz yosh ota yoki onalarga.
8. Zarur hollarda, hududiy komissiya loyiha tashabbuskorini taklif etgan holda loyihaning taqdimoti oʻtkazilishini tashkil qilishi mumkin.
9. Tadbirkorlik subyektining loyihasi boʻyicha tijorat bankining kredit qoʻmitasi (komissiyasi) imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish boʻyicha xulosa taqdim etadi.
10. Hududiy komissiya tijorat banklarining kredit qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan taqdim etilgan xulosalarga asosan tuman (shahar)da realizatsiya qilinadigan samarali loyihalarni manzilli roʻyxatini shakllantiradi va mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq rasmiylashtiradi hamda har yili 10-noyabrga qadar Jamgʻarmaga taqdim etadi.
11. Jamgʻarma hududiy komissiyalar tomonidan taqdim etilgan manzilli roʻyxatlarni har yili 1-dekabrga qadar tuman (shahar)lar kesimida umumlashtirib, Jamgʻarmaning keyingi yil uchun moliyalashtirish prognoz parametrlari doirasida koʻrib chiqadi va tahlil qiladi hamda tasdiqlash uchun respublika komissiyasiga kiritadi.
12. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli roʻyxati respublika komissiyasi tomonidan har yili 25-dekabrga qadar tasdiqlanadi.
13. Tasdiqlangan manzilli roʻyxat 3 kun ichida tijorat banklariga hamda Jamgʻarmaga taqdim etiladi. Jamgʻarma tasdiqlangan manzilli roʻyxatni olganidan soʻng 5 ish kuni ichida uni hududiy komissiyalariga yetkazilishini hamda oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini taʼminlaydi.
Hududiy komissiyalarga tasdiqlangan manzilli roʻyxat kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida mazkur roʻyxatga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari (loyiha tashabbuskorlari)ni xabardor qiladi.
14. Tasdiqlangan manzilli roʻyxatga muvofiq loyihalarning realizatsiya qilinganligi hududiy komissiyalar tomonidan har chorakda oʻrganilib, loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar hal etib boriladi.
Shuningdek, zaruratga koʻra manzilli roʻyxatda belgilangan muddatda amalga oshirilmagan loyihalar oʻrniga hududiy komissiyalar tomonidan aniqlangan boshqa istiqbolli loyihalarni tasdiqlangan parametrlar doirasida moliyalashtirishni inobatga olgan holda manzilli roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Jamgʻarmaga takliflar kiritadi.
15. Jamgʻarma hududiy komissiyalarning manzilli roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarini umumlashtiradi, koʻrib chiqadi va zaruratga koʻra natijasi boʻyicha respublika komissiyasiga kiritadi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish va mol-mulkni lizinga berishning umumiy tartibi
16. Jamgʻarma mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini koʻrsatish tijorat banklari hamda tijorat banklari tomonidan jalb qilingan lizing xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar orqali manzilli roʻyxatga asosan amalga oshiriladi.
17. Manzilli roʻyxatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarma bilan tijorat banki oʻrtasida 5 yil muddatgacha yillik 5 foiz stavka bilan moliyaviy resurslar ajratish toʻgʻrisida shartnoma (keyingi oʻrinlarda bosh kelishuv deb ataladi) imzolanadi.
18. Bosh kelishuvda tijorat banki Jamgʻarma mablagʻlaridan manzilli roʻyxatga kiritilgan loyihalarnigina moliyalashtirish uchun foydalanishi qatʼiy belgilanadi.
19. Manzilli roʻyxatdagi loyihalar tijorat banklarining kredit qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng moliyalashtiriladi.
20. Tadbirkorlik subyektiga imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish tijorat banklari tomonidan 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga 12 oygacha imtiyozli davr bilan 2019-yil 31-dekabrgacha yillik 7 foiz stavkada (bunda tijorat banki marjasi 2 foizni tashkil etadi), 2020-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan boshlab esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda belgilanadigan stavkalarda amalga oshiriladi:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Bunda, kredit va mol-mulk lizingidan foydalanish muddati va davri loyihalarning biznes rejasiga asosan belgilanadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Manzilli roʻyxatga kiritilgan qiymati ikki milliard soʻmdan yuqori boʻlgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ijobiy xulosasi olingandan soʻng moliyalashtiriladi.
21. Imtiyozli kreditlar va mol-mulk lizingi uchun ajratilgan mablagʻlar tijorat banklarining alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
4-bob. Jamgʻarma kredit liniyasi hisobidan imtiyozli kreditlar ajratish va rasmiylashtirish tartibi
22. Jamgʻarma mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi.
23. Imtiyozli kreditlar qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
24. Jamgʻarma mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
25. Imtiyozli kreditlar quyidagi maqsadlarga ajratilmaydi:
avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarishga;
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari, shuningdek, chilim va elektron sigaretalar ishlab chiqarishga;
savdo-vositachilikni amalga oshirishga;
umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirishga;
(25-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/962/2235-son)
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olishga;
maʼmuriy xarajatlarni toʻlashga, jumladan xizmat avtomobillari taʼminotiga;
tirajli, bir lahzali va raqamli lotoreyalarni tashkil etishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun uskunalar xarid qilishga.
26. Aylanma mablagʻlarni toʻldirishga imtiyozli kreditlar tadbirkorlik subyektlariga 18 oy muddatgacha ajratiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 962-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/962/2235-son)
27. Tadbirkorlik subyektlari kredit olish uchun tijorat bankiga ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
biznes reja;
kreditlar qaytarilishi boʻyicha majburiyatni taʼminlashga doir hujjatlar;
pasport nusxasi — yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini yuritayotganlar uchun.
Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari yuqoridagi tegishli hujjatlar bilan birga davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansini (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalarini, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobotni (2-son shakl) tijorat bankiga taqdim etadi, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
28. Imtiyozli kreditlarni qaytarish boʻyicha majburiyatlar mol-mulk garovi, sugʻurta tashkilotlari kafolati, uchinchi shaxs kafilligi, jumladan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasining kafilligi (kredit hajmining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda) hamda qonun hujjatlarida va tijorat bankining ichki kredit siyosatida belgilangan boshqa usullarda taʼminlanishi mumkin.
29. Tijorat banklari oʻzlarining ichki kredit siyosatiga muvofiq taʼminlanmagan imtiyozli kredit (eʼtimodli kredit) berish haqida qaror qabul qilishlari mumkin.
30. Imtiyozli kredit ajratish boʻyicha tadbirkorlik subyektining arizasi tijorat banki tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha kredit ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror qabul qilinadi.
31. Imtiyozli kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyekti va tijorat banki oʻrtasida kredit shartnomasi imzolanadi.
32. Kredit berish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, tijorat banki tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida bu haqda tadbirkorlik subyektini hamda hududiy komissiyani yozma shaklda xabardor qiladi.
33. Jamgʻarma resurslari hisobidan imtiyozli kredit ajratishda tijorat bankining maʼlum bir filialida mablagʻlar yetishmagan taqdirda boshqa bir filialida mavjud mablagʻlar tijorat bankining hududiy boʻlinmasi tomonidan tuman va shahar filiallariga qayta taqsimlanishi mumkin.
5-bob. Jamgʻarma kredit liniyasi hisobidan lizing xizmatlarini koʻrsatish shartlari
34. Mol-mulkni lizingga berish va lizing xizmatlarini koʻrsatish uchun mablagʻlar ajratish tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi.
35. Tijorat banklari tomonidan lizing xizmatlari quyidagi maqsadlarga koʻrsatilmaydi:
melioratsiya texnikasi, mashinalari va yengil avtotransport vositalarini xarid qilishga;
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari, shuningdek, chilim va elektron sigaretalar ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilishga;
tirajli, bir lahzali va raqamli lotoreyalarni tashkil etish uchun uskunalar xarid qilishga.
36. Tadbirkorlik subyektlari imtiyozli asosda lizingga mini-texnologiyalar hamda ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun tijorat banklariga ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
lizing obyektining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
imtiyozli lizingning butun muddati uchun pul oqimi prognozi koʻrsatilgan biznes-reja;
tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasining balans qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi yozuv mavjud boʻlgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlik boʻyicha taqqoslash dalolatnomalari (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkorlik subyektlari hamda dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno).
37. Lizing boʻyicha moliyaviy ijaraga olingan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi, yoʻqolishi, oʻgʻirlanishi, shikastlanishi, buzilishi va barvaqt eskirishi xavfi bilan bogʻliq boʻlgan tarzdagi har qanday yetkazilishi mumkin boʻlgan zarardan lizing obyektini sugʻurtalash taraflarning kelishuviga binoan sugʻurtalanadi. Bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda, tadbirkorlik subyekti lizing obyekti sugʻurtasi uchun javobgar boʻladi.
38. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali lizing xizmatlarini koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6-bob. Tadbirkorlik subyektlariga Jamgʻarma tomonidan tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafillik berish shartlari
39. Tijorat banki tomonidan tadbirkorlik subyektiga ajratiladigan kreditlarni qaytarish majburiyatlari boʻyicha taʼminot sifatida kredit summasining 50 foizigacha, ammo 1 mlrd. soʻmdan oshmagan miqdorda Jamgʻarma kafilligi berilishi mumkin.
40. Jamgʻarma tomonidan taqdim etiladigan kafilliklarning umumiy miqdori Jamgʻarma jami mablagʻlarining 25 foizidan oshmasligi kerak.
41. Kafillik berish boʻyicha Jamgʻarma xizmatlari pulli hisoblanadi. Jamgʻarmaning kafilligi berilganligi uchun tadbirkorlik subyektlaridan milliy valyutada kafillik summasining 1 (bir) foizi miqdorida bir martalik vositachilik haqi undiriladi.
42. Jamgʻarma kafilligi tadbirkorlik subyektlariga ular quyidagi shartlarga mos kelganda beriladi:
tadbirkorlik subyekti loyihada oʻzining 25 foizdan (oilaviy tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) kam boʻlmagan ulushi bilan ishtirok etsa;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan holda faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa;
tijorat banklari kreditlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligi boʻlmasa.
43. Tadbirkorlik subyektining imtiyozli kredit olish maqsadida tijorat bankiga taqdim etgan hujjatlarida kredit qaytarilishi boʻyicha majburiyatni taʼminlash Jamgʻarma kafilligi nazarda tutilgan boʻlsa, tijorat banki tomonidan tadbirkorlik subyektining hujjatlari ushbu Nizomning 41-bandidagi shartlarga mosligi bilan bir vaqtda oʻrganib chiqiladi va natijasi boʻyicha:
hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda tijorat banki bir kun muddatda tadbirkorlik subyektidan yetishmayotgan axborotni (hujjatni) talab qiladi;
taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini qonunchilikda belgilangan tartib-taomillar hamda ichki kredit siyosatiga muvofiq baholaydi.
Kredit ajratish haqida qaror qabul qilingan taqdirda tijorat banki tadbirkorlik subyektining Jamgʻarma kafilligini olish uchun arizasi ilova qilingan oʻz xulosasini bosh tijorat bankiga ikki kun muddatda yuboradi hamda bu haqda tadbirkorlik subyektiga maʼlum qiladi.
Tijorat banki kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan holatda tadbirkorlik subyektiga Jamgʻarma kafilligi uchun rad etishning asosli sabablari koʻrsatilgan yozma javob yuboradi.
44. Bosh tijorat banki hujjatlarni olgach, ikki ish kunida zarur hujjatlar va ular boʻyicha umumlashtirilgan axborotni koʻrib chiqadi hamda Jamgʻarmaga tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar boʻyicha Jamgʻarma kafilligini taqdim etish uchun yuboradi.
45. Jamgʻarma tomonidan Jamgʻarma kafilligini olish uchun bosh tijorat banki tomonidan yuborilgan hujjatlar toʻplami qabul qilingandan soʻng uch ish kuni mobaynida:
taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi, zaruratga koʻra, bir ish kuni mobaynida bosh tijorat bankidan yetishmayotgan axborotni (hujjatlarni) soʻrab oladi;
umumlashtirilgan maʼlumotlarni ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tekshiradi;
kafillik olish uchun ariza maʼqullangan taqdirda tijorat bankini xabardor qiladi.
46. Hujjatlar kafillik olish uchun talablarga mos kelmagan taqdirda Jamgʻarma bosh tijorat banki va Jamgʻarmaning tuman (shahar) filialiga ikki ish kuni mobaynida qabul qilingan qaror haqida asosli sabablarni yozma ravishda koʻrsatib xabarnoma yuboradi va taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.
47. Kafillik olish uchun ariza maʼqullangach:
tijorat banki va tadbirkorlik subyekti oʻrtasida kredit shartnomasi;
Jamgʻarmaning tuman (shahar) filiali, tijorat banki va tadbirkorlik subyekti oʻrtasida kafillik shartnomasi tuziladi.
Bunda kafillik shartnomasini Jamgʻarma nomidan Jamgʻarmaning tuman (shahar) filiali rahbari imzolaydi. Tijorat banki va tadbirkorlik subyekti oʻrtasida tuzilgan kredit va kafillik shartnomalarining nusxasi, shuningdek kreditni qaytarish jadvali Jamgʻarmaga yuboriladi.
48. Jamgʻarmaning berilgan kafilliklar boʻyicha tijorat banki oldidagi majburiyatlari quyidagi holatlarda bekor qilinadi:
kredit boʻyicha asosiy qarz va foizlar berilgan kafillik summasi boʻyicha toʻliq qaytarilganda;
jamgʻarma tomonidan kafillik boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilganda;
tadbirkorlik subyekti kredit mablagʻlarini boshqa subyektga Jamgʻarmaning yozma ravishdagi ruxsatisiz berganda;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
49. Jamgʻarma kafillik portfelining qisman yoki toʻliq hajmini sugʻurta yoʻli bilan qoplash huquqiga ega. Bunda sugʻurta yoʻli bilan qoplash boʻyicha sarf-xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
50. Kafillikka ega boʻlgan tadbirkorlik subyekti Jamgʻarmaga kredit boʻyicha joriy qarzni qaytarganidan soʻng takroran murojaat qilishga haqli.
7-bob. Jamgʻarmaning taqdim etilgan kafilliklar boʻyicha majburiyatlarni bajarish tartibi
51. Tadbirkorlik subyekti kreditni qaytarganda va kredit boʻyicha oʻz majburiyatlarini imkon qadar kamaytirganda, birinchi navbatda, Jamgʻarma kafilligidan kredit boʻyicha qaytarilgan summaga mutanosib ravishda ozod etiladi (taʼminotdan chiqariladi). Bunda tadbirkorlik subyekti tomonidan ajratilgan kredit boʻyicha taʼminot sifatida taqdim etilgan mulk Jamgʻarma taʼminoti toʻliq qoplanganidan soʻng imtiyozli kreditlarni qaytarish boʻyicha majburiyatlardan ozod etiladi.
52. Tadbirkorlik subyekti asosiy qarz va hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida toʻlash bilan bogʻliq majburiyatlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda bajarmasa yoki tegishli ravishda bajarmasa, yoxud majburiyatlar 10 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda bajarilmasa yoki tegishli ravishda bajarilmasa, tijorat banki qonunchilikda belgilangan tartibda unga yozma talablar qoʻyadi.
53. Tadbirkorlik subyekti kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan sanadan (tegishli ravishda bajarmaganda) boshlab, tijorat banki 90 kalendar kun davomida tadbirkorlik subyektidan kredit boʻyicha asosiy qarzning qaytarilmagan summasini olish, undan foizlarni undirish hamda kredit shartnomasida koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi uchun barcha oqilona va yuzaga kelgan vaziyatda mumkin boʻlgan choralar koʻrishga majbur, jumladan:
tadbirkorlik subyektining hisob raqamidagi mablagʻni uning ruxsatisiz olib qoʻyish;
garov predmetini undirish va taʼminot boʻyicha talablar qoʻyish (Jamgʻarma kafilligi bundan mustasno).
54. Muddatlar tugagach va mazkur Nizomning 52-bandida nazarda tutilgan barcha zarur tartib-taomillar bajarilgandan soʻng kredit shartnomasida belgilangan tartibda tijorat banki oldidagi qarz summasi qaytarilmasa tijorat banki Jamgʻarmaga quyidagilar qayd etilgan talablarni qoʻyadi:
kafillik shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami, bank va Jamgʻarma kafil boʻlgan tadbirkorlik subyekti nomi);
kafillik shartnomasi bilan taʼminlanadigan kredit shartnomasi rekvizitlari (shartnoma tuzilgan sana, raqami va boshqalar);
kredit boʻyicha asosiy qarz va hisoblangan foizlar summasiga boʻlingan talablar hajmi;
tadbirkorlik subyektining shartnoma boʻyicha bajarmagan majburiyatlari hajmi boʻyicha javobgarlikning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda, Jamgʻarmaning kafillik shartnomasi boʻyicha moliyaviy javobgarlik hajmini hisoblash;
tijorat bankining Jamgʻarma tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar oʻtkazilishi lozim boʻlgan toʻlov rekvizitlari koʻrsatilgan hisob raqami;
tijorat banki talablarini qanoatlantirish muddatlari.
55. Talab Bosh tijorat bankining vakolatli vakili tomonidan imzolanishi va tijorat banki muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
56. Ushbu talabga quyidagilar ilova qilinadi:
talabni (eʼtirozni) imzolaydigan shaxs vakolatini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi;
tadbirkorlik subyektining hisoblangan qarzi va Jamgʻarma moliyaviy masʼuliyatining hisoblangan hajmi;
tadbirkorlik subyektining tijorat banki oldida qarzdorligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
tijorat bankining tadbirkorlik subyektiga yoʻllagan talabining (eʼtirozi) nusxasi;
tijorat banki mazkur Nizomning 51-bandida qayd etilgan tadbirkorlik subyektiga nisbatan choralar koʻrgani va tegishli ishlarni amalga oshirganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Tijorat bankining Jamgʻarmaga nisbatan talabi (eʼtirozi) qayd etilgan barcha hujjatlar bosh tijorat bankining vakolatli vakili tomonidan tasdiqlanib, tijorat banki muhri bilan mustahkamlanishi lozim.
57. Jamgʻarma taqdim etilgan talabni uning berilgan kafillikka va ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqish kafillik shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
58. Jamgʻarma talablar va ilova qilingan hujjatlar kafillik shartnomasi shartlariga mos kelmagan holatlarda tijorat bankiga kafillik summasini toʻlash haqidagi talabni bajarishni rad etish huquqiga ega.
Eʼtirozlar bildirilgan taqdirda Jamgʻarma tijorat bankidan talab kelgan sanadan boshlab, uch ish kuni mobaynida tijorat bankiga mavjud barcha eʼtirozlar koʻrsatilgan xatni yuboradi.
59. Jamgʻarma eʼtirozlar bildirilmaganda tijorat banki koʻrsatgan hisob raqamga mablagʻ oʻtkazishi shart. Jamgʻarma tijorat banki talablari asosida va kafillik shartnomasiga muvofiq tijorat bankiga kreditning toʻlanmagan qismi boʻyicha kafillik shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlar summasidan oshmaydigan miqdorda mablagʻ toʻlaydi.
60. Jamgʻarma majburiyatlari u tijorat bankiga mablagʻ oʻtkazgan paytdan bajarilgan hisoblanadi.
61. Jamgʻarma kafillik boʻyicha toʻlovlarni toʻlagandan soʻng tijorat banki bilan birgalikda xarajatlarni tadbirkorlik subyektining boshqa likvid mulki hisobidan regress tartibda, jumladan, sudga murojaat qilish orqali qoplashni talab qilish huquqiga ega.
8-bob. Monitoring oʻtkazish
62. Tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan ajratilgan imtiyozli kredit va mol-mulk lizingidan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq doimiy monitoring qilib boriladi.
Kredit va lizing shartnomasiga asosan kredit va lizingdan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, tijorat banki kredit va lizing summasi, shuningdek, unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarib olishga hamda shartnomada belgilangan shartlar asosida jarima belgilashga haqlidir.
63. Manzilli roʻyxat doirasida tadbirkorlik subyektiga ajratilgan moliyaviy mablagʻlardan maqsadsiz foydalanilganligi holati aniqlansa hududiy komissiyalar, Jamgʻarmaning tuman (shahar) filiallari va tegishli tijorat banklari mazkur mablagʻlarni oʻz vaqtida toʻliq qaytarish choralarini koʻradi. Agar tadbirkorlik subyekti tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan ajratilgan moliyaviy mablagʻlarni, shuningdek yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplash rad etilgan hollarda ularni majburiy undirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq sudga murojaat qiladi.
9-bob. Yakunlovchi qoida
64. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini koʻrsatish hamda tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafilliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga olish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantirish
SXEMASI
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini koʻrsatish hamda tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafilliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida ___________ tumani (shahri)da realizatsiya qilinadigan tadbirkorlik loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r
Loyiha tashabbuskori
Loyiha nomi
Loyiha umumiy qiymati, mln.soʻm
Shundan:
Ajratiladigan bank kreditining taʼminot bilan taʼminlanganligi, shundan
Lizing obyekti
Lizing qiymati, mln.soʻm
Xizmat koʻrsatuvchi bank
Kredit /lizing ajratish muddati
Ishga tushirish muddati
Yangi ish oʻrinlari
oʻz mablagʻi, mln.soʻm
bank krediti, mln.soʻm
xorijiy investitsiyalar (ming AQSh dollari)
loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etiladigan taʼminot miqdori (foizda)
“Yoshlar —kelajagimiz” jamgʻarmasidan soʻraladigan kafillik miqdori (foizda)
1.
2.
3.
4.
5.
…
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish ___________ tuman (shahar) komissiyasi raisi
imzo
F.I.Sh.
Komissiya aʼzosi
imzo
F.I.Sh.
Komissiya aʼzosi
imzo
F.I.Sh.
Komissiya aʼzosi
imzo
F.I.Sh.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini koʻrsatish hamda tijorat banklari kreditlari boʻyicha kafilliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
“Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-avgustdagi 669-son qaroriga 3-ILOVA
Ishsiz va band boʻlmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar va mutaxassisliklarga professional oʻqitish yuzasidan qisqa muddatli kurslar sonini koʻpaytirish va sifatini oshirish boʻyicha
Mehnat bozorida ehtiyoj yuqori boʻlgan ishchi kasblar (mutaxassisliklar)ni aniqlash.
Hududlar boʻyicha joriy, yaqin, oʻrta va uzoq istiqboldagi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunar ixtisosliklarini aniqlash. Bunda quyidagilarni hisobga olish:
1. Mavjud xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi boʻsh (boʻshaydigan) ish oʻrinlari;
2. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida ishga tushiriladigan loyihalarda yaratiladigan ish oʻrinlari;
3. Milliy hunarmandchilik boʻyicha “Usta-shogird” anʼanasi asosida oʻqitish yoʻnalishlari va hajmi;
4. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining chet ellik ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq talab etiladigan mutaxassislik (ishchi kasb)lar;
5. Norasmiy sektor va iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi mutaxassis (kasb)larga boʻlgan talab.
2018-yil
avgust
oyidan
boshlab doimiy
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
—
—
2.
Ishsiz va band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari sonini va sifatini oshirish maqsadida nodavlat taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish hamda ularni moliyalashtirishni kengaytirish.
1. Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan, zamonaviy texnika va texnologiyalar, oʻquv dasturlari asosida oʻqitish imkoniyatiga hamda boshqa zarur shar�-sharoitlarga ega boʻlgan nodavlat taʼlim muassasalari bilan oʻzaro natijaga yoʻnaltirilgan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;
2. Hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan mazkur taʼlim muassasalarida mavjud taʼlim yoʻnalishlari, muddatlari va ixtisosliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlarning keng ommasiga yetkazish boʻyicha choralar koʻrish;
3. Hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida yuborilgan ishsizlarni, shu jumladan yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketgan xarajatlarni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirishni kengaytirish.
doimiy
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi
Shartnomaga muvofiq
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
3.
Hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida ishga joylashtirilgan yoxud kasbga oʻqitishga yoʻnaltirilgan aholini ijtimoiy zaif qatlami, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari va ogʻir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish.
1. Aholini ijtimoiy zaif qatlamiga mansub shaxslarni kasbga oʻqitishni qoʻllab-quvvatlashni belgilab beruvchi tartib ishlab chiqish, bunda quyidagilarni inobatga olish:
a) hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida ishga joylashtirilgan aholini ijtimoiy zaif qatlami, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari va ogʻir turmush sharoitida yashayotgan ayollarni ish beruvchi tomonidan ularni malakasini oshirishga ketadigan xarajatlarni eng kam oylik ish haqining 3 barobarigacha boʻlgan qismini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan bir martalik subsidiya sifatida moliyalashtirishni tashkil etish.
b) hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlaridan roʻyxatdan oʻtgan ishsizlar, ayniqsa kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida kasb-hunar taʼlimi muassasalariga grant ajratish.
2018-yil
sentyabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi, Kasb-hunar
taʼlimi markazi
Talabdan kelib chiqib
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
4.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi 14 ta kasb-hunar kollejlari bazasida xorijiy tajriba va mehnat bozori talablaridan kelib chiqib ishsiz va band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta t�yyorlash va malakasini oshirish boʻyicha kurslarni oʻz ichiga olgan zamonaviy markazlarni tashkil etish.
1. Ichki va tashqi mehnat bozoridagi ehtiyoj tahlili hamda hudud xususiyatini inobatga olgan holda kasb-hunar kollejlari bazasida tashkil etiladigan ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻqitiladigan kasb (mutaxassislik)lar roʻyxatini shakllantirish;
2. Belgilab olingan ixtisosliklar boʻyicha kasb-hunar kollejlarining mavjud imkoniyatlari (ustaxona va jihozlar, yotoqxona va moddiy-texnika bazasining holati, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining mavjudligi)ni xatlovdan oʻtkazish hamda qoʻshimcha talab etiladigan jihoz va zarur vositalar, qurilish va taʼmirlash ishlari hamda boshqa kerakli shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan taklif ishlab chiqish;
3. Ushbu kasb-hunar kollejlari bazasida amaldagi taʼlimga xalaqit bermagan holda ishsiz va band boʻlmagan aholini, shu jumladan yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishni nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqish.
2019-yil
fevral
2019-yil
mart
2019-yil
iyun
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasb-hunar
taʼlimi markazi
Loyiha smeta hujjatlari asosida
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi
5.
Eng yaxshi kasb-hunar taʼlimi muassasasi respublika tanlovi oʻtkazish.
1. Eng yaxshi kasb-hunar taʼlimi muassasasi respublika tanlovini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
2. Mazkur tanlovni tashkil etish, oʻtkazish va gʻoliblarni qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlash;
3. Gʻoliblar tomonidan joylarda master-klasslar tashkil etish.
2018-yil
oktyabr
har oʻquv
yilida
doimiy
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasb-hunar
taʼlimi markazi
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasida belgilanadi
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari,
homiylar mablagʻlari
6.
Ishchilarni malaka darajasi, kompetetligi va koʻnikmalarini baholashning milliy tizimini joriy etish.
1. Malaka darajasi, kompetetlik va koʻnikmalarini baholashning milliy tizimi faoliyati tartibini belgilab beruvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini malaka darajasini baholash xizmatini koʻrsatuvchi subyektlarni akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha masʼul organ sifatida belgilash.
2. Tasdiqlangan malaka darajasiga ega boʻlgan shaxslar milliy reyestri internet-saytini yaratish;
3. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshida kasb-malaka darajasi va kompetentlik boʻyicha Kengash tashkil etish;
4. Mazkur tizimni xorij tajribasi asosida takomillashtirib borish boʻyicha amaliy koʻrish.
2019-yil
yanvar
2019-yil
yanvar
2019-yil
yanvar
doimiy
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Kasb-hunar taʼlimi markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi
Loyiha smeta hujjatlari asosida
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari, Xalqaro kredit va grantlar
7.
Ish bilan band boʻlmagan yoshlarning kasb-hunarga xohishini va mehnat yoʻnalishlarini aniqlash uchun ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil etish.
1. Ishchi guruhini shakllantirish va ijtimoiy tadqiqot uchun soʻrovnoma ishlab chiqish;
2. Ijtimoiy tadqiqot oʻtkazish reja jadvalini ishlab chiqish;
3. Ijtimoiy tadqiqot oʻtkazish va yakuniy xulosalarni ishlab chiqish;
4. Tadqiqot yakunlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish
2018-yil
oktyabr 2018-yil
noyabr
har yili tadqiqot
yakunidan
soʻng
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
vazirlik va idoralar
Loyiha smeta hujjatlari asosida
Ijrochilar
mablagʻlari
8.
Yoshlar bandligini taʼminlashga, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirishga qaratilgan tarqatma materiallar (flayer, broshyuralar) chop etish va hududlarga tarqatish
1. Yoshlar bandligini taʼminlashga, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish va tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirishga qaratilgan amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish;
2. Oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi, kengaytirmoqchi boʻlgan yoshlar uchun amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq berilgan barcha imtiyozlarni umumlashtirish;
3. Ushbu jamlanma maʼlumotlarni hududlardagi yoshlarning ke�g ommasiga va ish beruvchilarga yetkazish uchun sodda va qulay boʻlgan infografikalar, taqdimot materiallari va qisqa videoroliklar ishlab chiqish;
4. Tayyorlangan maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa targʻibot tadbirlari orqali yoshlar va ish beruvchilarga yetkazish.
2018-yil
oktyabr
2018-yil
noyabr
2018-yil
dekabr
doimiy
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,
Savdo-sanoat palatasi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Loyiha smeta hujjatlari asosida
Ijrochilar
mablagʻlari
9.
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida imtiyozli kredit asosida moliyalashtiriladigan loyiha egalari (yosh tadbirkorlar) uchun tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslari tashkil etish.
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazidagi Yoshlar markazlarida internetga ulangan kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan oʻquv xonalarini tashkil etish;
2. Muayyan ish oʻrniga ega boʻlmagan, tadbirkorlik faoliyatini yuritish istagida boʻlgan ishsiz yoshlarni Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi va Savdo-sano�t palatasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Tadbirkorlik asoslari” oʻquv kurslariga jalb qilish;
3. “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlikning turli yoʻnalishlari boʻyicha maxsus professional oʻquv kurslarida (parrandachilik, baliqchilik, sartaroshlik, xizmat koʻrsatish va h.k.) oʻqitish hamda mazkur kurslarni tashkil etish uchun oliy taʼlim muassasalarining, kasb-hunar kollejlarining oʻqituvchilarini, amaliyotchi-mutaxassislarni, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlarni va chet ellik mutaxassislarni jalb etishni yoʻlga qoʻyish;
4. Oʻquv kursini tamomlagan yoshlarni Direktor.uz onlayn platformasi orqali “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savodxonligini oshirish” kurslarida oʻqitish;
5. Direktor.uz onlayn platformasi orqali “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savodxonligini oshirish” kurslarida oʻz malakasini oshirgan yoshlarni bilimini tegishli onlayn sertifikatlash imtihonidan oʻtkazish.
2018-yil
dekabr
2019-yildan boshlab
doimiy
doimiy
doimiy
oʻquv
kurslaridan
soʻng
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,
Savdo-sanoat palatasi,
Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi, Markaziy bank
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasida belgilanadi
Ijrochilar
mablagʻlari
* Tasdiqlangan smeta xarajatlari, tuzilgan shartnoma va boshqa sabablarga muvofiq ajratiladigan mablagʻlar miqdori va moliyalashtirish manbalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.