1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida respublika va xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 3-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2533]
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 52-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida respublika va xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir M. XODJIMATOV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-dekabr,
1256-son
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2013-yil 3-dekabrdagi 1256-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida respublika va xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 52-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 373-modda) “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida respublika va xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini (bundan buyon matnda Davlat madhiyasi deb yuritiladi) ijro etish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida Davlat madhiyasining ijro etilishi musobaqa tashkilotchilari tomonidan taʼminlanadi. Bunda sport musobaqalari deganda, musobaqaning gʻolibi va sovrindorlarini aniqlash maqsadida sportning har xil turlari boʻyicha sportchilar yoki sport jamoalari oʻrtasida oʻtkaziladigan bellashuv tushuniladi.
2. Davlat madhiyasi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilishi lozim.
3. Sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida Davlat madhiyasini qisqartirib ijro etilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda Davlat madhiyasining boshlanishi va naqorat bir martadan aytiladi.
II bob. Davlat madhiyasini ijro etish
4. Davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining Oʻzbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari boʻlgan gʻoliblarini mukofotlash marosimlarini oʻtkazish vaqtida ijro etiladi.
5. Davlat madhiyasi tik turib va oʻng qoʻl kaftini koʻkrakning chap tomoniga qoʻyib davlat bayrogʻiga yuzini burgan holda kuylanadi (tinglanadi).
6. Xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish marosimi xalqaro sport tashkilotlarining mavjud amaliyotini inobatga olgan holda belgilanadi.
7. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
8. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2013-yil 29-noyabr
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
2013-yil 29-noyabr
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 29-noyabr
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2013-yil 29-noyabr
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2013-yil 29-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 639-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)