Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining mazkur davlat inspeksiyalari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyati uchun zarur mablagʻlarni 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasining tasdiqlangan Davlat budjeti parametrlari doirasida, 2019-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 2004-yil 1-martdagi 96-son
qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 18-modda):
a)
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin”;
b) 4-ilovaning
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 13-iyuldagi 328-son
qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 65-modda):
a)
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Quyidagilar “Oʻzdavneftgazinspeksiya” faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida” 1994-yil 9-martdagi 124-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq iqtisodiy jazolarni qoʻllashdan tushadigan mablagʻlarning tegishli qismi;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”;
b) 4-ilovaning
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Quyidagilar “Oʻzdavneftgazinspeksiya” faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida” 1994-yil 9-martdagi 124-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq iqtisodiy jazolarni qoʻllashdan tushadigan mablagʻlarning tegishli qismi;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”.