Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 24-martdagi 21-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2772, 2016-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“BMJ — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;”.
a) 2 003-qatordagi va 3 007-qatordagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 2 004-qatordagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 3 002-qatordagi “Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan ragʻbatlantirish” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 3 003-qatordagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash” degan soʻzlar “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 3 008-qatordagi “Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini” degan soʻzlar “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan.