1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.01.00 Umumiy masalalar. Saylash tartibi. Vakolatlarning tugashi]
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish chogʻida — u qasamyod qabul qilganidan soʻng;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi sessiyalarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlislarining ochilishi hamda yopilishi chogʻida;
3) Oʻzbekiston Respublikasida nishonlanadigan umummilliy bayramlarga bagʻishlangan tantanali yigʻilishlar va majlislarning ochilishi chogʻida;
4) davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyalari tomonidan har kuni — koʻrsatuv va eshittirishlar boshlanishidan avval va tugaganidan soʻng, koʻrsatuv va eshittirishlar kechayu kunduz olib borilganida esa soat 6 da va soat 24 da, yangi yil kechasida — soat 24 da;
5) respublika hayotidagi muhim tarixiy voqealarni nishonlash yuzasidan, atoqli siyosiy, davlat, harbiy arboblar, xalq qahramonlari, fan, adabiyot va sanʼat arboblari sharafiga oʻrnatilgan haykallar, shuningdek monumentlar, yodgorliklar va boshqa inshootlarning ochilishi chogʻida;
6) davlat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan marosimlar va boshqa tantanali tadbirlar vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini koʻtarish chogʻida;
7) rasmiy safar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarini kutib olish va kuzatish chogʻida — tegishli xorijiy davlatning davlat madhiyasi ijro qilib boʻlinganidan keyin;
8) harbiy marosimlarni oʻtkazish vaqtida — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq;
9) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida — yangi oʻquv yili boshlanishi va oʻquv yili tugashi marosimlari chogʻida;
10) sport maydonlarida — Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining Oʻzbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari boʻlgan gʻoliblarini mukofotlash marosimlarini oʻtkazish vaqtida ijro etiladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat taʼminlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ijro etilishi mumkin.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
5-modda.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi orkestr, xor, ham orkestr ham xor tomonidan yoki oʻzga vokal va cholgʻu asboblari bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish vositalaridan foydalanilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal hamda vokal-cholgʻu asboblari bilan ijro etilgan taqdirda toʻliq ijro etiladi, cholgʻu asboblarining oʻzida ijro etilgan taqdirda esa madhiya qisman ijro etilishiga yoʻl qoʻyiladi — ashulaning boshlanishi va naqorat bir martadan aytiladi.
6-modda.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi madhiyaning ushbu Qonun bilan tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilmogʻi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi koʻpchilik huzurida ijro etilganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, hozir boʻlgan kishilar madhiyani tik turib va oʻng qoʻl kaftini koʻkrakning chap tomoniga qoʻyib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qoʻlini bosh kiyimiga qoʻyib tinglaydi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining koʻtarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, hozir boʻlgan kishilar unga yuzi bilan buriladi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
8-modda.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.03.00.00 Qurolli Kuchlar / 15.03.06.00 Garnizon xizmati. Harbiy marosimlar;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
harbiy qismlarda, harbiy kemalarda ijro etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda harbiy xizmatchilarning harbiy salom berishi — harbiy ustavlar bilan;
(8-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
ichki ishlar idoralarida ijro etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda ichki ishlar idoralarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibidan boʻlgan shaxslarning salom berishi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilab qoʻyadigan qoidalar bilan;
(8-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
taʼlim muassasalarida ijro etish — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib turib belgilab qoʻyadigan qoidalar bilan tartibga solinadi.
(8-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida respublika va xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib turib belgilab qoʻyadigan qoidalarga muvofiq ijro etiladi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish marosimi xalqaro sport tashkilotlarining mavjud amaliyotini inobatga olgan holda belgilanadi.
10-modda.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
Xorijiy davlatlar hududida Oʻzbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari oʻtkazadigan tadbirlar vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi oʻsha mamlakat tajribasi va mahalliy urf-odatlarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi belgilab qoʻyadigan qoidalarga muvofiq ijro etiladi.
Ichki ishlar idoralarida, taʼlim muassasalarida, sport musobaqalari vaqtida, shuningdek xorijiy davlatlar hududida Oʻzbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari tegishli tadbirlar oʻtkazgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish qoidalari ushbu Qonun talablariga asoslanib belgilanadi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek Oʻzbekistonda turgan boshqa shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini hurmat qilishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 10-dekabr,
№ 768-XII
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 52-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2010-y., 51-son, 484-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)