O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining mazkur davlat inspeksiyalari faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyati uchun zarur mablag‘larni 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasining tasdiqlangan Davlat budjeti parametrlari doirasida, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga aylantirish to‘g‘risida” 2004-yil 1-martdagi 96-son
qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 18-modda):
a)
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin”;
b) 4-ilovaning
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 13-iyuldagi 328-son
qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 65-modda):
a)
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Quyidagilar “O‘zdavneftgazinspeksiya” faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risida” 1994-yil 9-martdagi 124-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq iqtisodiy jazolarni qo‘llashdan tushadigan mablag‘larning tegishli qismi;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”;
b) 4-ilovaning
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Quyidagilar “O‘zdavneftgazinspeksiya” faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risida” 1994-yil 9-martdagi 124-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq iqtisodiy jazolarni qo‘llashdan tushadigan mablag‘larning tegishli qismi;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”.