1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3022]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3385, 09.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
dastur koordinatorlari — Qarorga asosan dastur amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tizimli monitoring qilish va roʻyobga chiqarilishiga koʻmaklashish maqsadida belgilangan masʼul shaxslar;
tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar — Qarorga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha tuziladigan ishchi guruhlar;
maxsus ishchi guruhlar — Qarorga asosan investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalariga masʼul boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari rahbarligida aholiga tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatish va tavsiyalar berish boʻyicha tuziladigan ishchi guruhlar;
hududiy ishchi guruhlar — Qarorga asosan tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida tadbirkorlik faoliyati tashkil etishga amaliy yordam berish hamda monitoring qilish boʻyicha tuziladigan ishchi guruhlar;
kredit liniyasi — tijorat banklari bilan dastur doirasida resurs ajratuvchi moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga (Bosh kelishuvga) asosan qarz oluvchilarga kredit ajratish uchun ochilgan kredit liniyalari;
qarz oluvchilar — tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlari;
mikrokreditlar — eng kam ish haqining 150 baravarigacha miqdorda — oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun, eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar.
5. Mazkur kreditlar bank balansida alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
6. Kreditlar qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
7. Kreditlar:
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachilikni amalga oshirish;
umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirish;
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;
maʼmuriy xarajatlarni toʻlash, jumladan xizmat avtomobillari taʼminoti;
mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga toʻlov maqsadlari uchun ajratilmaydi.
8. Mikrokreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladi.
9. Kreditlar ushbu kredit hisobiga amalga oshiriladigan loyihaning biznes-rejasiga muvofiq oʻzini oʻzi qoplash jihatlaridan kelib chiqib 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha ajratilishi mumkin. Bunda berilayotgan imtiyozli davr va kreditni qaytarish muddati batafsil asoslantirilishi kerak.
10. Aylanma mablagʻlarni toʻldirishga imtiyozli kreditlar 18 oy muddatgacha revolver kredit tarzida ajratiladi.
jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlari (bundan buyon matnda sektorlar rahbarlari deb yuritiladi) va mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan imtiyozli kreditlash boʻyicha tavsiyanoma.
12. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan imtiyozli kreditlash boʻyicha tavsiyanomasi qabul qilinadi.
Bunda tijorat banklari kreditning qaytmaslik xatarini sugʻurtalaydi.
13. Qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlari kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza;
biznes-reja,
tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno.
14. Qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlari kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida bankka quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etadi:
uchinchi shaxs kafilligi;
sugʻurta polislari;
kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) kafilligi;
15. Tijorat banklari oʻzlarining ichki kredit siyosatiga muvofiq qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlariga mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan taʼminot turlarini talab qilmasdan eng kam ish haqining 150 baravarigacha boʻlgan miqdorda blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga ega.
Bunda bankka qarz oluvchi tomonidan muayyan daromadga egaligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi, bank tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatari sugʻurta qilinadi.
4-bob. Dastur koordinatorlari xulosasi asosida imtiyozli kreditlar ajratish
16. Tuman va shaharlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratish imkoniyati mavjud loyihalarga (bundan buyon matnda samarali loyihalar deb yuritiladi) dastur doirasidagi resurslar hisobidan eng kam ish haqining 1000 baravaridan ortiq miqdorda yillik 7 foiz stavkada imtiyozli kredit ajratilishi mumkin.
17. Samarali loyihalar tegishli hududiy ishchi guruhlar tomonidan tanlab olinadi va ushbu loyihaning haqiqatda mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati qayd etilgan holda imtiyozli kreditlashga xulosa tayyorlanadi va xulosa ishchi guruhlarning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
18. Hududiy ishchi guruhlarning samarali loyihani amalga oshirish boʻyicha xulosasi tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarga imtiyozli kredit ajratish uchun qaror qabul qilishga taqdim etiladi.
19. Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar hududiy ishchi guruhlarning xulosasi asosida qaror qabul qilishdan oldin, samarali loyihani joyida tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda batafsil oʻrganishi shart.
20. Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar tomonidan samarali loyihani imtiyozli kreditlash boʻyicha qaror qabul qilishda quyidagilar asoslantirilishi zarur:
samarali loyihaning tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati;
samarali loyiha tashabbuskorining loyihani amalga oshirishdagi tajribasi, obroʻsi;
bank orqali amalga oshirgan pul aylanmasi miqdori, debitor va kreditor qarzdorliklari, kredit tarixi;
samarali loyihani amalga oshirish natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi, yaratiladigan yangi ish oʻrinlari.
21. Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarning samarali loyihani imtiyozli kreditlash boʻyicha qarori dastur koordinatorlariga yakuniy xulosa berish uchun taqdim etiladi.
22. Dastur koordinatorlari samarali loyihani imtiyozli kreditlashga ruxsat berish boʻyicha tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarning qarori asosida yakuniy xulosa chiqaradi va ijobiy xulosa berilgandan soʻng ushbu xulosa tegishli xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga taqdim etiladi.
23. Tijorat banki dastur koordinatorlarining samarali loyihani imtiyozli kreditlashga bergan xulosasiga muvofiq bankning ichki kredit siyosati asosida kredit ajratish masalasini koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi.
5-bob. Dastur doirasida tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan kredit ajratish
24. Dastur doirasida tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan beriladigan kreditlar Jamgʻarmaning xizmatlaridan keng foydalanilgan holda ajratilishi mumkin.
25. Tijorat banklari filiallari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirishga kreditlar ajratilganda Jamgʻarmaning foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyasi qabul qilinadi.
Bunda, tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashga tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya beriladigan yoʻnalishlarni kengaytirish yuzasidan takliflar kiritib boradi.
26. Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarning takliflarini koʻrib chiqib, bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlariga va stavkalarga muvofiq beriladi.
6-bob. Kredit ajratish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish
27. Qarz oluvchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab, tijorat banki tomonidan uch ish kunidan oshmagan muddatda ushbu ariza boʻyicha asoslantirilgan qaror qabul qilinadi.
28. Kredit berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganda, qarz oluvchi va tijorat banki oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi.
29. Tijorat bankining qarori kredit berish yoki uni berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
30. Tijorat banki kredit berishni rad etgan taqdirda, bank qarz oluvchiga hamda tavsifnoma bergan tegishli sektorlar rahbarlariga va mahalla fuqarolar yigʻiniga bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda yozma shaklda asoslantirilgan maʼlumot taqdim etadi.
31. Dastur doirasidagi resurslar hisobidan imtiyozli kredit ajratishda tijorat bankining maʼlum bir filialida mablagʻlar yetishmagan taqdirda boshqa bir filialida mavjud mablagʻlar tijorat bankining viloyat boʻlinmasi tomonidan tuman va shahar filiallariga qayta taqsimlanadi.
32. Kreditlar qarz oluvchiga alohida kredit hisobvaragʻi ochish va uning toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq, ushbu hisobvaraqdan naqd pulsiz shaklda pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.
33. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslarga imtiyozli mikrokreditlar ajratilayotgan loyihaning oʻziga xos jihatlari, kredit hisobiga olinadigan tovarni pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olish imkoniyati boʻlmagan holda hududiy ishchi guruhlarning bu haqidagi xulosasiga asosan mikrokreditning bir qismi naqd pulda berilishi mumkin.
34. Qarz oluvchi kredit hamda unga hisoblangan foizlarni naqd pulda, bank plastik kartochkalari orqali yoki qarz oluvchining hisobvaragʻidan pul oʻtkazib berish yoʻli bilan toʻlashi mumkin.
35. Olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik aniqlangan taqdirda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.
36. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslar tomonidan kredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar toʻlanmagan taqdirda, bank filiali tavsiyanoma bergan tegishli sektor rahbarlariga va mahalla fuqarolar yigʻiniga amaliy yordam soʻrab murojaat qilishi zarur.
8-bob. Yakuniy qoida
37. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.