toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son, “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son farmonlari hamda “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq:
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi belgilanganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda besh kun muddatda 2019/2020 o‘quv yilida bakalavriatga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali tashkil etadigan davlat oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taklif kiritsin.
3. Belgilansinki, abituriyentlar tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish belgilanmagan davlat oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan amaldagi tartib saqlab qolinadi.
4. Quyidagilar:
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestrini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 634-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/634/0782-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 634-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/634/0782-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar:
a) qabul parametrlari tasdiqlangan kundan boshlab bir hafta muddatda:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarda oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul rejalarini joylashtirishni;
tizimidagi oliy ta’lim muassasalari huzurida abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar hamda mavjud fakultetlar va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mohiyati, shuningdek joriy o‘quv yili qabul rejalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni olishga yordam beruvchi aloqa markazlari (call-center) tashkil etishni;
b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda mehnat qonunchiligiga rioya etgan holda, pullik asosda jalb etiladigan mas’ul xodimlar, oliy ta’lim muassasalarining mas’ul xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda ko‘llash samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlarini doimiy ravishda o‘tkazishni;
v) abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatga olishda amaliy yordam berish maqsadida o‘quv yiliga qabul boshlangunga qadar hududlardagi oliy ta’lim muassasalaridan vakillar ajratilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun mehnat qonunchiligiga rioya etgan holda, ko‘ngillilar guruhini pulli asosda jalb etishni ta’minlasin.
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator bilan birgalikda 2019-yil 10-iyunga qadar, imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning elektron reyestri vakolatli organlar tomonidan real vaqt rejimida kiritib borilishini ta’minlovchi yagona platforma yaratilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning reyestrini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar har yili 10-iyunga qadar, o‘zlari mas’ul bo‘lgan imtiyozlar bo‘yicha oxirgi uch yil ichida imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron reyestrini shakllantirib, qarorning 7-bandida ko‘rsatib o‘tilgan yagona platformaga doimiy ravishda ma’lumotlar kiritib borilishini ta’minlasin.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 634-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/634/0782-son)
Ushbu vakolatli organlar imtiyozlar haqidagi ma’lumotlarning axborot tizimiga o‘z vaqtida va to‘liq kiritib borilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi hamda axborot tizimiga kiritilmagan ma’lumotlar bo‘yicha davlat xizmatlari markazlari tomonidan imtiyozli huquq asosida abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmaydi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda belgilangan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK bilan birgalikda fuqarolarning elektron rasmlari mavjud bo‘lgan axborot bazasini 2019-yil 10-iyunga kadar Elektron hukumat idoralararo integratsion platformasi va Davlat test markazining axborot tizimiga integratsiyalashtirish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Belgilab qo‘yilsinki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida undiriladigan to‘lov:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish uchun murojaat etganda — joylardagi banklar kassalari tomonidan;
abituriyentlar davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat etganda — davlat xizmatlari markazlarida joylashgan bank kassalari hamda markazlar xodimlari tomonidan naqd yoki naqd pulsiz ko‘rinishida qabul qilinadi.
Mazkur to‘lovlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan dastlabki imtihon iyun oyida o‘tkazilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning belgilangan tartibini amalga oshirishga doir faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglament talablari buzilganligi uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo choralarini belgilangan tartibda qo‘llasin.
14. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-iyun,
468-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-son qaroriga
1-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament abituriyentlarga Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali respublika davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun hujjatlar topshirish bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda davlat xizmati deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Reglament talablari:
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan davlat oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi;
xorijiy, xususiy hamda harbiy oliy ta’lim muassasalariga, oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga, test sinovlarisiz ijodiy imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilinadigan oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun, oliy ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan hujjat topshirishga hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan Markazlar yoki YIDXP orqali kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish belgilanmagan davlat oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Markazlar, Davlat test markazi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llagan holda faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Abituriyentlar o‘zlarining yashash yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, istalgan Markazga davlat xizmatidan foydalanish uchun murojaat qilishi mumkin.
Abituriyentlar Markazga murojaat etgan hududda (YIDXP orqali murojaat etganda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan hududida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
5. Abituriyentlarga davlat xizmatlari har yili 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham) ko‘rsatiladi.
6. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
7. Abituriyent Reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan muddat davomida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Markazga murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va pasport yoshiga yetmaganlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Markazlarga murojaat etadi.
8. Abituriyent o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Markaz xodimi abituriyent nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma bo‘yicha ma’lumotlarni Davlat test markazining tizimiga maxsus dastur orqali elektron ravishda kiritadi.
Markaz xodimi tomonidan so‘rovnomaga tegishli ma’lumotlar kiritilishi uchun abituriyent Markaz xodimiga quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadi:
fuqarolik pasporti (ichki ishlar bo‘limlari tomonidan berilgan 09-shakl bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan ma’lumotnoma);
pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so‘ng so‘rovnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan man etiladi.
Abituriyentdan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Abituriyent bir vaqtning o‘zida, o‘qitishning bir shakli doirasida uchtagacha oliy ta’lim muassasasini (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari) tanlashi mumkin. Bir nechta oliy ta’lim muassasasini (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari) tanlashda imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lishi shart.
9. So‘rovnomaga zarur ma’lumotlar rasmiylashtirib, kiritilgandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi xodimi abituriyentga asl hujjatlarni qaytaradi va QR-kod (matritsali shtrix kod) qo‘yilgan so‘rovnomani ikki nusxada chop etib, abituriyentga beradi. Abituriyent ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi,bir nusxasini o‘zida olib qoladi va ikkinchi nusxasini Markaz xodimiga beradi.
So‘rovnoma abituriyentning imzosi bilan tasdiqlangandan so‘ng Markaz xodimining ERIsi bilan tasdiqlangan holda, Davlat test markazining tizimiga avtomatik tarzda kiritiladi.
Davlat test markazi ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni avtomatik tarzda qabul qiladi.
10. Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun joriy yil bitiruvchilaridan hamda nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslardan davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun to‘lov undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Bunda, davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.
To‘lovlar Markazlarda joylashgan bank kassalari hamda Markaz xodimlari tomonidan naqd va naqdsiz pul ko‘rinishida qabul qilinadi. To‘lovlar to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
To‘lovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Markazlarga o‘zi kelib murojaat etganda:
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
12. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, abituriyentlarning Markazga shaxsan murojaat etmaganligi, shuningdek davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun mazkur Reglamentning 11-bandida nazarda tutilgan to‘lovni to‘lanmasligi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
13. Abituriyent davlat xizmatlarini ko‘rsatishning har qanday bosqichida ulardan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Abituriyent davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning ma’lumotlari ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Bunda davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov summasi qaytarilmaydi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Tanlov va test sinovlari so‘rovnoma orqali Davlat test markazining tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida o‘tkaziladi.
15. Abituriyent imtihon natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatilgan hujjatlarning asl nusxalarini tegishli oliy ta’lim muassasalariga o‘quv yili boshlangunga kadar taqdim etadi.
16. Markazlar, Davlat test markazi va oliy ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Markazlar Reglament talablarining ijrosi yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati bo‘yicha, jumladan YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Abituriyentlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ushbu Reglamentni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2155-moddasi.
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Abituriyent

1. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan o‘zi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi.

2. Davlat xizmatlarini ko‘rsatilgani uchun test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar tomonidan to‘lov to‘lanadi.

Xohishiga ko‘ra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan. YAIDXI orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda so‘rovnoma bo‘yicha ma’lumotlarni Davlat test markazida shakllantiriladigan abituriyentlar bazasiga maxsus dastur orqali elektron ravishda kiritadi.

1. 10 daqiqa mobaynida

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Davlat test markazi

1. Abituriyentlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni qabul qiladi.

2. Abituriyentlardan hujjat qabul qilish to‘liq muddati tugagandan so‘ng abituriyentni test sinovi o‘tkaziladigan kun. vaqti va joyi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy saytida joylashtiradi.

3. Abituriyentlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlar asosida test sinovi va tanlovni o‘tkazadi.

1. Avtomatik tarzda
2. Qabul qilish muddati tugagandan so‘ng
3. iyul-avgust oylari

4-bosqich

Abituriyent

Imtihon natijalaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, kerakli hujjatlarning asl nusxalarini tegishli oliy ta’lim muassasalariga taqdim etadi.

O‘quv yilining 2-sentabr kuniga kadar

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

_________________

(sana)

__________________

(t/r)

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha

SO‘ROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqidagi ma’lumotlar:

1.1. F.I.O.:

1.2. Pasportga oid ma’lumotlar (raqami va seriyasi) (mavjud bo‘lmasa, ichki ishlar bo‘limlari tomonidan berilgan 09-shakl bo‘yicha ma’lumot):

1.3. Pasport yoshiga yetmaganlar uchun tugilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari

1.4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) (mavjud bo‘lsa)

1.5. Manzili:

1.6. Fuqaroligi:

1.7. Millati:

1.8. Telefon raqami:

1.9. Elektron pochta manzili:

II. Qo‘shimcha ma’lumotlar:

2.1. Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi muassasasi nomi, manzili, ushbu muassasani tugatganligi haqidagi hujjat seriyasi, raqami va berilgan sanasi:

2.2. Test topshirish tili :

2.3. Oliy ta’lim muassasasining nomi:*

Oliy ta’lim muassasasi nomi

Oliy ta’lim muassasasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi nomi

2.3.1.

2.3.2.

2.3.3.

2.4. Qaysi chet tilidan test topshirishi (agar chet tilini topshirish zarur bo‘lsa)

2.5. Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha ijodiy imtihon mavjud yoki mavjud emasligi:

2.6. Ta’lim shakli:

III. Imtiyoz borligi haqidagi ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa)

Tegishli hujjatning rekvizitlari (raqami, berilgan sanasi va sh.k.)

3.1.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan fuqarolar

3.2.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar

3.3.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining farzandlari

3.4.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari

3.5.

Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar

3.6.

Ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlar

3.7.

To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar

3.8.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining respublika komissiyasi tomonidan berilgan tavsiyanoma sohiblari (pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga)

3.9.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari

3.10.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari

3.11.

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi g‘oliblari

3.12.

Tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari

3.13.

Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari

3.14.

“Nihol” mukofoti sovrindorlari

3.15.

Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar fuqarolar

3.16.

Navoiy viloyatining olis cho‘l hududidan bo‘lgan abituriyentlar (Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlari oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirganda)

3.17.

Maqsadli qabul

IV. Abituriyentga xabar berish tartibi

4.1. Imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida SMS orqali (telefon raqami)

4.2. Imtihon o‘tkaziladigan kun, vaqti va joyi haqida Davlat test markazining rasmiy sayti orqali.

Ushbu so‘rovnomada qayd etilgan ma’lumotlarning to‘liq va haqiqiyligini hamda to‘g‘ri ko‘rsatilganligini tasdiqlayman.

Ariza beruvchining imzosi

Izoh.
Barcha ma’lumotlar abituriyeit hujjatlarining asl nusxalaridan to‘ldiriladi.
Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (oliy ta’lim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
* Bir nechta oliy ta’lim muassasasini (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari) tanlashda imtihon o‘tkaziladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-son qaroriga
2-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestrini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Imtiyozlar turlari (toifalari)

Imtiyozlarni berish uchun mas’ul vakolatli organlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining farzandlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati,

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya

2.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

3.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

4.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

5.

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi g‘oliblari,

Tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari, Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari,

“Nihol” mukofoti sovrindorlari

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Madaniyat vazirligi

6.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining respublika komissiyasi tomonidan berilgan tavsiyanoma sohiblari (pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga)

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

7.

To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan fuqarolar

Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya

9.

Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar

Davlat test markazi

10.

Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar fuqarolar

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-son qaroriga
3-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash hamda davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — maxsus platforma) orqali qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmatlari mazkur Reglamentga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi.
3. Davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
4. Ariza beruvchi arizani davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida ko‘rib chiqish holatini YIDXP yoki maxsus platforma orqali kuzatib borishi mumkin.
2-bob. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
5. Ariza beruvchi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP yoki maxsus platforma orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
6. Ariza beruvchi YIDXP yoki maxsus platforma orqali mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi hamda unga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.
7. Agar so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga besh ish kunidan iborat muddat beriladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi xabar ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuborilishi lozim. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddatining o‘tishi kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida to‘xtatib turiladi.
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
8. Ariza beruvchi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning har qanday bosqichida ulardan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
9. YIDXP va maxsus platforma orqali kelib tushgan ariza hamda unga ilova qilingan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan har yili 16-iyuldan 25-avgustga qadar ko‘rib chiqilib, tegishliligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi yoki tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik hamda idoralar yoxud O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli komissiyalar) yuboriladi.
10. Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash to‘g‘risidagi arizalar vakolatli komissiyalar tomonidan har yili 6-avgustdan 30-avgustga qadar o‘rganib chiqilib, qaror qabul qilinadi va ariza beruvchiga YIDXP yoki maxsus platforma orqali ma’lum qilinadi.
3-bob. Oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
11. Ariza beruvchi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda har yili 1-iyuldan 30-iyulga qadar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP yoki maxsus platforma orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
12. Ariza beruvchi YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat etganda, ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani mustaqil ravishda to‘ldiradi hamda unga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.
13. Agar so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga besh ish kunidan iborat muddat beriladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi xabar ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuborilishi lozim. Davlat xizmatini ko‘rsatish muddatining o‘tishi kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida to‘xtatib turiladi.
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning har qanday bosqichida ulardan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
15. YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma avtomatik tarzda tegishli oliy ta’lim muassasasiga yuboriladi.
16. Tegishli oliy ta’lim muassasasi ariza kelib tushgandan boshlab uch ish kuni davomida ariza beruvchining tugatgan oliy ta’lim muassasasiga (nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga) diplom ma’lumotlarini tasdiqlash uchun jo‘natadi, bunda har yili 10-avgustga qadar:
2020/2021 o‘quv yiliga qadar respublika davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan diplom ma’lumotlari (o‘rtacha balli bilan) tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlab beriladi;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan diplom ma’lumotlari (o‘rtacha balli bilan) avtomatik tarzda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimidan olinadi;
respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari filiallari tomonidan berilgan diplom ma’lumotlari (o‘rtacha balli bilan) tegishli oliy ta’lim tashkiloti tomonidan tasdiqlab beriladi.
Ariza beruvchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotini tugatgan bo‘lsa, uning diplom ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “Nostrifikatsiya” axborot tizimi orqali tekshirib olinadi va diplom o‘rtacha balli hujjatni qabul qilib olgan oliy ta’lim tashkiloti tomonidan hisoblanadi.
17. Magistraturaga qabul bo‘yicha natijalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tasdiqlash uchun kiritiladi.
18. Davlat komissiyasi har yili 25-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
19. Oliy ta’lim muassasasi har yili 30-avgustga qadar Davlat komissiyasining qaroriga asosan abituriyentning magistraturaga qabul natijasini YIDXP yoki maxsus platforma orqali abituriyentni xabardor qiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
21. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
22. Mazkur Reglamentni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
23. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. O‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasida (keyingi o‘rinlarda — maxsus platforma) ro‘yxatdan o‘tadi.

2. YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat etganda, Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani mustaqil ravishda to‘ldiradi.

3. Ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.

Har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar

2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

YIDXP yoki maxsus platforma orqali kelib tushgan arizalarni, ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish va tegishli oliy ta’lim muassasasi yoki tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar yoxud O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli komissiyalar) yuboradi.

Har yili 16-iyuldan 25-avgustga qadar

3-bosqich

Vakolatli komissiyalar

Hujjatlarni ko‘rib chiqadi, natijasi bo‘yicha qaror qabul qiladi hamda YIDXP yoki maxsus platforma orqali xabardor qiladi.

Har yili 6-avgustdan 30-avgustga qadar

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga kirish uchun YIDXP yoki maxsus platformada ro‘yxatdan o‘tadi.

2. YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat etganda, ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani mustaqil ravishda to‘ldiradi.

3. Ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.

Har yili 1-iyuldan 30-iyulga qadar

2-bosqich

1. YIDXP

2. Maxsus platforma

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalarini, ma’lumotlarini tegishli oliy ta’lim muassasalariga yuboradi.

1. 10 daqiqa mobaynida

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Oliy ta’lim muassasasi

1. Kelib tushgan arizalarni, ma’lumotlarni qabul qiladi. Tegishliligi bo‘yicha abituriyentning bakalavr diplomi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlash uchun tugatgan oliy ta’lim muassasasiga (nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga) yuboradi.

Uch ish kuni davomida

2. Ariza beruvchining diplom ma’lumotlarini tekshirib, tasdiqlaydi.

Har yili 10-avgustga qadar

4-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi

Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Har yili 25-avgustga qadar

5-bosqich

Oliy ta’lim muassasasi

Davlat komissiyasining qaroriga asosan abituriyentning magistraturaga qabul natijasini YIDXP yoki maxsus platforma orqali xabardor qiladi.

Har yili 30-avgustga qadar

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqidagi ma’lumotlar

1.1. Familiyasi, ismi va otasining ismi

1.2. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (seriyasi va raqami, JSHSHIR ma’lumotlari)

1.3. Fuqaroligi

1.4. Telefon raqami

1.5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa)

II. Ariza beruvchining o‘qiyotgan (o‘qigan) oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlar

2.1. Oliy ta’lim muassasasining nomi

2.2. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi shifri va nomi

2.3. Ta’lim shakli

2.4. Ta’lim turi

2.5. Ta’lim kursi

III. Ariza beruvchining o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va o‘qishni ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) sababi bo‘yicha ma’lumotlar

3.1. Oliy ta’lim muassasasining nomi

3.2. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi shifri va nomi

3.3. Ta’lim shakli

3.4. O‘qishni ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) sababi

3.5. O‘qishni ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) sababini asoslovchi hujjatlar

Ushbu so‘rovnomada qayd etilgan ma’lumotlarning to‘liq va haqiqiyligini hamda to‘g‘ri ko‘rsatilganligini tasdiqlayman.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti hamda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari bilan to‘liq tanishdim.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqidagi ma’lumotlar

1.1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)

1.2. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (seriyasi va raqami, JSH SHIR ma’lumotlari)

1.3. Fuqaroligi

1.4. Telefon raqami

1.5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa)

II. Ariza beruvchining o‘qigan oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlar

2.1. O‘qigan oliy ta’lim muassasasining nomi

2.2. O‘qigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi shifri va nomi

2.3. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi nusxalari

2.4. Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasi (xorijiy davlatdagi oliy ta’lim tashkilotini tugatgan ariza beruvchilar uchun)

III. Ariza beruvchining magistraturaga kirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi, xorijiy til sertifikati va imtiyozlari bo‘yicha ma’lumotlar

3.1. Magistratura mutaxassisligiga kirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasining nomi

3.2. Magistratura mutaxassisligi shifri va nomi

3.3. Ta’lim tili

3.4. Qabul ko‘rsatkichining turi (maqsadli yoki umumiy)

3.5. Xorijiy til sertifikati

3.6. Imtiyozlarni asoslovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa)

Ushbu so‘rovnomada qayd etilgan ma’lumotlarning to‘liq va haqiqiyligini hamda to‘g‘ri ko‘rsatilganligini tasdiqlayman.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti hamda Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari bilan to‘liq tanishdim.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 634-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/634/0782-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/468/3259-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 05.10.2024-y., 09/24/634/0782-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)