1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er;
2.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasining
Qonuni
Yaylovlar toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 2-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 3-mayda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari]
Ushbu Qonunning maqsadi yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Yaylovlar toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yaylovlar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Yaylovlar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
Yaylovlar chorva mollari uchun ozuqa boʻlgan oʻsimliklarning tabiiy qoplamiga ega yerlardir.
Yaylovlar umummilliy boylik boʻlib, davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Yaylovlar choʻldagi, yarim choʻldagi, togʻ oldidagi, togʻdagi va tekislikdagi, suv bilan taʼminlangan hamda suv bilan taʼminlanmagan yaylovlarga ajratiladi.
Togʻdagi yaylovlar mavsumiy boʻlib, ulardan yilning faqat muayyan vaqtida foydalaniladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.05.00 Yerdan foydalanishni va muhofaza qilish sohasini rejalashtirish va meʼyorlash]
2-bob. Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasini tartibga solish
4-modda. Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamoat va boshqa tashkilotlar]
Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish;
yaylovlarni saqlab qolishga qaratilgan qoidalar, normalar va normativlarni belgilash;
davlat nazoratini amalga oshirish;
yaylovlardan oqilona foydalanishni, ularni muhofaza qilishni, takror koʻpaytirishni va tiklashni taʼminlash;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
5-modda. Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
(5-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
yaylovlarni foydalanish uchun ijaraga berish tartibini tasdiqlaydi.
(6-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarni, yaylovlarda pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari hamda muddatlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari]
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
(7-modda ikkinchi qismning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda amalga oshiradi;
(7-modda ikkinchi qismning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
yaylovlarda pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari hamda muddatlarini tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi;
(7-modda ikkinchi qismning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
(7-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha choralar koʻradi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining yaylovlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
(8-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.18.00 Yerlarni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yaylovlarning holatini yaxshilash, ulardan foydalanishni prognoz qilish va istiqbolli rejalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazadi;
yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirishni amalga oshiradi;
yaylovlarning monitoringini yuritadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining yaylovlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi;
yaylovlardagi oʻsimliklar holatining monitoringini oʻtkazishda ishtirok etadi.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
oʻrmon fondi yerlarida yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yaylovlarda pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari hamda muddatlarini belgilashda ishtirok etadi;
chorva mollarini oʻtlatish uchun uchastkalar berilishini taʼminlaydi;
oʻrmon fondi yerlarida yaylovlar monitoringini oʻtkazishda ishtirok etadi.
11-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishdagi ishtiroki
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar:
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishiga koʻmaklashadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
12-modda. Yaylovlardan foydalanuvchilar birlashmalari
Yaylovlardan foydalanuvchilar yaylovlardan birgalikda foydalanish hamda ularni muhofaza qilish uchun yaylovlardan foydalanuvchilar birlashmalarini tuzishi mumkin.
Yaylovlardan foydalanuvchilar birlashmalari yaylovlardan oqilona foydalanishga va ularni muhofaza qilishga doir ishlarni tashkil etadi hamda yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.05 Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish huquqi]
Yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarini ijaraga, shu jumladan ikkilamchi ijaraga olish yoʻli bilan yaylovlardan foydalanishi mumkin.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Yaylovlar ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.06 Oʻrmon fondi yerlari]
Oʻrmon fondi yerlarida yaylovlardan davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining ruxsatnomasi boʻyicha foydalaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketishda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara]
Foydalanishdan chiqib ketgan yaylovlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xoʻjaligi korxonalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan investorlarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi maqsadida uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishga kiritilgan yaylovlarni ikkilamchi ijaraga berishi (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-639-sonli Qonuniga asoan toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
14-modda. Yaylovlardan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Yaylovlardan foydalanuvchilar:
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarga muvofiq chorva mollarini oʻtlatish va pichan oʻrish;
yaylov infratuzilmasini barpo etishga doir ishlarni amalga oshirish;
yaylovlardan foydalanuvchilar birlashmasini tuzish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.05.00 Yerdan foydalanishni va muhofaza qilish sohasini rejalashtirish va meʼyorlash]
Yaylovlardan foydalanuvchilar:
yaylovlardan ularning belgilangan maqsadiga koʻra oqilona foydalanishi;
yaylov oʻsimliklarini takror koʻpaytirishga koʻmaklashishga, oʻsimlik qoplamini tiklashga, shuningdek yaylovlarning tanazzulga uchrashiga yoʻl qoʻymaslikka doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi;
yaylovlar almashinishini tashkil etishi va unga rioya qilishi;
yaylovlarda yongʻinlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrishi, yongʻin oʻchoqlarining oʻz vaqtida tugatilishini taʼminlashi;
yaylov oʻsimliklari zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirishi;
yaylovlarni saqlab qolishga qaratilgan belgilangan qoidalar, normalar va normativlarga rioya etishi shart.
15-modda. Yaylovlardan foydalanishga doir tadbirlar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]
Yaylovlardan foydalanishga doir tadbirlar yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish va geobotanik jihatdan tekshirish maʼlumotlaridan kelib chiqqan holda tuziladi hamda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
yaylovlardan foydalanuvchilarning roʻyxatini;
yaylovlarda oʻtlatish uchun moʻljallanadigan chorva mollari roʻyxatini;
hayvonlar kasalliklarini profilaktika qilishni;
yaylovlarning chegaralari va uchastkalari belgilangan xaritani;
podaning mavsumiy harakatlanish yoʻnalishlarining kalendar jadvalini, yaylovlarning almashinishi, chorva mollari haydab oʻtiladigan joylar va foydalaniladigan qoʻtonlar sxemalarini;
yaylov infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirishni, shu jumladan suvloqlarni tiklashni;
yaylov uchastkalarining holati va sifatini yaxshilashni, oʻt-oʻlanlar tanazzulga uchrashining oldini olishni.
16-modda. Yaylovlardan foydalanish normalari va muddatlari
Chorva mollarini oʻtlatish va pichan oʻrish yaylovlarning turiga, shuningdek yaylovning muayyan uchastkasida oʻtlatiladigan chorva mollarining turi va soniga qarab tasdiqlanadigan yaylovlardan foydalanish normalari hamda muddatlariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Yaylovlardan foydalanish normalari va muddatlari yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda geobotanik jihatdan tekshirish materiallari asosida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 689-son qarori bilan tasdiqlangan Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom.
17-modda. Yaylovlarning almashinishi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Yer tuzilishi. Yer tuzish jarayoni. Yer uchastkalari chegarasini oʻrnatish]
Yaylovlarning almashinishi yaylov uchastkalaridan davriy ravishda va navbati bilan foydalanishdir.
Yaylovlarning almashinishini taʼminlash uchun yaylovlar uchastkalarga ajratiladi.
Yaylovlarning almashinish uchastkalari maydonini belgilashda yaylovlar uchastkasi uchun eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normasi inobatga olinadi.
Yaylovlarning almashinishi yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish uchun tashkil etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 689-son qarori bilan tasdiqlangan Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomning 2-bobi.
18-modda. Yaylovlardan foydalanganlik uchun haq toʻlash
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
Yaylovlardan foydalanganlik uchun haq yer soligʻi yoki ijara haqi tarzida undiriladi.
19-modda. Yaylovlardan foydalanish huquqining tugatilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Yaylovlardan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
yaylov yerlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda;
(19-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
yaylovlardan foydalanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda.
20-modda. Yaylovlardan foydalanish huquqini cheklash
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.05.00 Noyob, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimliklar va hayvonlar. Qizil kitob]
Tanazzulga uchragan yaylovlarni takror koʻpaytirish va tiklash, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob hamda yoʻqolib ketayotgan oʻsimlik va hayvonlar turlarini muhofaza qilish maqsadida maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan yaylovlardan foydalanishga cheklovlar hamda taqiqlar belgilanadi.
4-bob. Yaylovlarni muhofaza qilish, takror koʻpaytirish va tiklash
21-modda. Yaylovlarni muhofaza qilish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
Yaylovlarni muhofaza qilish yaylovlardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanishga, ularni takror koʻpaytirishga va tiklashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi.
Yaylovlarni muhofaza qilish:
yaylovlardan foydalanish, ularni takror koʻpaytirish va tiklash qoidalari, normalari hamda normativlarini belgilash;
yaylovlardan foydalanishga cheklovlar va taqiqlar belgilash;
yaylovlardan oʻzboshimchalik bilan foydalanishning, oʻsimliklarni payhon qilishning oldini olish va ularga barham berish;
yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish;
yaylovlarning geobotanik jihatdan tekshirilishini amalga oshirish;
yaylovlarning monitoringini yuritish;
yaylovlardan foydalanish, ularni takror koʻpaytirish va tiklash ustidan nazoratni amalga oshirish yoʻli bilan taʼminlanadi.
22-modda. Yaylovlarni takror koʻpaytirish va tiklash
Yaylovlarni takror koʻpaytirish va tiklash yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda geobotanik jihatdan tekshirish asosida amalga oshiriladi.
Yaylovlarni takror koʻpaytirishga doir tadbirlar tuproq unumdorligini, yaylovlardagi oʻsimliklar qoplamining miqdoriy va sifat holatini saqlab turishning tabiiy jarayonlariga koʻmaklashishdan iboratdir.
Yaylovlardagi tiklash tadbirlari oʻsimliklarning muayyan turlarini ekishni qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda tabiiy yaylovlarda oʻsimliklarning begona turlarini ekish taqiqlanadi.
23-modda. Yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish]
Yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish yaylovlar holatining miqdoriy va sifat koʻrsatkichlarini aniqlashga hamda kartografik va boshqa materiallarda yaylovlarning holatini tasvirlashga (aks ettirishga) doir ishlar majmuidan iboratdir.
Inventarizatsiya jarayonida sifat holati yaxshilanishi talab etiladigan va foydalanish uchun yaroqsiz boʻlgan tanazzulga uchragan yaylov uchastkalari, shuningdek suv bilan taʼminlanmagan yaylovlar aniqlanadi.
Yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish materiallaridan yaylovlarda pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari hamda muddatlarini belgilash uchun foydalaniladi.
24-modda. Yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirish
Yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirish yaylovlarning mahsuldorligini, oʻt-oʻlanlarning tuzilishi va tarkibini, ularning unib chiqish joylarini, yaylovlardan chorva mollarini oʻtlatish uchun foydalanish imkoniyatini, yaylovlardagi oʻsimliklarning sifati va zaxiralarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tekshiruvdir.
Yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirish materiallaridan:
yer tuzish loyihalarini ishlab chiqishda;
ajratilgan uchastkada yerni, oʻsuvchi oʻtlarning ozuqaboplik xususiyatlarini kadastr jihatdan baholashda;
yaylovlardan foydalanishni yaxshilash boʻyicha ishlar amalga oshirilishini oʻz ichiga oladigan yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda;
yaylovlarning geobotanik xaritalarini tuzishda;
yerlarni rekultivatsiya, konservatsiya qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishda, yerdan foydalanishga doir cheklovlar belgilashda, yaylovlarni takror koʻpaytirish, tiklash, muhofaza qilish va ularning hosildorligini oshirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishda, shuningdek yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqishda foydalaniladi.
25-modda. Yaylovlar monitoringi
Yaylovlar monitoringi yaylovlar toʻgʻrisidagi miqdoriy va sifatga doir maʼlumotlar haqida axborot toʻplash, ularning holatini baholash va prognoz qilish, salbiy jarayonlarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida yaylovlarning holati, yaylovlardan foydalanish natijasida yuzaga kelayotgan oʻzgarishlar yuzasidan kuzatuvlar tizimidir.
Yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirish va inventarizatsiyadan oʻtkazish yoʻli bilan olingan tizimli kuzatish maʼlumotlari monitoringning asosidir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha yaylovlarning holati toʻgʻrisidagi monitoring maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining veb-saytida vaqti-vaqti bilan joylashtirib boriladi.
(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
26-modda. Yaylovlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.14.00 Yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari]
Yuridik va jismoniy shaxslar yaylovlarni ifloslantirganlik, ulardan oqilona foydalanmaganlik, ularning tanazzulga uchraganligi va yaylovlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzganlik natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
(26-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
28-modda. Yaylovlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.24.00 Yerga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Yaylovlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
29-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
(29-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
30-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(30-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
31-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-may,
OʻRQ-538-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2019-y., 03/19/538/3155-son; 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)