1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.02.00 Ma’muriy huquqbuzarlik]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ma’muriy javobgarlik]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-iyul,
535-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-iyuldagi 535-son qaroriga ILOVA
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
maxsus qabulxona — ichki ishlar organlari tizimiga kiradigan, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus muassasa;
maxsus qabulxona ma’muriyati — maxsus qabulxonani boshqarishni amalga oshiruvchi maxsus qabulxona boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
ma’muriy qamoqqa olish — ma’muriy jazo turi bo‘lib, u shaxsni jamiyatdan vaqtincha ajratib qo‘yish sharoitlarida saqlashdan iborat va uch sutkadan o‘n besh sutkagacha bo‘lgan muddatga, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun o‘ttiz sutkagacha bo‘lgan muddatga qo‘llaniladi;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxs — o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqarilgan fuqaro.
3. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tergov sudyasining, shuningdek, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshlig‘ining qaroriga ko‘ra, maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar sutkasiga bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida undiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
4. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs ma’muriy qamoqni o‘tashi vaqtida ishlagan va shu tariqa o‘zining maxsus qabulxonada saqlanishi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplagan hollarda undan xarajatlar undirib olinmaydi. Ma’muriy qamoqqa olingan, mehnatga qobiliyatsiz shaxslar ham bu xarajatlarning undirilishidan ozod qilinadi.
5. Ayrim hollarda muayyan holatlar, ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning moddiy ahvoli va shaxsi hisobga olingan holda, u maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar undirilishidan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tergov sudyasining, shuningdek, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshlig‘ining qaroriga ko‘ra ozod qilinishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
6. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq undirilgan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
2-bob. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirishni tashkil etish
7. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga olib kelingan kuni unga nisbatan maxsus qabulxona navbatchisi tomonidan yig‘ma jild yuritiladi.
8. Navbatchi kun davomida qabul qilingan shaxslarning yig‘majildlari va ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan olingan hujjatlar, pul mablag‘lari, qimmatbaho buyumlar va boshqa ashyolarni jamlab, maxsus qabulxona boshlig‘i tomonidan tayinlangan maxsus qabulxonaning hisob-kitobi bilan shug‘ullanuvchi mas’ul xodim (hisobchi)ga topshiradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
9. Mas’ul xodim (hisobchi) yig‘majildlarning yuritilishini va ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan olingan hujjatlar, pul mablag‘lari, qimmatbaho buyumlar va boshqa ashyolarning saqlanishini ta’minlaydi hamda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda alohida kitobda qayd etib boradi.
Olib qo‘yilgan hujjatlar, pul mablag‘lari, qimmatbaho buyumlar va boshqa ashyolar mas’ul xodim (hisobchi) xonasida o‘rnatilgan, alohida yacheykalardan iborat, raqamlanadigan hamda qulflanadigan shkaflarda saqlanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
10. Mas’ul xodim (hisobchi) ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning yig‘ma jildiga mehnatga jalb etish varaqasini qo‘shib yuritadi va ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar ozod bo‘lgunga qadar mehnatga jalb etilgan kunlarini qayd etib borgan holda maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni hisob-kitob qilib boradi.
11. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs ma’muriy qamoqni o‘tashi vaqtida ishlagan va shu tariqa o‘zining maxsus qabulxonada saqlanishi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplagan hollarda ushbu shaxs maxsus qabulxonadan ozod etilayotgan vaqtda unga maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplaganligi to‘g‘risida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ma’lumotnoma beriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
12. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs ma’muriy qamoqni o‘tashi vaqtida ishlamagan yoki ishlagan bo‘lsa-da, maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplagan bo‘lsa, qolgan qismini bir bank ish kuni mobaynida maxsus qabulxonaning hisob raqamiga to‘lashi lozimligi to‘g‘risida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda yozma bildirish beriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar tomonidan to‘lovlar tegishli xizmat ko‘rsatuvchi bankka to‘lanadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
13. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning yaqin qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan ham qoplanishi mumkin. Bunday xollarda, ya’ni maxsus qabulxona ma’muriyatiga ma’muriy qamoqqa olingan shaxsni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash istagi bildirilganda ushbu shaxsdan mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda ariza olinadi va yozma bildirish ushbu shaxsga beriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
14. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonadan ozod etilganidan so‘ng bir bank ish kuni mobaynida saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lamagan taqdirda maxsus qabulxona ma’muriyati ushbu xarajatlarni sud tartibida undirish bo‘yicha shaxsni ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqargan sudga murojaat etadi.
3-bob. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar hisobi
15. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar hisobini yuritish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining moliyaviy ta’minot xizmatlari tomonidan maxsus qabulxona uchun alohida hisob raqami ochiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
16. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan undirilgan maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar hamda ularning mehnatidan foydalanish natijasida tashkilotlardan olingan pul mablag‘lari maxsus qabulxonaning hisob raqamiga tushadi.
17. Maxsus qabulxonaning hisob raqamiga tushgan pul mablag‘lari (ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning mehnatidan foydalanish natijasida olingan va ma’muriy qamoqqa olingan shaxsni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlardan ortiq bo‘lgan hamda ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning yo‘l hujjatlari uchun sarflangan summadan tashqari) bir bank ish kuni mobaynida Davlat budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
18. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning mehnatidan foydalanish natijasida olingan va ma’muriy qamoqqa olingan shaxsni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlardan ortiq bo‘lgan summa ularning nomiga ochiladigan maxsus bank hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
19. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar tushumi va ushbu mablag‘larni Davlat budjetiga o‘tkazish bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish tegishli maxsus qabulxonaning mas’ul xodimi (hisobchi) tomonidan amalga oshiriladi.
20. Maxsus qabulxona mablag‘lari tushumi va xarajatlari hisobini yuritish va xarajatlar smetasini tuzish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2634, 15.12.2014-y.).
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Maxsus qabulxona mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini va tushumni nazorat qilish Ichki ishlar vazirligining Nazorat taftish inspeksiyasiga yuklatiladi.
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risida nizomga 1-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi
Fuqarolarga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan birga ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni sutkasiga eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida undirilishini belgilab beradi.
Ayrim hollarda muayyan holatlar, ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning moddiy ahvoli va shaxsi hisobga olingan holda, u maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar undirilishidan ozod qilinishi mumkin.
Doimiy
2-bosqich
Tuman (shahar) hokimliklari
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning yozma roziligiga ko‘ra ularni haq to‘lanadigan mehnatga jalb etadi. Ularning mehnatidan foydalanish natijasida olingan pul mablag‘lari ushbu shaxslarni maxsus qabulxonalarda saqlash va ovqatlantirishga yo‘naltiriladi.
Doimiy
Maxsus qabulxona
Mas’ul xodim (hisobchi) tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan mehnatga jalb etish varaqasi yuritiladi va ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar ozod bo‘lgunga qadar mehnatga jalb etilgan kunlari qayd etib borilgan holda maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar hisob-kitob qilib boriladi.
15 kungacha
muddatda
3-bosqich
Maxsus qabulxona
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs ma’muriy qamoqni o‘tashi vaqtida ishlagan va shu tariqa o‘zining maxsus qabulxonada saqlanishi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplagan hollarda ushbu shaxs maxsus qabulxonadan ozod etilayotgan vaqtida unga maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
Doimiy
Maxsus qabulxona
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning mehnatidan foydalanish natijasida olingan va ma’muriy qamoqqa olingan shaxsni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlardan ortiq bo‘lgan summa ularning nomiga ochiladigan maxsus bank hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Zudlik bilan
Maxsus qabulxona
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs ma’muriy qamoqni o‘tashi vaqtida ishlamagan yoki ishlagan bo‘lsada, maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplagan bo‘lsa, qolgan qismini maxsus qabulxonaning hisobraqamiga to‘lashi lozimligi to‘g‘risida yozma bildirish beriladi.
Doimiy
Maxsus qabulxona
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonadan ozod etilganidan so‘ng bir bank ish kuni mobaynida saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lamagan taqdirda maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan ushbu xarajatlarni sud tartibida undirish bo‘yicha shaxsni ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqargan sudga murojaat etadi.
24 soatdan so‘ng
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ILOVA
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan olingan hujjatlar, pul mablag‘lari, qimmatbaho buyumlar va boshqa ashyolarni qayd etish
DAFTARI
T/r
Shaxsning F.I.O.
Shaxsdan olib qo‘yilgan muhim narsalar qayd etilgan hujjat turi va sanasi
Saqlash uchun qabul qilingan muhim narsalarning soni, turi, tavsiflari va identifikatsiya raqamlarining hujjatda ular haqida qayd etilgan ma’lumotlar bilan mosligi yoki tafovutlar mavjudligi
Qabul qilib olingan sana va vaqt
Saqlashga topshirgan mas’ul xodimning lavozimi, unvoni, F.I.O.
Saqlash uchun joylashtirilgan yacheykaning raqami
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning muhim narsalari to‘liq qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tilxati, qabul qilib olish sanasi va imzosi
...
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risida nizomga 3-ILOVA
Berildi ushbu ma’lumotnoma ___.___.__________ yilda tug‘ilgan, __________________
(kun, oy, yil)
__________________________________________________________________ yashovchi
(yashash manzili to‘liq ko‘rsatiladi)
fuqaro ________________________________________________________________ga,
(F.I.O. to‘liq yoziladi)
haqiqatdan ham tuman (shahar) ________________________________________________ _____________________________________________________________________ning
(jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi, harbiy komendant, ichki ishlar organi boshlig‘i)
qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning ________________-moddasi(lari)da nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun tayinlangan “____” sutka ma’muriy qamoq jazosini o‘tash davomida “____” kun mobaynida haq to‘lanadigan mehnatga jalb etilishi orqali maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan ____________________________________________________ so‘m
(summa raqam hamda harflarda aks ettiriladi)
miqdoridagi xarajatlarni maxsus qabulxonaning _______________________________
(maxsus hisobvaraq aks ettiriladi)
hisobvarag‘iga to‘liq miqdorda qopladi.
____________ viloyati IIB Maxsus qabulxona boshlig‘i
Maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq _______________________________________
(summa saqlangan shaxs tomonidan to‘ldiriladi)
so‘m miqdoridagi xarajatlarni to‘liq qoplaganligim to‘g‘risidagi ma’lumotnomani qabul qilib oldim.
_________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risida nizomga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining _____________-moddasi(lari)da nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha _______________________tuman (shahar) _____________________________________________________________________ning
(jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi, harbiy komendant, ichki ishlar organi boshlig‘i)
qaroriga asosan 20___ yil “___” ____________ dan 20___ yil “___” ____________ ga qadar maxsus qabulxonada saqlanganligingiz uchun _______________________________ ________________________________________________________________________
(sud, harbiy komendant, ichki ishlar organi boshlig‘i)
tomonidan undirilishi belgilangan _____________________ so‘mning _________________ so‘m miqdorini Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-iyuldagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi talablariga muvofiq bir bank ish kuni mobaynida qoplanishi lozimligi ma’lum qilinadi.
____________ viloyati IIB Maxsus qabulxona boshlig‘i
Maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlardan to‘lanmay qolgan ________________________________________________ so‘mni bir bank ish kuni mobaynida qoplash to‘g‘risida rasman ogohlantirildim.
_________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risida nizomga 5-ILOVA
_____________________ viloyati IIB JXX JTSB Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona boshlig‘i _________________ ________________________________(F.I.O.)ga fuqaro (F.I.O., tug‘ilgan sanasi, doimiy yashash manzili, uyali telefon raqami, pasport seriyasi va berilgan vaqti ko‘rsatiladi)
A R I Z A
_____________ viloyati IIB JXX JTSB Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonada saqlangan fuqaro __________ _______________________________________________________________________ga
(F.I.O., tug‘ilgan sanasi, oyi, yili ko‘rsatiladi)
(jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi, harbiy komendant, ichki ishlar organi boshlig‘i)
tomonidan undirilishi belgilangan maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq __________________________ so‘m miqdoridagi xarajatlarni bir bank ish kuni mobaynida o‘z mablag‘im hisobidan qoplashga ruxsat berishingizni so‘rayman.
_________________
_____________
_________________________
(ariza yozilgan sana)
(imzo)
(F.I.O)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 09/18/535/1517-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)