toggle_night_mode
Hujjat 01.06.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3020]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5430-son “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-iyun,
308-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 308-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 4-maydagi PF-5430-son “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tegishli adliya organlarida roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ularning alohida boʻlinmalari, bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari, diniy tashkilotlarning (bundan buyon matnda nodavlat notijorat tashkilotlari deb yuritiladi) oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari (bundan buyon matnda tadbir deb yuritiladi) haqida xabardor qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan konferensiya, seminar, trening, yigʻilish, aksiya, davra suhbati, uchrashuv, simpozium va boshqa shakllarda shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlat hududida toʻplanishini tashkil qilish nodavlat notijorat tashkiloti tadbiri hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom talablari siyosiy partiyalar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarga, shuningdek diniy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan ibodat, diniy rasm-rusumlar va marosim tarzidagi tadbirlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirishni, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazishni, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitishni, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qilishni, fuqarolarning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qilishni maqsad qilib qoʻygan tadbirlar oʻtkazilishini rejalashtirish va oʻtkazish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Nodavlat notijorat tashkilotlari tegishliligi boʻyicha uni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan yoki hisobga qoʻygan adliya organini tadbir haqida oldindan xabardor qilishi lozim.
5. Tegishli adliya organlarida davlat roʻyxatidan oʻtgan yoki hisobga qoʻyilgan ikki yoki undan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorlikda tadbir oʻtkazishni rejalashtirganda, mazkur tadbir haqida ulardan birining tegishli adliya organini xabardor qilishi yetarli hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Tadbir oʻtkazilishi haqida xabardor qilish
6. Nodavlat notijorat tashkilotlari tegishli adliya organini tadbir haqida yozma yoki elektron shaklda quyidagi muddatlarda xabardor qilishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
tadbir Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining ishtirokisiz oʻtkazilishi rejalashtirilganda — tadbir oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin;
tadbir Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari ishtirokida yoki xorijiy davlat hududida oʻtkazilishi rejalashtirilganda — tadbir oʻtkazilishidan kamida 20 kun oldin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbir haqida tegishli adliya organini xabardor qilishi mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbir haqidagi xabarnomani (bundan buyon matnda Xabarnoma deb yuritiladi) rasmiylashtirgan holda tegishli adliya organiga yuborish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Xabarnoma nodavlat notijorat tashkilotiga rahbarlik qilayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. Xabarnomani imzolagan shaxs undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi, shuningdek Xabarnomaning oʻz vaqtida yuborilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi tadbirlar oʻtkazilishini rejalashtirgan hollarda tadbir oʻtkazilishidan kamida 3 ish kuni oldin tegishli adliya organiga Xabarnomaning 1 — 8-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatilgan xat yuboradi:
Keyingi tahrirga qarang.
nodavlat notijorat tashkilotining ustaviga yoki nizomiga muvofiq uning rahbar organlarining yigʻilishlarini oʻtkazish rejalashtirilganda (nodavlat notijorat tashkilotining bosh tashkiloti, shu jumladan bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari, shuningdek bunday vakolatxonalarning bosh tashkiloti xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan ommaviy axborot vositalari vakillaridan tashqari boshqa shaxslar ishtirok etmagan hollarda);
nodavlat notijorat tashkilotining tegishli litsenziya yoki ruxsatnomaga ega boʻlgan holda ushbu faoliyat turini amalga oshirish yuzasidan tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilganda;
nodavlat notijorat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va boshqa hujjatlarida, shuningdek davlat dasturlari va milliy rejalarda oʻtkazilishi nazarda tutilgan tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilganda;
nodavlat notijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari tomonidan ajratilgan davlat granti va davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tasdiqlangan yoki ular bilan kelishilgan rejalarga muvofiq oʻtkaziladigan ommaviy jismoniy-tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazish rejalashtirilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
nodavlat notijorat tashkilotining Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari talablariga muvofiq tegishli ruxsatnomaga asosan tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilganda.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Adliya organiga yuborilgan Xabarnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar uni yuborgan nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan oʻzgartirilishi mumkin. Bunda nodavlat notijorat tashkiloti tadbir oʻtkazilishidan kamida 3 ish kuni oldin Xabarnomaning oʻzgargan bandlarini (kichik bandlarini) qayta toʻldiradi va tegishli adliya organiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Nodavlat notijorat tashkiloti tadbirni oʻtkazmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilganda tegishli adliya organini qoʻshimcha ravishda xabardor qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Nodavlat notijorat tashkiloti tadbirni adliya organiga taqdim qilgan Xabarnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq tashkil etadi va oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Xabarnomani koʻrib chiqish
13. Adliya organi Xabarnomani tahlil qilish orqali ulardagi maʼlumotlarning ishonchliligini, shuningdek tadbirlarning qonun hujjatlariga va mazkur nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavida yoki nizomida belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligini oʻrganadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Adliya organlari Xabarnomani oʻrganish jarayonida, biroq tadbir oʻtkazilishiga 3 kun qolgunga qadar boʻlgan muddatda Xabarnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Adliya organlari Xabarnomaning oʻrganish natijalari boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirlarni oʻtkazilishini taqiqlash yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin, mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tadbirlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Tadbirni oʻtkazishni taqiqlash toʻgʻrisidagi qaror tegishli adliya organi rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadigan xat shaklida rasmiylashtiriladi.
Adliya organi xatni tadbir oʻtkazilishidan kamida 2 kun oldin tegishli nodavlat notijorat tashkilotiga yuboradi va bu haqda uni ogohlantiradi.
17. Quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasining mavjud boʻlishi adliya organi tomonidan tadbirni oʻtkazishni taqiqlash uchun asos boʻladi:
Xabarnoma mazkur Nizom talablariga rioya etmagan holda taqdim etilganda;
Xabarnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi aniqlanganda;
tadbirni oʻtkazish qonun hujjatlari talablariga zid boʻlganda.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Adliya organi tomonidan tadbirni oʻtkazish mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda taqiqlanganda, nodavlat notijorat tashkiloti adliya organining xatida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, Xabarnomani qaytadan belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda takroran adliya organiga taqdim etishi mumkin.
19. Nodavlat notijorat tashkiloti adliya organining tadbirni oʻtkazishni taqiqlash toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlganda sudga shikoyat qilishi mumkin.
4-bob. Yakuniy qoidalar
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Nizom Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi I. NASRIYEV
2018-yil 31-may
Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbir haqida
XABARNOMA

T/r

Oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbir haqidagi maʼlumotlar

1.

Nodavlat notijorat tashkilotining toʻliq nomi

2.

Tadbirni oʻtkazishdan maqsad

3.

Tadbirning shakli va mavzusi (kun tartibi)

4.

Tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan maqsadli guruhlar (voyaga yetmaganlar, talabalar, ayollar va h.k.)

5.

Tadbirni oʻtkazish manzili

a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar

b) tuman, shahar

v) mahalla, mavze, koʻcha

g) uy

6.

Tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan shaxslar soni

7.

Tadbirni oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjat (mazkur band Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilganda toʻldiriladi)

8.

Tadbir oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan vaqt (yil, oy, kun, soat)

9.

Tadbirni moliyalashtirish manbalari (agar mavjud boʻlsa)

10.

Tadbirni oʻtkazishda hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning nomi (agar mavjud boʻlsa)

11.

Tadbirda foydalanishi moʻljallangan tarqatma, bosma, audiovizual va boshqa materiallarning nusxalari (agar mavjud boʻlsa ilova qilinadi)

12.

Tadbirda ishtirok etuvchi chet el fuqarolari haqidagi maʼlumot (Adliya vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan chet el fuqarosi boʻyicha ushbu bandning “b”–”d” kichik bandlari toʻldirilmaydi)

a) F.I.O.

b) fuqaroligi

v) yashash joyi

g) tugʻilgan sanasi

d) ish joyi va lavozimi

e) akkreditatsiya kartochkasi raqami


Rahbar


___________________
(imzo)


______________________________

(F.I.O. va telefon raqami)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 308-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 4-iyundagi 177-mh-son “Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2679, 2015-yil 4-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 22-son, 297-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-son “Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2679-1, 2016-yil 27-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 369-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2018-y., 10/18/3020/1332-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.05.2023-y., 10/23/3020-1/0281-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son; 29.05.2025-y., 10/25/3020-2/0482-son)