Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/3-son
qarori (roʻyxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Mikrokredit tashkilotining kapitali quyidagi komponentlardan iborat:
g) boshqa oʻz mablagʻlari.”.
2. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartnomalari boʻyicha yillik qarz summasining yarmidan koʻp miqdorida foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllashga;
kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish, mikrokreditlar (mikroqarzlar) ajratish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatish uchun toʻlovlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan mikrokreditlar (mikroqarzlar) muddatidan ilgari soʻndirilganligi uchun neustoyka undirishga.”.