|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼullar |
Sarflanadigan mablagʻ miqdori* |
Moliyalash-tirish manbalari | |
|
1. |
Mehnat bozorida ehtiyoj yuqori boʻlgan ishchi kasblar (mutaxassisliklar)ni aniqlash. |
Hududlar boʻyicha joriy, yaqin, oʻrta va uzoq istiqboldagi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunar ixtisosliklarini aniqlash. Bunda quyidagilarni hisobga olish: 1. Mavjud xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi boʻsh (boʻshaydigan) ish oʻrinlari; 2. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida ishga tushiriladigan loyihalarda yaratiladigan ish oʻrinlari; 3. Milliy hunarmandchilik boʻyicha “Usta-shogird” anʼanasi asosida oʻqitish yoʻnalishlari va hajmi; 4. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining chet ellik ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq talab etiladigan mutaxassislik (ishchi kasb)lar; 5. Norasmiy sektor va iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi mutaxassis (kasb)larga boʻlgan talab. |
2018-yil avgust oyidan boshlab doimiy |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, |
— |
— |
|
2. |
Ishsiz va band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari sonini va sifatini oshirish maqsadida nodavlat taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish hamda ularni moliyalashtirishni kengaytirish. |
1. Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan, zamonaviy texnika va texnologiyalar, oʻquv dasturlari asosida oʻqitish imkoniyatiga hamda boshqa zarur shar�-sharoitlarga ega boʻlgan nodavlat taʼlim muassasalari bilan oʻzaro natijaga yoʻnaltirilgan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish; 2. Hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan mazkur taʼlim muassasalarida mavjud taʼlim yoʻnalishlari, muddatlari va ixtisosliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlarning keng ommasiga yetkazish boʻyicha choralar koʻrish; 3. Hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida yuborilgan ishsizlarni, shu jumladan yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketgan xarajatlarni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirishni kengaytirish. |
doimiy |
Bandlik Moliya vazirligi |
Shartnomaga muvofiq |
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi |
|
3. |
Hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida ishga joylashtirilgan yoxud kasbga oʻqitishga yoʻnaltirilgan aholini ijtimoiy zaif qatlami, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari va ogʻir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish. |
1. Aholini ijtimoiy zaif qatlamiga mansub shaxslarni kasbga oʻqitishni qoʻllab-quvvatlashni belgilab beruvchi tartib ishlab chiqish, bunda quyidagilarni inobatga olish: a) hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida ishga joylashtirilgan aholini ijtimoiy zaif qatlami, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari va ogʻir turmush sharoitida yashayotgan ayollarni ish beruvchi tomonidan ularni malakasini oshirishga ketadigan xarajatlarni eng kam oylik ish haqining 3 barobarigacha boʻlgan qismini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan bir martalik subsidiya sifatida moliyalashtirishni tashkil etish. b) hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlaridan roʻyxatdan oʻtgan ishsizlar, ayniqsa kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida kasb-hunar taʼlimi muassasalariga grant ajratish. |
2018-yil sentyabr |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, taʼlimi markazi |
Talabdan kelib chiqib |
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi |
|
4. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi 14 ta kasb-hunar kollejlari bazasida xorijiy tajriba va mehnat bozori talablaridan kelib chiqib ishsiz va band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta t�yyorlash va malakasini oshirish boʻyicha kurslarni oʻz ichiga olgan zamonaviy markazlarni tashkil etish. |
1. Ichki va tashqi mehnat bozoridagi ehtiyoj tahlili hamda hudud xususiyatini inobatga olgan holda kasb-hunar kollejlari bazasida tashkil etiladigan ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻqitiladigan kasb (mutaxassislik)lar roʻyxatini shakllantirish; 2. Belgilab olingan ixtisosliklar boʻyicha kasb-hunar kollejlarining mavjud imkoniyatlari (ustaxona va jihozlar, yotoqxona va moddiy-texnika bazasining holati, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining mavjudligi)ni xatlovdan oʻtkazish hamda qoʻshimcha talab etiladigan jihoz va zarur vositalar, qurilish va taʼmirlash ishlari hamda boshqa kerakli shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan taklif ishlab chiqish; 3. Ushbu kasb-hunar kollejlari bazasida amaldagi taʼlimga xalaqit bermagan holda ishsiz va band boʻlmagan aholini, shu jumladan yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishni nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqish. |
2019-yil fevral
mart
iyun |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, taʼlimi markazi |
Loyiha smeta hujjatlari asosida |
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi |
|
5. |
Eng yaxshi kasb-hunar taʼlimi muassasasi respublika tanlovi oʻtkazish. |
1. Eng yaxshi kasb-hunar taʼlimi muassasasi respublika tanlovini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish; 2. Mazkur tanlovni tashkil etish, oʻtkazish 3. Gʻoliblar tomonidan joylarda master-klasslar tashkil etish. |
2018-yil oktyabr har oʻquv yilida
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, taʼlimi markazi |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasida belgilanadi |
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylar mablagʻlari |
|
6. |
Ishchilarni malaka darajasi, kompetetligi va koʻnikmalarini baholashning milliy tizimini joriy etish. |
1. Malaka darajasi, kompetetlik va koʻnikmalarini baholashning milliy tizimi faoliyati tartibini belgilab beruvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini malaka darajasini baholash xizmatini koʻrsatuvchi subyektlarni akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha masʼul organ sifatida belgilash. 2. Tasdiqlangan malaka darajasiga ega boʻlgan shaxslar milliy reyestri internet-saytini yaratish; 3. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshida kasb-malaka darajasi va kompetentlik boʻyicha Kengash tashkil etish; 4. Mazkur tizimni xorij tajribasi asosida takomillashtirib borish boʻyicha amaliy koʻrish. |
2019-yil yanvar
yanvar
yanvar
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi |
Loyiha smeta hujjatlari asosida |
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari, |
|
7. |
Ish bilan band boʻlmagan yoshlarning kasb-hunarga xohishini va mehnat yoʻnalishlarini aniqlash uchun ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil etish. |
1. Ishchi guruhini shakllantirish va ijtimoiy tadqiqot uchun soʻrovnoma ishlab chiqish; 2. Ijtimoiy tadqiqot oʻtkazish reja jadvalini ishlab chiqish; 3. Ijtimoiy tadqiqot oʻtkazish va yakuniy xulosalarni ishlab chiqish; 4. Tadqiqot yakunlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish |
2018-yil oktyabr noyabr har yili yakunidan soʻng |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, vazirlik va idoralar |
Loyiha smeta hujjatlari asosida |
Ijrochilar mablagʻlari |
|
8. |
Yoshlar bandligini taʼminlashga, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirishga qaratilgan tarqatma materiallar (flayer, broshyuralar) chop etish va hududlarga tarqatish |
1. Yoshlar bandligini taʼminlashga, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish va tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirishga qaratilgan amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish; 2. Oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi, kengaytirmoqchi boʻlgan yoshlar uchun amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq berilgan barcha imtiyozlarni umumlashtirish; 3. Ushbu jamlanma maʼlumotlarni hududlardagi yoshlarning ke�g ommasiga va ish beruvchilarga yetkazish uchun sodda va qulay boʻlgan infografikalar, taqdimot materiallari va qisqa videoroliklar ishlab chiqish; 4. Tayyorlangan maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa targʻibot tadbirlari orqali yoshlar va ish beruvchilarga yetkazish. |
2018-yil oktyabr
noyabr
dekabr
|
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik |
Loyiha smeta hujjatlari asosida |
Ijrochilar mablagʻlari |
|
9. |
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida kredit asosida moliyalashtiriladigan loyiha egalari (yosh tadbirkorlar) uchun tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslari tashkil etish. |
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazidagi Yoshlar markazlarida internetga ulangan kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan oʻquv xonalarini tashkil etish; 2. Muayyan ish oʻrniga ega boʻlmagan, tadbirkorlik faoliyatini yuritish istagida boʻlgan ishsiz yoshlarni Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Tadbirkorlik asoslari” oʻquv kurslariga jalb qilish; 3. Tadbirkorlikning turli yoʻnalishlari boʻyicha maxsus professional oʻquv kurslarida (parrandachilik, baliqchilik, sartaroshlik, xizmat koʻrsatish va h.k.) oʻqitish hamda mazkur kurslarni tashkil etish uchun oliy taʼlim muassasalarining, kasb-hunar kollejlarining oʻqituvchilarini, amaliyotchi-mutaxassislarni, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlarni va chet ellik mutaxassislarni jalb etishni yoʻlga qoʻyish;4. Oʻquv kursini tamomlagan yoshlarni Direktor.uz onlayn platformasi orqali “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savodxonligini oshirish” kurslarida oʻqitish; 5. Direktor.uz onlayn platformasi orqali “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savodxonligini oshirish” kurslarida oʻz malakasini oshirgan yoshlarni bilimini tegishli onlayn sertifikatlash imtihonidan oʻtkazish. |
2018-yil dekabr
doimiy
kurslaridan soʻng |
Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi, Markaziy bank |
Tashkiliy chora-tadbirlar reja sida belgilanadi |
Ijrochilar mablagʻlari |