

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;24.02.2021
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2848243" id="onLBC-2848243">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2848243" id="onLS-2848243">[<b>TSZ:</b><div id="LS3680"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2848385" id="-2848385">Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2848386" id="-2848386">buyrugʻi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790409" id="-3790409"></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3790410" id="-3790410">Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish uslubiyotini tasdiqlash toʻgʻrisida</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790411" id="-3790411">(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775556">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son) </div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-3790417" id="-3790417">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 25-dekabrda 2745-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2848390" id="-2848390"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5316792" id="-5316792">Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/5306922?ONDATE=24.02.2021 00#-5309398">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3287, 24.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848396" id="-2848396">Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-2105724#-2105741">Qonuni </a>va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-1857300#-2033851">nizomga </a>asosan buyuraman:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790419" id="-3790419"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790425" id="-3790425">1. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish uslubiyoti <a href="/mact/-2848243#-2848420">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790434" id="-3790434">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775556">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848399" id="-2848399">2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848400" id="-2848400">3. Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848402" id="-2848402">4. Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi, Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi, Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi, Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi Axborot xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari bilan birga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848404" id="-2848404">bir oylik muddatda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmatlari vakillari ishtirokida seminar tashkil etsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848405" id="-2848405">adliya organlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizani oʻtkazish sohasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarning ommaviy axborot vositalarida tizimli ravishda yoritib borilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848407" id="-2848407">5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848409" id="-2848409">6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2848411" id="-2848411">Vazir M. IKRAMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2848413" id="-2848413">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2848418" id="-2848418">2015-yil 25-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2848419" id="-2848419">384-mh-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2848420" id="-2848420"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2848423" id="-2848423">Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 25-dekabrdagi 384-mh-sonli <a href="/mact/-2848243">buyrugʻiga</a><br /> ILOVA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790439" id="-3790439"></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3790440" id="-3790440">Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3790441" id="-3790441">uslubiyoti</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790442" id="-3790442">(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775556">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2848428" id="-2848428"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790443" id="-3790443"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790444" id="-3790444">Mazkur Uslubiyot Oʻzbekiston Respublikasining “<a href="/mact/-29010">Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida</a>”gi, “<a href="/mact/-3088008">Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida</a>”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-3681790">qaroriga </a>muvofiq mazmunida huquqni qoʻllash jarayonida korrupsion koʻrinishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy omillarni aniqlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalarining, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarining (bundan buyon matnda loyihalar deb yuritiladi), shuningdek, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazishning tartibini belgilaydi: </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790445" id="-3790445">(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775556">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2848431" id="-2848431">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848433" id="-2848433">1. Mazkur Uslubiyotda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848435" id="-2848435"><strong>normativ-huquqiy hujjat</strong> — “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-2105724#-2105741">Qonunga </a>muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848436" id="-2848436"><strong>huquqiy ekspertiza</strong> — loyihalarning Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasi </a>va qonunlariga, ularga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligini tekshirishni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848438" id="-2848438"><strong>korrupsiyaviy omillar</strong> — huquqni qoʻllovchilarga asossiz ravishda koʻrib chiqishning keng doirasini yoki umumiy qoidalardan chiquvchi istisnolarni asossiz qoʻllash imkoniyatini belgilovchi, jismoniy va yuridik shaxslarga noaniq, bajarilishi qiyin boʻlgan va (yoki) ogʻirlashtirilgan talablarni, shuningdek huquqni tartibga solishdagi boʻshliqlarni oʻz ichiga olgan loyihalarning normalari;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790450" id="-3790450"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790452" id="-3790452"><strong>yuridik xizmat</strong> — davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy taʼminlash maqsadida qonunchilikda belgilangan meʼyor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790454" id="-3790454">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775563">buyrugʻiga</a> (roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790455" id="-3790455"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790457" id="-3790457"><strong>adliya organlari</strong> — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790458" id="-3790458">(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775556">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848443" id="-2848443">2. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza huquqiy ekspertiza doirasida oʻtkaziladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790460" id="-3790460"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790461" id="-3790461">Korrupsiyaga qarshi ekspertiza loyihalarda korrupsiyaviy omillarning vujudga kelishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish maqsadida oʻtkaziladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790462" id="-3790462">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775556">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848445" id="-2848445">3. Quyidagilar korrupsiyaga qarshi ekspertizaning vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848446" id="-2848446">loyihalarda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etishga imkoniyat yaratuvchi korrupsiyaviy omillarni aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848448" id="-2848448">korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etish mumkinligiga doir qismi boʻyicha loyihani qabul qilish oqibatlarini umumiy baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848450" id="-2848450">normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash jarayonida korrupsion tusdagi xavflarning vujudga kelishi imkoniyatlarini prognozlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848452" id="-2848452">loyihalarda aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish va choralarni koʻrish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848454" id="-2848454">4. Korrupsiyaga qarshi ekspertizani oʻtkazish quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848456" id="-2848456">qonuniylik — loyihalar normalarining mazmuni yuqoriroq yuridik kuchdagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848457" id="-2848457">huquqni qoʻllashlilik — normativ-huquqiy hujjatlarning qoidalarini qarama-qarshi sharhlash va qoʻllashni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan normalarni chiqarib tashlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848459" id="-2848459">normalarning shaffofligi va barqarorligi — loyihaning matnini loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etish. Loyihada foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi. Ogʻzaki nutq shakllari, xorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda, eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848460" id="-2848460">xolislik — korrupsiyaga qarshi ekspertizani xolis va begʻaraz, qatʼiy qonuniy, nazariy va amaliy asosda, tegishli mutaxassislik doirasida, har taraflama va toʻliq hajmda oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848461" id="-2848461">mustaqillik — korrupsiyaga qarshi ekspertizani mustaqil shaxs tomonidan oʻtkazish. Manfaatdor shaxslar foydasiga xulosa olish maqsadida korrupsiyaga qarshi ekspertizani oʻtkazuvchi shaxsga taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2848463" id="-2848463">2-bob. Loyihalarning korrupsiyaviy omillarga ega boʻlgan normalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848465" id="-2848465">5. Quyidagilar huquqni qoʻllovchilarga asossiz ravishda koʻrib chiqishning keng doirasini yoki umumiy qoidalardan chiquvchi istisnolarni asossiz qoʻllash imkoniyatini belgilovchi korrupsiyaviy omillar hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848466" id="-2848466">a) asosan quyidagilardan iborat boʻlgan diskretsion vakolatlarning kengligi (mazmunidan chegaralarini aniqlashning imkoni mavjud boʻlmagan vakolatlar):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848468" id="-2848468">muddatlarning mavjud emasligi yoki noaniqligi va asoslab berilmagan sabablarsiz belgilangan muddatni choʻzish yoki qisqartirish imkoniyatini nazarda tutish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848470" id="-2848470">qarorlarni qabul qilishning sharoitlari va asoslarining mavjud emasligi, shuningdek davlat organlari va boshqa organlarga yoki ularning xodimlariga (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) oʻz ixtiyoriga koʻra qarorlar chiqarish, bir nechta turdagi qarorlarni qabul qilish va ularni ijro etishning usullarini belgilash imkoniyatini berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848471" id="-2848471">organlarga oʻz ixtiyoriga koʻra yuridik faktni baholashga hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tegishli harakatlarni amalga oshirishning tartibini mustaqil ravishda belgilashga yoʻl qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848473" id="-2848473">organga oʻz ixtiyoriga koʻra tegishli asossiz jismoniy va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatlarning vujudga kelishini, ularni oʻzgartirishni yoki bekor qilishni tashabbus qilish imkoniyatini berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848474" id="-2848474">organlarning takrorlovchi vakolatlarining mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848475" id="-2848475">b) huquqni qoʻllovchilar tomonidan har xil va aniq boʻlmagan talqin qilishga imkoniyat yaratadigan normalarning mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848476" id="-2848476">v) organlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirishni dispozitiv belgilashda ifodalangan vakolatni asossiz belgilanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848478" id="-2848478">g) huquqlar hajmini tanlab oʻzgartirishning imkoniyati mavjudligi, yaʼni organlarning ixtiyoriga koʻra jismoniy va yuridik shaxslar uchun umumiy tartibdan chiquvchi istisnolarni asossiz belgilanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848482" id="-2848482">d) boshqa organning vakolatiga tegishli boʻlgan qonunosti hujjatlarning qabul qilinishiga olib keladigan blanket va havola qiluvchi normalarning mavjudligi bilan tavsiflangan, qonunosti norma ijodkorligining nihoyatda erkinligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848483" id="-2848483">e) normativ-huquqiy hujjatlarning mazkur hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega boʻlmagan organlar tomonidan qabul qilinishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848484" id="-2848484">j) organlarga ularning vakolatiga tegishli boʻlmagan vakolatlarning taqdim qilinishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848485" id="-2848485">z) qonun osti hujjatlar loyihalarida qonun hujjatlariga koʻra qonun bilan tartibga solinishi lozim boʻlgan normalarning belgilanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848486" id="-2848486">i) tegishli huquq va vakolatlarni taqdim qilishning tanlov tartibidan voz kechib, ularni tanlovdan tashqari taqdim qilish tartibining mustahkamlanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848487" id="-2848487">k) loyihalar normalarining yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning koʻrsatmalariga nomuvofiqligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848488" id="-2848488">6. Quyidagilar jismoniy va yuridik shaxslarga noaniq, bajarilishi qiyin boʻlgan va (yoki) ogʻirlashtirilgan talablarni oʻz ichiga olgan korrupsiyaviy omillar hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848489" id="-2848489">a) asosan quyidagilardan iborat boʻlgan, huquqni qoʻllovchiga tegishli boʻlgan huquqni amalga oshirish uchun unga yuklatiladigan oshirilgan talablarning mavjudligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848490" id="-2848490">jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini cheklashga qaratilgan va (yoki) yuklatilishi qonun hujjatlari normalari bilan asoslantirilmagan talablarning oʻrnatilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848491" id="-2848491">bajarish uchun ehtiyoj boʻlmagan majburiyatlarning jismoniy va yuridik shaxslarga yuklatilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848492" id="-2848492">jismoniy va yuridik shaxslarga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlar, axborotni taqdim qilish majburiyatining yuklatilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848493" id="-2848493">ega boʻlayotgan huquqqa muvofiq boʻlmagan alomatlarga (kasbiy, mulkiy, ijtimoiy) muvofiq boʻlish majburiyatlarining mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848494" id="-2848494">b) jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan huquqlarni amalga oshirishning qatʼiy tartibga solinishining mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848495" id="-2848495">v) barqaror boʻlmagan, ikki maʼnoli tushunchalardan foydalanish yoki qoʻllanilayotgan atamalarning tushunchasi, ilmiy asoslantirilishi va ishonchliligining mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848496" id="-2848496">g) huquqiy munosabatlarning bir guruh subyektlariga nisbatan boshqalarni teng boʻlmagan, kamsituvchi ahvolga soluvchi afzalliklarning belgilanishi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790464" id="-3790464"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790466" id="-3790466">d) ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining erkinligini cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan, jismoniy va yuridik shaxslarning xatti-harakatlari va faoliyatining sababsiz va asossiz tartibga solinishida ifodalaniladigan munosabatlarning haddan tashqari ortiqcha huquqiy tartibga solinganligi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790467" id="-3790467">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775556">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848497" id="-2848497">7. Quyidagilar huquqni tartibga solishdagi boʻshliqlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyaviy omillar hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848498" id="-2848498">a) maʼmuriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki toʻliq emasligi, yaʼni organlar tomonidan tegishli harakatlarni bajarish tartibining mavjud emasligi, jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848499" id="-2848499">qarorlarni qabul qiluvchi va qonun hujjatlari talablarini bajaruvchi organning mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848500" id="-2848500">organning harakatlari va vakolatlarining tartibga solinmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848501" id="-2848501">vakolatlarni bajarish protsessual tartibining belgilanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848502" id="-2848502">organlar tomonidan maʼmuriy tartib-taomillarni bajarish uchun asoslarning mavjud emasligi yoki noaniqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848503" id="-2848503">qabul qilinayotgan qarorni asoslab berish majburiyatining mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848504" id="-2848504">amalga oshirilishining aniq mexanizmiga ega boʻlmagan normalarning mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848505" id="-2848505">b) organlarning javobgarligi, shuningdek ularning harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi normalarning mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848506" id="-2848506">v) organlarning faoliyati ustidan nazorat qilishning shakllari va turlariga koʻrsatmaning mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848507" id="-2848507">g) organlarning faoliyati toʻgʻrisidagi hamda ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning soʻrovlari yuzasidan maʼlumotlarni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborotni (qonun bilan qoʻriqlanadigan sirni tashkil etuvchi axborotlar bundan mustasno) oshkor etishni nazarda tutuvchi normalarning mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848508" id="-2848508">d) tegishli harakatlarni bajarish uchun masʼul boʻlgan organni loyihaning mazmunidan belgilashning imkoniyati mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848509" id="-2848509">e) normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirishini asossiz ravishda qoldirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848510" id="-2848510">j) huquqni qoʻllovchilarda huquqlar mavjud boʻlganda majburiyatlarning mavjud emasligi yoxud huquqlar mavjud boʻlmaganda majburiyatlarning mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848511" id="-2848511">z) tegishli vakolatlar mavjud boʻlmaganda, qonun hujjatlaridagi boʻshliqlarning qonun osti hujjatlari yordamida toʻldirilishi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790471" id="-3790471"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790474" id="-3790474">7<sup>1</sup>. Loyiha bilan tartibga solinuvchi huquqiy munosabatlarning oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda adliya organlari tomonidan loyihalarning boshqa normalari ham korrupsiyaviy omillar sifatida baholanishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790479" id="-3790479">(7<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775581">buyrugʻiga</a> (roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2848512" id="-2848512">3-bob. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazilayotganda qoʻllaniladigan axborot. Korrupsiyaga qarshi ekspertizani oʻtkazuvchi adliya organi xodimining huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848513" id="-2848513">8. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazilayotganda ham rasmiy ham norasmiy axborotdan foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848514" id="-2848514">9. Rasmiy axborotga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848515" id="-2848515">normativ-huquqiy hujjatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848516" id="-2848516">xalqaro shartnomalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848517" id="-2848517">rasmiy eʼlon qilishlar, jumladan Internet jahon axborot tarmogʻining rasmiy resurslari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848518" id="-2848518">statistik maʼlumot va hisobotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848519" id="-2848519">sud amaliyoti.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848520" id="-2848520">10. Norasmiy axborotga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848521" id="-2848521">ommaviy axborot vositalarining xabarlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848522" id="-2848522">ilmiy nashrlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848523" id="-2848523">Internet jahon axborot tarmogʻining norasmiy resurslari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848524" id="-2848524">11. Korrupsiyaga qarshi ekspertizani oʻtkazayotgan adliya organi xodimining asosiy huquqlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848525" id="-2848525">qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazilayotgan loyihalarning predmetiga taalluqli boʻlgan hujjatlar bilan tanishish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848526" id="-2848526">korrupsiyaga qarshi ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848527" id="-2848527">korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazilayotgan loyihalarning normalarini aniqlashtirish va ular boʻyicha tegishli tushuntirishlarni olish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848528" id="-2848528">12. Korrupsiyaga qarshi ekspertizani oʻtkazuvchi adliya organi xodimining asosiy majburiyatlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848529" id="-2848529">korrupsiyaga qarshi ekspertizani tashkillashtirish va oʻtkazishning qonun hujjatlari bilan belgilangan talablariga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848530" id="-2848530">oʻzini oʻzi rad etish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqda oʻzining rahbariga darhol maʼlum qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848531" id="-2848531">korrupsiyaga qarshi ekspertizani oʻtkazish munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848532" id="-2848532">taqdim etilgan hujjatlarning but saqlanishini taʼminlash.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2848533" id="-2848533">4-bob. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848534" id="-2848534">13. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza adliya organlari tomonidan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848535" id="-2848535">Korrupsiyaga qarshi ekspertiza ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi, shuningdek loyihalar kelishilishi lozim boʻlgan organlarning yuridik xizmati tomonidan oʻtkazilishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3794502" id="-3794502"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794503" id="-3794503">Korrupsiyaga qarshi ekspertizani oʻtkazish jarayoniga mustaqil ekspertlar va tor doira yoʻnalishlaridagi mutaxassislar ham jalb qilinishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3794505" id="-3794505">(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775581">buyrugʻiga</a> (roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848536" id="-2848536">14. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazilayotganda loyihaning har bir normasi yoki qoidasining, shuningdek loyiha qoidalarining bu sohadagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi darajasining tahlili amalga oshiriladi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790495" id="-3790495"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790501" id="-3790501">15. Loyihada korrupsiyaviy omillar aniqlangan taqdirda, adliya organining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijasi huquqiy ekspertiza oʻtkazilishi natijalari boʻyicha tayyorlanadigan loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosada aks ettiriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790503" id="-3790503">(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775587">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790504" id="-3790504"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790505" id="-3790505">16. Loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosada korrupsiyaga qarshi ekspertizani oʻtkazishda aniqlangan korrupsiyaviy omillar, ular aniqlangan loyihaning tarkibiy qismlarini yoritgan holda, koʻrsatib oʻtilishi lozim. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790506" id="-3790506">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775587">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790507" id="-3790507"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790509" id="-3790509">17. Oʻtkazilgan loyihalarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari boʻyicha eʼtirozlar majburiy tusga ega va loyiha huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi uchun takroran kiritilganda bartaraf qilinishi shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790510" id="-3790510">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775587">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848540" id="-2848540">18. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiyaviy omillarni oʻz ichiga olgan normalar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ularni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish <a href="/mact/-2349913#-2351462">qoidalariga </a>(roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2848541" id="-2848541">5-bob. Yakuniy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848542" id="-2848542">19. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari, xalqaro shartnomalari va ularning loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi mazkur Uslubiyotga muvofiq oʻtkaziladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790512" id="-3790512"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790513" id="-3790513">Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, tahlil qilish va monitoring qilish jarayoni yoki natijasi boʻyicha oʻtkaziladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790514" id="-3790514">(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli<a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775591"> buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790517" id="-3790517"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790518" id="-3790518">19<sup>1</sup>. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790519" id="-3790519">adliya organlari, davlat organlari va tashkilotlarining ish rejalari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790522" id="-3790522">jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790523" id="-3790523">jamoat nazorati subyektlarining taklif va mulohazalari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790524" id="-3790524">ommaviy axborot vositalaridan kelib tushgan nashrlar va boshqa materiallarni oʻrganish natijalari.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790525" id="-3790525">(19<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775593">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3790528" id="-3790528"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3790529" id="-3790529">20. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari boʻyicha adliya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi <a href="/mact/-3681790?ONDATE=14.04.2018 00#-3686102">5-kichik bandiga </a>muvofiq davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalariga bajarilishi majburiy boʻlgan tegishli taqdimnomalar kiritilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3790530" id="-3790530">(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 307-mh-sonli <a href="/mact/-3765281?ONDATE=05.06.2018 00#-3775587">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 2745-1, 01.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2848544" id="-2848544">21. Mazkur Uslubiyot talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3790415" id="-3790415">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 51-son, 644-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 10/18/2745-1/1310-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
