Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-son “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/4-son
qarori (roʻyxat raqami 1290, 2003-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan tasdiqlangan Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
garovga yoki saqlovga qoʻyilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga;
yillik qarz summasining yarmidan koʻp miqdorda foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, kredit shartnomalari boʻyicha javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllashga;
kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatish, kreditlar ajratish uchun toʻlovlar, shuningdek kreditlar muddatidan ilgari soʻndirilganligi uchun neustoyka undirishga haqli emas.
Garovga yoki saqlash uchun topshirilgan mol-mulk yoʻqolganda, kamomad aniqlanganda, agar bu holatlar yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, lombard mol-mulk egasiga, tomonlar kelishuviga koʻra, mulkiy zararni garov pattasi yoki saqlash pattasida koʻrsatilgan mol-mulkni baholash qiymati narxida toʻlashi shart.
Garovga yoki saqlash uchun topshirilgan mol-mulk shikastlanganda, agar shikastlanish yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, lombard mol-mulk egasiga, tomonlar kelishuviga koʻra, mulkiy zararni garov pattasi yoki saqlash pattasida koʻrsatilgan mol-mulk narxidan oshmagan qiymatda toʻlashi shart.”.
2. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Kreditning summasi va muddati, shuningdek, beriladigan kredit boʻyicha haq stavkasining miqdori tomonlarning kelishuviga asosan mazkur Qoidalar talablarini inobatga olgan holda belgilanadi.”.