

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;09.11.2000
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2329004" id="-2329004">Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2329005" id="-2329005">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2329006" id="-2329006">Oʻzbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2329007" id="-2329007"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-2329298" id="-2329298">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 9-noyabrdagi 438-sonli “Oʻzagromashservis” uyushmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-385203?ONDATE=09.11.2000 00#-758801">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329008" id="-2329008">Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329009" id="-2329009">Oʻzbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi (“Oʻzselxozsnabremont”) toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan <a href="/mact/-2329002#-2329018">Nizom</a> tasdiqlansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2329010" id="-2329010">Oʻzbekiston SSJ Vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2329011" id="-2329011">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2329012" id="-2329012">1991-yil 16-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2329013" id="-2329013">188-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2329014" id="-2329014"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2329015" id="-2329015">Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 16-iyuldagi 188-sonli <a href="/mact/-2329002">qarori</a> bilan <br />TASDIQLANGAN</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2329017" id="-2329017">Oʻzbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi (“Uzselxozsnabremont”) toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2329018" id="-2329018"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2329019" id="-2329019"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329024" id="-2329024">1. Oʻzbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi (“Uzselxozsnabremont”) Oʻzbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 15-apreldagi <a href="/mact/-225819">Farmoniga</a> va Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-maydagi 119-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329025" id="-2329025">2. “Uzselxozsnabremont” jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksiga kiruvchi davlat boshqaruvining jumhuriyat organi hisoblanadi va Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329026" id="-2329026">“Uzselxozsnabremont” oʻz faoliyatida SSJI qonunlariga, SSJI xalq deputatlari syezdining va SSJI Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston SSJ qonunlariga, Oʻzbekiston SSJ Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, SSJI Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ aktlarga amal qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329027" id="-2329027">“Uzselxozsnabremont” tizimining faoliyati paychilarning yakka tartibda va jamoa boʻlib aʼzo boʻlishi, kooperativ, davlat, qoʻshma, ijara, xususiy va jamoat tashkilotlari, korxonalari hamda jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksi sohasida yakka tartibdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy qatnashuvi asoslarida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329028" id="-2329028">3. “Uzselxozsnabremont” yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida oʻzining mustaqil va yigʻma balanslariga, hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlariga ega boʻladi, qatnashuvchi korxonalarning, ijara va qonunda koʻzda tutilgan boshqa mulkchilik turlarining kollektiv mulkchiligi huquqida oʻz mulkiga, Oʻzbekiston SSJ Davlat gerbi tasvirlangan hamda oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga, shtamplarga, xos ish qogʻozlariga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329029" id="-2329029">4. “Uzselxozsnabremont”ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329030" id="-2329030">ittifoq rejalashtiruvchi organlari, OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi markazlashgan tartibda taqsimlaydigan mahsulotga ehtiyojni aniqlash va resurslar olish, isteʼmolchilarning yetkazib beruvchilarga birkitib qoʻyilishini taʼminlash, dehqonchilik-sanoat kompleksining isteʼmolchilariga qaror topgan xoʻjalik aloqalari boʻyicha mahsulot yetkazib berish yuzasidan shartnomalarni tuzishda yordam koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329031" id="-2329031">oʻzaro mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida hukumatlararo bitimlarni tuzishga materiallar tayyorlash va unda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329032" id="-2329032">ishlab chiqarish vositalari bozorining shakllanishiga, mollarning maqbul harakatiga, savdo-vositachilik va tijorat faoliyatini, marketingni rivojlantirishga, kichik korxonalar, tashqi savdo tashkilotlari va qoʻshma korxonalarning shoxobchalarini, kichik ulgurji, vositachilik va chakana savdo magazinlarini, tijorat banklarini, tovar birjalarini, aksionerlik va sugʻurta jamiyatlarini tashkil etishga har tomonlama yordam berish, dehqonchilik-sanoat kompleksi isteʼmolchilariga xizmat koʻrsatish uchun ulgurji yarmarkalar va auksionlar tashkil etish, qishloq xoʻjaligi korxonalari va yetkazib beruvchi korxonalar oʻrtasida vositachilik barter operatsiyalarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329034" id="-2329034">kolxozlarga, sovxozlarga hamda jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksining boshqa korxonalari va tashkilotlariga, yordamchi xoʻjaliklarga, shuningdek fuqarolarning ijara va shaxsiy xoʻjaliklariga traktorlarni, avtomobillarni, qishloq xoʻjaligi va melioratsiya mashinalarini, asbob-uskunalarni, materiallarni, maxsus kiyim-kechak va poyafzallarni, yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, qurilish va boshqa maqsadlar uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika vositalarini oʻz vaqtida va toʻla yetkazib berishni tashkil etish, xoʻjaliklarni koʻrsatilgan moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlashning ilgʻor shakllari va usullarini tashkil etish hamda joriy qilishni takomillashtirish, oʻz moddiy-texnika bazasini va tovar yetkazib berish shoxobchalarini rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329035" id="-2329035">dehqonchilik-sanoat kompleksi korxonalari va tashkilotlarining ijtimoiy va ishlab chiqarish maqsadlarida koʻrilayotgan va qayta barpo etilayotgan obyektlarini shartnoma asosida buyumlar va asbob-uskunalar bilan butlashni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329037" id="-2329037">jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksining resurs potensialidan va rezervidan foydalangan holda moddiy-texnika vositalarining almashlash fondini shakllantirish, bozorni barqarorlashtirish fondini barpo etishda qatnashish, isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida qaror topgan ishlab chiqarish va xoʻjalik aloqalarini saqlab qolish va rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329038" id="-2329038">shartnoma asoslarida kolxozlarga, sovxozlarga hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek fuqarolarning ijara va shaxsiy xoʻjaliklariga tegishli boʻlgan traktorlarni, avtomobillarni, kombaynlarni, boshqa murakkab qishloq xoʻjaligi mashinalarini, ularning dvigatellari, uzellari va agregatlarini, sugʻorish texnikasini, asbob-uskunalarni, chorvachilik fermalari va komplekslarini, metall qirqish dastgohlarini, elektr dvigatellarini, nazorat-oʻlchov asboblarini, avtomatlashtirish vositalarini, energetika qurilmalarini tuzatishni va ularga texnika xizmati koʻrsatishni tashkil etish, kafolat muddati davrida ishdan chiqqan sotilgan qishloq xoʻjaligi texnikasi va chorvachilik asbob-uskunalarini tuzatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329040" id="-2329040">iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish koʻrsatkichlarini bajarish, davlat intizomiga qattiq rioya qilinishini taʼminlash, asosiy fondlardan, mehnat, yoqilgʻi-energetika, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan, kapital mablagʻlardan oqilona va samarali foydalanish, qurilish qiymatini pasaytirish va muddatlarini qisqartirish, asosiy fondlarni oʻz vaqtida ishga tushirish, shuningdek ishlab chiqarish quvvatlarini normativ muddatlarda oʻzlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329041" id="-2329041">qoʻmita tashkilotlari va korxonalarida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, baxtsiz hodisalar, yoʻl-transport hodisalarining va yoʻl harakati qoidalari buzilishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329042" id="-2329042">avtomobillar, qishloq xoʻjaligi mashinalarining yaroqsiz holga kelgan detallari, uzellari va agregatlarini yigʻishni va tiklashni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329043" id="-2329043">shartnoma boʻyicha koʻrilayotgan, qayta barpo etilayotgan chorvachilik, parrandachilik, teplitsa komplekslarida va dehqonchilik-sanoat kompleksining boshqa ishlab chiqarish obyektlarida ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish uchun texnologiya, yordamchi, energetika va ventilyatsiya asbob-uskunalarini, nazorat-oʻlchov asboblarini va avtomatlashtirish vositalarini, ishga tushirish-sozlash ishlarini, shuningdek ichki va yoritish elektr priborlari va ishga tushirish-boshqarish apparatlarini montaj qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329044" id="-2329044">5. “Uzselxozsnabremont” oʻzining asosiy vazifalariga muvofiq:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329045" id="-2329045">dehqonchilik va chorvachilik uchun yangi texnikani ishlab chiqarish va yaratish boʻyicha ehtiyojni oʻrganadi, takliflarni umumlashtiradi, ularga buyurtmalarni tuzadi, shuningdek qishloqda fan va texnika yutuqlarini joriy qilish, oʻz tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, tarmoq fanining samaradorligini oshirish, uning ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash ishlarini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329046" id="-2329046">oʻz transport korxonalarining kuchlari bilan kolxozlarga, sovxozlarga hamda dehqonchilik-sanoat kompleksining boshqa korxonalari va tashkilotlariga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329048" id="-2329048">xorijiy firmalar bilan tashqi-iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan, barter ayirboshlash funksiyalarini belgilangan tartibda amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329049" id="-2329049">qishloq xoʻjaligi texnikasini tuzatish, ularga texnika xizmati koʻrsatish va saqlashni, shuningdek neft-ombor xoʻjaliklarini tashkil etish, neft mahsulotlaridan tejam bilan foydalanish boʻyicha normativ-texnik va metodik hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329050" id="-2329050">traktorlar, qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda asbob-uskunalarini loyihalashtirish uchun texnik topshiriqlarni, bunday texnikani tayyorlash uchun texnik shartlarni (GOSTlarni) koʻrib chiqadi va kelishib oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329051" id="-2329051">oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlashni va malakasini oshirishni, demokratik asoslardan keng foydalangan holda boshqaruv apparati, jumhuriyat, viloyat, nohiyalararo hamda nohiya korxonalari va tashkilotlari rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishni tashkil qiladi. Ehtiyojga va tizimning istiqboldagi rivojlanishiga muvofiq ravishda kadrlar taʼminotini oldindan aniqlashni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329052" id="-2329052">6. “Uzselxozsnabremont”ga quyidagi huquqlar beriladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329053" id="-2329053">belgilangan tartibda OʻzSSJ Davlat statistika qoʻmitasidan, vazirliklar hamda tayyorlov idoralaridan, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan qishloq xoʻjaligiga moddiy-texnika vositalarining qanday yetkazib berilayotganligi, shuningdek qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan moddiy-texnika vositalarini ishlab chiqarish toʻgʻrisida, Qoʻmita tizimidagi korxonalar va tashkilotlarning faoliyati haqida hisobot maʼlumotlarini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329054" id="-2329054">dehqonchilik-sanoat kompleksining barcha resurslaridan sugʻurta fondini barpo qilish uchun ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarning besh foizgacha taqsimlanmaydigan rezervini qoldirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329055" id="-2329055">belgilangan tartibda va zaruratga qarab mashinalar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy-texnika vositalarini dehqonchilik-sanoat kompleksi vazirliklari va idoralari, “Karakalpakselxozsnabremont” va “Oblselxozsnabremont” tashkilotlari oʻrtasida taqsimlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329056" id="-2329056">taʼsischilar bilan kelishuvga muvofiq maxsus va boshqa fondlarni tuzish, oʻz oborot mablagʻlariga va oʻz asosiy fondlariga ega boʻlish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329057" id="-2329057">ixtiyoriy ravishda shartnoma asoslarida toʻla mustaqillikni va yuridik shaxs huquqlarini saqlagan holda ittifoq va jumhuriyat davlat, kooperativ hamda aralash birlashmalar va uyushmalarga kirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329058" id="-2329058">isteʼmolchining olishdan voz kechishi munosabati bilan boʻsh qolgan mahsulotni, normativdan tashqari, ortiqcha va foydalanilmagan moddiy resurslarni oborotga jalb qilish, shuningdek normativdan ortiqcha zaxiralarga ega boʻlgan isteʼmolchilarga yetkazib berishni tartibga solib turish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329059" id="-2329059">binolarni, inshootlarni, asbob-uskunalarni, transport vositalarini sotib olish, korxonalarga, tashkilotlarga va yakka tartibdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarga sotish va berish, ayirboshlash, ijaraga berish, vaqtincha foydalanishga berish, shuningdek yaroqsiz boʻlib qolganligi va maʼnaviy eskirganligi sababli asosiy fondlarni balansdan chiqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329060" id="-2329060">shartnoma asoslarida oʻz moddiy va pul resurslarini mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar va tashkilotlarga berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329061" id="-2329061">oʻz vazifalarini yaxshiroq bajarish maqsadida oʻz mablagʻlarining bir qismini shartnoma asoslarida davlat, kooperativ hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarning mablagʻlari bilan birlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329062" id="-2329062">belgilangan tartibda aksiyalar va boshqa qimmatbaho qogʻozlar chiqarish va sotib olish, xorijiy firmalar bilan birga qoʻshma korxonalar, brokerlik va lizing kompaniyalari barpo etish, taqchil mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan bitimlar tuzish, birgalikda koʻrgazma-yarmarkalar, auksionlar oʻtkazish, birja operatsiyalarini amalga oshirish va tashqi iqtisodiyot bankida valyuta schyotlariga ega boʻlish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329063" id="-2329063">ish haqi, moddiy yordam, isteʼmolchilarni taʼminlashda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan tarmoq xodimlarini mukofotlash va taqdirlash fondlarini tuzish, lavozimlar roʻyxatini, xodimlarning maoshlari va stavkalarini, tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarni boshqarish tuzilmasini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329064" id="-2329064">tarmoqning moddiy-texnika negizini va ijtimoiy sohasini rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini joriy qilish, past rentabelli korxonalar va tashkilotlarga moliyaviy yordam berish, oʻz shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarini barpo etayotgan, oʻziga uy qurayotgan tarmoq xodimlariga va boshqa ehtiyojlar uchun kredit berish maqsadida isteʼmol va jamgʻarma fondlarini, sugʻurta fondlarini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329065" id="-2329065">ijtimoiy rivojlanish, markaziy apparat, tizimning korxonalari va tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329066" id="-2329066">Qoʻmita belgilangan tartibda jumhuriyatdan tashqarida, shuningdek xorijiy mamlakatlar va oʻz vakolatxonalarini ochishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329067" id="-2329067">7. “Uzselxozsnabremont” tizimida moliyaviy taʼminlash asoslari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329068" id="-2329068">qoʻmitaning markaziy apparati “Karakalpakselxozsnabremont”, “Oblselxozsnabremont” tashkilotlari hamda qoʻmita tasarrufidagi boshqa korxonalar va tashkilotlar shartnoma asosida ajratadigan mablagʻlar hisobiga saqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329069" id="-2329069">dehqonchilik-jamoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va muhandislik xizmati koʻrsatishni tashkil etishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish va joriy qilish uchun qoʻmita huzurida 30 foizgacha amortizatsiya ajratmalari hisobidan korxonalar va tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida beriladigan mablagʻlar evaziga renovatsiya fondi tuziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329070" id="-2329070">ustav fondi, renovatsiya fondi, valyuta fondi, budjet va boshqa ajratmalar, shuningdek qoʻmita tomonidan hosil qilinadigan boshqa pul va moddiy mablagʻlar “Uzselxozsnabremont”ning mol-mulkini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329071" id="-2329071">qoʻmitaning ustav fondi qatnashuvchi korxonalarning kirish badallaridan tashkil topadi. Ustav fondi va kirish badallarining miqdori har bir qatnashuvchi uchun Qoʻmita Kengashi qarori bilan belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329072" id="-2329072">valyuta, markazlashgan va boshqa fondlarni barpo etish uchun yillik maqsadli ajratmalar va ulardan foydalanish tartibini Qoʻmita Kengashi belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329073" id="-2329073">qoʻmitaning mol-mulkidan foydalanish va uning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish Qoʻmita Kengashi tuzadigan taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329074" id="-2329074">Qoʻmitaning va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329075" id="-2329075">8. “Uzselxozsnabremont”ni boshqarish oʻz-oʻzini boshqarish, keng demokratiya, oshkoralik, faoliyatga taalluqli barcha masalalarni hal qilish Qoʻmita boʻlinmalari vakillarining faol qatnashuvi asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329076" id="-2329076">Tizimning paychi korxonalari va tashkilotlari vakillarining konferensiyasi (yigʻilishi) Qoʻmitani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329077" id="-2329077">Konferensiya Qoʻmitaning rahbar organlarini, shu jumladan, “Uzselxozsnabremont” Kengashini va “Uzselxozsnabremont” raisini hamda taftish komissiyasini saylaydi, rahbariyat va taftish komissiyasining oʻz ishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish faoliyati dasturini ishlab chiqadi, Qoʻmitani qayta tashkil etish va faoliyatini toʻxtatish hamda uning tarkibidan chiqish masalalarini hal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329078" id="-2329078">Navbatdagi konferensiyalar Qoʻmita Kengashi tomonidan ikki yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiyaga delegatlar tizimning xoʻjalik hisobidagi korxonalari va tashkilotlarida, Qoʻmita markaziy apparatining boʻlinmalarida saylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329079" id="-2329079">Konferensiyada koʻrib chiqiladigan masalalar Kengash va taftish komissiyasi tomonidan kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329080" id="-2329080">Konferensiya delegatlarning kamida 2/3 qismi qatnashganda masalalarni hal qilishga haqlidir. Delegatlikka saylanmagan Kengash va taftish komissiyasi aʼzolari uning ishida maslahat ovozi berish huquqi bilan qatnashadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329081" id="-2329081">Konferensiyalar oʻrtasidagi davrlarda tizimni boshqarish vazifasini konferensiyaga hisob beruvchi Kengash amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329082" id="-2329082">Qoʻmita Kengashi Qoʻmita hayʼati tarkibini tuzadi, Qoʻmita faoliyati masalalarini hal qiladi, konferensiya vakolatiga kiruvchi masalalar bundan mustasnodir. Qoʻmita Kengashi majlislari hayʼat tomonidan, zaruratga qarab, ammo yiliga kamida ikki marta chaqiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329083" id="-2329083">Hayʼat Qoʻmita Kengashining ijro qiluvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi, joriy tashkiliy, moliya-xoʻjalik va ijtimoiy faoliyatni yoʻnaltirib boradi, uning majlislari zaruratga qarab, ammo oyiga kamida bir marta oʻtkaziladi. Hayʼat oʻz tarkibidagilarning yarmidan koʻpi majlisda qatnashgandagina masalalarni hal qilishga haqlidir, u yiliga kamida bir marta Kengash oldida hisob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329084" id="-2329084">Taftish komissiyasi oʻz aʼzolari orasidan komissiya raisini, uning oʻrinbosarini saylaydi, bir shaxsning ayni bir vaqtda hayʼat tarkibiga va taftish komissiyasiga saylanishiga yoʻl qoʻymaydi hamda oʻz ishida Qoʻmita toʻgʻrisidagi Nizomga va taftish komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329085" id="-2329085">“Uzselxozsnabremont”ga konferensiyada saylanadigan va Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Rais boshchilik qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329086" id="-2329086">“Uzselxozsnabremont” Raisi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329087" id="-2329087">Kengash, Qoʻmita hayʼati va unga boʻysunuvchi boʻlinmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi, Qoʻmitaga yuklatilgan vazifalar va burchlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329088" id="-2329088">qoʻmita vakolatlari doirasida SSJI va Oʻzbekiston SSJ qonunlarini bajarish uchun buyruqlar, farmoyishlar, yoʻriqnomalar chiqaradi, qoʻmita tasarrufidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni (ustavlarni) hamda Kengash (hayʼat)ning Qoʻmitaga qarashli boʻlinmalarni tuzishda qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisidagi qarorlarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329089" id="-2329089">amaldagi qonunchilikka rioya qilgan holda, belgilangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq, Qoʻmita apparati va unga boʻysunuvchi boʻlinmalar xodimlarini ishga tayinlaydi va ishdan boʻshatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329090" id="-2329090">“Uzselxozsnabremont” nomidan ishonchnomalar beradi, banklarda schyotlar ochadi, amaldagi qonunchilikka muvofiq qoʻmitaning mol-mulki va mablagʻlarini tasarruf etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329091" id="-2329091">“Uzselxozsnabremont” Raisi tasdiqlangan xodimlar soni doirasida, “Uzselxozsnabremont” Kengashi tasdiqlagan xarajatlar smetasiga muvofiq, Qoʻmita Markaziy apparati tuzilishini va lavozimlar roʻyxatini tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329092" id="-2329092">SSSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 29-sentabrdagi 803-son va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 28-oktabrdagi 355-son qarorlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash va mukofotlash shartlari “Uzselxozsnabremont” markaziy apparati xodimlariga ham taalluqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2329093" id="-2329093">“Uzselxozsnabremont” toʻgʻrisidagi Nizom taʼsischilarning konferensiyasida qabul qilinadi va Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar esa Qoʻmita Raisi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
