1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVIning
Qarori
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 13-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2093-9]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3389, 28.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/5-son qarori (roʻyxat raqami 2093, 2010-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-may,
19/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 26-maydagi 19/10-son qaroriga ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“36. Mikrokredit tashkiloti filial tashkil qilish uchun:
“qoniqarli moliyaviy holatga ega boʻlishi;
mikrokredit tashkiloti kunlik jamlama buxgalteriya balansini tuzish uchun kerakli dasturiy-texnik vositalarga hamda malakali buxgalteriya xodimlariga ega boʻlishi;
Markaziy bank talablariga javob beradigan tegishli xonalar va uskunalarga ega boʻlishi lozim (naqd pul va qimmatliklar bilan faoliyat koʻrsatishi koʻzda tutilgan taqdirda).”.
“toʻlov muddati 30 kundan ortiq kechiktirilgan muddati oʻtgan kreditlarning summasi oxirgi 6 oy davomida mikrokredit tashkiloti kredit portfelining 5% dan kam miqdorini tashkil etganda;”;
“Mikrokredit tashkiloti filialini tashkil etish va Markaziy bankda hisobga qoʻyish uchun Markaziy bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
iqtisodiy asoslab berilgan holda mazkur filialni tashkil etish toʻgʻrisidagi ariza;
filialni tashkil etish toʻgʻrisidagi mikrokredit tashkiloti boshqaruv organining qarori;
filial rahbari lavozimiga koʻrsatilgan nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumot;
filial kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi boʻyicha Markaziy bank tegishli hududiy boshqarmasining xulosasi (naqd pul va qimmatliklar bilan faoliyat koʻrsatishi koʻzda tutilgan taqdirda).”.