1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
“Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2745-1]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3287, 24.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 25-dekabrdagi 384-mh-son “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2745, 2015-yil 25-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 51-son, 644-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-iyun,
307-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-son buyrug‘iga ILOVA
“Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Nomi va 1-banddagi “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining” degan so‘zlar “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
a) nomidagi “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining” degan so‘zlar “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Mazkur Uslubiyot O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mazmunida huquqni qo‘llash jarayonida korrupsion ko‘rinishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omillarni aniqlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalarining, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarining (bundan buyon matnda loyihalar deb yuritiladi), shuningdek, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishning tartibini belgilaydi.”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“yuridik xizmat — davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me’yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim;”;
oltinchi xatboshi “, tuman (shahar) adliya bo‘limlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
g) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Korrupsiyaga qarshi ekspertiza loyihalarda korrupsiyaviy omillarning vujudga kelishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladi.”;
d) 6-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“d) ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining erkinligini cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan, jismoniy va yuridik shaxslarning xatti-harakatlari va faoliyatining sababsiz va asossiz tartibga solinishida ifodalaniladigan munosabatlarning haddan tashqari ortiqcha huquqiy tartibga solinganligi.”;
e) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. Loyiha bilan tartibga solinuvchi huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda adliya organlari tomonidan loyihalarning boshqa normalari ham korrupsiyaviy omillar sifatida baholanishi mumkin.”;
j) 13-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Korrupsiyaga qarshi ekspertizani o‘tkazish jarayoniga mustaqil ekspertlar va tor doira yo‘nalishlaridagi mutaxassislar ham jalb qilinishi mumkin.”;
z) 15-band “tayyorlanadigan” degan so‘zdan keyin “loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
i) 16-banddagi “Xulosada” degan so‘z “Loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi xulosada” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“17. O‘tkazilgan loyihalarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari bo‘yicha e’tirozlar majburiy tusga ega va loyiha huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi uchun takroran kiritilganda bartaraf qilinishi shart.”;
l) 19-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, tahlil qilish va monitoring qilish jarayoni yoki natijasi bo‘yicha o‘tkaziladi.”;
m) quyidagi mazmundagi 191-band bilan to‘ldirilsin:
“191. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
adliya organlari, davlat organlari va tashkilotlarining ish rejalari;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
jamoat nazorati subyektlarining taklif va mulohazalari;
ommaviy axborot vositalaridan kelib tushgan nashrlar va boshqa materiallarni o‘rganish natijalari.”;
“20. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari bo‘yicha adliya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi 5-kichik bandiga muvofiq davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalariga bajarilishi majburiy bo‘lgan tegishli taqdimnomalar kiritilishi mumkin.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)