Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Davlat mulki boʻlgan bekor yotgan obyektlardan samarali foydalanish, yangi raqobatbardosh sanoat ishlab chiqarishlarini qoʻllab‑quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzbekneftgaz” AJning quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Xorazm viloyati, Xiva tumani, “Zaungur” qishlogʻida joylashgan va “Xivanefgazqurilish” UK ning balansida boʻlgan bino inshootlar hamda ularga tutash hudud (keyingi oʻrinlarda — obyekt)ni “Oʻzbekneftgaz” AJning Davlat budjeti va maqsadli jamgʻarmalar oldidagi qarzdorligini kamaytirish hisobiga qoldiq balans qiymatida Xorazm viloyati hokimligi balansiga topshirish;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 443‑son “Korxonalarning aktivlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora‑tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga 1‑ilovaning 169‑pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov hamda Xorazm viloyati hokimi v.b. F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.