1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-iyundagi PQ-3795-son qaroriga muvofiq hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasida oʻqitish uchun iqtidorli yoshlarni tanlashning ochiq va oshkoraligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilishni tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va tizimlashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-iyul,
594-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qaroriga ILOVA
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
1. Ushbu Nizom Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) bakalavriat va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
2. Universitetning bakalavriat va magistraturasiga qabul bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi tegishli qarori bilan belgilanadigan davlat grantlari hamda toʻlov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga davlat granti asosida Universitetning umumiy belgilangan qabul koʻrsatkichlari kvotasidan tashqari Universitet bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) kirish uchun uch foizli kvota ajratiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 529-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga Universitetning bakalavriatiga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyoz beriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.03.00 Xizmatchilar, xizmatdan boʻshagan fuqarolar va ular oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar]
Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida maʼlum bir natijalarga erishgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun Universitetga talabalarning bakalavriatga qabul qilishning umumiy belgilangan qabul koʻrsatkichlari kvotasidan (ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) besh foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan bojxona organlari xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlari uchun Universitet bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga ikki foizli davlat granti asosidagi kvota ajratiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
3. Universitetning bakalavriat va magistraturasiga talabalikka qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
4. Bakalavriat va magistraturaga qabul qilishni tashkil etish tegishli oʻquv yili uchun tashkil etiladigan Universitet qabul komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda qabul komissiyasi deb ataladi) yuklanadi. Qabul komissiyasining tarkibi Universitet rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
5. Universitet rektori qabul komissiyasining raisi hisoblanadi. Qabul komissiyasining joriy ishlarini masʼul kotib tashkil qiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
6. Qabul komissiyasi hujjatlarni qabul qilish tartibi va muddatlari, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining nomlari hamda Universitet bakalavriati va magistraturasiga qabul kvotalari haqidagi maʼlumotni abituriyentlar hamda jamoatchilikka oldindan yetkazadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet jahon axborot tarmogʻi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
7. Universitetga qabul qilish tartibi, hujjatlarni qabul qilish muddatlari, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining nomlari, Universitet bakalavriati va magistraturasiga qabul kvotalari haqidagi maʼlumot Universitetning rasmiy veb-sayti, shuningdek, axborot stendlarida joylashtiriladi.
2-bob. Universitet bakalavriatiga qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
8. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
9. Abituriyentlar quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar:
rektor nomiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi, oʻquv tili va shakli koʻrsatilgan ariza;
umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi (akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ni tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun);
086-U shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
pasport nusxasi (16 yoshga toʻlmagan shaxslar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini taqdim etadi) (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun);
3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun);
mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma (mavjud boʻlsa) (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun).
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.04.00 Raqamli platformalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan abituriyentning umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi (akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ni tugatganligi haqidagi hujjatlari maʼlumotlari, pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) nusxasi va tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi, fotosurati va mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
10. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli ravishda oʻqishga kirish huquqiga ega shaxslar ushbu huquqni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestrini shakllantirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar roʻyxati.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.03.00 Xizmatchilar, xizmatdan boʻshagan fuqarolar va ular oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar bilan birgalikda harbiy qism qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini taqdim etadilar.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul komissiyasiga ushbu tavsiyanomaning asl nusxasini taqdim etadilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 529-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son)
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.03.00 Xizmatchilar, xizmatdan boʻshagan fuqarolar va ular oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul komissiyasiga ushbu tavsiyanomaning asl nusxasini taqdim etadilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul komissiyasiga ushbu tavsiyanomaning asl nusxasini taqdim etadilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
12. TOEFL IBT, IELTS, CEFR, Test DaF xalqaro imtihon tizimlarining amaldagi sertifikatlari, GOETNE sertifikati, DELF sertifikati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlgan fuqarolar qabul komissiyasiga ushbu sertifikatlarning asl nusxalarini taqdim etadilar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
13. Hujjatlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiradigan abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish boshlangan kundan 20 kun davomida qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari]
14. Hujjatlarni taqdim etishda abituriyent tomonidan pasport (16 yoshga toʻlmagan shaxslar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani) shaxsan koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
15. Ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan talablarga mos hujjatlar taqdim etilganda, qabul komissiyasi abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
16. Abituriyent taqdim etilgan hujjatlarni shaxsan yoki ishonchli vakil orqali (abituriyent tomonidan berilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma taqdim etilganda va unda ishonchli vakiliga berilgan vakolatlar koʻrsatilganda) chaqirib olish toʻgʻrisida qabul komissiyasiga ariza berish, shuningdek, abituriyentga dastlabki imtihon natijalariga koʻra kirish test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat rad etilgan hollarda taqdim etilgan hujjatlarni qaytarib olish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 68-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
17. Quyidagi hollarda taqdim etilgan hujjatlar abituriyentga yoki uning ishonchli vakiliga qaytariladi:
ish kuni tugashiga ikki soatdan kam boʻlmagan vaqt qolganda qabul komissiyasiga murojaat qilingan taqdirda — joriy ish kuni oxirigacha;
ish kuni tugashiga ikki soatdan kam vaqt qolganda murojaat qilingan taqdirda — keyingi ish kunining dastlabki ikki soati davomida.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
18. Universitet bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish barcha abituriyentlar uchun teng huquqlilik, oshkoralik, yagona qabul qoidalari va tanlov asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
19. Universitet bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish ikki bosqichda oʻtkaziladi:
dastlabki imtihon (yozma);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan kirish test sinovlari orqali.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
20. Dastlabki imtihon Universitet rektorining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda maxsus komissiya deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Maxsus komissiya tarkibiga Universitet xodimlari bilan bir qatorda boshqa davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ham kiritiladi. Maxsus komissiya oʻz faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, xolislik va begʻarazlik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
21. Maxsus komissiyaga komissiya aʼzolarining faoliyatini muvofiqlashtiradigan rais rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasining masʼul kotibi oʻrinbosari maxsus komissiya raisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
22. Dastlabki imtihon har yili Universitet qabul komissiyasi tomonidan belgilanadigan muddatlarda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet jahon axborot tarmogʻi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
23. Dastlabki imtihonni oʻtkazish jadvali Universitet qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va dastlabki imtihonni oʻtkazish boshlanishidan kamida 10 kun avval Universitetning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
24. Dastlabki imtihon Universitet negizida zarur texnik, tibbiy va boshqa sharoitlarni yaratgan holda oʻtkaziladi. Bino va auditoriyalar xavfsizlik talablariga, shu jumladan yongʻin xavfsizligi, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga toʻliq javob berishi shart.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Hujjatlarni qabul qilish, abituriyentlar bilan suhbatlashish, dastlabki imtihonni topshirish jarayoni video va audio tizimlar yordamida yozib olinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
25. Dastlabki imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi va quyidagilarni belgilovchi savollarning uch blokidan iborat boʻladi:
intellektual daraja (40 ball), mantiqiy va keng fikrlash, turli tushunchalar, faktlarni taqqoslash hamda ularning oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni topish;
ona tilini bilish darajasi (30 ball), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari), shuningdek, umumtaʼlim maktablari (11-sinf bazasida) dasturlariga kiritilgan Oʻzbekiston madaniyati, sanʼati, tarixi, geografiyasiga taalluqli va boshqa masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobiliyati;
xorijiy tillarni (ingliz, fransuz va nemis tillari) bilish darajasi (30 ball), Oʻzbekiston madaniyati, sanʼati, tarixi, geografiyasiga taalluqli va boshqa sohalarga oid masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobiliyati. Bunda, xorijiy tillar boʻyicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan, IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball, TOEFL IBT boʻyicha kamida 61 ball bilim darajasi koʻrsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, test DaF, GOETNE sertifikati, DELF sertifikati imtihonlaridan CEFR uslubi boʻyicha V2 minimal darajasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu savollar bloki boʻyicha maksimal ball beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
26. Dastlabki imtihonning maksimal ballari miqdori 100 ballni tashkil etadi. Abituriyent kirish test sinovlariga ruxsat berilishi uchun biletdagi barcha savollar boʻyicha umumiy ballar miqdorining kamida 50 foizini toʻplashi zarur.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet jahon axborot tarmogʻi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
27. Abituriyentlarning tayyorgarligini baholash mezonlari, dastlabki imtihonni oʻtkazish tartibi maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va Universitet rasmiy veb-saytida, shuningdek, axborot stendlarida dastlabki imtihonni oʻtkazish muddatidan kamida oʻn kun avval joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Dastlabki imtihon savollarini ishlab chiqish uchun tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha malakali mutaxassislar jalb etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
28. Dastlabki imtihon ushbu Nizomning 25-bandida belgilangan savollarning uch blokidan iborat topshiriqlar asosida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
29. Barcha topshiriqlar odatda, yagona imtihon talablarini (imtihon materialining mos hajmi, savollar, misollar va topshiriqlarning murakkablik va mehnat talab qilish darajasi) oʻz ichiga olishi zarur.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
30. Topshiriqlar roʻyxati qabul komissiyasi tomonidan dastlabki imtihon oʻtkazilishidan bir kun avval tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
31. Dastlabki imtihon uchun ajratilgan vaqt, shu jumladan tashkiliy qism va ishlarni topshirish vaqti 3 soatni tashkil qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
32. Dastlabki imtihonni tashkil etish uchun abituriyentlar guruhlarga boʻlinadi. Bunda, har bir guruhda dastlabki imtihonni tashkil etish va uning oʻtkazilishini nazorat qilish maxsus komissiyaning uch nafar vakili tomonidan amalga oshiriladi. Maxsus komissiyaning bayon shaklida tasdiqlanadigan qarori asosida maxsus komissiya aʼzolari guruhlarga ajratiladi. Auditoriyada boshqa shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
33. Abituriyent auditoriyaga qabul komissiyasining masʼul shaxsi tomonidan taklif etiladi. Bunda abituriyent oʻz pasportini (16 yoshga toʻlmagan shaxslar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani) taqdim etishi shart.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
34. Abituriyentlarning yozma imtihon oʻtkaziladigan auditoriyaga qogʻoz yoki elektron manbadagi oʻquv adabiyoti, lugʻatlar, maʼlumotnomalar, jadvallar va boshqa adabiyotni, normativ-huquqiy hujjatlar, konspektlar, yozuv daftarlari, qogʻoz yoki elektron shakldagi shpargalkalar, aloqa vositalari (jumladan, mobil aloqa vositasi), audio, foto va video yozish qurilmalarini olib kirish hamda ulardan foydalanish qatʼiyan man etiladi. Abituriyentlarning yozma imtihon oʻtkazilayotgan vaqtda auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, salomatligi yomonlashganda qabul komissiyasining masʼul shaxsi hamrohligida chiqishi bundan mustasno. Bunda yozma imtihon materiallari qabul komissiyasiga topshirilishi shart.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
35. Dastlabki imtihon boshlanishidan avval maxsus komissiya vakillari abituriyentlarning imtihonga kelish davomatini tekshiradi va shundan soʻng yozma imtihon toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etish varagʻiga tegishli yozuvlar qayd etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
36. Abituriyent dastlabki imtihonga jadval boʻyicha kelmagan holatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan kirish test sinovlariga qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun imtiyozlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
37. Imkoniyati cheklangan abituriyentlarga dastlabki imtihon umumiy tartibda, ularga auditoriyaga toʻsiqsiz kirishi uchun tegishli texnik sharoitlar yaratilgan holda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
38. Dastlabki imtihon natijalari maxsus komissiya tomonidan tuziladigan, ushbu komissiyaning raisi va tegishli guruhlarda imtihon oʻtkazgan aʼzolari imzolaydigan bayon bilan rasmiylashtiriladi. Qabul komissiyasi dastlabki imtihon natijalari boʻyicha abituriyentga kirish test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet jahon axborot tarmogʻi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
39. Dastlabki imtihon natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot Universitetning axborot stendlarida va rasmiy veb-saytida imtihon oʻtkazilgandan keyingi ikki kun ichida joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
40. Dastlabki imtihon natijalari eʼlon qilinganidan soʻng bir kundan kechikmagan holda ularni qayta koʻrib chiqish uchun murojaat qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
Fuqarolarning ushbu masala boʻyicha murojaatlari qabul komissiyasi tomonidan abituriyent dastlabki imtihon natijalarini qayta koʻrib chiqish uchun murojaat qilgan kunidan keyingi ikki kun ichida koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
41. Universitet bakalavriatiga dastlabki imtihonni qayta oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
42. Dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlarga kirish test sinovlarini Universitet bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun belgilangan tartibda topshirishga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
43. Xorijiy tillar boʻyicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball, TOEFL IBT boʻyicha kamida 61 ball bilim darajasi koʻrsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, test DaF, GOETNE sertifikati, DELF sertifikati imtihonlaridan CEFR uslubi boʻyicha V2 minimal darajasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlgan abituriyentlarga maksimal ball (100 ball) beriladi va ular ushbu fan boʻyicha kirish imtihonlaridan ozod etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
44. Abituriyentlarni Universitet bakalavriatiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Davlat komissiyasining abituriyentlar Universitet bakalavriatiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarori ularning dastlabki imtihonlarda toʻplagan ballari hisobga olinmagan holda qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
45. Davlat komissiyasining qarori Universitet rektori tomonidan abituriyentning Universitetga qabul qilinishi toʻgʻrisidagi buyruqni qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.12.00 Chet ellik fuqarolarni taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish]
46. Xorijiy fuqarolar suhbat oʻtkazish yoʻli bilan qabul kvotasidan tashqari toʻlov-kontrakt asosida Universitet bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar.
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
461. Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida Universitet bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
462. Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlarini ajratilgan uch foizli kvotalar doirasida Universitetga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi boʻyicha tanlov asosida amalga oshiriladi hamda oʻrinlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida oʻttiz foizini toʻplagan taqdirda ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ajratilgan uch foizli davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul kvotalariga qabul qilinmagan abituriyentlar toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
(461 va 462-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 529-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish]
463. Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt boʻyicha serjantlari va oddiy askarlarining va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida Universitet bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.03.00 Xizmatchilar, xizmatdan boʻshagan fuqarolar va ular oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar]
464. Ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini, shuningdek, ikki foizli kvota chegarasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlarini qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi hamda oʻrinlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqqan holda, navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanadi.
(463 va 464-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
465. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlari farzandlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida Universitet bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga (ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) tanlovsiz (kirish imtihonlarisiz) qabul qilinadilar.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
466. Bojxona organlari xodimlarining farzandlari ajratilgan ikki foizli kvotalar doirasida Universitetga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi boʻyicha tanlov asosida qabul qilinadi hamda oʻrinlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida oʻttiz foizini toʻplagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ajratilgan ikki foizli davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul kvotalariga qabul qilinmagan abituriyentlar toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
(465 va 466-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
3-bob. Universitet magistraturasiga qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
47. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
48. Universitet magistraturasiga oʻqishga qabul qilish umumiy tartibda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
49. Universitet magistraturasi mutaxassisliklari boʻyicha oʻqish muddati ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim oluvchilar uchun bir yilni, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim oluvchilar uchun ikki yilni tashkil etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
50. Universitet magistraturasiga oʻqishga qabul qilish bakalavriatning tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha topshiriqlarni oʻz ichiga olgan kirish yozma imtihonlar shaklida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
51. Abituriyent eng koʻp (maksimal) toʻplashi mumkin boʻlgan ball 300 ni tashkil etadi. Ushbu ballar quyidagilardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi:
bakalavriat diplomi reytingining oʻrtacha balli — 55 balldan 100 ballgacha;
mutaxassislik fanlari boʻyicha ballar — 0 balldan 100 ballgacha;
xorijiy til boʻyicha ballar — 0 balldan 100 ballgacha.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
52. Xorijiy tillar boʻyicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan IELTS boʻyicha kamida 6,5 ball, TOEFL IBT boʻyicha kamida 85 ball bilim darajasi koʻrsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, test DaF, GOETNE sertifikati, DALF sertifikati imtihonlaridan CEFR uslubi boʻyicha C1 minimal darajasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlgan abituriyentlarga maksimal ball (100 ball) beriladi va ular xorijiy tillar boʻyicha kirish imtihonlaridan ozod etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
53. Yozma imtihon natijalari asosida kirish imtihonlarining umumiy bali aniqlanadi va tanlov qaydnomasiga kiritiladi. Tanlov qaydnomasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va Davlat komissiyasiga belgilangan tartibda koʻrib chiqish va Universitet magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun yuboriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
54. Hujjatlarni qabul qilishni tashkil etish va Universitet bakalavriati hamda magistraturasiga dastlabki imtihonni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlaridan qoplanadi.
55. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
56. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriatiga qabul qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
I bosqich
Abituriyentlar, Universitetning qabul komissiyasi
Universitetning qabul komissiyasiga hujjatlarni taqdim etish
har yili 15-iyundan 5-iyulgacha
II bosqich
Universitetning maxsus komissiyasi
Dastlabki imtihonni oʻtkazish
har yili Universitetning qabul komissiyasi belgilaydigan muddatlarda
III bosqich
Universitetning qabul komissiyasi
Dastlabki imtihon natijalarini eʼlon qilish
dastlabki imtihon oʻtgandan keyin ikki kun davomida
IV bosqich
Davlat test markazi, Universitetning qabul komissiyasi
Kirish test sinovlarini oʻtkazish
har yili 1-avgustdan 15-avgustga qadar (tasdiqlangan jadvalga muvofiq)
V bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, Davlat test markazi
Kirish test sinovlari natijalarini eʼlon qilish
har yili 2-avgustdan 16-avgustga qadar (test oʻtkazilgan kundan keyingi kunda)
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining magistraturasiga qabul qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
I bosqich
Abituriyentlar, Universitetning qabul komissiyasi
Universitetning qabul komissiyasiga hujjatlarni taqdim etish
har yili1-iyuldan 30-iyulga qadar
II bosqich
Universitetning qabul komissiyasi
Yozma kirish imtihonlarini oʻtkazish
har yili 3-avgustdan 15-avgustga qadar
III bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, Universitetning qabul komissiyasi
Yozma kirish imtihonlari natijalarini eʼlon qilish
har yili 25-avgustgacha
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/594/1597-son; 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son; 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son; 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)