Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 302-son bilan tasdiqlangan Banklarga vasiylik qilish toʻgʻrisidagi
nizomga(roʻyxat raqami 570, 1998-yil 19-dekabr)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 8-banddagi “Kredit tashkilotlariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti” degan soʻzlar “Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Bankka vasiy etib tayinlanadigan shaxs Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan oʻrnatilgan malaka talablariga (roʻyxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) muvofiq boʻlishi lozim.”.