toggle_night_mode
Hujjat 10.07.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi 113-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 188-modda; 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-iyul,
OʻRQ-484-son

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi oʻsimliklar karantini sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
karantin ostidagi mahsulot — oʻsimliklar karantini obyektlarini tashuvchilar boʻlishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar, ularning qismlari, ekish materiallari, qayta ishlash mahsuloti, boshqa mahsulot va yuklar;
karantin ruxsatnomasi — karantin ostidagi mahsulotni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga yoki uning hududidan tranzit tarzida olib oʻtishga ruxsat berilganligini tasdiqlaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan hujjat;
karantin cheklovlari — karantin ostidagi mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni, tashishni va ulardan foydalanishni oʻsimliklar karantini obyektlari tarqalishining oldini olish maqsadida muayyan muddatga cheklovchi fitosanitariya tadbirlari;
oʻsimliklar karantini — qishloq xoʻjaligiga va boshqa oʻsimliklar dunyosiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini obyektlari kirib kelishining, tarqalishining oldini olishga hamda bunday obyektlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui;
oʻsimliklar karantini obyekti — dunyoda karantin ahamiyatiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjud boʻlmagan yoki cheklangan tarzda tarqalgan zararli organizmlar;
oʻsimliklar karantini obyektlarini tashuvchilar — oʻsimliklar karantini obyektlarining tarqalishiga imkoniyat tugʻdirishi mumkin boʻlgan transport vositalari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, yerga ishlov berish qurollari, idishlarning barcha turlari, ayrim sanoat tovarlari, qadoqlash vositalari, shuningdek oʻsimlik mahsulotlaridan tayyorlangan buyumlar, yaxlit toshlar, tuproq namunalari va (yoki) boshqa obyektlar;
fitosanitariya sertifikati — karantin ostidagi mahsulotda oʻsimliklar karantini obyektlari mavjud emasligini tasdiqlovchi xalqaro namunadagi hujjat;
fumigatsiya — oʻsimliklar karantini obyektlarini va boshqa zararli organizmlarni yoʻq qilish maqsadida ularni kimyoviy vositalarning gazlari bilan zararsizlantirish.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Fitosanitariya talablari
Karantin ostidagi mahsulotga, uni olib kirishga, olib chiqishga, ishlab chiqarishga, qayta ishlashga, saqlashga, tashishga, realizatsiya qilishga va yoʻq qilishga doir talablarni belgilaydigan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan hujjatlar fitosanitariya talablaridir.
Fitosanitariya talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi va agar hujjatlarning oʻzida boshqa kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
2-bob. Oʻsimliklar karantini sohasini tartibga solish
5-modda. Oʻsimliklar karantini sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Oʻsimliklar karantini sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
oʻsimliklar karantini sohasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish;
tashqi va ichki oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlar tizimini amalga oshirish;
oʻsimliklar karantini sohasida fitosanitar xavfsizlikni taʼminlash;
oʻsimliklar karantini sohasida samarali monitoring olib borish tizimini ishlab chiqish;
oʻsimliklar karantini sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻsimliklar karantini sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
oʻsimliklar karantini sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
oʻsimliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining oʻsimliklar karantini sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻsimliklar karantini sohasidagi hujjatlarni, xususan, karantin ruxsatnomasini, transport birliklarini ochish toʻgʻrisidagi dalolatnomani, karantin koʻrigi dalolatnomasini, fitosanitariya sertifikatini, ichki fitosanitariya sertifikatini va reeksport uchun fitosanitariya sertifikatini berish tartibini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻsimliklar karantini sohasida monitoringni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlarini oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qiladi hamda zarur karantin cheklovlarini oʻrnatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻsimliklar karantini sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
oʻsimliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻsimliklar karantini sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
oʻsimliklar karantini davlat inspektorlarining taqdimnomalariga koʻra tegishli hududlarni oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qiladi va zarur karantin cheklovlarini oʻrnatadi;
oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarni oʻtkazishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarni oʻtkazishdagi ishtiroki
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
oʻsimliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
tegishli hududda oʻsimliklar karantini sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
tegishli hudud aholisini oʻsimliklar karantini obyektlari tarqalganligi toʻgʻrisida xabardor qilishda oʻsimliklar karantini davlat inspektorlariga koʻmaklashadi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarni oʻtkazishda ham ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantini obyektlarining kirib kelishidan yoki tarqalishidan himoya qilishda (fitosanitar xavfsizlik) davlat organlariga va boshqa organlarga zarur yordam koʻrsatishi mumkin.
3-bob. Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati tizimi va unga rahbarlik qilish
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati tizimi
Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati tizimini:
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari;
Oʻsimliklar karantini ilmiy markazi;
avtomobil yoʻllaridagi, temir yoʻl stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi oʻsimliklar karantini chegara punktlari va pochtamtdagi oʻsimliklar karantini punkti tashkil etadi.
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga, shuningdek tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga boʻysunadi.
Oʻsimliklar karantini ilmiy markazi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga boʻysunadi.
Tumanlar va shaharlarning oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari, avtomobil yoʻllaridagi, temir yoʻl stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi oʻsimliklar karantini chegara punktlari va pochtamtdagi oʻsimliklar karantini punkti tegishincha yuqori turuvchi oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalariga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatiga rahbarlik qilish
Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatiga rahbarlikni Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi amalga oshiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatiga rahbarlikni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari amalga oshiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalarining boshliqlari Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi. Tumanlar va shaharlarning oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi.
Avtomobil yoʻllaridagi, temir yoʻl stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi oʻsimliklar karantini chegara punktlaridagi va pochtamtdagi oʻsimliklar karantini punktidagi oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatiga oʻsimliklar karantini tegishli chegara punktlarining Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan mudirlari boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻsimliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻsimliklar karantini boʻyicha dasturlar va tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, bu dasturlar va tadbirlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz vaqtida bajarilishi uchun javobgar boʻladi;
oʻz vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan buyruqlar chiqaradi, yoʻriqnomalarni, oʻsimliklar karantini qoidalarini va fitosanitariya talablarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi hamda tashkilotlar va aholi eʼtiboriga yetkazadi;
karantin ostidagi mahsulotni olib kirish chogʻidagi oʻsimliklar karantini qoidalarini belgilaydi, xalqaro savdo kontraktlariga (shartnomalariga) Oʻzbekiston Respublikasining hududiga oʻsimliklar karantini obyektlari kirib kelishining va tarqalishining oldini olishni taʼminlaydigan talablar kiritilishini koʻrib chiqadi, shuningdek xulosalar beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan ekish materiallari, karantin ostidagi mahsulotlar va ularning tarqalish hududlari roʻyxatini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan karantin ostidagi mahsulotlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
fitosanitariya talablarini tasdiqlaydi;
avtomobil yoʻllaridagi, temir yoʻl stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi oʻsimliklar karantini chegara punktlari va pochtamtdagi oʻsimliklar karantini punkti, shuningdek oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish boʻyicha maxsus fumigatsiya boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
karantin ruxsatnomasini beradi;
oʻsimliklar karantini sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, xalqaro tashkilotlarda oʻsimliklar karantini boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qiladi;
oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish boʻyicha maxsus fumigatsiya boʻlinmalarini tashkil etadi, oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurash olib borishda shaxsiy tomorqa, fermer va dehqon xoʻjaliklariga, oʻrmon xoʻjaliklariga, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar koʻrsatadi;
Keyingi tahrirga qarang.
eksportga joʻnatilayotgan va xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan karantin ostidagi mahsulotning hamda oʻsimliklar karantini obyektlarini tashuvchilarning karantin tekshiruvini va laboratoriya ekspertizasini oʻtkazadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini karantindagi hududlarga va mikrohududlarga boʻlib chiqadi;
karantindagi zararkunandalarga, oʻsimliklar kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi kurashish borasidagi ilm-fan yutuqlarini va ilgʻor tajribani, innovatsion uslublar, vositalar va usullarni targʻib qilish hamda ishlab chiqarishga keng joriy etishga, aholi oʻrtasida oʻsimliklar karantini obyektlari toʻgʻrisidagi bilimlarni tarqatishga doir ishlarni tashkil etadi;
tegishli hududda karantinni joriy etish (bekor qilish) toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdimnomalar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda oʻsimliklar karantini, karantin cheklovlarini qoʻllash boʻyicha har yilgi dasturlarni hamda tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatini, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan ekish materiallari, karantin ostidagi mahsulotlar va ularning tarqalish hududlari roʻyxatini, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan karantin ostidagi mahsulotlar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalarining vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari:
Keyingi tahrirga qarang.
karantin ostidagi mahsulotni saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish, qabul qilish punktlari joylashgan yerlarni va ularga tutash hududlarni, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni, oʻrmon fondining, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlarini oʻsimliklar karantini obyektlarini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida nazorat tekshiruvlaridan oʻtkazishni tashkil etadi;
aniqlangan zararlanish oʻchoqlarining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish, shuningdek oʻsimliklar karantini obyektlarini olib kirish yoʻllarini aniqlash hamda toʻsish boʻyicha shoshilinch choralar koʻradi;
fitosanitariya sertifikatini, ichki fitosanitariya sertifikatini, reeksport uchun fitosanitariya sertifikatini, transport birliklarini ochish toʻgʻrisidagi dalolatnomani va karantin koʻrigi dalolatnomasini beradi;
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan keladigan karantin ostidagi mahsulotni sogʻlomlashtirish va zararsizlantirish, shuningdek transport vositalarini zararsizlantirish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tegishli hududni oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilish (karantinni bekor qilish), zarur karantin cheklovlarini qoʻllash toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdimnomalar yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Oʻsimliklar karantini ilmiy markazi
Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatining ilmiy taʼminotini Oʻsimliklar karantini ilmiy markazi amalga oshiradi.
Oʻsimliklar karantini ilmiy markazi oʻsimliklar karantini obyektlarining bioekologik xususiyatlarini va ularga qarshi kurashish usullarini oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Oʻsimliklar karantini ilmiy markazi oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish sohasi xodimlarining kasbiy bilimlari va malakasi oshirilishini, oʻsimliklar karantini obyektlari toʻgʻrisidagi bilimlarning aholi oʻrtasida tarqatilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidagi oʻsimliklar karantini punktlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan karantin ostidagi mahsulotni (shu jumladan tranzit yuklarni) tekshirish oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan oʻsimliklar karantini chegara punktlarida oʻtkaziladi.
Oʻsimliklar karantini chegara punkti Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi punktida, ichki hududlararo chegara punktlarida tashkil qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xonalar bilan, tekshiruvlar oʻtkazish va namunalar olish, fitosanitariya ekspertizasini va fumigatsiya ishlarini amalga oshirish uchun vositalar, aloqa vositalari va Internet tarmogʻi bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimliklar karantini davlat inspektori fitosanitariya sertifikatining qalbakiligini, belgilangan talablarga muvofiq emasligini aniqlagan yoki karantin ostidagi mahsulotlarda oʻsimliklar karantini obyektlari mavjudligi toʻgʻrisida shubha boʻlgan taqdirda, ushbu karantin ostidagi mahsulot oʻsimliklar karantini tegishli chegara punktida ushlab turiladi va bu haqda Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga xabar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektoridir, uning oʻrinbosarlari va Oʻsimliklar karantini ilmiy markazining direktori Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlaridir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalarining boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorlaridir.
Tumanlar va shaharlar oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari oʻz faoliyatini tegishli hududda amalga oshiradi.
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalarining agronomlari, avtomobil yoʻllaridagi, temir yoʻl stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi oʻsimliklar karantini chegara punktlarining, shuningdek pochtamtdagi oʻsimliklar karantini punktining mudirlari va agronomlari, oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish boʻyicha maxsus fumigatsiya boʻlinmalarining boshliqlari va mutaxassislari oʻsimliklar karantini davlat inspektorlaridir.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Oʻsimliklar karantini davlat inspektorlarining huquqlari
Oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududiga moneliksiz kirishga;
oʻsimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablarining buzilishlarini bartaraf etish hamda ularning oldini olish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritishga;
laboratoriya tekshiruvlari va tegishli ekspertiza oʻtkazish uchun karantin ostidagi mahsulotdan namunalar olishga;
oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlanganda oʻsimliklar karantini qoidalariga muvofiq karantin cheklovlari oʻrnatishga, olib kirilgan karantin ostidagi mahsulotni ushlab turishga, olib qoʻyishga yoki qaytarib yuborishga;
 LexUZ sharhi
Qarang: Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (31.10.2019-y., roʻyxat raqami 3191).
kirib kelayotgan va joʻnatilayotgan, ushbu Qonunning 20-moddasiga muvofiq oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlar tatbiq etiladigan yuklar toʻgʻrisida bojxona organlaridan, temir yoʻl stansiyalarining, avtovokzallarning (avtostansiyalarning), aeroportlarning, daryo portlarining (pristanlarining), pochtamtlarning, dehqon bozorlarining va boshqa tashkilotlarning maʼmuriyatlaridan maʼlumotlar talab qilishga;
zarur boʻlgan taqdirda karantin ostidagi mahsulotni koʻzdan kechirish va zararsizlantirish ishlarini amalga oshirish uchun yordamchi ishchilar, xizmat xonalari va yordamchi materiallar berilishini yuklarning egalaridan talab qilishga.
Oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi toʻgʻrisidagi nizom”ning 3-bobi.
17-modda. Oʻsimliklar karantini davlat inspektorlarining majburiyatlari
Oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari:
oʻsimliklar karantini obyektlarining oʻsimliklar karantini obyektlaridan xoli boʻlgan hududga kirib kelishining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrishi;
oʻsimliklar karantini obyektlariga tashxis qoʻyish maqsadida laboratoriya tekshiruvlari va boshqa tekshiruvlar oʻtkazilishini tashkil etishi;
tegishli organlar va tashkilotlarni chegaraoldi hududlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan karantin holati toʻgʻrisida xabardor qilishi, oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarni amalga oshirishi hamda zarur tavsiyalar berishi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur fitosanitariya talablarini bajarish toʻgʻrisida taqdimnomalar yuborishi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻsimliklar karantini qoidalariga nomuvofiqlik va fitosanitariya talablari buzilganligi faktlari aniqlanganda temir yoʻl vagonlaridan, kemalardan, samolyotlardan va boshqa transport vositalaridan foydalanishga doir taqiq oʻrnatishi shart.
Oʻsimliklar karantini davlat inspektorlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi toʻgʻrisidagi nizom”ning 3-bobi.
4-bob. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning oʻsimliklar karantini sohasidagi huquq va majburiyatlari
18-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning oʻsimliklar karantini sohasidagi huquqlari
Karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
zarur hollarda, oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati vakillari bilan birgalikda oʻsimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablari soʻzsiz bajarilishini taʼminlovchi tadbirlar majmuini ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻsimliklar karantini obyektlarini aniqlash uchun oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatidan karantin ostidagi mahsulotni saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va qabul qilish punktlari joylashgan yerlarni, ularga tutash hududlarni, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni, oʻrmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlarini nazorat tekshiruvlaridan oʻtkazishni talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻsimliklar karantini obyektlari toʻliq yoʻq qilinganidan keyin oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga karantin cheklovlarini bekor qilish boʻyicha takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning oʻsimliklar karantini sohasidagi majburiyatlari
Karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar:
oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati nazorati ostida tekshirishga (koʻzdan kechirishga) va oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishga doir ishlarni, shuningdek ushbu karantin obyektlari tarqalishining oldini olishga doir tadbirlarni amalga oshirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda karantin ruxsatnomasi va (yoki) ichki fitosanitariya sertifikati olinmagan karantin ostidagi mahsulotni qabul qilmasligi;
xorijiy mamlakatlardan va Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilingan hududlaridan karantin ostidagi mahsulotni olib kirishda oʻsimliklar karantini qoidalariga rioya qilishi;
tegishli yuklar saqlanadigan omborxonalarda har yili kamida bir marta profilaktik fumigatsiya ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirishi shart.
Karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari, dorivor oʻsimliklar, daraxt va butalar yetishtirish, oʻsimliklarning yangi navlari seleksiyasi bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar oʻsimliklar karantini obyektlarini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida ekinlar va daraxtlarni tizimli ravishda kuzatib borishni amalga oshirishi, ular aniqlangan taqdirda esa bu haqda mahalliy davlat hokimiyati organlarini, oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatini darhol xabardor qilishi, shuningdek aniqlangan oʻsimliklar karantini obyektlarini bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlar va ularni amalga oshirish
20-modda. Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlar
Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarning maqsadi oʻsimliklar karantini obyektlarining xorijiy mamlakatlardan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini obyektlari tarqalgan hududidan Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini obyektlaridan xoli boʻlgan hududlariga kirib kelishi natijasida zarar yetkazilishi xavfining oldini olish, uni cheklash va bartaraf etishdan iborat.
Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlar:
tabiiy sharoitlardagi mavjud oʻsimlik dunyosiga, qishloq xoʻjaligiga, oʻrmonlarga, dorivor, manzarali oʻsimliklarga, shu jumladan ularning urugʻlari, koʻchatlari va qismlariga (qalamchasi, piyozi, tugunagi, mevasiga va boshqalarga), shuningdek oʻsimliklar karantini obyektlarini tashuvchi boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa oʻsimlik mahsulotiga;
tirik zamburugʻlarga, bakteriyalar, viruslar, nematodalar, kanalar, hasharotlarga;
hasharotlarning, oʻsimliklar kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilarning kolleksiyalariga va ular yetkazadigan zararlarning namunalariga, shuningdek gerbariylarga va urugʻlarning kolleksiyalariga;
xorijiy mamlakatlardan va Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilingan hududlaridan kirib kelayotgan oʻsimliklarga, qishloq xoʻjaligi mashinalariga, yerga ishlov berish qurollariga, idishlarning barcha turlariga, ayrim sanoat tovarlariga, qadoqlash vositalariga, shuningdek oʻsimlik materiallaridan tayyorlangan buyumlarga, yaxlit toshlarga, tuproq namunalariga, transport vositalariga hamda boshqa oʻsimliklar karantini obyektlarini tashuvchilarga;
oʻsimlik mahsulotini yetishtiradigan, tayyorlaydigan, gʻamlaydigan, qayta ishlaydigan hamda realizatsiya qiladigan korxonalar va tashkilotlarning hududlari va binolariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga va oʻrmon fondi yerlariga, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga, shuningdek qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanilmaydigan yerlarga (yoʻllarga, elektr oʻtkazgichlar atrofidagi yerlarga va boshqalarga) hamda davlatning chegaraoldi hududlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Karantin oʻrnatish va uni bekor qilish tartibi
Oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlangan hollarda tuman (shahar) oʻsimliklar karantini davlat inspektorining taqdimnomasiga koʻra mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan fermer va dehqon xoʻjaliklarining, oʻrmon xoʻjaliklarining hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar, daryo portlari, shaharchalar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek ularga tutash hududlar oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilinadi yoki ularda zarur karantin cheklovlari oʻrnatiladi.
Tumanlar va shaharlarni oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilish yoki karantin cheklovlarini oʻrnatish tegishli oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining hududlarini oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilish yoki karantin cheklovini oʻrnatish Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilingan hududda oʻsimliklar karantini oʻchogʻining tarqalishiga yoʻl qoʻyilmaydi, unga tutash hududlarda oʻsimliklar karantini obyektlari tarqalishining oldini olishga va ularni yoʻq qilishga qaratilgan oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlar oʻtkaziladi.
Karantin ostidagi mahsulotni karantin cheklovlari oʻrnatilgan hududlardan olib chiqish va ulardan foydalanish shartlari oʻsimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablari asosida amalga oshiriladi, bundan zararlangan mahsulot mustasno.
Zararlangan mahsulotdan foydalanish shartlari oʻsimliklar karantini qoidalariga muvofiq oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan belgilanadi.
Hududda oʻrnatilgan karantin cheklovlari oʻsimliklar karantini boʻyicha zarur tadbirlar oʻtkazilganidan va oʻsimliklar karantini obyektlari toʻliq yoʻq qilinganidan keyin, tegishli oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorlarining taqdimnomalariga koʻra cheklovlar oʻrnatgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22-modda. Fitosanitar dala nazorati va uni tashkil etish
Fitosanitar dala nazorati oʻsimliklarning va oʻsimlik mahsulotining fitosanitar tozaligini taʼminlash, ularda oʻsimliklar karantini obyektlarining mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Fitosanitar dala nazorati oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Fitosanitar dala nazorati oʻtkazilganidan keyin dalolatnoma tuziladi va amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlar belgilanadi.
23-modda. Oʻsimliklar karantini sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari
Oʻsimliklar karantini sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari karantin ostidagi mahsulotning qismlarini va (yoki) namunalarini ular zararlanganligini yoki zararlanmaganligini, ularda oʻsimliklar karantini obyektlari mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tadqiqotlardan iborat va bu tadqiqotlar qonun hujjatlariga muvofiq akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimliklar karantini sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari:
karantin ostidagi mahsulotning oʻsimliklar karantini qoidalariga hamda fitosanitariya talablariga muvofiqligini aniqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsimliklar karantini sohasida monitoring olib borish;
fitosanitar xavfni tahlil qilish;
fitosanitariya sertifikatini berish;
karantin ruxsatnomasini berish;
ilmiy izlanishlarni amalga oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
Oʻsimliklar karantini sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
24-modda. Karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi
Karantin ostidagi mahsulot olib kirilayotganda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashilayotganda, olib chiqilayotganda transport vositalaridagi va boʻsh omborlardagi fumigatsiya ishlari faqat oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish boʻyicha maxsus fumigatsiya boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilib, ularning yakuni boʻyicha zararsizlantirish toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 5-bobi.
25-modda. Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish oʻsimliklar karantini obyektlarini aniqlash, kuzatish, tahlil qilish, baholash va ularning tarqalishini prognoz qilish tizimidan iboratdir.
Oʻsimliklar karantini sohasidagi monitoring:
oʻsimliklar karantini obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishiga, tarqalishiga hamda bioekologik xususiyatlarga taʼsir koʻrsatishiga koʻmaklashuvchi omillarni aniqlash va baholash;
oʻsimliklar karantini obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish yoʻllarini va tarqalgan hududlarni aniqlash;
oʻsimliklar karantini obyektlari oʻchoqlarini aniqlash;
oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
fitosanitar xavfni aniqlash va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Fitosanitar xavfni tahlil qilish, fitosanitariya choralarini qoʻllash va bekor qilish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Oʻsimliklar karantini sohasidagi monitoring Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Oʻsimliklar karantini sohasidagi axborotning ochiqligi
26-modda. Axborotdan foydalanish
Oʻsimliklar karantini sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlar, shu jumladan fitosanitariya talablari, shuningdek karantin ostidagi hududlar, oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda oʻsimliklar karantini sohasidagi boshqa axborot ommaviy axborot vositalarida va Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududining fitosanitar holati toʻgʻrisidagi milliy maʼruza
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi hududining fitosanitar holati toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududining fitosanitar holati toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Karantin ostidagi mahsulotni olib kirish va olib chiqish
28-modda. Olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib oʻtilayotgan karantin ostidagi mahsulotga nisbatan talablar
Olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib oʻtilayotgan karantin ostidagi mahsulot oʻsimliklar karantini obyektlaridan xoli boʻlishi hamda uning har bir turkumi fitosanitariya sertifikatlarining asl nusxalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Karantin ostidagi mahsulot olib kirilayotganda, olib chiqilayotganda va tranzit tarzida olib oʻtilayotganda oʻsimliklar karantini qoidalari hamda fitosanitariya talablariga rioya qilinishi kerak.
29-modda. Karantin ostidagi mahsulotni olib kirish
Karantin ostidagi mahsulotni olib kirishga karantin ruxsatnomasi, eksport qiluvchi mamlakatning oʻsimliklar karantini va ularni himoya qilish boʻyicha davlat organlari tomonidan beriladigan fitosanitariya sertifikati yoki guvohnomasi mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Oʻsimliklar karantini va ularni himoya qilish boʻyicha davlat organlariga ega boʻlmagan xorijiy mamlakatlardan karantin ostidagi mahsulotni olib kirishga Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan karantin ostidagi mahsulotning har bir turkumiga alohida-alohida beriladigan karantin ruxsatnomasi mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar karantin ostidagi mahsulotni olib kirishda:
karantin ostidagi mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berishga yoki uning hududidan tranzit tarzida olib oʻtishga doir savdo shartnomalariga (kontraktlariga) oʻsimliklar karantini obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishining oldini olishni taʼminlaydigan fitosanitariya talablarini kiritishi;
xorijiy mamlakatlardan karantin ostidagi mahsulotni xarid qilish chogʻida, zarur boʻlgan taqdirda, bu mamlakatlardagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish uchun oʻsimliklar karantini boʻyicha mutaxassislarni yuborishni nazarda tutishi shart.
Olib kirilayotgan karantin ostidagi mahsulot oʻsimliklar karantini chegara punktlarida oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan majburiy tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim.
Karantin ostidagi mahsulotni olib kirish amalga oshiriladigan oʻsimliklar karantini chegara punktlari Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoʻshni davlatlardan oʻsimliklar karantini obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishi va tarqalishi tahdidi yuzaga kelgan taqdirda, vakolatli organlarning qaroriga koʻra xavf tugʻdiruvchi uchastkalardagi chegara vaqtincha yopib qoʻyiladi.
Oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlangan karantin ostidagi mahsulotni olib kirish taqiqlanadi, bundan ularning ilmiy maqsadlarda olib kirilayotgan namunalari mustasno.
Urugʻliklarni va ekish materiallarini xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi fuqarolarga pochta joʻnatmalarida yuborish, shuningdek yuk bilan olib oʻtish taqiqlanadi. Oʻsimliklar karantini obyektlari bilan zararlanmagan ayrim mevalarni, yangi hoʻl meva va sabzavotlarni yoʻlovchilarning qoʻl yukida oʻtkazishga oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan ruxsat beriladi. Alohida qimmatga ega boʻlgan urugʻlar, oʻsimliklar yoki ekish materiallari ilmiy-tadqiqot muassasalarining manziliga yoʻllangan taqdirda, ular oʻsimliklar karantini davlat inspektorining xulosasiga koʻra introduksiya karantin koʻchatxonasiga tekshirish uchun yuborilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va savdo vakolatxonalari tomonidan karantin ostidagi mahsulotni xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga yuk bilan olib kirish va pochta orqali joʻnatish, mamlakat ichida tashish hamda undan foydalanish oʻsimliklar karantini qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Olib kirilgan karantin ostidagi mahsulotda oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda bir sutka ichida majburiy fumigatsiya qilinadi yoki boshqa usullar bilan zararsizlantiriladi, begona oʻtlardan tozalanadi, yashirin zararlanishlarni aniqlash va sogʻlomlashtirish maqsadida oranjereyalarga va karantin koʻchatxonalariga oʻsimliklar karantini qoidalariga muvofiq ekiladi. Bu oʻsimlik materialiga texnik jihatdan ishlov beriladi yoki ulardan hududi oʻsimliklar karantini obyektlari tarqalishi xavfidan xoli boʻlgan tumanlarda foydalaniladi. Yashirin zararlanishni aniqlash alohida hollarda laboratoriya tekshiruvi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Olib kirilgan karantin ostidagi mahsulotni zararsizlantirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shu jumladan ishchi kuchidan, transportdan, xonalardan va yordamchi materiallardan foydalanish tegishli yukni oluvchilar yoki karantin ostidagi mahsulotni joʻnatuvchilar hisobidan amalga oshiriladi.
Karantin ostidagi mahsulot mavjud boʻlgan tranzit yuklar oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati tomonidan majburiy tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim. Oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlangan taqdirda, mazkur yuklar ushlab turilishi, zararsizlantirilishi yoki uni eksport qilgan mamlakatga qaytarib yuborilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 3, 4-boblari.
30-modda. Karantin ostidagi mahsulotni olib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulot oʻsimliklar karantini qoidalariga, fitosanitariya talablariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini sohasidagi xalqaro shartnomalari qoidalariga muvofiq boʻlishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan karantin ostidagi mahsulotlar roʻyxatiga kiritilmagan boʻlishi kerak.
Karantin ostidagi mahsulotning har bir turkumiga belgilangan namunadagi fitosanitariya sertifikati ilova qilingan boʻlishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”.
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qilish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar, tegishli oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini karantin ostidagi mahsulotni yuklab joʻnatish sanasi toʻgʻrisida kamida oʻn kun oldin xabardor qilishi, mahsulotni yuklab joʻnatish uchun maqbul boʻlgan joyni ular bilan birgalikda belgilashi, yuklab joʻnatish sanasidan uch kun oldin eksport qilinayotgan mahsulotni tekshirish uchun taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
31-modda. Oʻsimliklar karantini sohasidagi xalqaro hamkorlik
Oʻsimliklar karantini sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32-modda. Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati tizimini moliyalashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati tizimi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish boʻyicha maxsus fumigatsiya boʻlinmalari zararsizlantirish boʻyicha bajarilgan ishlardan olingan tushumlar hisobidan toʻliq oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish va fitosanitar xavfsizlikni taʼminlash uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan mablagʻlar ajratiladi.
Oʻsimliklar karantini sohasida koʻrsatiladigan pullik xizmatlardan olingan daromadlar oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati tizimi xodimlarini ragʻbatlantirishga, oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga hamda ularning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarning oʻrnini qoplashga sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatining olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib oʻtilayotgan karantin ostidagi mahsulotni tekshirish hamda koʻzdan kechirish, shuningdek zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq barcha xarajatlarining oʻrni tegishli yuridik va jismoniy shaxslar mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 3-bobi.
33-modda. Nizolarni hal etish
Oʻsimliklar karantini sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34-modda. Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.