1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZAGROMAShSERVIS” UYuShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 17-noyabrdagi PF–4857-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 16-noyabrdagi PQ–2658-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzqishloqxoʻjalik-taʼminot tuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasini “Oʻzagromashservis” uyushmasi etib oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2000-yil 31-oktabrdagi PF-2741-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzagromashservis” uyushmasi muassislari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq, shuningdek, uyushmaning tashkiliy tuzilmasi va ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining “Oʻzagromashservis” uyushmasi tarkibiga kirmagan 4-ilovaga muvofiq qurilish va boshqa korxonalari mahalliy hokimliklar tasarrufiga berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 4-ilovada koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan bundan buyon amalda foydalanishning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqsinlar.
2. “Oʻzagromashservis” uyushmasi ijro etuvchi apparati xodimlari cheklangan sonining 45 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat boʻlishiga rozilik berilsin. “Oʻzagromashservis” uyushmasi raisining bir nafar oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzagromashservis” uyushmasi boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosari muassislarning umumiy majlisida saylanadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tasdiqlanadilar.
“Oʻzagromashservis” uyushmasi boshqaruvi raisiga zarurat boʻlganda uyushma ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Uyushma boshqaruvi raisi maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
3. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 31-oktabrdagi PF-2741-son Farmoniga muvofiq mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari tashkil etiladi. Shu munosabat bilan “Agromashservis” aksiyadorlik jamiyatlarining Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar birlashmalari, shuningdek “Maxsustaʼmirlashsozlash” respublika ishlab chiqarish birlashmasi belgilangan tartibda tugatiladi;
uyushmaning ijro etuvchi apparati taʼminoti mashina-traktor parklari hududiy birlashmalarining, uyushma muassislari boʻlgan boshqa korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobiga shartnoma asosida, shuningdek oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Quyidagilarga:
“Agrotextaʼmir” birlashmasi tarkibiga kiruvchi ixtisoslashgan taʼmirlash korxonalari roʻyxatiga 5-ilovaga muvofiq;
mashina-traktor parklari hududiy birlashmasi va davlat aksiyadorlik mashina-traktor parki ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmalariga 6 va 7-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Mashina-traktor parklari Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar birlashmalari rahbarlari belgilangan tartibda aksiyadorlar majlislarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda saylanadilar.
5. Belgilansinki, mashina-traktor parklari hududiy birlashmalarining ustav jamgʻarmasi ularga:
tugatilayotgan “Agromashservis” aksiyadorlik jamiyatlari Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar birlashmalari mulkini berish;
mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining ular ustav jamgʻarmasining 10 foizigacha miqdordagi davlatga tegishli aksiyalarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari qolgan paketlarining joylashtirilmagan qismini berish yoʻli bilan shakllantiriladi.
Belgilab qoʻyilsinki, mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari aksiyalarining 51 foizi davlat ixtiyorida qoladi, 10 foizgachasi — mehnat jamoalariga sotiladi, qolgan qismi esa erkin ravishda, shu jumladan xorijiy investorlarga sotiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi 2000-yil 1-dekabrgacha:
mashina-traktor parklari aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini mashina-traktor parklari hududiy birlashmalariga ishonchli boshqaruvga belgilangan tartibda berishni amalga oshirsin;
“Oʻzagromashservis” uyushmasi bilan birgalikda “Oʻzagromashservis” uyushmasi, mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari, “Mashina-traktor parki” davlat-aksiyadorlik jamiyati ustavlarini belgilangan tartibda ishlab chiqishni va tasdiqlashni taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzagromashservis” uyushmasining:
aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha 1998-1999-yillar uchun hisoblab yozilgan va mashina-traktor parklari tomonidan toʻlanmagan 647,7 mln soʻm miqdoridagi dividendlarni;
mashina-traktor parklari va ular hududiy birlashmalari aksiyalarining davlat ulushi boʻyicha 2000-2004-yillar uchun hisoblab yoziladigan dividendlarni import qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olish uchun jalb etilgan xorijiy kreditlarni toʻlashga maqsadli yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzagromashservis” uyushmasi korxonalari va tashkilotlariga qarashli ijtimoiy infratuzilma obyektlarining 2001-yil 1-yanvardagi holati boʻyicha tuman (shahar)lar hokimliklari balansiga qabul qilib olinishini 2001-yil 1-iyulgacha taʼminlasinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 28-apreldagi 172-son qarorining qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilishga doir qismining amal qilishi mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari tarkibiga kiruvchi taʼmirlash zavodlariga tatbiq etilsin.
12. “Oʻzagromashservis” uyushmasi apparati Toshkent shahar, Abay koʻchasidagi 4 “A”-uyga joylashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi mazkur binoni belgilangan tartibda “Oʻzagromashservis” uyushmasiga sotsinlar.
Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasida oʻrnatilgan barcha aloqa turlarini “Oʻzagromashservis” uyushmasida qoldirsin.
13. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-maydagi 119-son va 1991-yil 16-iyuldagi 188-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 9-noyabr,
438-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 9-noyabrdagi 438-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzagromashservis” uyushmasi muassislari
ROʻYXATI
1.Mashina-traktor parklari Qoraqalpogʻiston respublika birlashmasi AJ
2.Mashina-traktor parklari Andijon viloyati birlashmasi AJ
3.Mashina-traktor parklari Buxoro viloyati birlashmasi AJ
4.Mashina-traktor parklari Jizzax viloyati birlashmasi AJ
5.Mashina-traktor parklari Qashqadaryo viloyati birlashmasi AJ
6.Mashina-traktor parklari Navoiy viloyati birlashmasi AJ
7.Mashina-traktor parklari Namangan viloyati birlashmasi AJ
8.Mashina-traktor parklari Samarqand viloyati birlashmasi AJ
9.Mashina-traktor parklari Surxondaryo viloyati birlashmasi AJ
10.Mashina-traktor parklari Sirdaryo viloyati birlashmasi AJ
11.Mashina-traktor parklari Toshkent viloyati birlashmasi AJ
12.Mashina-traktor parklari Fargʻona viloyati birlashmasi AJ
13.Mashina-traktor parklari Xorazm viloyati birlashmasi AJ
14. “Taʼminotchi-Xizmatchi” AJ
15. “Agrotaʼminot-B.S” AJ
16. “Ozodlik” AJ
17. “Taʼminotchi-Paxta” AJ
18.Oʻzbekiston davlat qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash markazi