Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga belgilangan tartibda joylashtirilgan tovarlardan maqsadli foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-son
qarori bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini, qimmatli qogʻozlarni, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni tegishliligi boʻyicha “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkilotlariga, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga topshirishi;
boshqa tovarlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kimoshdi savdosini oʻtkazish tartibida sotuvga qoʻyilishi;
davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus hisob raqamida (yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) jamlanilishi va taqsimlanilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tomonidan ilovaga muvofiq davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) istisno tariqasida maktabgacha taʼlim muassasalari, mehribonlik uylari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari hamda tegishli budjet tashkilotlariga begʻaraz berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi belgilangan tartibda tovarlarni Toshkent shahar hokimligiga topshirilishini, Toshkent shahar hokimligi esa qabul qilinishini taʼminlasinlar.
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiq qabul qilib olgan tovarlarni belgilangan tartibda maktabgacha taʼlim muassasalari, mehribonlik uylari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari, tegishli budjet tashkilotlariga begʻaraz berilishini taʼminlasin hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga va Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot taqdim qilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov, Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan davlat foydasiga voz kechilgan va maktabgacha taʼlim muassasalari, mehribonlik uylari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari hamda tegishli budjet tashkilotlariga begʻaraz beriladigan tovarlar